02:09 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Analitika
Havola olish
151410

Suriyalik koʻchmanchi-jangarilar urushdan keyingi Qorabogʻ haqiqatiga aylanishi mumkin. Buning muqobili tarixda boʻlgan: Usmoniylar imperiyasi davrida albanlarning serbiya Kosovosiga koʻchib oʻtishini esga olaylik.

Turkiya uchun bu tashkillashtirigan migratsiya - yaʼni Janubiy Kavkazda jiddiy va uzoq vaqtga mustahkam oʻrnashib olish uchun qoʻshimcha imkoniyatdir.

Togʻli Qorabogʻdagi qurollangan mojaro bir necha ming suriyalik yollanma jangarilarni jalb etdi, ular jangovar harakatlar zonasiga Turkiya vositachiligida kirib kelib, Ozarbayjon tomonidan jang qilishdi. Uch tomonlama bitim imzolangach va urush yakun topgach, bugungi kunga qadar terrorchi-sayyohlarning vatanga qaytganligi xususida hali hech narsa maʼlum emas. Suriyaliklar oʻz oilalari bilan Ozarbayjonga qaytarilgan tumanlarda uy-joy qilishi ehtimoli yuqori.

Sky News Arabia telekanali maʼlumotlariga koʻra, turk hukumati turkman oilalarning Suriya shimoli-sharqidan Togʻli Qorabogʻ hududlariga koʻchib oʻtishlariga yordam berib kelmoqda (koʻchib oʻtuvchilarga Ozarbayjon fuqaroligi vaʼda qilinmoqda). Bularning barchasi mintaqa demografiyasini oʻzgartirish uchun amalga oshirilmoqda. Turkiya Afrin shahrida (Suriya shimoli-sharqida) shunday transformatsiya boʻyicha tajribaga ega boʻlgan, u yerda hozirda tub aholining 7%dan kamroq qismi istiqomat qilishadi.

Suriya shimoli-sharqidagi Avtonom administratsiya vakili Shafan al-Xaburiy Sky News Arabiaga bergan intervyusida turk hukumatining suriyalik oilalarni Togʻli Qorabogʻ mintaqasiga koʻchirish tashabbusi haqidagi maʼlumotlarni tasdiqladi. U, Turk rahbariyati 1923-1929 yillarda Qorabogʻ hududida poytaxti Lochin shahrida boʻlgan "Qizil Qurdiston Respublikasi" boʻlgani haqidagi faktni unutmasligini qayd etib oʻtdi.

Bu loyihaning hech qanday fantastik jihati yoʻq. Terroristik tajribaga ega boʻlgan koʻchmanchi-turklar (Usmoniylar saltanati tashkil topishidan oldin Yaqin Sharqda yashagan turklar toʻlqinlari avlodi) kamroq mablagʻ evaziga ham qayerda va kimga qarshi boʻlishidan qatʼiy nazar jangovar harakatlarda ishtirok etishga qodir boʻlgan tayyorgarlikdan oʻtgan "harbiy kontingent"ni tashkil etadi. Taxminan oladigan boʻlsak Qorabogʻning goʻyoki "kavkaz kosovosi"ga aylantirilishi Anqaraga qardosh xalq himoyasi uchun bosh koʻtarish imkonini beradi. Turk parlamenti Ozarbayjonga qoʻshinlar yuborilishini maʼqulladi, va bu Janubiy Kavkazda RFda taʼqiqlangan "JAbhat an-Nusra", "Firkat Xamza", "Sulton Murod", va boshqa ekstremistik qurd uyushmalari ishtirokida katta geosiyosiy oʻyin boshlanishidir.

Kavkazning yangi "yanыcharlari"

Turk tomoni yollanma kuchlarning Ozarbayjonga yuborilishini rasman rad etmoqda, shu bilan bir vaqtning oʻzida Armaniston oʻn yillardan buyon turk hukumatiga qarshi kurashib kelayotgan Qurdiston ishchilar partiyasini qoʻllab-quvvatlayotgani haqida maʼlum qilmoqda. Boku taʼkidiga koʻra, Suriya va Livandan kelgan yollanma jangarilar Armaniston tomonida jang qilmoqda, bu texnologik jihatdan ilojsiz, ammo ayni vaqtda dolzarb ham emas. Moʻrt dunyo vaqt sinovidan oʻtmoqda. Qorabogʻ tupigidan chiqish u yerga shubhali oʻtmishga ega yaqin sharq "koloniyachilarini" koʻchirish emas, balki diplomatik yondashuvlarni izlamoq darkor.

Eslatib oʻtmoqchiman, Latakiya va Aleppo provintsiyalarida 100 ming atrofida suriya turkmanlari istiqomat qilib, ular SAR hukumat qoʻshinlari bilan uzoq yillar davomida jang qilib kelayotgan qator terrorchilik tashkilotlari bilan bogʻliqdir.

Turkiya hukumati turkmanlarning qurollangan guruhlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Afrinpost media-resursi 23 noyabr kuni turk hukumati Suriya shimolidagi Afin qurd regionida Togʻli Qorabogʻga, "ozarbayjon armiyasi tomonidan egallangan hududga" koʻchib oʻtish istagida boʻlgan oilalarni roʻyxatga olish uchun ikkita ofis ochgani haqida xabar berdi. Va hozirda bu ofislarda (asosan Xoms provintsiyasidan) turkmanlar oilalaridan iborat uzun-uzun navbatlar yuzaga kelgan. Bu odamlarning barchasini motivatsiyalashgani ehtimoldan holi emas. Migrantlarni Togʻli Qorabogʻga joʻnatishdan oldin turk razvedkasi ular haqidagi maʼlumotlarni oʻz bazasiga kiritmoqda.

