"EpiVakKorona"dan nimani kutsa bo‘ladi. COVID-19ga qarshi peptidli vaksina haqida

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishMedrabotnik demonstriruyet vaksinu "EpiVakKorona" v protsedurnom kabinete
Medrabotnik demonstriruyet vaksinu EpiVakKorona v protsedurnom kabinete - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda vaksina 3 mingdan ziyod ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Xabar berishlaricha, uning salbiy ta’sirlari juda kam, shu bois, vaksina, katta yoshdagi insonlarga ham to‘g‘ri keladi. U haqda nimalarni bilish lozim, kimlar vaksina bilan emlanmoqchi - RIA Novosti materialida.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik, Tatyana Pichugina. "EpiVakKorona"ning immunologik samaradorligi yuz foiz, deya ta’kidlashmoida Novosibirskdagi "Vektor" markazida. Bu - COVID-19 qo‘zg‘atuvchisi - SARS-CoV-2ning oqsil-tikanli mayda fragmentlaridan iborat sintetik preparatdir. Hozirda vaksinani uch mingdan ziyod ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkazishmoqda. Shu bilan birga u fuqarolik oborotiga kiritilgan. Xabar berishlaricha, uning salbiy ta’sirlari juda kam, shu bois, vaksina, katta yoshdagi insonlarga ham to‘g‘ri keladi. U haqda nimalarni bilish lozim, kimlar bu vaksina bilan emlanmoqchi - RIA Novosti materialida o‘qing.
Rossiyskaya vaksina Sputnik V v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert "Sputnik V" vaksinasining innovatsion farqini aytdi

"EpiVakKorona"ning tarkibi nimadan iborat?

SARS-CoV-2 koronavirusining uchta qisqa tashuvchi-oqsilga ulangan oqsil-tikonli fragmentlaridan. Ushbu fragmentlarni peptidlar deb atashadi, shu tufayli vaksina ham peptidli-vaksina nomini olgan. Oqsil-tashuvchi koronavirus RNKasini o‘rab olgan nukleokapsidli oqsilni o‘z ichiga olgan. Immun javobni kuchaytiruvchi modda — adyuvant sifatida — alyumin gidroksidi o‘rtaga chiqadi. Shuningdek, yordamchi birikmalar va suv ham bor. Barcha tarkibiy elementlar sintetikdir.

Vaksina tarkibiga qanday peptidlar kirgan?

