21:35 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Analitika
Havola olish
137510

Rossiya mudofaa-sanoat kompleksi va RF Mudofaa vazirligining qayta qurollanish dasturi oʻtayotgan yilda iqtisodiy turbulentlik sharoiti hamda global chaqiriqlar va xatarlar fonida yuqori barqarorlikni namoyish etdi.

2020 yildagi koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq global iqtisodiy inqiroz Rossiya davlat qurol ishlab chiqarish dasturi (GPV-2020)ni va RFning xalqaro qurol bozoridagi pozitsiyalariga putur yetkaza olmadi. Rossiya qoʻshinlari taʼminoti oʻtgan yilgiga nisbatan 11 %ga oshdi. "Rosoboroneksport" xorijiy buyurtmachilarga 10 milliard dollarlik harbiy maqsadli mahsulotlarni yetkazib berdi, buyurtma portfelini taxminan 50 milliard dollarda saqlab qoldi va 9 milliard dollarga yangi bitimlar imzoladi.

Qayta qurollanish poygasida ishtirok etmay, Rossiya 2019 yildan armiya va flotning qayta taʼminoti uchun 2019 yildan 1,5 trln rubldan koʻp sarflamoqda, boz ustiga mablagʻlarning 70%dan koʻpi – zamonaviy seriyali namunalarga sarflanyapti. Qoʻshinlar bir yil ichida 2300 dan ortiq yangi turdagi qurol-aslahalarni olgan.

Rossiya floti 35ta submarinalar, suv usti kemalari bilan toʻldirildi – faqatgina Boltiq flotining oʻzi oltita yangi raketa kemalarini qabul qilib oldi. Havodan hujumga qarshi mudofaa ham– toʻrtta S-400 "Triumf" zenit-raketa polk komplektlari va oltita "Pantsir"  zenit raketa-toʻp divizion komplektlari bilan boyidi.

"GPV-2020" dasturini amalga oshirish davomida armiya va dengiz flotida zamonaviy qurol-yarogʻ darajasi 70 %ga, strategik yadroviy kuchlarda 83 %ga, Aerokosmik kuchlarda 75 %ga yetdi. Umuman olganda, RFning qurol-yarogʻni rivojlantirish boʻyicha 2011–2020 yillarga moʻljallangan davlat toʻliq amalga oshiriladigan birinchi dastur boʻldi va qoʻshinlarni katta miqdordagi yangi va zamonaviy qurol-yarogʻ va jihozlar bilan taʼminladi. Tezlashtirish davom etmoqda, yangi yilda qoʻshinlar 3400dan ortiq yangi harbiy texnikaga ega boʻladi - harbiy qismlarning eng soʻnggi qurol-yarogʻ bilan doimiy jihozlanish hozirligi 2022 yil boshiga qadar 71 %dan oshadi.

Muammolar halqasida

Rossiyaga qarshi sanktsiyalar va gʻarblik "sheriklarning" vijdonsizlarcha raqobati tufayli pandemiya RF qurol eksportining eng katta muammosiga aylandi. Yodga olish kerakki, 2020 yilda jahon qurol savdosidagi umumiy "kovid" koʻrsatkichining pasayishi 10% darajada boʻlishi prognoz qilinmoqda, ammo Rossiya yetakchilikni saqlab qoldi. Rus quroli jahon qurol bozorining taxminan uchdan bir qismini (AQShdan keyin ikkinchi oʻrinni) egallagan.

Harbiy-texnik hamkorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosan maxfiy xarakterga ega va shu bilan birga Rossiya va Turkiya S-400 ZRKni yetkazib berish boʻyicha ikkinchi bitimni imzolashgani, Misr 500ta T-90MS tanklariga buyurtma bergani, chet ellik buyurtmachiga Mi-38T koʻpnishonli vertolyotlarni yetkazib berish boʻyicha bitim imzolangani maʼlum. Hindiston Rossiyaning MiG-29 va Su-30 qiruvchilari uchun 2 milliard dollar sarflashga tayyor.

