Korrupsiya barbod qiladi: kim aybdor va nima qilmoq kerak - Norboyeva bilan intervyu

© Press-slujba Senta Oliy MajlisaPredsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanzila Narbayeva
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashishda muayan yutuqlarga erishdi – ushbu sohani tartibga soluvchi asosiy Qonun qabul qilindi va tegishli tuzilmalar tuzildi. Biroq qonunchilikda hali ham "bo‘shliqlar" topishga imkon beradigan katta kamchiliklar mavjud.

Anna Jelixovskaya

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Narbayeva buning qanday oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyatining rolini qanday kuchaytirish haqida so‘zlab berdi.

- Siz O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq hozirgi holatni qanday baholaysiz? Qanday ishlar amalga oshirildi?

- Keyingi ikki yilda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi siyosat sohasida qator muhim islohotlar amalga oshirildi. Eng avvalo, jamiyat va davlat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan huquqiy asos shakllantirildi. 2017-yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi muhim qadam bo‘ldi. Qonunda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik kabi tushunchalarga oydinlik kiritildi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, ushbu sohadagi davlat siyosati yo‘nalishlari, ularni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari mustahkamlab qo‘yildi.

Generalniy prokuror Uzbekistana Nigmatilla Yuldashev. - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘ldoshev: 2-yilda korrupsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trln so‘mdan oshdi

Bundan tashqari, ushbu Qonun korrupsiyaga qarshi kurashishning yaxlit qonunchilik, huquqiy tizimini shakllantirish va rivojlantirish uchun asos bo‘ldi. Davlatimiz rahbarining qator farmonlari va qarorlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab bergan davlat dasturlari qabul qilindi.

Bugungi kunda barcha ishlab chiqilayotgan va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Qonun ijodkorligi sohasida katta natijalarga erishgan xorijiy mamlakatlarning tajribasidan keng foydalanilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun qonunlarning o‘zi yetarli emasligini, ularni amalda ro‘yobga chiqarish mexanizmlari kerakligini anglab yetish muhim.

Shu munosabat bilan joriy yilning iyun oyida to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadigan, shuningdek, Oliy Majlis palatalari oldida hisobot beradigan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

Agentlikka juda muhim vazifalar yuklatilgan. Agentlik inson huquqlari va erkinliklarini, iqtisodiy faoliyat va xususiy mulk erkinligini, jamiyat va davlatning boshqa hayotiy muhim manfaatlarini korrupsiyadan himoya qilishga qaratilgan qator tahliliy, profilaktika, siyosiy-huquqiy va ma’rifiy tadbirlarni shakllantirish va amalga oshirish uchun javob beradi.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Agentlikning ham, yaqinda tuzilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining ham faoliyati olib borilayotgan ishlar jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi, birinchi navbatda barcha sohalarda korrupsiyaning sabablari va uni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik, shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar va fuqarolik institutlarini ushbu ishlarga keng jalb qilish korrupsiyaga qarshi kurashishning eng muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda nodavlat sektor va fuqarolik jamiyati vakillari, xalqaro hamkorlar, biznes vakillari bilan ochiq muloqot qilish birinchi marta davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bunday yondashuv fuqarolarning hokimiyat institutlariga bo‘lgan ishonchini kuchaytirish uchun ham, korrupsiya holatlariga qarshi kurashishda, mamlakatda huquq ustuvorligini ta’minlashda jamiyat va davlatning sa’y-harakatlarini birlashtirish uchun ham juda muhimdir. 2018-yilda qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qator qonun hujjatlari ushbu ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarni amalga oshirish uchun muhim huquqiy asosni yaratadi.

- Mutaxassislarning fikricha, korrupsiyani butunlay yo‘q qilish mumkin emas. Biroq ba’zi ekspertlar uni nazorat qilish haqida so‘z yuritmoqda. Sizningcha, bu qanchalik to‘g‘ri yangrayapti?