Ozarbayjon "Ronai" qurdlar madaniyati markazi rahbari Faxraddin Pashayevning soʻzlariga koʻra, bugun Ozarbayjonda 240 mingga yaqin kurdlar istiqomat qilishadi, ammo Turkiya Togʻli Qorabogʻga Yaqin Sharq qurdlarini emas, balki faqat turkmanlarni (oilalari bilan birgalikda) koʻchirish istagida. Armaniston aholisini inobatga olmagan taqdirda ham, buning Ozarbayjonga nafi boʻlarmikin?

1923 yildagi aholini roʻyxatga olish ishlariga muvofiq, Togʻli-Qorabogʻ avtonom viloyatida armyanlar 94%ni tashkil qilgan, aholining qolgan 6%i asosan ozarbayjonlar boʻlgan. Qurdlar va ruslar ozchilikni tashkil etishgan. Sovet hukumati yillarida Qorabogʻdagi arman aholisi 77%gacha kamaygan, ozarbayjonliklar esa 21%dan ortgan. 1990 yy boshidagi urush oʻz tuzatishlarini kiritgan. Istiqbolda demografik tarkib qanday boʻlishini oldindan taxmin qilish qiyin.

Armiya kundalik hayoti

Togʻli Qorabogʻning arman qismida Rossiya tinchlikparvar kuchlari urushdan keyingi hayotni qayta izga solish uchun bor imkoniyatni qoʻllamoqda. Muhandis-sapyor boʻlinmalari injener razvedkasini amalga oshirib, yoʻllarni minalardan tozalashmoqda, umumiy foydalaniladigan yoʻllardan yonib ketgan texnikani evakuatsiya qilishmoqda. Stepanakertda yoʻl harakati tiklangan, fuqaro infratuzilmasi ijtimoiy obʼyektlariga elektr va suv kelgan, insonparvarlik markazi faoliyat yuritmoqda, aeromobil gospital ishlamoqda. Rossiyalik tinchlikparvarlar qochqinlar avtobuslarini kuzatib qoʻyishmoqda, bir necha ming aholi shu vaqtgacha uyiga qaytishga muvaffaq boʻldi.

Ozarbayjon Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi prezidentlari va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 9-noyabr kuni imzolangan uch tomonlama bayonotga koʻra, 25-noyabr kuni Ozarbayjon armiyasining boʻlinmalari Kelbajar hududiga kirishdi, 20-noyabr kuni Agdam hududi, va koʻp oʻtmay (1-dekabr kuni) Lochin viloyati ham Boku nazorati ostiga oʻtdi. Rossiya tinchlikparvar kuchlari vositachiligida hududning Ozarbayjon tomoniga berilishi - 1992 yilgi qochqinlarning zudlik bilan qaytishini koʻzda tutmaydi.

Qorabogʻning keyingi taqdiri koʻp holatlarda armiya va Ozarbayjon Respublikasi harbiy-siyosiy rahbariyatiga bogʻliq. Yettita tumanning Armaniston "xavfsizlik hududidan" xuddi shunday kam sonli aholi yashaydigan va xavfli ozarbayjon zonasiga transformatsiya qilinishi – mutlaqo tavsiya etilmaydigan ish. Yettita hududga suriya turkmanlari koʻchib kelishi ehtimoli bor. Ammo 28 yildan soʻng yangi joyga koʻnikib boʻlgan ozarbayjonlik qochqinlarni "hech qayoqqa" qaytarish - juda murakkab masala.

Bu xilda bir xalqning ikkinchisi bilan "qoʻlaki" almashtirilishi yuz berishi mumkin.

Sal oldin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar, TIV rahbari Mevlyut Chavushoglu, razvedka yetakchisi Xakan Fidan va piyoda qoʻshinlari qoʻmondoni Umit Dyundar bilan muloqotda Rossiya va Turkiya mojaroni hal etishda "tenghuquqli rolga egaligi" haqida bayonot bergan edi. Turk harbiy maslahatchilari mamlakatda keng taqdim etilgan. Ularning koʻpchiligi Qorabogʻdan olisda, ammo Armaniston bilan chegaradosh Naxichevan avtonomiyasida boʻlib turishi Boku va Anqaraning "arman frontida" oldindan katta urushga tayyorligidan dalolat beradi. Rossiya tenglik asosda jangovar harakatlarni toʻxtatdi, va bundan hamma ham mamnun emas.

Turk mudofaa vaziri Xulusi Akar 24 noyabr kuni RF bilan muzokaralar davom etayotganini va uch tomonlama bitimga erishilgach, Qorabogʻdagi kuzatuv punktlari oʻrtasida turk patruli rejalashtirilayotgani va eng muhimi: "Biz buni Ozarbayjon bilan muzokaralarimizga monand ravishda amalga oshiramiz", deya bayonot qilgan edi.

Bu yerda gap hamkorlikdagi monitoring markazi haqida bormayotgani ayon. Anqara mintaqa manfaatlari va mojaro tomonlarini tinchlantirish mantigʻiga zid boʻlsa-da, harakat qilishga tayyor. Ehtimol, Qorabogʻdagi "yangi tinchlik" kimgadir juda tinchlik bermayapti.

Asosiy mavzular