16:10 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Analitika
Havola olish
1562 0 0

"Rossiya segodnya" Xalqaro axborot agentligi Amerika Qoʻshma Shtatlari bizni yaqin toʻrt yil ichida nima uchun jazolaydi, degan savolga javob topdi

Viktor Maraxovskiy
Bu - garchi toʻgʻridan-toʻgʻri boʻlmasa-da, ammo juda tushunarli javob. Agentlik mutaxassislari olti oy davomida oʻnlab amerika OAVlarida chop etilgan maqolalar boʻyicha ("Sakkizoyoq 3" kodi bilan) tadqiqotlar oʻtkazdilar, unda bizning davlatimiz nomi ham keltirilgan.

Xulosa: Amerika media-sohasida (demakki amerika siyosatida ham) bizning siz bilan mavjudligimiz konteksti endi ancha oydinlashdi (va shuning uchun Amerika siyosati uchun) aniq. Shuningdek, unda bizga qanday rol ajratilgani ham.

Demakki, bizga boʻladigan, Rossiyaga nisbatan kutilayotgan taxminiy munosabatlar ham tushunarlidek.

Yaxshi xabar: amerika OAVlari bizni eslashadi, yaxshi koʻrishadi, va hatto 2016 yilgidan, yaʼni "ruslar borasidagi jazava" oʻz choʻqqisida boʻlgan vaqtdagidanda koʻproq esga olishar ekan (esga olishlar chorak koʻrsatkichga ortgan).

Noxushroq xabar: oʻtgan yilgi obzordan taxminan bir yil oʻtib hech vaqo oʻzgargan emas.

Joriy yilning 1 avgustidan 15 noyabriga qadar Rossiya haqida chop etilgan 1227 maqola orasida — noltasi pozitiv yozilgan. Neytral, deya baholash mumkin boʻlgan maqolalar ("yoʻq, ruslar Tramp gʻalabasi haqidagi zaharli xeshtegni ishga tushirmadi", "yoʻq, ruslar saylov natijalariga taʼsir koʻrsatishmadi"; "ruslar saylovlarga aralashuvini inkor etishmoqda" kabi), - 46 ta, yoki umumiy hajmdan toʻrt foizni tashkil etadi.

Qolgan 96 foizi — bu hattoki takroriy emas, balki maqsadli auditoriyaga bir xil mantrani ahmoqona tarzda singdirishdan iborat: ruslar saylovlarga aralashishmoqda, ruslar ijtimoiy tarmoqlarda sizning ongingizni buzmoqda, ruslar Tramp uchun, ruslar feyklarni tarqatishmoqda.

Gabrielning Rossiya AQSH saylovlariga aralashmasligi haqidagi soʻzlari ortida nima turibdi? Germaniyada Rossiya AQShda oʻtkazilgan 2016 yilgi saylovlarga aralashmagani haqida gapira boshlashdi. Sputnik radiosi efirida siyosatshunos Yuriy Pochta nemislar Qoʻshma Shtatlar tomonidan, shu jumladan oʻz nomlariga ham qarshi aytilayotgan ayblovlarning asossizligini tan olishni boshlashgani haqida taʼkidladi.

Ushbu singdirishlar shu darajada umidsiz va zerikarli ediki, bu yerda hatto hazm etiladigan narsaning oʻzi yoʻq edi: kabinetlarda yoki masofadan ish bilan band boʻlgan, oʻz hayotida hech narsa bilan haqiqatda qiziqmaydigan jurnalistlar va muharrirlar oʻtirishar, ular haftasiga besh marta (misol uchun CNN — 106 kunda 570 ta maqola chop etgan) quyidagilardan bizni xabardor etish uchun ogʻiz ochishardi:

— Putin oʻz brosi Trampni bizning saylovlarga aralashish uchun qoʻllab-quvvatlash haqida orzu qilmoqda,
— Rossiya saylovlarimizni sindirishga harakat qilishda davom etmoqda,
— Rossiyalik trollar auditoriyaga taʼsir koʻrsatmoqda,
— Ijtimoiy tarmoqlar rus xakerlari va trollar faoliyatini lozim tarzda nazorat qilmayapti,
— Tramp uchun ovoz berib, sen soyadagi qora lord Putinning koʻrsatmasi boʻyicha ovoz bermoqdasan.
Bularning barchasining, tabiiyki Rossiyaga nisbatan hech qanday aloqasi boʻlmagan va boʻlmaydi ham. Bu AQSH media-hayotining ichki bir elementi - ongi sust omma va uzluksiz saylovlar tsikllari kechadigan mamlakat.

