11:34 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Analitika
Havola olish
263 0 0

Afgʻonistondagi tinchlik muzokaralari ikkala tomon noformal uchrashuvlar davomida bir-biriga zid shartlarni oʻylab koʻrishganidan soʻng qayta tiklanadi, deb hisoblaydi siyosatshunos Dmitriy Verxoturov

Doxada Afgʻoniston hukumati va "Tolibon" radikal harakati (Rossiyada taʼqiqlangan) aʼzolari oʻrtasida tinchlik muzokaralari  20 kunga toʻxtatildi. AQShning Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod soʻzlariga koʻra, ushbu jarayon toʻxtashining asosiy sababi "kun tartibidagi masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar" boʻlgan. Muloqot 5 yanvar kuni qayta yangilanishi rejalashtirilgan.

Siyosatshunos, sharqshunos, Markaziy Osiyo boʻyicha ekspert Dmitriy Verxoturov muzokaralar nega toʻxtatilgani munosabati bilan oʻz fikrini bildirdi.

"Meni fikrimcha, bu umuman olganda juda mayda faktlar. Gap shundaki, tinchlik muzokaralari hamisha ikkala tomon bilan ham kelishilishi lozim boʻlgan oʻndan ziyod punktlarni oʻz ichiga oladi. Bu boʻyicha shartlar turlicha boʻlishi mumkin. Agar qaysidir punkt tasdiqlangan boʻlmasa va ular bu borada yakdir fikrga kela olmasalar, u holda muzokaralar toʻxtatiladi", - dedi ekspert Sputnik Tojikiston bilan suhbatda.

Siyosatshunos soʻzlariga koʻra, majlis toʻxtatiladigan vaqt davomida ikkala tomon ham ilgari surilgan shartlar borasida mulohaza qiladilar.

"Shundan soʻng oʻylar boshlanadi, qabul qilamizmi, yoʻqmi, nima qilmoq kerak, nima taklif qilsa boʻladi, norasmiy, noformal aloqalar boʻlishi mumkin. Ushbu muloqotlar davomida yagona kelishuvga kelish mumkin boʻlgan qandaydir liniya aniqlanadigan boʻlsa, oʻsha paytda eʼtiboran ular muzokaralar stoli atrofiga oʻtirib, kelishuvni qayta ishlaydilar va ularni tayyor holatga keltiradilar", - deb hikoya qildi Verxoturov.

Ekspert tinchlik muzokaralarini bir necha bor toʻxtatgan Afgʻoniston bosh vaziri Gulbiddin Hikmatyorni misol keltirdi. 

"Xikmatyor tinchlik bitimini imzolashdan oldin muzokaralarni besh marotaba toʻxtatgan, chunki unga taklif etilgan bitimning ayrim punktlari yoqmagan, ammo keyin ular hammasini kelishib olganlar", - dedi u.

Afgʻonistonda urush allaqachon hayot tarziga aylangan, deb qoʻshimcha qildi Verxoturov.

"U yerdagi odamlar oʻzlarining oʻzi nima uchun urush qilayotganligi, umuman hammasi qanday boshlanganini unchalik tushunmaydilar ham. Shu bois, tinchlik muzokaralari fonida asosan mayda va lokal janglar roʻy bermoqda, buning ajablanarli joyi yoʻq", - deb xotima qildi u.

Yaqinda Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani muzokaralarning ikkinchi raundini Qatarda emas, Afgʻonistonda oʻtkazish lozim, deya aytgan edi. Uning aytishicha, toliblar ham afgʻonistonlik, shu bois ular bu variantga rozi boʻlishi kerak.

Asosiy mavzular