13:30 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Analitika
Havola olish
764 0 0

Pekin neftni qayta ishlash boʻyicha quvvatni oshirib, benzin va dizel yoqilgʻisiga pul tikmoqda. Kelgusi yildayoq XXR bu koʻrsatgich boʻyicha AQShni ortda qoldirishi mumkin.

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Irina Badmayeva. Pekin neftni qayta ishlash boʻyicha quvvatni oshirib, benzin va dizel yoqilgʻisiga pul tikmoqda. Kelgusi yildayoq XXR bu koʻrsatgich boʻyicha AQShni ortda qoldiradi. Amerikaliklar YAIM boʻyicha ham ortda qolishi ehtimoli yuqori. Ammo, tahlilchilarning taʼkidlashicha, xitoyliklarga pandemiyaning ikkinchi toʻlqini xalaqit berishi mumkin.

Yetakchi oʻzgarishi

Xitoy davlat statistika byurosi maʼlumotlariga koʻra, oktyabr oyida mamlakatda neftni qayta ishlash ikki yarim foizga oshib, sutkasiga 14,09 million barrel miqdoridagi tarixiy rekordga yetgan. AQShda sentyabrda jami 13,5 million edi.

Xitoyliklar bu bilan toʻxtab qolish niyatida emas. Kelgusi yil oxirida ikkita yangi neftni qayta ishlash (NQI) zavodi ishga tushiriladi, deyiladi Xalqaro energetika agentligining noyabr oyidagi hisobotida. Bu 2023 yildan keyin roʻy berishi kutilgan edi.

Umumiy quvvati kuniga 1,2 million barrel boʻlgan yana toʻrttasi qurilmoqda. Masalan, butun Buyuk Britaniya boʻylab shuncha qayta ishlanadi.

Xitoy bir necha oʻn yillardan buyon benzin va dizel yoqilgʻisiga oʻsgan talabni qondirishga harakat qilmoqda. Xatti-harakatlar zoye ketmadi.

“2020 yildan buyon mamlakat neft mahsulotlarini ishlab chiqarishni uch baravarga koʻpaytirdi. 2025 yilga kelib neftni qayta ishlash sutkasiga 20 million barrelga yetadi”, - deydi Mark Goyxman, “TeleTreyd” axborot tahliliy markaz bosh iqtisodchisi.

AQSH oʻtgan asrdan buyon qoʻldan boy bermay kelayotgan yetakchilikni 2021 yilda boy beradi, deb hisoblaydi agentlik suhbatdoshi.

Amerikaliklar NQIlarni neft naxlari tushib ketishi ortidagi past tannarx sabab yopishmoqda. Oʻtib borayotgan yilda qora oltin narxi bir necha marta tushib ketdi. Masalan, 18 martda Brent markali 15 foizga arzonlashdi va 2003 yildan buyon birinchi marta barreliga 24,52 dollardan sotildi.

Yoqilgʻiga boʻlgan dunyo talabi ham qisqardi. Shu bois neftni qayta ishlash rekord darajadagi 1,7 million barrelga pasaydi. Boz ustiga katta qismi aynan Amerika NQIga toʻgʻri keldi.

Yashil energetika: kim gʻolib boʻlib, kim yutqazmoqda

Xitoyning yana bir muvaffaqiyati sababi – koronavirusga qarshi samarali kurashish, deb hisoblaydi “Alor Broker” bosh tahlilchisi Aleksey Antonov. Xitoy iqtisodiyoti qayta tiklanib, mustahkamligini namoyish etmoqda, Yevropa va AQShda esa qulashda davom etmoqda.

Xitoyliklarning nafaqat neftni qayta ishlash, balki metallurgiyada ham yetakchilik qilayotganliklari tasodifiy emas. “Birlamchi resurslar isteʼmoli markazi, Xitoy endilikda yanada yuqori qayta ishlash sanoatini rivojlantirmoqda”, - deydi Mark Goyxman.

Bu kabi surʼatlar ham Hindiston, ham Yaqin Sharqda kuzatilmoqda, deya taʼkidlaydi iqtisodchi. Bu Gʻarb kompaniyalarining qator eskirgan quvvatlarnini hatta Osiyo mintaqasida, masalan, Singapurda yopilishga olib keladi.

