"Hammasi aksincha bo‘lishi mumkin". Ekspert Baydenga Rossiya bo‘yicha berilgan maslahat haqida

© REUTERS/Mike SegarDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden Rossiya bilan munosabatlarda sobiq yetakchi Barak Obama xatolarini takrorlamasligi lozim, deydi prezident Donald Trampning sobiq yordamchisi Fiona Xill. Sputnik radiosi efirida ushbu bayonotga analitik Mixail Neyjmakov sharh berdi

Prezident Donald Trampning sobiq yordamchisi, Oq uyning Yevropa va Rossiya bo‘yicha sobiq direktori Fiona Xill AQShning saylangan prezidenti Jo Baydenni Moskva bilan munosabatlarda sobiq amerika yetakchisi Barak Obamaning xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.

Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Nima bo‘lsa ham Bayden. Revansh olishga Trampga nima xalal berdi

Xillning fikricha, Bayden boshqacha yondashuvga amal qilmog‘i lozim.

"Obama Rossiyaga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lardi, uni mintaqaviy derjava, deya atardi. Ular (Obama administratsiyasi, – tahr.) Rossiya haqida ko‘p o‘ylashni xohlamasdi", – deydi Xill.

Siyosatchi ayolning so‘zlariga ko‘ra, Obama prezidentligi davridan buyon "dunyo tamomila o‘zgargan".

"Ular boshqacha o‘ylashga majbur bo‘lishadi", - deya maslahat berdi u amerikaning yangi isteblishmentiga.

Kandidat v prezidenti ot demokratov Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden AQShni Yevropa qo‘g‘irchog‘iga aylantiradi

Sputnik radiosi efirida siyosiy va iqtisodiy kommunikatsiyalar bo‘yicha agentligi yetakchi analitigi Mixail Neyjmakov ushbu bayonotga quyidagicha sharh berdi:

"Bu bayonotning ma’nosi shuki, endilikda RFning Yaqin Sharqdagi faolligi, Supiya va boshqa joylardagi o‘tkazayotgan operatsiyalari tufayli Rossiyaning oshgan ta’sirini hisobga olish chamalanmoqda. Ammo, xuddi shu Fiona Xill jamoat eksperti sifatidagi faoliyati vaqtida Rossiya va uning rahbariyati haqida juda sovuq gaplar aytganini yaxshi eslaymiz – birgina u tomonidan aytilgan Rossiyaning "qayishqoq" emasligi to‘g‘risidagi ayblovlarni yodga olish kifoya. Bularning barchasi, amerika ekspertlik va siyosiy hamjamiyatida, bir tomondan Rossiyaning jahondagi vaziyatga va sobiq ittifoq hududida yangi ta’sir imkoniyatlarini tan oladigan odamlar borligini ko‘rsatmoqda. Boshqa tomondan esa, xuddi shu ekspertlar Rossiyaga nisbatan yumshoq siyosatga da’vat qilishlarini anglatmaydi. Bu yerda hammasi aksincha bo‘lishi mumkin - ular Moskvaga nisbatan qat’iy munosabatni talab qilishlari mumkin", - dedi Mixail Neyjmakov.

Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden o‘z prezidentligining birinchi 100 kuni haqida gapirdi

Shu bois, uning so‘zlariga ko‘ra, Baydenga Obamaga nisbatan, Moskva bilan munosabatlarni qurish ancha murakkabroq bo‘lishi kutilmoqda.

"Shu jihatdan ham murakkabki, Obama administratsiyasi davridan o‘tgan vaqtdan buyon sanksiyalar, ayblovlar va munosabatlardagi to‘sqinliklar yanada og‘irlashgan", - dedi Mixail Mixail Neyjmakov.

Kuni kecha Bayden prezident bo‘lish uchun saylovchilar hay’atining kerakli 270 ovozidan 306tasini oldi va bu bilan OAV tomonidan oldinroq e’lon qilingan o‘z g‘alabasi haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Saylovchilar xay’ati ovozining yakuniy natijasi 6-yanvar kuni tasdiqlanadi, Bayden inauguratsiyasi Konstitutsiyaga muvofiq 20-yanvarda bo‘lib o‘tishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0