Qorabog‘ mojarosida Ozarbayjonga qanday qurollar yordam berdi?

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishParad pobedi v Azerbaydjane
Parad pobedi v Azerbaydjane  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon armiyasi parad arsenali bizni yana bir bor qurol ishlatish samaradorligi, harbiy mutaxassislarni tayyorlash sifati, qo‘shinlarning taktik va operativ tayyorgarlik darajasi to‘g‘risida o‘ylashga majbur etmoqda.

Ozarbayjon qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘dagi 44 kunlik jangovar harakatlar davomida Belarus va Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollar - artilleriya, zalp bilan o‘t ochish reaktiv tizimlari, tanklar va hattoki SSSR davri arsenalidan zenit-raketa majmualaridan o‘ta samarali va natijador foydalandilar. Turkiya va Isroilning uchuvchisiz uchish qurilmalari artilleriyaga yordam berdi, razvedka va zarba konturini shakllantirishda hissa qo‘shdi, dushman jangovar ruhiyatini tushirish uchun ko‘plab video materiallarni taqdim etdi va bularning barchasiga qaramay ular jangovar harakatlar muvaffaqiyatini ta’minlay olmadilar.

Flag Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘dagi urush Ozarbayjonning g‘alabasi bilan yakunlandi – Aliyev

Bokudagi Ozodlik maydonida 10 dekabr kuni Tog‘li Qorabog‘dagi g‘alabaga bag‘ishlangan harbiy parad bo‘lib o‘tdi, unga 150 ga yaqin harbiy texnika, shu jumladan, yaqinda xizmatga qabul qilingan zamonaviy texnika jalb qilindi. Parad saflarida Belarus va Rossiya mudofaa-sanoat kompleksi mahsulotlari ko‘p ko‘zga tashlandi. Zamonaviy T-90S tanklari, BMP-3 piyoda jangovar mashinalari, BTR-82A bronetransportorlari, "Solnsepok" og‘ir o‘t ochish tizimlari, "Smerch"(Rossiya) va "Polonez" (Belarus) zalp bilan o‘t ochish reaktiv tizimlari, bahaybat "Msta-S", "Akatsiya", "Pion" samoxod artilleriya uskunalari fonida 1970-yillar namunasidagi ancha keksaygan harbiy havo hujumidan mudofaa tizimlari - "Osa" va "Shilka" ZRKlari qaysidir ma’noda qo‘rs ko‘rinib qolgan edi.

Alqissa, bu to‘g‘ri "Osa"lar edi - bortida zabt etilgan havo nishonlar sonini aks ettiruvchi yulduzlari bor "Osa"lar.

Shuningdek, turklar tomonidan ishlab chiqarilgan g‘ildirakli zirhli mashinalar ham taqdim etildi. Ozodlik maydonida tomoshabinlar UAZ", "Ural", "KamAZ" avtomobillarini ham ko‘rdilar. Oxirgilarining bortida "Bayraktarlar"i ham bor edi. 

Tog‘li Qorabog bo‘yicha kelishuv: Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya rahbarlari nimani kelishib oldilar - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘: Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya nimaga kelishib oldi

Parad yakunida Boku ustidan MiG-29 qiruvchilari va Su-25 shturmoviklari, hamda RFda ishlab chiqarilgan Mi-35 va Mi-17 zarba hamda harbiy-transport vertolotlari uchib o‘tdi.

Ozarbayjon armiyasi parad arsenali bizni yana bir bor qurol ishlatish samaradorligi, harbiy mutaxassislarni tayyorlash sifati, qo‘shinlarning taktik va operativ tayyorgarlik darajasi to‘g‘risida o‘ylashga majbur etmoqda. Ozarbayjon armiyasi qurol-aslahalar sifatida ko‘zga ko‘rinarli ustuvorlikka ega emasdi, bu aslahalar soni esa harbiy harakatlar teatri bilan cheklanardi. Faqatgina tekislikda hujumkor "oqim" ko‘rinishida yuzta T-90S tanklarini saf torttirsa bo‘ladi. Tog‘oldida manevr uchun maydon va o‘zini mudofaa qilayotgan qo‘shinlarning taktik tayyorgarligi raqibning uzoq masofali artilleriyasi va razvedka vositalaridan ko‘ra ko‘proq ma’no kasb etishi mumkin.

