Yangi sovuq  urush: Amerika dengiz piyodalari nega Shimolda to‘planmoqda

Obuna bo‘lish
Rossiyani jilovlab turish bahonasida AQSh va Norvegiya Arktikada yangi sovuq urushni va qurollanish paygasini boshlab yuborishgan.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik, Nikolay Protopopov. AQSh armiyasi Norvegiyada, Rossiya chegaralariga yaqin joyda to‘planmoqda. Yanvar oyida ushbu qirg‘oqda mingga yaqin AQSh dengiz piyodalari olib kelingan edi. Shu bilan birga amerika siyosatchilari va generallari tinimsiz ravishda Arktikada tanglik oshib borayotganini haqida bayonot bermoqda. Aslida ushbu tanglikni ularning o‘zlari yaratmoqda. Pentagon Norvegiyani  nimalarga tayyorlayotgani haqida RIA Novosti maqolasida.

Vikinglar uyiga mehmonga

Amerikaliklar “dengiz kuchlarining Shimoliy Karolinadan Norvegiyaga olib kelishiga “oddiy rotatsiya” sabab deb, bir necha yildan buyon Rossiya chegaralari yaqinida o‘z harbiy kontingentni doimiy saqlab turmoqda.
Ofitser na bortu podvodnoy lodki USS Florida  - Sputnik O‘zbekiston
"Rossiyaga signal". AQSh nima uchun Norvegiya qirg‘oqlariga maxfiy suv osti kemasini yubordi
Ularning vazifasi – NATOdagi hamkasabalari bilan birgalikda harakat qilishni mashq qilish va norvegiyalik instruktorlar qo‘li ostida sovuq shimol iqlimida jangovar harakatlar olib borishni o‘rganishdir.
Fevral oyida Amerika, Norvegiya, Gollandiya va Angliya askarlari – jami 10 mingga yaqin, Joint Viking 2021 nomli keng ko‘lamli harbiy o‘quv-mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. NATOchilar qo‘shinlarni katta masofaga tezda yetkazish, barcha darajada texkor axborot almashish tizimini sinab ko‘rishni mashq qilishadi va bir necha operatsiyalar o‘tkazishadi.
JointViking harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari har yili bo‘lib o‘tadi. Unda NATO qo‘shinlari – bronetexnika, artilleriya, aviatsiya, harbiy kemalar va suv osti kemalari ishtirokida, aksariyat o‘rmon va tog‘lardan iborat bir necha yuz kvadrat kilometr maydonda, yuqori intensivli jangovar harakatlarni mashq qilishadi.
Harbiy ekspert Aleksandr Jilin aytishiga ko‘ra, AQSh o‘z harbiy doktrinasiga ko‘ra, ularning armiyasi, asosan, xorijda jang qilishni o‘rganmoqda.
“Shu sababli ham amerika harbiylari doimiy ravishda turli davlatlarda paydo bo‘lib, u yerda razvedka, aerodromlarni tekshirish, dengiz yo‘llarini tekshirish bilan shug‘ullanishadi, deydi Jilin. –Boshqa davlatlar harbiylari bilan olib birgalikda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga alohida e’tibor beriladi, chunki AQSh har doim birovlar qo‘li bilan jang qiladi”.
Voyennoslujashie SShA. - Sputnik O‘zbekiston
"Ruslarning nozik joyiga uramiz": NATO nimani rejalashtirgan
Ekspert xulosasiga ko‘ra, Pentagon vaziyatni ataylab tang qilmoqda. Chunki AQSh va NATO Arktikaga da’vo qilishda davom etishmoqda.
“Dengiz piyodalari o‘quv-mashg‘ulotlarida hujum operatsiyalari mashq qilinmoqda, himoya emas – deydi Jilin. – Jumladan Rossiyaga qarshi harakatlar ham. NATOning Yevropadagi harakatlari umumiy tahlil qilinganda - ular Moskva uchun tanglik hududlari tashkil qilishga qaratilganini ko‘rish mumkin. Bizning armiyamiz ham Norvegiyada sodir bo‘layotgan voqealarga befarq qarab tura olmaydi. Vahima yo‘q, lekin kuch va resurslarni sarflashga to‘g‘ri kelmoqda – biz vaziyatni to‘liq nazorat ostiga olishimiz kerak, hech qanday provokatsiyaga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”.