– Fikrimcha, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish haqida so‘z yuritish to‘g‘ri bo‘ladi. Hech kimga sir emaski, korrupsiya paydo bo‘lishining sabablari ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Shu sababli ushbu yovuzlikka qarshi kurashishda bunday sabablarni o‘z vaqtida aniqlash va davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida korrupsiya namoyon bo‘lishiga turtki beradigan sharoitlarni yo‘q qilish bo‘yicha kompleks ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy, shu jumladan g‘oyaviy-tarbiyaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimdir. Mamlakatda olib borilayotgan ma’muriy islohot, iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish chora-tadbirlari aynan shu vazifani hal qilishga qaratilgan. Sizga ma’lumki, keyingi yillarda davlat fuqarolik xizmatidan o‘tishning huquqiy asosini takomillashtirish yuzasidan ko‘p ishlar amalga oshirildi.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekkino korrupsiyaga qarshi multfilm bilan kurashishga qaror qildi

Mansabdorlar tomonidan aktivlar, daromadlar, yirik xarajatlar to‘g‘risida deklaratsiya berish, ma’muriy tartib-taomillar samaradorligini oshirish, davlat boshqaruvi organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda burokratizm va soxtakorlikka barham berish institutlarini amaliyotga joriy etish borasida yana ham ko‘proq ishlarni amalga oshirish lozim.

Shu bilan birga, shuni unutmaslik kerak, korrupsiya davlat hokimiyati va boshqaruvining asoslarini buzadigan, ularning aholi orasidagi obro‘siga putur yetkazadigan og‘ir jinoiy harakatlar majmui hisoblanadi. Va eng asosiysi, bu jinoyatlar fuqarolarning qonuniy huquqlari hamda manfaatlariga daxl qiladi.

Aynan shu sababli barcha huquqiy, shu jumladan, jinoyat-huquqiy ta’sir choralaridan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi olib boriladigan murosasiz kurash davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Jumladan, mansabdor shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarligini kuchaytirish nuqtayi nazaridan jinoyat, jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish, shuningdek boshqaruv amaliyotiga muvofiqlik dasturlarini (compliance) joriy etish, huquqbuzarliklar haqida xabar beruvchilarni himoya qilish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, 2020-yilning 9 oyi davomida korrupsiya holatlari bilan bog‘liq 838 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 4 nafari respublika darajasida, 15 nafari hududiy darajada va 626 nafari shahar va tuman darajasidadir.

Agar ustuvor vazifalar haqida gapiradigan bo‘lsak, bugun korrupsiyaga qarshi siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha ishlarni bajarishda izchillikni, umumiylikni ta’minlash nihoyatda muhimdir. Bugun davlat apparati, shu jumladan parlament jamoatchilik va bu yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan mamlakatlar xalqaro ekspertlari bilan yaqin hamkorlikda ushbu vazifalar ustida ish olib bormoqda.

- Hech kimga sir emaski, xalqimiz juda iltifotli xalq. Va bunday iltifotlilik (hatto an’analar) poraxo‘rlikning gullab-yashnashiga hissa qo‘shmoqda. Jamiyatda korrupsiyaning barcha turlariga nisbatan murosasiz munosabatni qanday shakllantirish mumkin?

– Men bu gapga qo‘shila olmayman! Iltifotlilik, ochiqlik, vijdonlilik, qalbi kenglik, adolatga sodiqlik va xalqimizning boshqa yuksak insoniy fazilatlari, Siz aytganingizdek, “korrupsiyaning gullab-yashnashiga” zamin yarata olmaydi. Korrupsiya – bu qullik psixologiyasining namoyon bo‘lishidir, biz esa o‘z qadr-qimmatimizni chuqur anglaydigan erkinlikni sevuvchi xalqmiz va aynan shu biz ildizi yaqin o‘tmishimizga borib taqaladigan bu kasallikni va haligacha hal qilinmagan hayotiy muammolarni yengib o‘tishimizga to‘liq ishonch bag‘ishlaydi.

Korrupsiya, birinchi navbatda, alohida insonning, mansabdor shaxsning o‘z lavozimidan boyish maqsadida foydalanishga moyil bo‘lgan yoki moyil bo‘lmagan axloqining ichki holatini aks ettiradi. Jinoyat kodeksida nafaqat pora olganlik va berganlik uchun, balki pora berishda vositachilik qilganlik uchun ham moddalar belgilanganligini unutmaslik lozim.

Rossiyskie rubli v rukax u jenshini - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi

Harakatlar ketma-ketligini, murosasizlikni, fuqarolarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongi darajasini oshirishni men ushbu hodisaga qarshi turishning asosiy omillari deb bilaman. Ayniqsa, yoshlar orasida ish olib borish va ularni korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan islohotlarga jalb qilishga ko‘maklashish juda muhimdir. Har bir fuqaro bu yovuz qilmishni sodir etganidan so‘ng muqarrar jazo borligini tushunishi kerak.

