09:30 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Analitika
Havola olish
775 0 0

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi raisi Mixail Myasnikovich soʻzlariga koʻra, YEOII mamlakatlari rahbarlari koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasini ommaviy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldilar. Bu fuqarolarning mamlakatlar oʻrtasida harakatlanishini tiklashga yordam beradi

TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Oliy Yevroosiyo kengashi ittifoqning 2025 yilga qadar rivojlanish strategiyasini tasdiqladi. Ittifoqqa aʼzo davlat rahbarlari, shuningdek, YEOII qoshida kuzatuvchi mamlakatlar yetakchilari energetika sohasida hamkorlik hamda COVID-19 pandemiyasi iqtisodiy oqibatlarini yengib oʻtish yoʻllarini muhokama qildilar.

Sammitning muhim lahzalari Sputnik obzorida.

Gap ishning bajarilishida

Boʻlib oʻtgan muzokaralar natijasi sifatida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining 2025 yilgacha moʻljallangan kelishilgan rivojlanish strategiyasini koʻrsatish mumkin. Hujjatni muhokama qilish vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin hujjat loyihasini qoʻllab-quvvatladi.

"Biz (Rossiya - tahr.) "beshlik" hukumatlari tomonidan tayyorlangan, Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi doirasida umumiy tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi, shuningdek yagona raqamli makon bozorini shakllantirishni yakunlashni nazarda tutadigan 2025 yilgacha Yevroosiyo integratsiyasi rivojlanish strategik yoʻnalishlari loyihasini qoʻllab-quvvatlaymiz", - dedi u.

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi rahbari yordamchisi Iya Malkinaning soʻzlariga koʻra, strategiyada salmoqli "qoʻshimcha qiymat" mavjud. Masalan, unda ittifoqning ilgari koʻzda tutilmagan, investitsiya va innovatsion faolligini oshirish boʻyicha tadbirlar kiritilgan.

Flagi stran YEAES. Arxivnoye foto
Press-slujba pravitelstva / Sabыr Ailchiyev

Bundan tashqari, strategiya mamlakatlarning taʼlim va fan, turizm, sport va sogʻliqni saqlash sohalaridagi hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi.

Umumiy gaz bozori va neft sohasida qonunchilikning uygʻunlashtirilishi

Sammit mavzularidan biri YEOII umumiy gaz bozori toʻgʻrisidagi xalqaro bitim boʻldi. "Gaz masalasi" strategiya loyihasida deyarli yagona kelishilmagan band boʻldi. Ilgari Rossiya tomonidan taklif qilingan formulani Qozogʻiston va Qirgʻiziston qoʻllab-quvvatladi. Biroq, Yerevan va Minsk tomonidan, bu taklif qabul qilinmadi, ular ittifoqdagi sheriklar uchun Rossiya gazi narxini adolatsiz deb atashdi.

"Gap shundaki, gaz narxiga yondashuvlarni keyinchalik YEOIIning umumiy gaz bozorini shakllantirish boʻyicha muzokaralarida aniqlashtirish mumkin edi. Bu formulani hozircha bizning armanistonlik va belaruslik hamkasblarimiz qabul qilishmadi, ularning bu borada oʻz qarashlari bor", - deb aytgan edi Putin may oyida.

Biroq, tomonlar kelishuvga erishdilar va umumiy gaz bozorini yaratishning ikkinchi bosqichiga - uning infratuzilma, texnologik va huquqiy asoslarini shakllantirishga oʻtishga qaror qildilar. Birinchi bosqich tadbirlari yaqin vaqt ichida yakunlanadi. Xususan, Ittifoq mamlakatlari hududlarida joylashgan gaz-transport tizimlariga ulanishning yagona qoidalari boʻyicha hujjat qayta ishlanadi.

Malkinaning soʻzlariga koʻra, umumiy gaz bozori toʻgʻrisidagi bitimga umumiy bozorning ishlashi va tartibga solinishi, Ittifoq mamlakatlarining uchinchi mamlakatlardan va uchinchi mamlakatlarga gaz transportirovkasi va yetkazib berishda oʻzaro munosabatlari tartibi, gaz uzatish tizimlariga kirishni taʼminlash tamoyillari, shuningdek narx belgilash va tarif siyosatini shakllantirish tamoyillari kiradi.

