19:27 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
35110

Rossiya qoʻshinlarining Togʻli Qorabogʻda boʻlib turishi mojaro harbiy yoʻl bilan hal etilishi ehtimolini deyarli nolga tushiradi, Ozarbayjon va Armaniston rahbariyatiga muzokaralar stoliga, mahalliy aholiga esa oʻz uylariga qaytishlariga imkon beradi.

Bu Rossiya tashqi siyosati samaradorligi, RF Qurolli Kuchlarining bekamu-koʻst tashkillashtirilgani va jangovar tayyorgarligi yuqori darajadaligi namoyishidir.

Mojaro zonasidagi tinchlikparvar kuchlar oʻz harakatlari bilan raqiblarning qurolli qarama-qarshiligini yoʻqqa chiqaradi. Rossiya HKK harbiy-transport samolyotlari 15-motooʻqchilar brigadasi boʻlinmalari va texnikasini bu hududga tashishda davom etmoqda. Motooʻqchilar Janubiy Kavkazda barqarorlikning ishonchli kafili sifatida nom qozonmoqda.

Operatsiya boshlanganidan soʻng Stepanakert va Togʻli Qorabogʻning boshqa aholi punktlariga Armaniston Respublikasi hududidan toʻrt mingdan ortiq qochqinlar qaytib kelishdi. Birgina 19 noyabrda tinchlikparvar kuchlar qoʻriqlovida 27 ta avtobusda 1200 dan ortiq odam keldi.

Togʻli Qorabogʻdagi eng murakkab gumanitar masalalarga yechim topish uchun idoralararo munosabat bildirish markazi tarkibida Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining jamlangan otryadi va beshta ixtisoslashgan tuzilmalari - insonparvarlik yuzasidan minalardan tozalash, tibbiyot, transport va savdo-maishiy taʼminot, urushayotgan tomonlarni yarashtirish tuzilmalari faoliyat yuritmoqda.

"Shimol" va "Janub" xavfsizlik zonalaridagi kuzatuv postlari, patrullash va politsiya vazifalarini oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin. Rossiya tinchlikparvar kuchlari Lochin yoʻlagi boʻylab fuqarolik avtotransportlar harakati xavfsizligini taʼminlamoqda, ular qurol-yarogʻ olib oʻtilishining oldini olish uchun avtomobillarda tekshiruv oʻtkazadilar. Rossiya operatsiyasining Qorabogʻdagi koʻplab vazifalari, tuzilmalari, mexanizmlari va algoritmlari u qadar aniq emas. Qorabogʻ hodisasi tarixda analogi yoʻq va 15-motooʻqchi brigadasi harbiy xizmatchilari oldiga qatʼiy talablar qoʻymoqda.

Rossiya FSB Armaniston tomonidan Ozarbayjonning gʻarbiy hududlari va Naxichevan Avtonom Respublikasi oʻrtasida transport harakatini taʼminlashini (fuqarolar, transport vositalari va yuklarning ikki yoʻnalishda ham hech bir toʻsiqlarsiz harakatlanishini) nazorat qilib boradi. Rossiya hukumati tinchlikparvar kuchlarning faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishni oʻz zimmasiga oladi. Bunday operatsiya narxi yiliga yuzlab million dollarni tashkil etadi (shaxsiy tarkib taʼminoti, texnika ekspluatatsiyasi, yoqilgʻi sarfi), ammo Janubiy Kavkaz xavfsizligini pul bilan oʻlchab boʻlmaydi.

Operatsiya ahamiyati - juda katta, reytingi - eng yuqori. Rossiyaning Qorabogʻdagi missiyasi (BMT oʻlchovlari boʻyicha) eng koʻp sonli boʻlmasin, mayli, ammo Janubiy Kavkazda va Kaspiy oldi mintaqasida barqarorlikni saqlab turish uchun u juda muhim.

Yaqin chet el mamlakatlari

Rossiya tinchlikparvar kuchlari sobiq ittifoq hududi - Abxaziya, Janubiy Osetiya, Tojikiston, Moldova xavfsizlikni mustahkamlash uchun koʻp ishlarni amalga oshirdilar. Shunga qaramay, Togʻli Qorabogʻda yaqindagina yuz bergan fojiali hodisalar MDH davlatlari oʻrtasida qurolli mojarolar potentsiali saqlanib qolganligidan dalolat beradi. Tinchlikning oʻta moʻrtligi borasida misollar keltirish uchun uzoqqa borish shart emas.

Bugun Moldovaning yangi saylangan prezidenti Mayya Sandu Rossiya harbiy xizmatchilarini Pridnestrovye hududidan olib chiqilishi zarurati haqida dasturiy (yoki dejur) bayonot qildi.

Tegishli bitim asosida, 1992 yilda tinchlikparvar kontingent kiritilgandan soʻng, - harbiy harakatlar toʻxtagan va 28 yil davomida qayta tiklanmagan Sharqiy Yevropaning yagona mintaqasi ekanligini u, ehtimol, .unutgan boʻlishi mumkin.