Situatsiya v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon armiyasi Qorabog‘da 20tadan ortiq qishloqni o‘z nazoratiga oldi - Aliyev

Samarali apgreyd

Qurolni qo‘llay bilish "temir"ning taktik-texnik xarakteristikalaridan kamroq ahamiyatga ega emas. Ma’lumki, Qorabog‘da LORA operativ-taktik raketa majmuasi (Rossiya "Tochka" tezkor-taktik raketa majmuasining Isroil analogi)ni Ozarbayjon tomoni bir marta - Akar darosi bo‘ylab ko‘prikda foydalandi.

Lekin Ozarbayjon armiyasining "Osa" harbiy havo hujumidan mudofaa tizimlarida katta miqdorda urib tushirilgan nishonlar - arman dronlari (ular soni 20dan ortiq)ni anglatuvchi yulduzlar aniq ko‘rinib turibdi. Muayan operatsiyada modernizatsiya qilingan va nisbatan arzon "Osa"lar eng yangi "Lora"(Long-Range Artillery Missile)ga qaraganda ancha samarali bo‘lib chiqdi - majmua kompleksi 100 mln dollar va kompleks uchun har bir raketa uchun yana bir yarim million dollar.

Azerbaydjanskaya armiya - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon ilk bor Qorabog‘dagi urushda yo‘qotgan qurbonlari sonini ochiqladi

Misol tasodifiy emas, axir Armaniston tomonining "Osa"lari jangovar vaziyatda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatmadi - "Bayraktar" rusumidagi UUQlar ularni osonlikcha aniqlar va yo‘q qilardi, garchi hammasi mutlaqo aksincha bo‘lishi kerak edi. Boku ma’lumotlariga ko‘ra 40 ta "Osa" ZRK, 5 dona "Tor" ZRKlari, 4 dona "Kub" ZRKlari, 14ta "Zastava" zenitkalari yo‘q qilingan. Bu yerda nima ko‘proq - raqibni to‘g‘ri baholay olmaslikmi yoki o‘z imkoniyatlariga haddan ziyod ko‘proq baho berib yuborish - aytish qiyin.

Harbiy havo hujumiga qarshi mudofaa raschotlari tayyorgarligi masalasiga to‘xtalmaymiz, ammo, sal oldin Ozarbayjon "Osa"lari belarusning "Tetraedr" korxonasi yordamida modernizatsiya qilingan va butunlay yangi sifatlarga ega bo‘lgan edi. Belarus mutaxassislari elektronikani takomillashtirdilar, ZRKni yanada "o‘tkir ko‘zli" va to‘pni uzoqqa ota oladigan qilgan edilar -  T382 raketalari nishonlarni 20 kmgacha masofa, 10 ming metrgacha bo‘lgan balandlikda ham (Bayraktar "potologi" 8200 metr) ura oldi. Aytgancha, belaruslar xuddi shunga o‘xshash qo‘shin Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari aprgeydini arman tomonidan ham taklif qilishgan edi. Ammo Yerevandagilar iqtisod qilishni istadi. Urushgacha bo‘lgan davrda zamonaviy qo‘shin havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari ham yetarli edi - so‘nggi yillarda Rossiya Armanistonga "Buk-M1-2" va "Tor-M2KM"ni, shuningdek, "Avtobaza-M" yer usti radiotexnika razvedka majmualarini yetkazib berdi.

