21:05 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Analitika
Havola olish
935 0 0

Yevropa Kengashi rahbari Charlz Mishel YEI nomidan Jo Baydenga "mustahkam transatlantik ittifoq"ni tiklashni taklif etdi.

Irina Alksnis

Agar u Oq uyga koʻchib kirsa (voqealar rivojiga qaraganda, bu holat tobora muqarrarligi koʻrinmoqda), bunday istakning amalga oshishi uchun yetarlicha asos bor. AQShning ehtimoliy davlat kotibi sifatida "vashington botqogʻi" va "global alyanslar himoyachisi"ning rafinadlangan mahsuli boʻlmish - Entoni Blinken nomzodi koʻrsatilishi oʻziga xos ramzga ega.

Gʻarbiy Yevropa AQSH prezidenti rolida aynan Jo Baydenni koʻrishdan shod boʻlishi - YEI yetakchilari bir-birini ortda qoldirib Baydenni saylovdagi gʻalabasi bilan tabriklay boshlaganlarida, GFR esa "yana toʻrt yil Tramp bilan ishlashni istamasligini" tan olganidayoq ayon boʻlgan edi.

Shu bilan birga, Yevropa nega Shtatlar rahbari sifatida globalistlarni - oʻsha, bir qutbli dunyoda shak-shubhasiz Vashington yetakchiligidagi holatga qaytish gʻoyasi bilan yonuvchi globalistlarni koʻrishni afzal bilayotgani - tushunarsizdir.

Axir Koʻxna Dunyodagi tobora faollashib borayotgan suverenlashish va okean orti syuzerenidan yarim vassal tobelikdan xalos boʻlishga intilish bir qarashda ushbu istaklarga ziddek koʻrinadi.

Shu yerda, Yevropada oʻz davlatlarini Shtatlarga qurbonlikka keltirishga tayyor amerikaparast kuchlar qoʻli ustun kelganligini taxmin qilish mumkin edi. Ammo faktlar buning aksini koʻrsatmoqda. Misol uchun, Germaniya hukumati AQShda "Shimoliy oqim - 2"ga qarshi ishlab chiqilayotgan  eksterritorial sanktsiyalarni maqbul koʻrmasligi boʻyicha qarashlarini navbatdagi bor tasdiqladi.

Shu tariqa, Yevropa oʻz manfaatlarini himoya qilish va oʻz geosiyosiy rolini kuchaytirish boʻyicha liniyasini oldinga surishda davom etmoqda, biroq shu bilan birga Vashingtonda hokimiyat tepasiga qaytishi nazariyada - mutlaqo nomaʼqbul boʻlgan kuchlarni qaytishini juda ishqibozlik bilan qoʻllab-quvvatlamoqda.

Ushbu gʻalati ziddiyatlar jumbogʻiga javobni toʻrt yil oldingi voqealarda izlamoq kerak.

Oq uyga kelgach, Donald Tramp AQSH ishtirokidagi koʻplab tayyorlanayotgan va hatto imzolangan xalqaro shartnomalardan voz kechgan edi. Oʻsha paytda juda salbiy obroʻga ega boʻlgan mashhur Transatlantik savdo va investitsiya sherikligi bitimi boshiga ham shu kunlar tushgan edi. Alarmistlar bu bitim yordamida Amerika Yevropa resurslarini oʻz foydasiga soʻrib olishi haqida ogohlantirgan edilar.

Ammo, oʻz prezidentligi yillarida har qanday imkoniyatdan oʻz davlati uchun iqtisodiy daromad olishda foydalangan Tramp, Amerika uchun bir qarashda uzoq yillar davomida "oltin tuxumlarni" qoʻyishi kerak boʻlgan "tovuq"dan hech bir ikkilanishsiz voz kechdi. Boz ustiga, ushbu bitimlarning barchasi aslida Qoʻshma Shtatlar uchun oʻta foydasizligini koʻplab marotaba takrorladi.

