13:36 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
87910

Ikkinchi Jahon Urushi haqidagi yolgʻon xabarlar qachon paydo boʻlgan, ularga qarshi qanday kurashish kerak - "Nyurnberg darslari" forumi.

TOSHKENT, 21 noya — Sputnik, Danara Kurmanova. Ushbu kunlarlda Moskvada XAA “Rossiya Segodnya” tomonidan tashkil qilingan “Nyurberg darslari” nomli ilmiy-amaliy forum boʻlib oʻtmoqda. Uning asosiy mavzusi – nima sababdan zamonaviy jamiyatda Ikkinchi jahon urushi toʻgʻrisida buncha koʻp yolgʻonlar paydo boʻlmoqda va ularga qarshi qanday kurashish kerak?

Ushbu mavzudagi feyk xabarlar asosan ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlmoqda, ularni nazorat qilish esa mushkul ish. Media sohasi ekspertlari esa bunga qarshi kurashish mumkin deb hisoblaydi. Buning uchun Urush haqida tarqatilayotgan 3ta asosiy yolgʻonlarni bilib olish kerak.

Birinchi yolgʻon: Ikkinchi Jahon urushida AQSH asosiy rol oʻynagan

“Tarixni qalbakilashtirish, Urushda Amerika gʻalaba qozondi deyishga urinishlar oldin ham boʻlardi, lekin u vaqtlar bezbetlik darjasi kamroq edi, - deb hisoblaydi nemis yozuvchisi Antispiegel sayti boshligʻi Tomas Ryoper. – Oldinlari hech boʻlmasa SSSR va AQSH ittifoqdosh boʻlgan, lekin eng katta zarar aynan Sharqiy frontda boʻlgan, deyishardi. Hozir boʻlsa sovet askarlarini koʻpincha okkupant deyishadi, amerikaliklar esa Germaniyaga shokolad bilan kelgan emish."

Ryoper xulosasiga koʻra, tarixni qayta koʻchirishga koʻproq yevropa OAVlari yordam berishmoqda, jumladan Germaniya OAVlari ham. Yaqinda Germaniyaning Der Spiegel jurnali ijtimoiy tarmoqda Osventsim kontslagerini amerikaliklar ozod qilgan deb yozib chiqardi. Shundan soʻng yogʻilgan noroziliklardan soʻng nashr oʻz xatosini tan oldi va "Aushvits" kontslagerini Qizil Armiya ozod qilgan deb chiqdi.

Mutaxassislar tarixning har qanday oʻzgartirishni keskin tanqid qilish kerak deb aytishmoqda. Der Spiegel posti birinchi navbatda nemis tiliga gapiradigan foydalanuvchilar noroziligiga sabab boʻlgan. Ular nafaqat tarixiy faktni, balkim oʻsha mudhish lagerda qurbon boʻlga 1,4 million kishilar xotirasini himoya qilish istagida boʻlgan.

Ikkinchi yolgʻon: yangi avlodga oʻsha Urush tarixi qiziq emas

Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir yolgʻon tez-tez uchrab turadi, goʻyoki hozirgi yoshlarga Ikkinchi jahon urushi tarixi qiziq emas. Lekin Russia Today jurnalisti Mariya Butina xulosasiga koʻra – aslida bunday emas. “Oʻlmas polk” tadbirini esga olsak, oldingi yillarda unda 39 davlat ishtirok etgan boʻlsa, hozir ularning soni 115taga yetgan.

“Shuning uchun vatandoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash kerak, ular – tarixiy xotira himoyachilaridir, ular tinchlik va hamkorlik gʻoyasini targʻib etuvchilar va Rossiya fuqarolarining xorijdagi himoyachilaridir”, - deydi Butina.

Urush haqida haqiqatni saqlab qolish istagida boʻlgan kishilar soni yaqin xorijiy mamlakatlarda ham oʻsib bormoqda, deb hisoblashadi forum spikerlari. Rossiyalik Sergey Miroshnichenkoning volontyorlik ishi bunga dalil boʻlishi mumkin. U ishdan boʻsh vaqtlarida Nyurnberg stenogrammalarini va Urush bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni tarjima qiladi. Yaqinda internetda yangi portal paydo boʻldi - Nuremberg Media. U yerda Nyurnberg tribunali haqida batafsil maʼlumot topish mumkin. Loyiha asoschilari - "Rossiya segodnya" mediaguruhi va Sputnik agentligi.

- Urush haqida hikoya qilganda rad etib boʻlmas faktlarni keltirish kerak, - deb hisoblashadi “Nyurnberg darslari” forumi ishtirokchilari. Kommunizm va natsizm bir narsa, deb ogʻiz koʻpirtirayotganlargan birgina faktni keltirish mumkin –  Gitler hukumati SSSR xalqlarini ommaviy sterelizatsiya qilishni rejalashtirgan.

Ushbu loyiha nemis vrachi Adolf Pokornыy tomonidan taklif qilingan. Oʻzining 1941 yilda kiritgan taklifida u dushmanni nafaqat yengish, balkim yoʻq qilinishi kerak deb hisoblagan. Buning uchun u dastlab 3 million asirga oliganlarni sterilizatsiya qilish kerak deb hisoblagan. Shu bilan birga u asirlarni tirik saqlab qolib umrining oxiriga qadar ishchi kuchi sifatida foydalanish kerak deb hisoblagan. Tajriba muvaffaqiyatli kechgan taqdirda va Gitler gʻalaba qozonganda, SSSRning qolgan aholisi bilan ham shu tarzda ish tutish rejalashtirilgan boʻlgan.

Uchinchi yolgʻon – Feyklar internet tufayli paydo boʻldi

Aslida yolgʻon xabarlar har doim mavjud boʻlgan, deydi jurnalist va "Raqamli tarix" YouTube-kanali avtori  Yegor Yakovlev. Internet ixtiro qilinganidan soʻng Axborot maydonida yolgʻon xabarlar tez  va keng tarqala boshladi, lekin ularning darajasi keskin kamaygan. Oldingi asrlarda yolgʻonlar yaratishda “ijodiy yondashuv” darajasi  ancha yuqori boʻlgan.

Masalan 1817 yilda chex shoiri Vatslav Ganka Krale Dvur shaharchasdagi cherkov ichidan qadimiy qoʻlyozma topib olganini va unda 1242 yilda chexlar mongol-tatarlarini tor-mor qilgani haqida yozilganini xabar qilgan. Oʻshanda koʻplab chexlar unga ishonishgan edi. Shoirning yolgʻoni faqat 70 yil oʻtib ochilgan.

Yoki 1939 yilda frantsiyaning "Gavas" axborot agentligi Iosif Stalin Polshani egallab olmoqchi boʻlgani haqida yolgʻon xabar tarqatgan. Ushbu maqsadda sovet rahbari Politbyuroda Germaniyani qoʻllab-quvvatlovchi nutq soʻzlagan. "Gavas"ning yolgʻon xabar tarqatgani urushdan keyin maʼlum boʻlgan. Buni Britaniya va Germaniya olimlari isbotlashgan.

Asosiy mavzular