2025 yil 1-yanvarga qadar kuchga kirishi kerak boʻlgan xalqaro bitim, barcha YEOII mamlakatlari sanoat uchun gaz narxlarining yagona tizimini joriy etishini nazarda tutadi. Farqi gaz konlaridan uzoqliliga bogʻliq boʻladi.

Bundan tashqari, davlatlar rahbarlari Ittifoq mamlakatlari neft sohasidagi qonunchiligini uygʻunlashtirish boʻyicha rejani tasdiqlashga muvaffaq boʻlishdi.

"Yoʻl xaritasi", xususan, neft va neft mahsulotlari savdosining bozor mexanizmlarini taʼminlash doirasida qonunchilikni uygʻunlashtirishni, shuningdek, ushbu mahsulotlar transportirovkasiga nisbatan narx belgilashning umumiy tamoyillari va usullarini qoʻllashni nazarda tutadi", - deya aniqlik kiritdi Malkina.

Toshkentdan Gavanagacha

Sammitning asosiy voqealaridan biri - Oʻzbekiston va Kuba YEOII kuzatuvchilariga aylangani boʻldi. Moldova bilan qoʻshib hisoblaganda ittifoq hozirda bunday maqomdagi uchta davlatga ega.

Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, YEOII bilan yangi maqomdagi hamkorlik respublikaga mahsulotlarni sotish uchun qoʻshimcha bozorlarini yaratishga, ittifoq ishtirokchilari bilan savdo munosabatlaridagi toʻsiqlarni yoʻqotishga imkon yaratadi. Toshkentning bu kayfiyati integrallashuv ittifoqi mamlakatlari rahbarlari tomonidan mamnuniyat bilan olqishlandi.

"Bu tabiiy va anʼanaviy sheriklarimiz bilan Ittifoq aloqalarini mustahkamlash uchun chindan muhim, sifatli qadam", - dedi RF prezidenti Vladimir Putin.

"Ishonchimiz komilki, siz bizni uzoq vaqt kuzatmaysiz va yaqin kelajakda qaror qabul qilib, bizning ittifoqning toʻlaqonli aʼzosiga aylanasiz,  siz (Shavkat Mirziyoyev - tahr.) boya juda toʻgʻri aytdingiz, agar bu oʻzbek xalqi uchun manfaatli boʻlsa. Biz doimo sizni oʻz ittifoqimizda toʻlaqonli aʼzo sifatida kutamiz, siz buni bilasiz",- dedi Belarus yetakchisi.

Kuzatuvchi maqomini olishdan oldin ham Oʻzbekiston YEOII davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni faol rivojlantirar edi. 2016–2019 yillarda Oʻzbekistonning Ittifoq aʼzolari bilan umumiy tovar ayirboshlash hajmi ikki baravarga oʻsdi - 4,5 milliard dollardan 9,1 milliard dollarga yetdi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonning YEOII bilan tashqi savdosining ulushi 30 foizni tashkil etmoqda, Ittifoq mamlakatlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksporti hajmi 75 foizdan oshgan.

Moldova va YEOII

Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yigʻilishida Moldovaning amaldagi prezidenti Igor Dodon ham ishtirok etdi; 24 dekabrda uning oʻrnini Maya Sandu egallaydi.

"Umid qilamanki, ikki haftadan soʻng oʻz lavozimiga kirishadigan Moldovaning saylangan prezidenti, Moldovaning - koʻz oʻngimizda jozibali integrallashuv birlashmasiga aylanib borayotgan Ittifoq mamlakatlari bilan hamkorligini rivojlantirishga yordam beradi", - dedi Dodon.

Bundan tashqari, Moldova rahbarining soʻzlariga koʻra, respublika agrosektorda, shuningdek, infratuzilma va raqamli texnologiyalar kabi sohalarda qator loyihalarni amalga oshirish uchun Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tomonidan moliyaviy yordam olishdan manfaatdordir.