Biznesda katta tajribaga ega boʻlgan zoʻr vatanparvarga ishonish mumkin, degan gumon yoʻq emas.

Bu yerda eng katta anglashilmovchilik - globalistlarda (shu jumladan, amerikalik globalistlarda ham) milliy yoʻnaltirilgan manfaatlar bor, deya gʻaflatda qolish boʻlsa kerak. Ular uchun Qoʻshma Shtatlar bosh emissiya markazi va sayyoraning eng qudratli armiyasi sifatida favqulodda muhim boʻlishi mumkin. Ammo, aholisi 330 millionga yaqin ulkan davlat oʻz-oʻzidan bu oʻta ogʻir yukdir, unga biron nima tikish va uning muammolarini hal qilishdan koʻra uni "hisobdan chiqarish" oson, axir.

Ammo globalistlarning dunyo fuqarolari sifatidagi asl manfaatlari va sentimental tuygʻulari butunlay boshqa joylar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Xuddi oʻsha Entoni Blinken bolaligining aksariyat qismi Parijda oʻtgan va uning shaxs sifatida shakllanishiga yevropalik oʻgay otasining taʼsiri kuchli boʻlgan. Demak, uning davlat kotibi sifatida qay vaqtgacha faqatgina AQSH milliy manfaatlarini oʻziga dasturilamal qilishi toʻgʻrisida shubhalar tabiiydir.

Bunday manzarada Yevropa pozitsiyasi oʻziga xos maʼno kasb etadi. U soʻnggi oʻn yilliklar davomida oʻz ildizidan ajralgan olis amerika davlati bilan hamkorlik oʻlaroq oʻz maqsadlariga erishishga oʻrgandi - ammo shu bilan birga "ozod dunyo yetakchisi" va "yagona qudratli derjava" oldida bajarilishi shart boʻlgan ramziy reveranslarni ham kanda qilmadi. Birgina Eron yadroviy bitimini olaylik, uni koʻpincha Obama prezidentligining eng yirik gʻalabalaridan biri deb atashadi, ammo Yevropa Ittifoqi bu bitimdan Qoʻshma Shtatlarga nisbatan koʻproq manfaatdor edi.

Bundan tashqari, YEI hali ham koʻp jihatdan Shtatlarga muhtoj. Xususan, Yevropaning oʻz armiyasini - bugungi kundagi kabi kuchni imitatsiya qilguvchi emas, balki real harbiy kuchga ega armiyani yaratishga boʻlgan kuchli chiranishlari - nojiddiy koʻrinmoqda.

Ushbu maʼnoda amerikaliklarga muqobil mavjud emas va yaqin kelajakda koʻzda tutilmagan ham. Ammo Tramp Koʻxna Dunyoni oʻz harbiy "soyaboni" uchun eng yuqori stavkada pul toʻlattirishga qatʼiy qaror qilgan edi, "Vashington botqogʻi" bilan esa Bryussel va Berlin yaxshilikcha kelishuvga erishish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Qolaversa, Rossiyaga nisbatan - geosiyosiy, iqtisodiy va oʻsha, harbiy sohalarda tosh bosish uchun ham - YEI avvalgidek, kerak. Aks holda Moskva gʻarbiy yoʻnalishda juda qulay shart-sharoitlarga ega boʻlmoqda, bu esa Gʻarbiy yevropa poytaxtlarini xursand qilmaydigan yangilik.

Natijada paradoksal holat yuzaga kelmoqda: Yevropa koʻpchilik koʻz oʻngida AQSH uchun sarflanadigan material boʻlib koʻringan bir vaqtda, aslida amerikaliklar achinishga koʻproq loyiq, sababi, Shtatlarning Yevropa fitnasi va oʻz elitalari xoinligi qurboniga aylanish imkoniyati tobora oshib bormoqda.

Asosiy mavzular