Bundan tashqari, korrupsiya iqtisodiy islohotlarni targ‘ib qilishga, investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qilishini, mamlakatimizning raqobatdoshligini pasaytirishini va shu orqali bizning farovonligimiz o‘sishini, ishsizlik, yuqori sifatli ta’lim, sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq fuqarolarning dolzarb ijtimoiy muammolarini hal qilishga g‘ov bo‘lishini har kim va umuman jamiyat tushunishi muhimdir.

Aynan shu sababli bugun milliy investitsiya loyihalari doirasidagi mablag‘larning, shuningdek xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan ajratilgan grantlarning maqsadli sarflanishi jarayoni ustidan nazoratni, shu jumladan deputatlar va jamoatchilik nazoratini ta’minlash nihoyatda zarurdir. Davlat tuzilmalari faoliyatida ushbu jarayonlarning ochiqligi va shaffofligi hokimiyatga bo‘lgan doimiy va asosli ishonchni mustahkamlaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi qarori bilan kapital qurilish, oliy ta’lim, davlat xaridlari va sog‘liqni saqlash sohalarida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etildi.

Konvert s dollarovimi kupurami - Sputnik O‘zbekiston
Oliy ta’lim tizimidagi 326 nafar xodim korrupsiyaga qo‘l urgan

Shuni yana bir bor qayd etishni xohlardimki, biz siz bilan qonunlar qabul qilish, jiddiy jazolar qo‘llash, odob-axloq qoidalariga rioya qilish zarurligi va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa vositalarini qayd etdik, biroq har birimiz o‘zimizda ushbu halokatli hodisaga nisbatan murosasizlikni shakllantirmasak, o‘zimizni o‘zgartirmasak, barcha harakatlarimiz kutilgan natija bermaydi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyati korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim rol o‘ynaydi. Fuqarolar hali ham yetarli darajada faol emasligini hisobga olib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu qiyin jarayonga fuqarolik jamiyati faollarini jalb qilish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

Bundan tashqari, lavozimi darajasidan qat’i nazar (respublika, viloyat, shahar, tuman) sodir etilgan korrupsiya holatlari ommaviy axborot vositalarida imkon qadar yoritilishi kerak, toki buning oqibatlari boshqalarga ibrat bo‘lsin.

- Nima uchun qurilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sud tizimi kabi sohalar eng ko‘p korrupsiya botqog‘iga botgan sohalar hisoblanadi?

– Chindan ham ushbu sohalarda korrupsiya xavfi yuqori va buning sababi shundaki, aftidan ushbu sohalarda inson omili, boshqaruv tizimidagi, davlat xizmatini tashkil etishdagi kamchiliklar – haddan ortiq burokratiya va ma’muriy to‘siqlar va boshqa chiqimlar ko‘proqdir. Shu munosabat bilan bunday omillarning ta’sirini nafaqat ushbu faoliyat sohasidagi ishlarda, balki boshqa faoliyat sohalarida ham kamaytirish zarur.

Ushbu masalalar qanday hal qilinayotganligiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni burokratik to‘siqlarni kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan ishlarda hal qiluvchi qadam bo‘ldi. Farmonga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab 70 turdagi litsenziya va 35 ta ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat bekor qilinmoqda.

Elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar korrupsiyaga qarshi kurashishning kuchli vositalaridan biriga aylandi. Shu nuqtayi nazardan elektron hukumatni rivojlantirish muhimligiga urg‘u bermoqchiman. Uning korrupsiyani kamaytirishdagi salohiyati hali yetarlicha amalga oshirilmagan va shu sababli biz joylarda elektron hukumat faoliyati mexanizmidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirishimiz kerak.

Shu bilan birga, nafaqat yuqorida sanab o‘tilgan sohalarda, balki davlat hayoti va faoliyatining boshqa sohalarida ham ayrim davlat organlari xodimlari huquqiy madaniyatining past darajasi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi tizimli sabablardan biri bo‘lib, uni yo‘q qilish uchun hali ko‘p ishlar qilinishi kerak. Afsus bilan ta’kidlash joizki, ayrim davlat organlari xodimlarining huquqiy ongi korrupsiya jamiyatimiz hayotini buzadigan hodisa ekanini anglaydigan darajaga yetmagan.

- Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament qanday rol o‘ynaydi?