Bundan tashqari, Kishinyov, respublikani Yevroosiyo taraqqiyot banki tarkibiga qoʻshilishi orqali YEOII mamlakatlari bilan iqtisodiy koʻmakni chuqurlashtirishga umid qilmoqda. 2020 yil boshida Moldova ushbu moliya muassasasi bilan uning ishtirokchilari tarkibiga kirish boʻyicha muzokaralarni boshlagan edi.

Birgalikda noqonuniy tovarlarga qarshi

Sammit davomida Vladimir Putin, YEOII davlatlarining tovarlarni markirovka qilish boʻyicha kelishuvi sohasini kengaytirish zarurligini taʼkidladi.

"Biz YEOII doirasidagi tovarlarni markalashning raqamli mexanizmlaridan foydalangan holda, oʻz noqonuniy savdoni cheklash, biznes uchun raqobat muhitini yaxshilashni maqsad qilganmiz, eslatib oʻtaman, tovarlarni markalash mexanizmlarini qoʻllash ham Rossiya tomonidan tashabbus qilingan va (ular - tahr.) Ittifoq hududi boʻylab tovarlar harakatlarishi ustidan nazoratni taʼminlashga yordam bermoqda", - dedi u.

Rossiya prezidenti yil oxiriga qadar tamaki mahsulotlari, ayrim dori-darmonlar, parfyumeriya, foto uskunalar va avtomobil shinalarini markirovka qilish uchun raqamli belgilar joriy etilishini taʼkidladi. 2021 yil 1 yanvardan boshlab yengil sanoat tovarlari, soʻngra ayrim turdagi sut mahsulotlarining markirovkalari joriy etiladi.

Rossiya vaktsinasi YEOII mamlakatlari uchun

Uchrashuv davomida RF prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi ittifoqdosh mamlakatlarga "Sputnik V" vaktsinasini yetkazib berish masalasi koʻrib chiqilayotganligini maʼlum qildi.

"Rossiyaga kelsak, biz ittifoq boʻyicha sheriklarimizga COVID-19 boʻyicha jami 900 mingdan ziyod test-tizimlarini berib yubordik, shuningdek, dori-darmonlar, shaxsiy himoya vositalari, sarf materiallarini yetkazib beramiz va yetkazib berishda davom etyapmiz", - deya eslatdi Rossiya prezidenti.

Rossiyalik mutaxassislar "beshlik" mamlakatlaridagi hamkasblari bilan doimiy aloqada boʻlib, konsultatsiyalar berib kelmoqda, oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashishmoqda.

YEOII davlatlarining virusdan koʻproq zarar koʻrgan hududlariga rossiyalik epidemiolog-shifokorlar brigadalari yetib borishdi, koʻchma laboratoriyalar yuborildi.

Vladimir Putin soʻzlariga koʻra, COVID-19 pandemiyasi Ittifoq davlatlari iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasidagi ishlar holatiga salbiy taʼsir koʻrsatdi, yalpi ichki mahsulot, savdo hajmi va sanoat ishlab chiqarishida pasayish kuzatilmoqda. Hozir, deya qayd etdi Rossiya prezidenti, YEOIIning ustuvor yoʻnalishi - bu koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy taʼsiri choʻzilib ketmasligi uchun uning oldini olishdir. Buning uchun "beshlik" mamlakatlari yanada jipslashishi va integrallashuv jarayonini kuchaytirishi kerak.

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) raisi Mixail Myasnikovich kengash yigʻilishi yakunlari boʻyicha brifing paytida aytganidek, YEOII mamlakatlari rahbarlari koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasining ommaviy ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyishga kelishib oldilar. Bu fuqarolarning mamlakatlar oʻrtasida harakatlanishini tiklashga yordam beradi.

Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishi 2021 yil may oyida Qozogʻistonda oʻtkazilishi kerak. Bu vaqtga kelib mamlakatlar rivojlanish strategiyasini amalga oshirish rejalari toʻgʻrisida hisobotlarni tayyorlab qoʻyishlari kerak edi.

Asosiy mavzular