O‘zbek armiyasi bir yilda qanchalik kuchaydi

© Minoboroni RUzArtilleristi armii Uzbekistana prodemonstrirovali novie sposobi vedeniya ognya
Artilleristi armii Uzbekistana prodemonstrirovali novie sposobi vedeniya ognya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay jadal rivojlanishda davom etmoqda. O‘tgan yilning optimistik natijalari ushbu fikrni tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Senati o‘tgan hafta Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovning 2020-yilda qurolli kuchlarni rivojlantirish to‘g‘risidagi hisobotini tahlil qildi va quyidagi xulosaga keldi: "Qo‘shinlarni yangi qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash bo‘yicha jadal sur’atlarda olib borilayotgan ishlar tufayli mavjud qurol-aslahalarning 27 foizi yangilandi". Bundan tashqari, zamonaviy xalqaro talablarga muvofiq to‘rtta harbiy poligon va tog‘ o‘quv markazi rekonstruksiya qilingan. Shunday qilib, dekabr oyi boshida Nukus poligoni yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi; avvalroq Chirchiq poligonida Mudofaa vazirligining modellashtirish va simulyatsiya qilish bo‘yicha dala o‘quv markazi barpo etilgan bo‘lib, u yerda 160 nafar taktik bo‘g‘in qo‘mondonlari o‘qitildi.

V Uzbekistane vozobnovili priziv v armiyu v svazi so smagcheniyem karantina. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv qayta boshlandi

Qiyin geosiyosiy va iqtisodiy sharoitda O‘zbekiston zamonaviy, mobil, samarador 50 ming kishilik armiyani yaratdi. O‘zbekiston mintaqada mudofaa qurilishi sohasida tan olingan yetakchi mavqeyini saqlagan holda, harbiy qudrat bo‘yicha jahon reytingida Belarus, Qozog‘iston va Ozarbayjonni ortda qoldirib, munosib 52-o‘rinni egallab kelmoqda.

Global Firepower ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston armiyasi 185 ta samolyot (shu jumladan 90 dan ortiq hujum samolyotlari va vertolotlari), 420 ta tank va 1 210 ta boshqa zirhli texnika, 98 ta raketa komplekslari va 137 ta samoxod artilleriya uskunalari bilan qurollangan.

Bronetransporter s uzbekskimi voyennoslujashimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston jahonning eng kuchli armiyalari ro‘yxatida yuqoriladi

Respublika harbiy qudratining oshib borayotganini Markaziy Osiyodagi turbulentlik: xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va afg‘on narkotrafikining o‘sishi belgilab beradi. Toshkent 2020-yilgacha armiyani modernizatsiya qilish va eng zamonaviy qurol-yarog‘ bilan qayta jihozlash dasturini muvaffaqiyatli hayotga tatbiq etmoqda, bunda Rossiyada ishlab chiqarilgan zarba aviatsiyasi, havo hujumidan mudofaa tizimlari va bronetank texnikalariga ko‘proq ahamiyat qaratilmoqda.

Ilgariroq Strategic Defense Intelligence konsalting kompaniyasi hisobotida O‘zbekistonning 2020-yilgi mudofaa xarajatlari 3,4 milliard dollarni tashkil etishi ta’kidlangandi. 2018-yil yanvar oyida davlat rahbari Shavkat Mirziyoev "O‘zbekiston Respublikasining mudofaa doktrinasi to‘g‘risida" gi qonunni imzoladi, unda qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika turlari bilan qayta jihozlash va davlat mudofaa-sanoat majmuasini yaratish parametrlari belgilab berilgandi.

Voyennoslujashie armii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
GFP: O‘zbekiston armiyasi O‘rta Osiyoda eng kuchli

Avvalroq, prezident farmoni (2017 yil noyabrdagi) bilan O‘zbekiston mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tashkil etilgan bo‘lib, uning vazifalariga davlat mudofaa buyurtmasi va harbiy-sanoat kompleksini shakllantirish kiradi. Kadrlar tarkibi va tuzilmaviy takomillashtirish, qo‘shinlarni qayta qurollantirish harbiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga aylandi.

Tezkorlikda ishlash

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi rivojlanib borayotgan harbiy va harbiy-texnik hamkorlik - umumiy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlarga nisbatan tabiiy javobdir. Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash O‘zbekiston armiyasini eng so‘nggi qurol-yarog‘ bilan bilan to‘liq qayta jihozlashni nazarda tutadi. Toshkent faqat eng yaxshi qurollarni olishga intilmoqda va Moskva esa xalqaro bozorda boshqasini taklif qilmayapti ham. 2020-yilda RFning mudofaa mahsulotlarini eksporti 12,8 milliard dollarni tashkil etgani va "Rosoboroneksport" buyurtma portfellarining umumiy qiymati 50 milliard dollarga baholanishi ham bejizdan emas.

Tanki T-14 Armata  - Sputnik O‘zbekiston
Rus quroli: 2020-yilning dastlabki natijalari

Rossiya bilan harbiy texnik hamkorlik sohasida 12ta shartnomani amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda, ularga ko‘ra Toshkent yangi radiolokatsiya komplekslariga, Su-30SM qiruvchilariga, Mi-35M zarba vertoletlariga ega bo‘ladi. (Armiya aviatsiyasini shunday mashinalar bilan qayta qurollantirish tendensiyasi yaqin yillarda ham saqlanib qoladi, chunki dunyoda bundan yaxshisi hali ixtiro qilinmagan).