Pridnestrovye Molodva Respublikasida Rossiya qoʻshinlari operativ guruhi bor. Uning asosiy vazifalaridan biri - Kolbasna aholi punkti yaqinida joylashgan oʻta yirik miqdorda (20 ming tonnadan ziyod) va haddan ziyod xavfli boʻlgan eski qurol zaxiralari arsenalini qoʻriqlashdir (1990-yy boshida bu yerga Germaniya, Vengriya, Polshadan sovet qoʻshinlari oʻq-dorilar zapasi olib kirilgan. Arsenalni joyida yoʻq qilish imkonsiz, olib chiqish ham muammo - 2500ta vagon talab etiladi, ammo oʻq-dorilar zaxirasining 57%i allaqachon transportabel emas. Agar rossiyaliklar chiqib ketsa, Molovadagi holat haqiqiy maʼnoda portlash xavfiga yaqin darajaga kelib qoladi. Umid qilamizki, pragmatizm ustun keladi.

Tinchlikparvar kuchlarning Markaziy Osiyo yoʻnalishida samaradorligi borasida misol keltirmoqchiman. Eslatib oʻtmoqchiman, Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston 1993 yilda, mintaqaviy barqarorlik asosiga aylangan, Kollektiv tinchlikparvar kuchlarni (KTK) tuzish toʻgʻrisida qarorni imzolashgan edi. Oʻshanda KTK tarkibiga Rossiya Qurolli Kuchlarining 201-sonli motooʻqchilar diviziyasi va Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston boʻlinmalari kirgan edi. Oʻsha yili tinchlikparvar kuchlarning kollektiv saʼy-harakatlari bilan Tojikistondagi qurolli mojaroni bartaraf etishga muvaffaq boʻlindi. Respublikada Rossiya FSB chegara xizmatining tezkor guruhi qoldi va 2005 yilda 201-motooʻqchilar diviziyasi asosida Tojikistondagi Rossiya 201-harbiy bazasi, aslida tinchlikparvar bazasi tashkil etilgan edi.

Rossiya Federatsiyasi BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzosi sifatida, xalqaro hamjamiyatning boshqa aʼzolari bilan birgalikda butun koinotdagi tinchlik uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Sobiq ittifoq hududida va MDHdan tashqari mamlakatlarda - alohida (avtonom) missiyalar, BMT kuchlari va KXSHT kontingenti tarkibida millatlararo va ichki nizolarning oldini oladi va bartaraf etadi.

Yugoslaviyadan Angolagacha

Rossiyalik tinchlikparvarlar ahamiyat tajribaga ega va Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi harbiy kuzatuvchilar soni boʻyicha RF birinchi oʻnlikka kirishi ham bejizdan emas.

Bunday missiyalar shartli ravishda ikki turga boʻlinadi - tinchlikni saqlash va tinchlikka majburlash. Mojaro zonasidagi vaziyat, tinchlikparvar kuchlarning ustuvor vazifalari va harakatlariga qarab, operatsiya maqomi oʻzgartirilishi mumkin. Shu tarzda, 2008 yil avgustda Gruziya-Osetiya mojarosi zonasida tinchlikni saqlash operatsiyasi Gruziyani tinchlikka majbur qilish operatsiyasiga aylandi (Gruziya tomoni harbiy harakatlar boshlagani va Rossiya tinchlikparvar kuchlari postiga qilingan hujumdan keyin).

Rossiya harbiy xizmatchilari 1992 yildan murakkab xalqaro tajribaga ega boʻlishni boshladilar - BMTning Yugoslaviyadagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida (1992 - 2003), bunda ruslar kontingenti 1600 kishini tashkil etgan. Shu singari vazifalar keyinchalik Angola, Liberiya, Mozambik, Kot-d’Ivuar, Ruanda, Burundi, Efiopiya, Sudan, Chad Respublikasi va Markaziy Afrika Respublikasi (CAR) da hal etilgan.

Har bir missiya mojaroning qaqshatkichligi, xavfsizlik zonasidagi harbiy qarama-qarshilik xatari, jalb qilingan qoʻshinlar va kuchlar soni, logistika va rotatsiyaning oʻziga xos xususiyatlari, mahalliy aholi mentaliteti va tabiiy-iqlim sharoitlari bilan belgilanadigan xarakterli xususiyatlarga ega. Harbiy xizmatchilar nomaʼlum davlatda "beqaror tinchlik" holatiga qisqa muddatda moslashishlari va oʻz missiyalarining butun davrida doimiy jangovar hozir holatda turishlari kerak.

Rotatsiyaning odatiy tsikli - har olti oy, va bunda harbiy tinchlikparvar kuchlarning ruhi va jismoniy chidamliligi oʻta qattiqqoʻl sinovdan oʻtkaziladi. Kuzatuvchilar missiyasi deyarli qurolsiz kechadi, tinchlikparvar kuchlar ishtirokidagi operatsiyalar asosan yengil qurol-aslahaga ega boʻladi.

Rossiyalik tinchlikparvar kuchlar joriy yilda BMTning toʻqqizta missiyasida xizmat qilishmoqda: Gʻarbiy Saxarada (MINURSO), MARda (MINUSCA), Kongo Demokratik Respublikasida (MONUSCO), Kiprda (UNFICYP), Sudanda (UNISFA), Kosovoda (UNMIK), Janubiy Sudanda (UNMISS), Yaqin Sharqda (UNTSO), Kolumbiyada (UNVMC). BMT va Afrika ittifoqi tomonidan Sudanda olib borilayotgan tinchlikparvar operatsiyasi eng yirik (harbiy xizmatchilar soni 20 mingdan ziyod) sanaladi. Ekzotik geografiyaga qaramay, bu hayot uchun doim xavf soladigan mashaqqatli ishdir. Yer sayyorasida har yili 100ga yaqin tinchlikparvar halok boʻladi, fojialarning aksariyati - maqsadli hujumlar davomida yuz beradi.

Asosiy mavzular