Bu shunday bir davlatki, bu yerda ichki dushmanlar boʻylab zarba beradigan mediapushkalarning asosiy vazifasi ommaga uzluksiz ravishda - bir xildagi suggestiv mantralarni, yaqin qolgan saylovlarda qatnashib, lozim boʻlgan nomzodga ovoz berishga daʼvat qiluvchi (bu, agar yodingizdan koʻtarilgan boʻlsa, demokratiya deb ataladi) gipnos-mantralarni yetkazishdan iborat.

Ikki ming yigirma ikkinchi yil ushbu tetik demokratiyaga faqat bitta yangilik olib keldi: ijtimoiy platformalar-gigantlar Facebook va Twitterda oʻz nazoratida boʻlgan media-maydonni demokratlardan boʻlgan nomzod Jo Bayden foydasiga tsenzura qildi.

Yaʼni:

— Trampni "buzgʻunchi mafiyaga qarshi kurashuvchi" sifatida ulugʻlaydigan kollektiv onglarni bostirish (Qanon taqiqiga qarang) - bunda Tramp Putinning qoʻgʻirchogʻi va oq irqchilar homiysi sifatida iblisona bir qiyofada gavdalantirildi,

— Tramp har safar ogʻiz ochganida "ijtimoiy tarmoqlar tomonidan jalb qilingan mustaqil ekspertlar" tomonidan uning gaplari yolgʻon sifatida baholangan taqdirda, uni mum tishlashga majburlash (19 oktyabrdagi maʼlumotlarni topishga muvaffaq boʻldim: Tramp 65 marta "mum tishlatilgan", ammo Tramp ogʻzini ommaviy ravishda yopish koʻrinishidagi haqiqiy razolat hali oldinda edi),

— Bayden va uning oilasi Ukrainada qanday oʻynaganlari mavzusiga bagʻishlangan eng meynstrim matbuot surishtiruvlarini ham ogʻzini yopib tashlash (bu yerda Twitter va Facebook oʻta natijador boʻldi — New York Postda yoritilgan kichik-Baydenning sarguzashtlari haqida demokrat-saylovchilarning kattagina qismi bexabar qolib ketdi).

Biz axborot asri XXI asrning totalitar derjavasi barpo etilishi sahnasini kuzatdik, va u deyarli koʻz oʻngimizda tamom boʻldi.

Media-maydonlarga egalik qiluvchilar bir vaqtning oʻzida fantomlarni reklama qilib (masalan, xuddi oʻsha rus aralashuvi, xolbuki 5 noyabr kuni AQSH kiberxavfsizligi va infratuzilma xavfsizligi agentligi boʻyicha rahbari Kristofer Krebs aytganidek, umuman boʻlmagan) , unga aytiladigan eʼtirozlarni bloklashmoqda, demokratlarga berilgan ovozlar sehrli tarzda 14 million ovozga koʻpayib, ikkilanayotganlar ovozi yoʻq qilindi va xuddi oʻsha "hech qanday aldashlar boʻlmadi, Tramp aldayapti, trampistlar ham" ritmidagi gipnos-mantralarni ilgari surmoqda.

...Bu yerda nimani qayd etish lozim?

Biz, albatta, AQSH maʼmuriyatining keyingi harakatlariga taʼsir koʻrsatishga qodir emasmiz. Birinchidan, chunki Amerikada "Rossiyaparastlar lobbisi" yoʻq va boʻlmagan ham (aytgancha, ayniqsa u hech qachon respublikachilar orasida boʻlmagan: AQShdagi "rossiyaparast" siyosiy arbob aslida Dempartiyadan prezidentlikka marginal nomzod Tulsi Gabbard boʻlgan, u bizni jazolashga daʼvat qilmagani uchun "rus aktivi" degan nom orttirib olgandi).

