00:36 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Analitika
Havola olish
48401

Iqtisodchi Stanislav Mitraxovich Sputnik radiosi efirida AQSH yangi prezidenti "Shimoliy oqim-2" borasida qanday siyosat olib borishi haqidaoʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Germaniya, hukumat boshiga Bayden kelganidan soʻng “Shimoliy oqim-2” borasida AQSH pozitsiyasi yumshashiga umid qilayotgan edi, lekin ekspertlar bunday boʻlishiga shubha bildirishmoqda, deb yozdi Bild nashri jurnalisti Yulian Repke.

Uning xulosasiga koʻra, yangi yilda ham Vashington ushbu loyihaga bosim oʻtkazishda davom etadi. Repke bunday xulosaga kelishiga AQShning Rossiya kemalarini sugʻurta va sertifikatlaydigan korxonalarga qarshi sanktsiyalar kiritish rejalari sabab boʻlgan. Bayden deyarli tayyor boʻlgan “Shimoliy oqim-2” loyihasini taqqa toʻxtatib qoʻyishi mumkin.

Barak Obamaning sobiq maslahatchisi Bendjamin Shmitt aytishiga koʻra, demokratlar ham yespublikachilar ham Rossiyadan Germaniyaga kelayotgan gaz quvuriga bir xil – yomon munosabatda boʻlishmoqda.

Energetika xavfsizligi boʻyicha mutaxassis Alan Rayli xulosasiga koʻra, Baydenning asosiy maqsadi ‒ loyihani yopish.

Iqtisodchi, Rossiya Hukumati huzuridagi Moliya universiteti hamda Milliy Energetika xavfsizligi fondi eksperti Stanislav Mitraxovich aytishiga qaraganda – bu yerda vaziyat bu qadar ravshan emas.

“Baydendan ikki xil natija kutish mumkin. Bir tomondan uning jamoasida Rossiyaga nisbatan yanada kuchliroq sanktsiyalar kiritish tarafdorlari bor. Bandenning oʻzi ham bu masalaga koʻproq salbiy nuqtai nazardan qaraydi. Lekin u oʻzini “men egoist emasman” (Trampdek)  qabilida tutmoqda. Bu degani u bir tomondan yevropaliklarga “keling hamkorlik qilamiz” deb tursa-yu, ikkinchi tomondan “Gazprom” bilan ishlagani uchun ularga qarshi sanktsiyalar kirita olmaydi. Shu sababli ham Baydenning harakatlari aniq bir tomonlama boʻladi deb aytish mushkul, - dedi ekspert radiosi efirida.

Umumiy quvvati 55 milliard metr kub boʻlgan “Shimoliy oqim-2” loyihasi ikki gaz quvuridan iborat boʻlib, Rossiya qirgʻoqlaridan Boltiq dengizi orqali Germaniyagacha quvur orqali gaz yetkazib yeripshni nazarda tutadi. Yevropaning barcha davlatlari uchun kerak boʻlgan ushbu loyihaga AQSH, Ukraina va yana bir necha davlatlar qarshi chiqishmoqda. AQSH qarshi boʻlishiga sabab – ular Yevropaga oʻzlarining suyultirilgan gazini sotishni istaydi. Ukraina esa – oʻz hududi orqali gaz tranzitidan olinadigan daromadlardan mahrum boʻlishdan qoʻrqadi.

2019 yil oxirida gaz quvurini qurib bitkazishga bir necha kilometr qolganda AQSH loyihaga qarshi sanktsiyalar kiritdi va qurilishni toʻxtatishni talab qildi. Shveytsariyaning quvur yotqizuvchi kemasi Allseas shundan soʻng oʻz ishini toʻxtatgan edi.

Oktyabr oʻrtalarida Vashington “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalarini yanada kengaytirdi. Endi AQSH sanktsiyalari ostiga nafaqat loyiha qurilishida ishtirok etayotgan, balkim unga moliya va sugʻurta xizmatlari koʻrsatayotgan kompaniyalar ham tushib qoldi.

Quyidagi podkastda (rus tilida) siz “Shimoliy oqim-2” nima sababdan AQShni bunchalik gʻazabini keltirayotganini va Yevropa ham unga toʻgʻanoq boʻlayotganini tushunib olishingiz mumkin.

Uznat za 90 sekund: komu i chem meshayet "Severnыy potok-2"?

Asosiy mavzular