– Ijro etuvchi hokimiyat faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha katta vakolatlarga ega bo‘lgan mamlakatning oliy qonun chiqaruvchi organi sifatida korrupsiyaga qarshi kurashishda parlamentning roli nihoyatda yuqori. Parlament, eng avvalo, korrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha zamonaviy huquqiy va qonunchilik asoslarini yaratish uchun javob beradi. Bu sohada sifatli qonunlarning o‘z vaqtida qabul qilinishi, ularning so‘zsiz bajarilishini, shuningdek barcha normativ-huquqiy hujjatlar korrupsiyaga qarshi puxta ekspertizadan o‘tkazilishini nazorat qilish parlament a’zolariga korrupsiya holatlarining oldini olishda yutuqqa erishish imkonini beradi.

Perviy zamestitel ministra visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya respubliki Inomjon Majidov - Sputnik O‘zbekiston
Majidov ta’limda korrupsiyani yo‘qotish haqida: "Bir yil kam"

Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari, ularning organlari qarorlari, davlat dasturlari va hokazolarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini olib borish shakllaridan foydalanish – Oliy Majlis palatalarining muhim vazifasidir.

Oliy Majlis palatalari tarkibida parlamentning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi qonun ijodkorligi, nazorat funksiyalarini samarali amalga oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitalar tuzildi.

Parlament a’zolari, mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari ushbu sohada korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar va davlat dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etayotganligi haqida ko‘plab misollarni keltira olaman.

Jumladan, viloyat hokimlari, hukumat a’zolari, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyati samaradorligi, shu jumladan korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi hisobotlari va axborotini Senat tomonidan tizimli ravishda eshitish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini belgilab berdi

Mahalliy Kengashlarda deputatlar, shu jumladan tegishli hududlardan saylangan Senat a’zolari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni tobora ko‘p ko‘tarmoqda. Ushbu masalalarni, deputatlar tekshiruvlari yakunlari bo‘yicha tashkil etilgan tekshiruvlarni muhokama qilish, xalq saylagan vakillar tomonidan mansabdor shaxslar, shu jumladan huquqni muhofaza qilish va sud organlari mansabdor shaxslari faoliyatiga berilgan baholar tobora qat’iy va konstruktiv bo‘lib borayotganini alohida ta’kidlamoqchiman.

- Sizningcha, korrupsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining vazifasi nimadan iborat?

– Jamiyat uzoq vaqt korrupsiya bilan bog‘liq muammolarni ochiqcha keng muhokama qilmaslikka harakat qilganligini tan olish kerak.

Shu bilan birga, axborotning ochiqligi korrupsiyaga qarshi kurashishda asosiy omil hisoblanadi, chunki mass-media jamiyat ongiga katta ta’sir ko‘rsatadi va xulq-atvorning o‘zgarmas stereotiplarini shakllantiradi.

Shu munosabat bilan davlatimiz rahbarining davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini oshirishga, davlat organlari faoliyatida mavjud bo‘lgan muammolarni, kamchiliklarni keng muhokama qilish uchun tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratishga qaratilgan siyosati davlat boshqaruvi tizimida sog‘lom muhitni saqlashda ommaviy axborot vositalarining rolini sezilarli darajada oshiradi.

Genprokuror Uzbekistana Nigmatulla Yuldashev. - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuror oliy ta’lim sohasida korrupsiya tarqalgan yo‘nalishlarni sanab o‘tdi

Fikrimcha, OAV nafaqat axborot manbasi vazifasini bajarishi, balki korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining bir qismiga, mamlakatning korrupsiyaga qarshi strategiyasini targ‘ib qilishda muhim vositaga aylanishi kerak. Shu nuqtayi nazardan, ommaviy axborot vositalarining vakolatlarini kengaytirish, mustaqilligini, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan mustaqilligini izchillik bilan mustahkamlash zarur. Menimcha, korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish va sud organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini qonunchilik darajasida mustahkamlab qo‘yish vaqti keldi. 

Biz ommaviy axborot vositalarida chop etiladigan nashrlarga e’tibor qaratishimiz shart.

Men o‘z faoliyatimda ommaviy axborot vositalari bilan ham hamkorlik qilishga alohida ahamiyat beraman. Ham davlat, ham xususiy ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlari ro‘yxati kengayib bormoqda. Shuni ta’kidlashni istardimki, endi yalpi majlislarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish imkoniyati mavjud. Va bu faoliyatimizda biz ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga amal qilishimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Oliy Majlis palatalari faoliyatiga elektron parlament tizimini joriy etish bu yo‘nalishdagi yana bir tashabbusdir. Ushbu loyiha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va parlament nazoratini ta’minlash, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish masalasida parlament va jamoatchilik o‘rtasida samarali muloqot uchun zarur vosita bo‘ladi.