RIA Novostiga "Vektor" davlat ilmiy markazida xabar berishlaricha, vaksina peptidlari eng avvalo V-hujasrali epitoplarni o‘z ichiga olgan, T-xelperli epitoplar manbasi sifatida oqsil-tashuvchi xizmat qiladi. Bu nimani anglatishini tushuntiramiz.
Shprisi i butilochki s vaksinoy Pfizer - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston Pfizer vaksinasidan voz kechadi
SARS-CoV-2 bu - nukleokapsid - qobiqqa o‘ralgan RNK molekulasi ko‘rinishiga ega. Bularning barchasi tashqi tomondan korona singari yirik oqsil-tikonlar bilan bezatilgan lipid xaltachasining ichida joylashgan. Koronavirus haqida shu tufayli ham gapiriladi.
Oqsil-tikonlar virus bo‘lakchasiga inson hujayrasiga yopishib olishga va ichkariga kirishga yordam beradi. Ko‘psonli tadqiqotlarda, ushbu tikonlar organizmda eng ko‘p immun javobni chaqirishi o‘z isbotini topgan. Biologlar atamasida oqsil-tinkon - bu antigendir.
Ushbu oqsil molekulasi juda yirik bo‘lib, ularda alohida uchastkalar - epitoplar mavjud. Immun tizim hujayralari ularni taniydi va infeksiyaga qarshi kurash mexanizmini faollashtiradi.
Vaksina Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyoda birinchi: Turkmaniston "Sputnik V" vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi
"V-epitoplar va T-epitoplar mavjud. Birinchilari antigen determinantlar deb ataladi. Bu antitanachalar bilan bog‘lanuvchi antigen molekulalar uchastkalaridir. Ammo bu uchastkalar dastavval V-limfotsitlar retseptorlari bilan bog‘lanadi va ularni antitanachalarni ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan plazma hujayralarga aylantirish jarayonini ishga tushiradi", - deb hikoya qiladi professor Yekaterina Kolesanova, V.N.Orexovich nomidagi biotibbiy kimyo ITI peptidli injeneriya laboratoriyasi rahbari.
Ammo hammasi ham bu qadar oddiy emas. Antigen pufak-endosoma tarkibida V-limfotsit ichiga kirib, u yerda qisqa fragmentlarga ajraladi. Endosomalar bilan ikkinchi sinf gistomoslik bosh kompleksini tashkil qiluvchi oqsillar bog‘lanadi. "Bu oqsillar antigenning ayrim fragmentlarini ushlaydi, ular xo‘jayin-organizmi oqsillari fragmentlariga o‘xshamaydigan, odatda uzunligi 14-20 aminokislota qoldiqlari ko‘rinishida bo‘ladi. O‘zimizniki-begonaga ajratish jarayoni shu holatda ro‘y beradi", - deb davom etadi ekspert.
Vaksina Pfizer-BioNTech - Sputnik O‘zbekiston
Le Monde: YeI Pfizer vaksinasini bosim ostida ma’qulladi, buning dalili bor
So‘ngra gistomoslik bosh kompleksi oqsillari antigen fragmentlari bilan birgalikda V-limfotsitlar sathida paydo bo‘ladi. Va bu yerda ularni maxsus immun yordamchi-hujayralar T-xelperlar tanib oladi. Ular V-limfotsitlar bilan bog‘lanadi va ularni faollashtiradi. "Vaksina antitanachalar ishlab chiqilishini chaqirishi uchun, unda antigen qo‘zg‘atuvchining V- singari, T-xelper epitoplari bo‘lishi kerak", - deya qayd etadi professor Kolesanova.

Vaksina qanday ishlaydi?

Emlash natijasila oqsil-tashuvchi barcha uchta peptidni inson V-limfotsitiga yetkazib beradi. Ular V-lifotsitni faollashtiradi va himoya antitanachalari - immunoglobulinlar ishlab chiqila boshlaydi. Har bir V-epitop noyob immunoglobulin sintezi uchun javob beradi. Birinchi galda M (IgM) sinfidagi antitanachalar hosil bo‘ladi, keyinroq - IgG sinfidagi, ammo oxirgilari qonda eng uzoq qolish va immunitet borligini dalillash xususiyatiga ega.
“Sputnik V” Afrikaga etib bordi. Nima uchun Rossiya vaksinasiga ishonishmoqda? - Sputnik O‘zbekiston
“Sputnik V”: Nima uchun Rossiya vaksinasiga ishonch bildirishmoqda? - video
"Vektor"da emlash tufayli paydo bo‘ladigan antitanachalar koronavirus oqsil-tikoniga o‘xshashligini tasdiqlashmoqda. Immunlashgan ko‘ngillilardan olingan qon zardoblari virusni yo‘q qiluvchi faollikni namoyon etmoqda. Bu esa, antitanachalar koronavirusni nafaqat tanish, balki uni yo‘q qilishga qodirligini anglatadi.

"EpiVakKorona" tarkibidagi koronavirusmi yoki qandaydir boshqa virus?

U yerda hech qanday virus yoki ularning qismlari yo‘q. U adenovirusli "Sputnika V" vaksinasidan shunisi bilan farq qiladi. "EpiVakKorona"da RNK, DNK, hech qanday tirik komponentlar, konservantlar va antibiotiklar ham yo‘q. Tarkibi Rospotrebnadzor saytida, shuningdek, internetda joylashtirilgan vaksina ko‘rsatmasida batafsil yozilgan.
"EpiVakKorona"da koronavirus oqsillariga o‘xshash oqsillar fragmentlari - peptidlar mavjud. Ularni sun’iy ravishda sintezlashgan va tashuvchi-oqsilga ulashgan. "Vektor" tomonidan ro‘yxatga olingan RU2738081 patentga muvofiq, uni sintezlashga ichak tayoqchasi yordam beradi.
Putin soobshil o blijayshey regictratsii tretyey rossiyskoy vaksini ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya vaksinasini dunyodagi eng yaxshi preparat deb atadi

Emlash qanday amalga oshiriladi?

