15:58 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Analitika
Havola olish
63210

Vladimir Putin Shoyguga Rossiya nomidan Sudanda Rf HDF uchun material-texnik taʼminot markazi punktini yaratish toʻgʻrisida bitim imzolashni buyurdi. Bu Moskvaga mintaqaga qurolni xavfsiz yetkazishni taʼminlash va dengiz qaroqchilariga qarshi kurashishga imkon beradi.

Sergey Ilin, Sputnik radiosi

Moskva soʻnggi vaqtlarda Afrika davlatlari bilan 2,5 milliard dollardan ziyod summaga qurol yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzoladi. Sudanning oʻziga ham shu jumladan. Ushbu kelishuvlar, mintaqadagi ayrim mamlakatlarda kuzatilayotgan beqarorlikni hisobga olgan holda, kafolatlangan taʼminotga muhtoj.

Ammo eng asosiysi - Rossiya toʻlaqonli Jahon okeaniga qaytishida. Demakki, Rossiya dengizchilari uzoq yoʻlga chiqqanlarida maxsus kelishuvsiz boradigan joylari boʻladi. Aytgancha, xuddi shu gap harbiy atom kreyserlariga ham tegishli. U yerga, zarurat tugʻilgan taqdirda, samolyotlar ham qoʻnishi mumkin: bazada uchib-qoʻnish yoʻlagi koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, Rossiya ushbu mamlakat dengiz portlari va aeroportlari orqali baza ishlashi va harbiy kemalar tomonidan masalalarning tayyorlanishi uchun zarur boʻlgan har qanday uskuna va aslahalarni olib kirish va olib chiqish imkoniyatiga ega boʻladi.

Bu uchun bojlar va boshqa toʻlovlar undirilmaydi. Shuni taʼkidlash joizki, Xartum Rossiya bazasi uchun yerni tekinga ajratdi.

Moskva oʻz obʼyektida 300 nafargacha personal, toʻrttagacha kema, shu jumladan, yadro energetika uskunali kemani joylashtira oladi.

Oʻz navbatida, Sudan rahbariyati bir necha yil oldin Rossiya bazasi Afrika dengiz chegaralarining muntazam buzilishini hisobga olgan holda, qaroqchilarga, kontrabandaga va qul savdosiga qarshi kurashda yordam berishi mumkinligi qayd etishgan edi.

Harbiy ekspertlarning taʼkidlashicha, ilgari SSSRning xorijiy harbiy bazalari Afrikada ancha qulayroq joylashgan edi.

Misol uchun, yamanning Adenida, Somali va Efiopiyada, bu esa Qizil dengizga kirish va undan chiqishni nazorat qilish imkonini berardi. Ammo, bugun turli sabablarga koʻra, xususan, siyosiy va harbiy xarakterdagi sabablarga koʻra ham, mintaqadagi ushbu strategik jihatdan muhim va qulay nuqtalarga qaytish yaqin istiqbolda imkonsiz koʻrinmoqda.

Yaqinda Xitoy oʻz qurolli kuchlarini xorijiy hududlarda joylashtirish boʻyicha yaqin 30 yilga moʻljallangan ulkan rejalarini amalga oshirishga kirishgani ham ushbu mintaqaning muhimligini tasdiqlaydi.

Pekinning yangi harbiy strategiyasi eʼtiborni "milliy hududni himoya qilish"dan "davlat chegaralaridan tashqarida milliy manfaatlarni himoya qilish"ga yoʻnaltirishdir. Uch yil oldin XXR Sudan singari Sharqiy Afrikada joylashgan Jibuti Respublikasida dengiz kuchlari uchun birinchi xorijiy material-texnik taʼminot punktini foydalanishga topshirdi.

Asosiy mavzular