- Siz Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashidan tashqari Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashiga ham rahbarlik qilasiz. “Boshqaruv sifatining indikatorlari” (u yerga “Korrupsiyani nazorat qilish” kiradi), “Korrupsiyani anglab yetish indeksi” va “Huquq ustuvorligi indeksi” (unga “Korrupsiya yo‘qligi” kiradi) kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston egallagan o‘rinlarni yaxshilash maqsadida qanday ishlar olib borilmoqda?

– O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashishda ijobiy natija ko‘rsatayotgan 16 ta mamlakat qatoriga kiradi. Birinchi navbatda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga baho beriladi. Ta’kidlash joizki, “Qonun ustuvorligi 2020” indeksi bo‘yicha O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida eng katta yutuqqa erishdi. Hisobotga ko‘ra O‘zbekiston umumiy reytingda 0,47 ball bilan 92-o‘ringa ko‘tarildi. Biroq odamlar sud-huquq tizimidan mamnun, deyish hali erta. Sud tizimi, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashishda haqiqatan ham samarali tizimga aylanishi uchun sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash eng muhim vazifa bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Bu borada sudyalar faoliyatiga aralashish yoki ularga mansabdor shaxs tomonidan bosim o‘tkazish holatlari to‘g‘risida Sudyalar oliy kengashi taqdimotlarini ko‘rib chiqish amaliyotini Senat faoliyatiga joriy etish masalasi o‘rganilmoqda. Sudyalarning korrupsiyaga moyilligini aniqlash maqsadida yashirin monitoring o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Monitoring natijalari har yili Sudyalar oliy kengashida muhokama qilinadi.

TGEU (Narxoz) - glavnoe zdanie  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zini-o‘zi moliyalashtiradigan oliygohlar korrupsiyadan himoya qilinadi

Xalqaro Transparency International tashkiloti tomonidan tuziladigan indeksda O‘zbekiston so‘nggi yillarda o‘z o‘rnini yaxshilab oldi, biroq bu yovuz illatni to‘liq yo‘q qilish uchun hali ko‘p ishlarni bajarish kerak. Ayni paytda Respublika kengashi davlat organlarida korrupsiya xavflari paydo bo‘lishini monitoring qilish va baholash amaliyotini ishlab chiqish va joriy etishni nazarda tutuvchi 2030-yilgacha korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi loyihasi ustida ish olib bormoqda. Bu qator indikatorlardan iborat korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy indeksga aylanadi.

Biz Respublika kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlar guruhlarining xalqaro tashkilotiga (GREKO) qo‘shilish, shuningdek tegishli konvensiyalar normalarini milliy qonunchilikka tatbiq etish masalalarini o‘rganayapmiz.

Albatta, maqsadimiz xalqaro reytinglarda O‘zbekiston egallagan o‘rinlarini mustahkamlashdangina iborat emas. Asosiy vazifa – xalq hayotini yaxshilash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini korrupsiyadan ishonchli himoya qilishni ta’minlashdir. Xalqaro reytinglar va indekslar esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ko‘zgusi va e’tirofi bo‘lib xizmat qiladi. 

- Yaqinda jamoat muhokamasi uchun qaror loyihasi taqdim etildi, unga ko‘ra korrupsiya holati haqida xabar bergan fuqarolar moliyaviy tomondan rag‘batlantiriladi. Sizningcha, bu mexanizm qanchalik samarali bo‘ladi?

– Bunday mexanizm qator demokratik mamlakatlarda qo‘llanilishini bilsangiz kerak. Bizning sharoitimizda u qanchalik samarali bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Fikrimcha, agar fuqarolar korrupsiya holatlari haqida axborotga ega bo‘lsalar, ular bu axborotni tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berganlarida, birinchi navbatda, o‘z fuqarolik nuqtayi nazaridan kelib chiqib ish tutushlari kerak. Shu bilan birga, korrupsiya holatlarini oshkor qilgan va jamiyat manfaati yo‘lida ular haqida tegishli organlarga xabar bergan shaxslarni yuridik himoya qilishning samarali mexanizmini yaratish zarur, deb hisoblayman.

Yangiliklar lentasi
0