Beshinchi avlod Su-57E qiruvchilari, modernizatsiya qilingan Mi-28NE vertolyotlari va Ka-52K kema vertolyotlari yuqori eksport salohiyatiga ega. S-300V4 "Antey-4000" zenit-raketa majmuasi va "Armata" zirhli mashinalar liniyasi ham talab kam emas.

Rossiya yetakchiligining istiqboldagi bahosini tushunish uchun, quyidagi maʼlumotga eʼtibor qaratish joiz - Rossiya quroli eksportining taxminan 45%ini - aviatsiya tashkil etadi. 2020-2023 yillarda esa koʻp nishonli qiruvchilarning jahon eksporti hajmi 110,7 milliard dollar, jangovar vertolyotlarniki - 65,3 milliard dollarga baholanmoqda.

Yuqori texnologiyalar jangovar safda

Oʻtayotgan yil rus qurollarining miqdor (seriyali ishlab chiqarish) va sifat (jangovar foydalanish) koʻrsatkichlarida katta yutugʻi bilan esda qoldi. Bir nechta yorqin shtrixlarni - xronologik tartibda keltirsak.

Zamonaviy va universal Ka-52 "Alligator" razvedka-zarba vertolyoti Suriyadagi jangovar sharoitlarda sinovdan oʻtgan, bortda 2,8 tonna ogʻirlikka ega arsenalni koʻtarib yurishga qodir va hozirda 100 kilometrgacha masofaga ucha oladigan qanotli raketalarni oʻzida "oʻlchab koʻrmoqda" (dunyoda analogi yoʻq). Rossiya HKK jangovar safida - bunday mashinalar soni taxminan 140tani tashkil qiladi.

"Pantsir" ZRPK 2020 yilda ilk bor vaqt talabi tufayli harbiy kema palubasiga "qadam qoʻydi". Havo nishonlarining tezlik va nishonga olish imkoniyatlari muntazam oʻsib bormoqda, ularning oʻlchami va koʻrinishi esa aksincha, kamaymoqda. Raqibning arzon droniga qarshi S-300 yoki S-400 singari qimmatbahon raketalarni qoʻllashdan naf yoʻq. Dengiz amaliyotida ixcham tizim barcha koʻrinishdagi havo nishonlarini 20 km chegara chizigʻidan tortib kema bortiga qadar boʻlgan masofada optimal yoʻq qilishga qodir. 

Rossiya havo-kosmik kuchlari Leningrad viloyatida birinchi eng yangi "Vityaz" S-350 zenit-raketa tizimining jangovar qoʻllanilishini boshlashdi va ushbu qurol Gʻarbiy strategik yoʻnalishda havodan hujumga qarshi mudofaani kuchaytirishda sifatli sakrashni amalga oshirishga imkon beradi. Divizionda 12 ta uskuna mavjud boʻlib, ularning har biri 12 tadan raketaga ega. Avtomatik rejimda 120 kilometrdan ortiq masofa va 30 kilometrgacha boʻlgan balandlikda havodagi nishonlarga tez va aniq zarba berishga tayyor boʻlgan jami 1728 ta raketa.

S-500 "Prometey" zenit-raketa tizimi sinovlari yakunlanmoqda, bu sinovlar davomida raketa rekord darajadagi 553 km masofada nishonni urdi. Qora dengiz yoʻnalishida S-500 tizimlari, farazlarga koʻra, tajovuzkorning Buxarest, Anqara yoki Kiyev ustidagi qiruvchi samolyotlarini hamda strategik bombardimonchi samolyotlarini urib tushirishga qodir (bularning barchasida nishongacha boʻlgan masofa 550 km dan kam boʻladi).

 

Rossiya HDK 2020 yilda 28 yil deganda birinchi marta oltita suvosti kemalarini qabul qilmoqda: toʻrttasi 955A va 885M loyihalaridagi atom kemalari va ikkitasi 636.3 va 677 loyihala - dizel-elektrik kemalar. Toʻrtinchi avlodga mansub oʻnta strategik suv osti kreyserlari (uchta "Borey" va yettita "Borey-A")yaqin oʻn yilliklar uchun Rossiya yadroviy triadasining dengizdagi asosiga aylanadi va 160dan kam boʻlmagan "Bulava" raketalarini maksimal 8000 kilometrgacha boʻlgan harakat radiusida tashiydi (bu har biri 100-150 kilotonnagacha boʻlgan 1600 ta ajraladigan boyegolovkalardir). Rossiya mamlakat manfaatlarini Jahon okeanining istalgan nuqtasida himoya qila oladigan yangi suvosti flotini shiddatli tezlikda yaratmoqda.

