O‘yindan tashqari holat: “Lokomotiv”dan ketgan Jaloliddinovni qanday kelajak kutmoqda

Obuna bo‘lish
Moskva “temiryo‘lchilari” transferidan yarim yil o‘tib besh yillik shartnoma imzolangan yosh futbolchidan voz kechishdi. Nega bunday bo‘ldi va o‘yinchining kelajakdagi istiqbollari qanday – batafsil maqolada bilib oling.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik, Marina Matveyeva-Melnik. Moskvaning “Lokomotiv” futbol klubi matbuot xizmati 26-yanvar kuni klub o‘zaro kelishgan holda o‘zbekistonlik yosh futbolchi Jasurbek Jaloliddinov bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi. 2019-yilda dunyoning eng kelajagi porloq futbolchilaridan biri deb e’tirof etilgan o‘yinchi bilan shartnoma o‘tgan yili besh yilga tuzilgandi.
Jasur Jaloliddinov - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Jaloliddinov Moskvaning “Lokomotiv” klubidan ketdi
Sputnik klubning ushbu qarori nimaga bog‘liqligi va futbolchining istiqbollari qandayligini o‘rgandi.

“Jasurga har kuni taklif bilan qo‘ng‘iroq qilishadi”

Moskva “temiryo‘lchilari” shartnoma imzolangandan keyin yosh futbolchini “Tambov” futbol klubiga ijaraga berishdi. Ammo u yerda ham unga o‘zini ko‘rsatish uchun yaxshi imkon berishmadi. Natijada o‘yinchi Moskvaga qaytdi va bir qancha vaqt o‘tib u bilan shartnomani bekor qilishdi.
“Futbolnaya karyera” konsalting guruhi prezidentining maslahatchisi Yuriy Belousning so‘zlariga ko‘ra, futbolchiga allaqachon yangi takliflar kelib tushgan.
Jasur Jaloliddinov - Sputnik O‘zbekiston
Ona orzusi: Jasur Jaloliddinovning muvaffaqiyat yo‘li
“U boshqa klubda o‘ynaydi, hozir takliflarni ko‘rib chiqmoqda. Yevropada ham, Yaqin Sharqda ham forvardga qiziqish bildirishmoqda”, - deya aniqlik kiritdi Yuriy Belous.
U Jaloliddinovning vakillariga har kuni qo‘ng‘iroq qilib, turli takliflar bildirilayotganini qo‘shimcha qildi. Porlayotgan yulduzni ko‘plab mutaxassislar kuzatmoqda, shunday ekan u aniq ishsiz qolmaydi.

Ortiqcha baho berilgan va yetarlicha qadrlanmagan

Qatar futbol assotsiatsiyasi musobaqalarning texnik eksperti, “Futbolium” Telegram-kanalining muallifi Alisher Nikimbayev Rossiyada futbol agentlari Jasurga ortiqcha baho berish yuborishgan deb hisoblaydi, shuning uchun Moskvada uning ishi o‘ngmagan.
Poluzashitnik Jasur Jaloliddinov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada uchinchi o‘zbek legioneri paydo bo‘ldi
“Mening bilishimcha, Jaloliddinovning “Loko”ga o‘tishi to‘g‘risidagi kelishuv avvalo klub rahbariyati bilan edi, bosh murabbiy bilan emas. Murabbiy, chamasi, Jasurning qobiliyatlarini bilmagan, shu bois unga o‘z jamoasida joy topmagan”, - deya tushuntirdi Nikimbayev.
U Jaloliddinov haqiqatdan ham iqtidorli futbolchi ekani va uning o‘ziga xorijiy klubni topishi muammo emasligini qo‘shimcha qildi. Masala shundaki, agentlar uning istiqbolini qayerda ko‘rishapti, Jasurning o‘zi esa qayerda o‘ynashni xohlayapti.
“Jasur hozir agentlarga ishonish yoki ishonmaslik yoki o‘zi ham biror bir ovozga ega bo‘lishi kerakligini oydinlashtirib olishi zarur. Segunda, Ispaniya chempionatining ikkinchi divizionidan unga bo‘lgan qiziqish haqida gaplar quloqqa chalingandi. U o‘zini u yerda sinab ko‘rishi mumkin, biroq asosiysi ikkinchi ispan divizioni botqoqligida qolib ketmaslik. Biror bir Sharqiy Yevropa chempionatida – Chexiya, Bolgariyada - ham o‘yin ko‘rsatish imkoniyatlari bor. Osiyoga to‘xtaladigan bo‘lsak, u yerga qaytishga u hamisha ulguradi”, - deydi ekspert.
Jasur Jaloliddinov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning “Lokomotiv” klubi Jasur Jaloliddinovning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Uning fikriga ko‘ra, hozir yosh o‘yinchi umidsizlikka tushgan: avvaliga unga “Lokomotiv”dan “Tambov”ga ijara haqida ma’lum qilishdi, keyin u “Tambov”da ham keraksiz bo‘ldi.
“Bu unga berilgan jiddiy zarba. 18 yoshli futbolchi uchun juda oson bo‘lmagan vaziyat. Lekin umid qilamanki, u o‘ziga xulosa chiqardi va barchasini to‘g‘ri qabul qilmoqda. Agar fikrlarini bir joyga to‘plasa, karyerasi bilan bog‘liq hamma narsa yaxshi bo‘ladi”, - deya ishonadi Nikimbayev.

Asosiysi brend emas, balki jamoa

Italiyaning “Yuventus”, “Rejina” va “Jenoa” klublarining sobiq o‘yinchisi Ilos Zeytullayev ham bir vaqtlar karyerasini Jasur Jaloliddinovnikiga o‘xshash bilan bilan boshlagandi, to‘g‘ri, Yevropada, Rossiyada emas. U “Yuventus”ga juda yoshligida o‘tdi va o‘z soatini uzoq kutdi. Ammo natijada o‘zbekistonlik futbolchi quyi diviziondagi klublarda mustaham o‘rnashishga erishdi. Hozir u Italiyada murabbiylik bilan shug‘ullanmoqda.  
Poluzashitnik Jasur Jaloliddinov iz kluba Bunedkor - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik eng kelajagi porloq TOP-60 futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi
“Men yosh iqtidorli o‘yinchilarga ular to‘p surayotgan klubning nomiga qaramaslikni maslahat bergan bo‘lardim. Ularga o‘zini namoyon qilishga imkon beradigan va ishonadigan jamoa kerak. Asosiysi mavqe emas, to‘laqonli o‘ynash va rivojlanish imkoniyatidir”, - deya ta’kidladi Ilos Zeytullayev.
U Jasurning keyingi karyerasi faqat o‘ziga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi. O‘z vaqtida Rossiya yoki Yevropada o‘ynashni orzu qilgan Zeytullayev pirovardida orzusini ro‘yobga chiqargan.
Yangiliklar lentasi
0