YeOIIda kuzatuchi maqomi iste’molchilarga nima beradi?

© Press-slujba pravitelstva / Sabir Ailchiyev Flagi stran YeAES. Arxivnoe foto
Flagi stran YeAES. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra, barcha a’zo mamlakatlarning iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchiligi bir-biriga moslashtiriladi va o‘sha huquqni yaxshiroq himoya qilishga imkoniyat yaratadi.

TOShKENT, 16 dek - Sputnik. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish  jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov YeOIIda kuzatuchi maqomi iste’molchilarga nima beradi, degan savolga javob berar ekan, ittifoqqa kirgan barcha mamlakatlarning iste’molchilari, qaysi mamlakat hududida yashab turganidan qat’i nazar teng huquqqa ega bo‘lishini qayd etdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Flagi stran uchastnis YeAES, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Deputatlar O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligini qo‘llab-quvvatladi

Joriy yilning 11-dekabr kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi tomonidan  O‘zbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va ushbu qaror 15-dekabrda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi yig‘ilishida ma’qullandi.

Sarimsoqovning so‘zlariga ko‘ra, YeOIIda kuzatuvchi maqomi:

  • birinchidan, Yevroosiyo iqtisoidy komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra, barcha a’zo mamlakatlarning iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchiligi bir-biriga moslashtiriladi va o‘sha huquqni yaxshiroq himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
  • ikkinchidan, ittifoqqa kirgan barcha mamlakatlarning iste’molchilari, qaysi mamlakat hududida yashab turganidan qat’i nazar teng huquqqa ega bo‘ladi.
  • uchinchidan, tovar va xizmatlarning umumiy bozori, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xavfsizligiga bo‘lgan yagona talablar iste’molchilarga xavfsiz va sifatli tovarlar xarid qilish imkonini beradi va ayni talablar YeOII hududidagi ishlab chiqaruvchilarning sifatsiz tovarlar ishlab chiqarishini yoki xizmatlar ko‘rsatishini taqiqlaydi.

Yana bir e’tiborli jihati, biror mamlakat fuqarosi bo‘lgan iste’molchining huquqi boshqa biror a’zo mamlakat hududida buziladigan bo‘lsa, u o‘z huquqini talab qilib, iste’molchilar huquqini himoya qilish bilan shug‘ullanadigan o‘sha mamlakatning davlat, nodavlat tashkilotlari, hatto sudga murojaat qilish huquqiga ega va ularning huquqi o‘sha mamlakat fuqarolariniki bilan teng ta’minlanadi, deydi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0