Shimoliy plasdarm

“Valday” tahliliy klubi eksperti Artem Kureyev aytishiga qaraganda, Arktika sharoitida jang qilishni o‘rganish uchun amerikaliklarning Alyaskada joylashgan rivojlangan infratuzilmasi bor. Lekin shunga qaramasdan ular Norvegiyada mashq qilishni xush ko‘rishadi.
Esmines Nastoychiviy v Baltiyske Kaliningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
“Chiroyli yurish”: Rossiya Qora dengizda NATO kemalarini jilovlash chorasini topdi
“Aslida ushbu mashg‘ulotlar NATOda yetakchilikni saqlab turish uchun kerak. Norvegiya – NATOning eng “eski” a’zolaridan biridir. Oslo Rossiyani o‘ziga dushman deb biladi. Sovuq urush yillari vaqtida norvegiyaliklar Arktikada SSSRga qarshilik ko‘rsatish uchun infratuzilma yaratib, undan hozirgacha foydalanib kelishmoqda. Agar vaziyat haqiqatdan ham keskinlashsa, Shimoliy Norvegiya darhol Rossiyaning Murmansk shahri yo‘lida bosh plasdarmiga aylanadi”.
Harbiy dengiz floti va Dengiz piyodalari korpusining yangi strategiyasiga ko‘ra, Vashington Arktikadan boshqa davlatlarni siqib chiqarib, u yerga o‘zi o‘rnashib olishni istaydi. "AQSh harbiy-dengizchilarisiz Arktika hududida tinchlik va faravonlikka Rossiya va Xitoy xalal beradi”, - deyilgan AQSh HDFning yangi 10-yillik doktrinasida.
Posol Rossii v Vashingtone Anatoliy Antonov - Sputnik O‘zbekiston
Antonov: Rossiyani jilovlab turish - AQSh siyosatining “alfa va omega”si hisoblanadi
AQSh HDF vaziri Kennet Breytueyt aytishiga ko‘ra, Pentagon Arktikada “Uzoq Shimolda Moskvaning kengayishini oldini olish va Rossiya qirg‘oqlari yaqinidagi akvatoriyani nazorat qilish uchun”  Arktikada doimiy ravishda jangovar suv usti va suv osti kemalarini, shuningdek kuchli quruqlik qo‘shinlarini joylashtirish ham rejalashtirilgan.
Norvegiya mudofaa vaziri Frank Bakke-Yensen, aytishiga qaraganda - davlati xavfsizlik siyosatining asosiy yo‘nalishi – Arktika va Rossiyaning hududdagi faolligidir. Ushbu yo‘nalishda transatlantik aloqalar – hal qiluvchi ahamiyatga ega. Uzoq Shimolda Norvegiya NATO bo‘yicha hal qiluvchi ittifoqchilarning kuchayishi tarafdoridir.
“AQSh HDF, dengiz piyodalari, maxsus kuchlar, harbiy havo kuchlari va kosmik kuchlari bilan birgalikda Arktikada hamkorlar bilan strategik aloqalarni rivojlantiramiz, - dedi vazir. – Bu Uzoq Shimolda ittifoqchi harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlarining doimiy o‘quv-mashg‘ulot olib borishini nazarda tutadi. Norvegiya ushbu tadbirlarda ishtirok etib, ittifoqchilar bilan operativ hamkorlikni rivojlantirish niyatida".

Barcha frontlar bo‘ylab

Aytish joizki, AQSh Shimolda jiddiy o‘rnashib olgan va bunda Norvegiyaning ahamiyati juda katta bo‘ldi. O‘tgan yilning sentabrida Tromse portiga Seawolf klassiga mansub suv osti kemasi yetib kelgan edi. Uning asosiy missiyasi – Rossiya suv osti kemalari yo‘nalishini kuzatishdir.
Biroz oldin bo‘lsa AQSh Rossiyani Shimolda “jilovlab turish” uchun 2011-yilda tarqatib yuborilgan Ikkinchi flotini qayta tiklagan edi.
Amerikanskiy avianoses CVN-78 Gerald R. Ford - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo okeanida ustuvorlik qilish: AQSh dengiz flotining 10-yillik rejasi
Sovuq urushning yana bir belgisi – 1960-yillardan qurilgan Norvegiyanng Olavsvern yer osti harbiy bazasi faoliyati qayta tiklanmoqda. Olavsvern – Rossiya chegarasidan 350 km masofada joylashgan bo‘lib, undan suv osti va suv usti kemalarini ta’mirlash, o‘q-dorilarni saqlash uchun foydalaniladi. Sovuq urush davrida bu yerda joylashtirilgan harbiy kemalar Sovet Ittifofi HDFga Norvegiya dengizi va Shimoliy Atlantikaga chiqish yo‘lini to‘sib qo‘yishi mumkin deb hisoblangan.
Pentagon Arktikada harbiy-havo kuchlarini oshirishga jiddiy qaror qilgan. O‘tgan yil Amerika va Norvegiya harbiy kuchlarining keng ko‘lamli o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Birdaniga 6ta B-52 Stratofortress - strategik bombardimonchi samolyotlar Shimoliy polyus ustidan uchib o‘tib Norvegiya strategik qiruvchilari bilan birgalikda sinov parvozlari amalga oshirdi.
Fevralda esa Pentagon Texasdan Norvegiyadagi Erland aviabazasiga 4ta tovush tezligidan tez uchadigan B-1BLancer strategik bombardimonchilarini joylashtirdi.
Yangiliklar lentasi
0