Yana bir yirik shartnoma bilan Rossiyaning K53949 "Tayfun" zirhlangan avtomobillari yirik partiyasini bosqichma-bosqich yetkazib berilish belgilab berilgan. Eslatib o‘tamiz, 2016-yildan buyon O‘zbekiston barcha harbiy mahsulotlarni RF ichki narxlarida olmoqda, ODKB zonasi tva Bojxona ittifoqi tashqarisidagi yagona MDH davlati bunday imtiyozlarga egadir. Toshkentdagi MS RemTex MChJ (Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tuzilmasi) bazasida Rossiyaning 4x4 va 6x6 g‘ildirakli formulaga ega "Ural" yuk mashinalarining yig‘ilishi esa yanada yaqin integrallashuvni o‘zida aks ettiradi.

Gosudarstvennie flagi stran-uchastnis ODKB - Sputnik O‘zbekiston
Putin ODKB mamlakatlaridagi notinch vaziyat haqida gapirdi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik G‘arb va Xitoy bilan shunga o‘xshash aloqalarni istisno etmaydi. Masalan, Qo‘shma Shtatlar kichikroq miqdordagi RQ-11B Raven (uchuvchisiz uchish apparatlari) yengil dronlar partiyasini yetkazib berdi. Turkiya bilan kelishuvga binoan O‘zbekistonda litsenziyaga ega Ejder Yalçınpo zirhli mashinalari ishlab chiqarilmoqda. Xitoy FD-2000 olis masofali zenit-raketa tizimini (S-300 havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining modifikatsiyasi) va Yilong-1 dronini yetkazib berdi. Ushbu bo‘limda Toshkent murakkab konseptual tanlovni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Amerika qurollarini sotib olar ekan, NATO bilan o‘zaro mos keluvchi tezkorlikni kuchaytirish orqali O‘zbekiston o‘z armiyasini texnologiyalarga va AQShning mintaqada yurituvchi oldindan aytib bo‘lmaydigan tashqi siyosatiga tobe qilib qo‘ymoqda. O‘zbekistonning NATO mamlakatlari bilan mudofaa sohasida hamkorligining faollashuvi, albatta, Rossiya va ODKB a’zolari bilan xuddi shunga o‘xshash o‘zaro hamkorlikni avtomatik ravishda cheklaydi.

Barrajiruyushiy dron-kamikadze ZALA Lanset na stende konserna Kalashnikov v ramkax otkritiya mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2019  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada yangi kamikadze-dronlarini yaratish ustida ish olib borilmoqda

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik harbiy mutaxassislarning Pentagon instruktorlari tomonidan qayta o‘qitilishi Amerika qurollari va jangovar foydalanish standartlarini, qurollarni do‘stona aloqa vositalari bilan birlashtirishni, axborot uzatish standartlarining uzatilishini belgilaydi va Rossiya qurollaridan foydalanishni cheklaydi. Mutaxassislarni tayyorlash tizimi, qurol-yarog‘ arsenali, strategiya va taktika - bu qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligiga va pirovardida jangda g‘alaba qozonishga qaratilgan yagona texnologik jarayonning alohida qismlaridir. Texnologik aloqalardan birini almashtirish muqarrar ravishda butun armiya organizmini transformatsiya bo‘lishiga olib keladi (yoki majruh holatga keltiradi).

Yagona mudofaa maydoni

Suveren O‘zbekistonning harbiy doktrinasi mudofaa xususiyatiga ega. Toshkent harbiy-siyosiy ittifoq va koalitsiyalardan o‘zini chetroq oladi. O‘zbekiston armiyasining chet eldagi jangovar harakatlardagi ishtiroki va chet el harbiy bazalarini O‘zbekiston hududida joylashtirish ushbu qonun bilan taqiqlangan.

Uzbekskie voyennoslujashie - Sputnik O‘zbekiston
Senatorlar yangi tahrirdagi "Mudofaa doktrinasi"ni ma’qulladilar

Shunga qaramay, qo‘shni respublikalar - Qirg‘iziston va Tojikistonda joylashgan Rossiya harbiy bazalarining "flangaviy qo‘llab-quvvatlashi"ni hisobga olingan holda, blokdan tashqarida bo‘lgan O‘zbekiston amalda KXShT "xavfsizlik soyaboni" ostida turadi. Bundan tashqari, Toshkent MDHning havodan hujumga qarshi mudofaaning yagona tizimiga qo‘shilgan va Moskva bilan havo hududidan birgalikda foydalanish to‘g‘risida kelishib olgan. O‘zbekiston armiyasining bo‘linmalari muntazam ravishda Rossiya Markaziy harbiy okrugi manevrlarida va aksilterror mashg‘ulotlarida ishtirok etib keladilar.

Chasi ot prezidenta i zvanie: V Uzbekistane nagradili pobediteley ArMI-2020  - Sputnik O‘zbekiston
Muddatidan oldin harbiy unvon va prezident soati: ArMI – 2020 g‘oliblari taqdirlandi

Shunday qilib, Rossiya harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi poligonlaridan birida maxsus kuchlarning qo‘shma taktik va maxsus mashg‘ulotlarida zamonaviy terrorchilarga qarshi (razvedka va hujum dronlari bilan) qarshi kurash olib borishdi. Ikki mamlakat spesnazlari bir necha kun davomida dushman joylashgan hududlarga yashirin kirib borish harakatlanishni mashq qildilar, artilleriya va aviatsiya zarbalarini sozladilar va jinoiy uyushmalar qoldiqlarini "yo‘q qildilar". Avvalroq, havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari va O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari Qozog‘istonning "Sari-Shagan" poligonida MDH qo‘shma havo hujumiga qarshi mudofaasi tizimining "Jangovar Hamdo‘stlik" qo‘shma (ko‘p millatli) mashg‘ulotlarida qatnashgan edi.

Har qancha aylantirmang, Markaziy Osiyodagi umumiy mudofaa maydonidan chiqish deyarli imkonsiz, bunday qilish kerakmi o‘zi.

Yangiliklar lentasi
0