Beshinchi avlod Su-57 qiruvchilarining ommaviy ishlab chiqarilishi boshlandi. Yangi qiruvchi yer ustidagi uzoqlik masofasi 400 kilometrgacha boʻlgan nishonlarni aniqlashga, 62tagacha obʼyektlarni kuzatib borishga (va boshqa samolyotlarga (zarba dronlariga) nishonlar boʻyicha koʻrsatmalarni olib berishga qodir. Birinchi partiyada RF Mudofaa vazirligi uchun – 76 qiruvchilar, istiqbolda esa Su-57ning uchta aviapolki Rossiya HKK jangovar imkoniyatlari barqaror rivojini taʼminlaydi.

Sayyoramizning har ikkala qutbidan uchib oʻtishga qodir boʻlgan yangi ogʻir qitʼalararo "Sarmat" ballistik raketa Strategik raketa kuchlariga xizmatga kirishdan oldin soʻnggi sinovlardan oʻtdi. Asosiy farq shundaki, yangi kontinentlararo ballistik raketadan yuqori aniqlikdagi noyadroviy qurol sifatida YU-71 tipidagi gipertovushli bloklar bilan foydalanish imokniyati mavjud. Atmosferada taxminan 15 Max (7 km / sek.) Tezlikda blokning kinetik energiyasi hududning radioaktiv ifloslanishisiz yadroviy zarba berish uchun xos boʻlgan halokatni kafolatlaydi. Gipertovushli manevr qiluvchi jangovar kallaklarining muhim ustunligi bu trayektoriyani juda aniq sozlash va start joyidan minglab kilometr naridagi "qoziq" ga aniq urish qobiliyatidir.

 

Yadroviy energetika uskunasiga ega boʻlgan "Poseydon" dengiz osti transport vositasining sinovlari uchuvchisiz suzishning noyob xususiyatlarni va cheksiz tezligini tasdiqladi. Bu 1000 metr chuqurlikda 10 ming kilometrgacha, 100 uzel (185 km / soat) tezlikda harakatlana oladigan qitʼalararo chuqur suvlarda harakatlanuvchi apparatdir. Uzunligi 24 metr boʻlgan qurilma odatiy yoki megatonnali termoyadroviy oʻq-dorilar bilan jihozlanishi mumkin va samolyot tashuvchi guruhlarni, strategik suvosti bazalarini va dushmanning qirgʻoq infratuzilmasini yoʻq qilishga moʻljallangan.

Rossiya dunyoning boshqa hech bir mamlakati bilan oʻxshashi boʻlmagan, yuqori aniqlikdagi samarali qurol boʻlgan "Tsirkon" gipertovushli raketa sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlamoqda. Oktyabr oyida Oq dengizdagi "Sovet Ittifoqi floti Admirali Gorshkov" fregatidan uchirilgan "Tsirkon" toʻrt yarim daqiqada 450 km masofadan turib Barenets dengizidagi nishonni urdi va RFning Arktika chegaralari va Shimoliy dengiz yoʻli mudofaasi ishonchliligini tasdiqladi. Tezlik 8 Maxdan oshdi, parvoz maksimal balandligi 28 kilometrga yetdi. Loyihaga koʻra, raketa tezligi 9 Maxga qadar (10789 km / soat dan yuqori)  va parvoz masofasi 1000 kilometrdan ortiq boʻlishi nazarda tutilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida qoʻshinlarni minalardan tozalaydigan "Uran-6" robotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Koʻp funktsiyali robotlar kompleksi minalashtirilgan maydonlarda oʻtish joylarini oʻtkazish va katta maydonlarni minalardan tozalash uchun moʻljallangan (ilgari Suriyada sinovdan oʻtgan).

Asosiy mavzular