Qolaversa, AQSH va Eski dunyo asta-sekin muqobil energiya manbalari foydasiga uglevodorodlardan voz kechmoqda. Xitoy esa qatʼiy ekologik majburiyatlarga bogʻliq emas.

“Shtatlar Xitoyga iflos ishlab chiqarish maydonchalarini taqdim etib, yashil energetikaga pul tikmoqda. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar boshqalari hisobiga tiklanadigan resurslarga oʻtishini moliyalashtiradi va ularni yana “ekologik soliq” toʻlashga majbur qiladi. Oq uy maʼmuriyatida bu ish bilan yangi preziden huzurida iqlim masalalari boʻyicha maxsus vakil boʻladigan sisyosiy ogʻir vaznli Jon Kerri shugʻullanadi”, - deydi Anton Grinshteyn, “Hamilton” investitsiya kompaniyasi eksperti.

Neftga qaram Rossiya yashil stsenariy uchun kompaniyalar xarajati oʻsishi va byudjet daromadi tushishi bilan ogʻir oqibatlarga olib keladi. “Xom ashyo tuzilishi saqlanishida mahalliy iqtisodiyotga AQSH neftni qayta ishlashda birinchilikni saqlash qolishi foydaliroq”, - deb hisoblaydi suhbatdosh.

Rossiya 15-20 yildan keyin tushib ketayotgan  neft daromadlarini oʻrnini toʻldirish uchun gʻaznini boshqa manbalar bilan toʻldiriish haqida jiddiy oʻylashi zarur, deya qoʻshimcha qiladi Mark Goyxman.

Yaqin kelajakda Xitoyda neft mahsulotlari sarfi oshishi ortidan bu yoʻnalishda xom ashyonini eksport qilishga diqqatni qaratish lozim.

Pandemiya: osiyocha stsenariy

Ammo hammasi yakunlanish xususiyatiga ega. 2025 yilga kelib Xitoyda ishlab chiqish quvvat talabdan oʻzib ketish ehtimoli yuqori. Xitoy CNPC neftgaz korporatsiyasi maʼlumotlariga koʻra, 5 yildan soʻng mamlakatda neft mahsulotlari sutkasiga 1,4 million barrel haddan ziyod boʻlishi mumkin.

“Hozir Shtatlar bilan keskinlashgan munosabatlar sharoitida Xitoy neftchilari tashqi savdodagi cheklovlardan qaytarib yutib olish xohishi bilan yonmoqda. Shu tariqa davlat obroʻini koʻtarish”, - deya taxmin qiladi Aleksey Antonov.

Shu bois hozirgi tendentsiyalarni 3-5 yil oldinga kuzatish asosida tatbiq qilgan holda nafaqat neftni qayta ishlash, balki YAIM miqdori boʻyicha ham yetakchi oʻzgarishini kutish mumkin.

“Pandemiyaga qadar Xitoyga Amerika iqtisodiyotini ortda qoldirish uchun 5 yil yetmagan edi. Endi esa koronavirusga qarshi kurashdagi samarali kurash tufayli xitoyliklar muddatidan avval olinga chiqib olishlari mumkin”, - deya hisoblaydi Anton Grinshteyn.

Boshqa masala – AQSH oʻrini boʻshatishga hozirmi. Amerika hukumati muammoni iqtisodiy va diplomatik jihatdan hal qilishga urinib koʻrgandi, deya taʼkidlaydi tahlilchi. Lekin bu ish bermadi. Hozir esa prezident ishbilarmon oʻrniga prezident siyosatchi kelmoqda.

Bunday tashqari, Xitoyda neftni qayta ishlash mahsulotlariga boʻlgan talabning keskin oʻsishi epidemologik vaziyatning yaxshilanishi bilan bogʻliq. Ammo Osiyoda ikkinchi toʻlqin roʻy berishi istisno qilinmagan. Kasallanish avj olishi allaqachon Indoneziya, Yaponiya, Janubiy Koreyada kuzatildi. Bu AQSH va Xitoy oʻrtasidagi kuchlarni tubdan oʻzgartirishga qodir.

Teglar:
iqtisod, neft, Rossiya, AQSH, Xitoy

Asosiy mavzular