Ikkinchidan — va eng asosiysi — biz bitta oddiy narsani yodda saqlashimiz kerak: mana oʻn yildirki AQSH elitasi (siyosiy, media, va boshqa istalgan) Rossiya haqida hech vaqo bilmaydi. Amerikaning hech bir siyosatchisi bizning zaharli mamlakatimizga kelishmaydi, ularning hech biri Moskva, Piter, Yekaterinburg, Sibir va Kamchatkani koʻrmagan; ularning hech biri ruslar bilan uchrashmagan, albatta, BMTda tayyorlab qoʻyilgan navbatdagi oʻzaro "batll"larda ishtirok etadigan rus diplomatlaridan tashqari; Rossiya haqidagi barcha maʼlumotlar ularga, har safar Putin tomonidan zaharlanadigan va moʻʼjiza tufayli omon qoladigan transmilliy siyosiy-lesbiyankalar va oʻta badqovoq muxolifatlardan iborat patologik kadrlar orqali yetkazib turiladi.

Ammo, bularning barchasi ham ular eʼtibori periferiyasida: barcha asosiy dushmanlar ularning oʻz millati ichida mujassamlashgan va aynan ularni birinchi oʻrinda zabt etishadi.

Bundagi yaxshi xabar nimada deysizmi?

Yuqorida sanab oʻtilgan sabablarga koʻra bizning davlatimizga qarshi kurash va jazolashning allaqanday noyob metodlari qoʻllaniladi, deya oʻylamaslik lozim.

Istalgan bir mamlakatga aniq va maqsadli harakatlarni qoʻllash uchun uni bilish talab etiladi. Qandaydir otishmada oliy darajadagi bossni oʻldirishga harakat qilganlar, bilishadiki: buni uzoq oʻrganishsiz amalga oshirish mumkin emas.

Xullas: gap AQSH Rossiyaning ogʻriydigan joyiga zarba berishga unchalik qodir emasligida ham emas (otiladigan narsaning barchasi koʻp yillar oldin otilib boʻlingan). Hammasi bundanda yomonroq: ular hattoki bizning mamlakatga ziyon yetkazish masalasida haqiqatan diqqatni jamlashga qodir emas.

Bittagina oddiy sababga koʻra: ayni vaqtda u yerda ichki opponentlarni oʻz asosiy raqibi sifatida koʻruvchi media-siyosiy oligarxiya gʻalaba qozondi.

Bu esa, ushbu fonda quyidagilarga bosim oʻtkazish lozimligini anglatadi:

— "yangi tenglik" ni rad etadigan diniy konservatorlarga, yaʼni deviant ozchiliklarning soʻzsiz imtiyozli pozitsiyasini;
— oʻzining bekamu-koʻstligi va ularning oqlangan hayot tarzi haqidagi tasavvurlari uchun oq tanli erkaklarni;
— "yashil" energetika foydasiga anʼanaviy energetikaga, —
oldindan shuni aytish joizki, Rossiya tahdidi haqidagi fantom marginal sifatida qaraladi. Va shovqinli, ammo samarasiz metodlar bilan gʻolib chiqishi kerak.

Ammo bu Rossiyaning "Shimoliy oqim - 2" kabi makroloyihalariga hech narsa xavf solmayotganini anglatmaydi. Ammo, ushbu tahdid kuchaymoqda, deb taʼkidlash uchun ham hech qanday asos yoʻq.

Bizni, tabiiyki, yaxshi koʻrishmaydi (hatto, nafratlanishadi, deb aytish mumkin — axir har ne roʻy berganda dunyodagi gegemonni yarim soat ichida yoʻq qilishga qodir boʻlgan koinotdagi yagona davlatdan nimani ham kutish mumkin).

Ammo davlatning totalitar tuzilmasi, u "rahnamo" yoki "demokratik" boshqaruv shakliga ega boʻlsin, normal holatdagi davlat tuzilmasidan shunisi bilan farq qiladiki, u hamisha bosh dushmanlarni oʻz ichida izlaydi va topadi.

Shunday ekan, barchamiz sabrli boʻlishimizga toʻgʻri keladi.

Yoki, popkorn, yoki boʻlmasa semichka ovoling.

Asosiy mavzular