Razminirovanie mestnosti vdol dorogi Shusha – Lisogorskiy v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Qorabog‘dagi Shusha-Lisogorskiy yo‘li qanday minalardan tozalanmoqda – video

Qorabog‘ mojarosidagi Ozarbayjon va Arman tomonlari o‘rtasidagi texnologik muvozanat borasida tushunchaga ega bo‘lishingiz uchun shuni eslatib o‘tmoqchiman: Armaniston Rossiyaning to‘rtta "Iskander-E" raketa tizimining (25 ta raketa to‘plami bilan) dunyodagi birinchi importoriga aylangan edi, u shuningdek, 12 ta noyob Su-30SM qiruvchi samolyotlarini, (hozircha 4 tasiga egalik qilmoqda), TOS-1A "Solnsepok" og‘ir o‘t ochish tizimlari, "Smerch" zalp bilan o‘t ochish reaktiv tizimlari, tankga qarshi boshqariladigan 9M113M raketalarini xarid qildi. Yerevan RFning umumiy hajmi 300 mln dollarlik davlat kreditlari bilan birgalikda Rossiya qurol-yarog‘ini imtiyozli ichki narxlarda olmoqda, bir qarashda Armaniston arsenallari nisbatan qisqa muddatli harbiy to‘qnashuvda mag‘lubiyatga uchrashidan nishon yo‘q edi.

Turkiya omili

Ozarbayjon hududida muntazam o‘tkazilib, nafaqat Naxichevan Avtonom Respublikasi, balki Ganja, Kurdamir, Yevlax atroflari va Tog‘li Qorabog‘ yaqinidagi boshqa aholi punktlarini ham qamrab oladigan Ozarbayjon-Turkiya ishtirokidagi qo‘shma "Mustahkam birodarlik" harbiy mashg‘ulotlari Yerevan uchun sir emas edi. Shu bois, oldindan "poroxni quritish", tizimli javobni tayyorlash kerak edi.

Rossiyaga rahmat: Tog‘li Qorabog‘da maktab va shifoxonalar ochilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga rahmat: Tog‘li Qorabog‘da maktab va shifoxonalar ochilmoqda

Shuni qayd etishimiz lozimki, Rossiya Ozarbayjonga ochiqchasiga (MDHdagi boshqa ko‘plab mamlakatlar qatorida) bir necha yil davomida 100ta T-90S tanklari, 118 BMP-3, 230 BTR-82, 18 ta 152 mm kalibrli o‘zi yurar "Msta-S" gaubitsalari, 18 ta 120 mm kalibrli "Vena" qurolini, 18 ta 300 mm kalibrli "Smerch" RSZO (zalp bilan o‘t ochish raketa tizimi) jangovar mashinalari va 24ta "Solnsepok" TOS-1A og‘ir o‘t ochish jangovar mashinalarini yetkazib berib, uni tish-tirnog‘igacha qurollantirgan emas. Belarus sheriklar ham xuddi shunday shaffof tarzda Bokuga "Polonez" zalp bilan o‘t ochish raketa tizimini sotgan edi.

Rossiya Tog‘li Qorabog‘ aholisiga qanday yordam bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Tog‘li Qorabog‘ aholisiga qanday yordam bermoqda - video

Shunga qaramay, dushman ustidan g‘alaba metallga va urushdan ancha oldin Bosh shtab tuzadigan rejalarga bog‘liq bo‘ladi. 27-sentabr kuni Qorabog‘ ustida Isroil va Turkiya dronlari paydo bo‘lganida, artilleriya gumburlaganida, bu mojaro uzoqqa cho‘zilishi ehtimollaridan biri edi. Armaniston tomoni bunga chorak asrdan ko‘proq vaqt davomida tayyorlanishi kerak edi. Keyingi jangovar harakatlar Ozarbayjon texnologik jihatdan ushbu operatsiyaga Armanistonga qaraganda yaxshiroq tayyorlanganini ko‘rsatdi. Ozarbayjon qo‘shinlari dushman mudofaasida zaif tomonlarni qat’iy qidirardi va topardi. Dronlar, avvalambor, psixologik jihatdan bosim o‘tkazardi. Armaniston tomonining logistikasi, front orqasi va butun harbiy tashkiloti yuqori darajada emasligi ma’lum bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0