Vaksina suspenziya ko‘rinishida chiqariladi va shpris yordamida yelka mushaklariga kiritiladi. Peptidli preparatlar tezkor va kuchli immunitet javobini hosil qilmaydi, shu bois, "EpiVakKorona"ni ikki marta 21 kunlik orqaliq bilan teng dozalarda kiritishadi.

Salbiy ta’sirlari qanday?

I-II faza sinovlarida qatnashgan ko‘ngillilar ukol joyida tez o‘tib ketuvchi kamroq og‘riq bo‘lgani haqida aytishgan. Boshqa salbiy ta’sirlar kuzatilmagan.
Ro‘yxatdan olingandan keyingi sinovlar (III faza) ishtirokchilari tomonidan tashkil etilgan #EpiVakKorona norasmiy Telegram-kanalida oz miqdordagi salbiy holatlar haqida aytiladi: bular noqulaylik, ukol qo‘yilgan joyning bir sutka davomida qizarib turishi, yelkadagi kuchli og‘riq. Yuqori harorat, kuchli tana og‘rig‘i hech kimda kuzatilmagan, yoki bu og‘riqlar va emlash o‘rtasidagi bog‘liqlik tasdiqlanmagan.

"EpiVakKorona" samaradorligi qanday?

"Immunologik va profilaktik samaradorlik bor. Birinchisi - bu o‘ziga xos antitanachalarning ishlab chiqilishi. I-II faza klinik sinovlari yakuniga ko‘ra, o‘ziga xos antitanachalar barcha ko‘ngillilarda hosil bo‘lgan. Profilaktik samaradorlik — bu emlanganlarning kasallikdan himoyasidir. Vaksina ro‘yxatdan olingandan keyingi klinik sinovlar ustidan tadqiqotlar davom etmoqda, ma’lumotlar fevralda chop etiladi", — deya izoh beradi Rospotrebnadzor matbuot-xizmati.
Brifing, posvashenniy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaksine ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
"Sputnik V" vaksinasiga ishonish uchun 3ta asosiy sabab - Bloomberg versiyasi
I-II faza klinik tadqiqotlari hali yakunlanmagan, deya aniqlik kiritishdi "Vektor" DMMda. Faqatgina oraliq natijalari bor.
Hozirda platsebo guruhi bilan ikkilamchi ko‘r-ko‘rona randomizirlashgan tadqiqot o‘tkazilmoqda. Odamlarni tasodifiy tarzda guruhlarga bo‘lishmoqda. Kim vaksina olyapti, kim — fizeritma - na ko‘ngillilar, na shifokorlar biladi. Uch ming nafar ishtirokchidan 2897tasi vaksina qilindi, chorak qismi platsebo olgan. Sinovlar eng so‘nggi ko‘ngilli emlangandan so‘ng 180 kundan keyin yakunlanadi.
Bir vaqtning o‘zida yoshi 60dan katta 150 ko‘ngillilarda sinovlar o‘tkazilmoqda. Bu guruh bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar fevral oyida e’lon qilinadi.

Koronavirusga qarshi peptidli vaksinani yana kim ishlab chiqadi?

Peptidli vaksinalar butun dunyoda tajriba bosqichida turibdi. Ularni ishlab chiqish va tekshirish juda mashaqqatli, shu bois, ular mRNK, vektorli va inaktivirlangan/o‘ldirilgan vaksinalardan ortda qolmoqda. Rossiya bu masalaga o‘z kuchi bilan yechim topish uchun yetarlicha resurs va malakali kadrlarga ega.
BSST ro‘yxatida 19-yanvar holatiga, "EpiVakKorona"dan tashqari, — yana ikkita peptidli nomzod-vaksinalar bor.
Ularni odamlarda sinashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0