14:06 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Analitika
Havola olish
92110

Inson hayotini saqlab olish uchun har qanday vaktsina halolmi? Tarkibida choʻchqa jelatini yoki inson embrioni hujayralari boʻlsachi? Turli dinlar COVID vaktsinasini qanday qabul qilyotgani haqida maqolamizda tanishing.

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik, Anton Skripunov. Ommaviy vaktsinatsiya ayrim mamlakatlarda din ulamolarining keskin qarshiligiga duch keldi.Ayrim din vakillari, tarkibidan choʻchqa jelatini yoki odam embrionidan olingan hujayralar boʻlishi mumkinligi tufayli - vaktsinalardan mutlaq voz kechishni talab qilmoqda. Boshqalar esa inson hayotini saqlab olish uchun har qanday vaktsinani qabul qilish mumkin degan bayonotlar bilan chiqmoqda. 

Ortodoksal yahudiylar

Isroilda yashaydigan ultraortodoksal yahudiylar koronavirus epidemiyasi boshida oʻz urf odatlarini oʻzgartirish, oʻz-oʻzini yakklash tartibidan bosh tortgan edi. Buning oqibatida Iyerusalimning (Al-Quds) ular zich yashaydigan qismida koronavirus epidemiyasi oʻta kuchli avj olib, ushbu hudud qizil zona deb eʼlon qilingan edi.

Vaktsinalar paydo boʻlganidan soʻng, iudaizm diniy vakillari ularni qabul qilib boʻlish boʻlmasligini aniqlash maqsadida ularni jiddiy oʻrganishga kirishdi. Dastlabki bosqichlarda ushbu din vakillari orasida vaktsinalar haqida koʻplab yolgʻon va vahimali mish-mishlar tarqalgan edi va aksariyat ultraortodoksal yahudiylar ommaviy ravishdan vaktsinalashdan voz kechgan edi.

Xususan, Daniel Asor ismli ortodoksal ravvin vaktsina ularni “besoqolbozga aylantirib qoʻyishi mumkinligi” bilan aholini qoʻrqitib yuborgan edi.

I xotya veduщiye iudeyskiye liderы, osudiv Asora, ofitsialno prizvali privivatsya, prostыe veruyuщiye vse ravno somnevayutsya. Naprimer, nekotorыx yevreyev bespokoit koshernost inʼyektsiy: vdrug v nix yest zapreщennыe iudaizmom komponentы, prejde vsego — svinoy jelatin, kotorыy obыchno vxodit v sostav razlichnыx vaktsin.

Musulmonlar: vaktsina – halolmi?  

Musulmon dini vakillari ham vaktsinalarni ushbu nuqtai nazardan oʻrganishni davom ettirishmoqda. Yanvar boshida Xitoyning Sinovac vaktsinasi Indoneziyada qoʻllanilishi xavf ostiga tushib qolgan edi.  

Maʼlumki Indoneziyada 202 million musulmon yashaydi. Xitoy vaktsinasi mumsulmon hamjamiyati tomonidan sinchiklab oʻrganshga kirishdi. Keyinroq Indoneziya musulmonlar ulamosi uni “halol” deb eʼlon qildi va ommaviy emlash kompaniyasining boshlanishiga yoʻl ochib berdi.

Hindistonda eska, vaziyat boshqacha rivojlandi. Ushbu davlatdagi musulmon Ulamolari Kengashi Hukumatni tarkibida choʻchqa jelatini boʻlgan vaktsinalarni sotib olmaslikka chaqirdi. Ularning fikriga koʻra Xitoyda ishlab chiqilgan vaktsinalar shular jumalasidan.

Gʻarbdagi vaktsina ishlab chiqaruvchilar ushbu mojarodan tezda foydalanib qolishga harakatq qilishdi. Xususan Pfizer, Moderna va AstraZeneca – darhol oʻz vaktsinalari tarkibida choʻchqa jelatini yoʻqligi eʼlon qilishdi.

Lekin keyinroq Birlashgan Arab Amirligi ulamolari COVID-19ga qarshi har qanday vaktsina, tarkibi qanday boʻlishidan qatʼiy nazar -  halol deb hisoblanishini, eʼlon qilishdi. Musulmon dunyosida arab ulamolarning nufuzi yuqori boʻlgani tufayli aksariyat musulmon davlatlari diniy jamoalari ularning fatvosini qabul qildi.

25 milliondan ortiq musulmonlar yashaydigan Rossiyada ham “vaktsina halolmi?” degan savol oʻz- oʻzidan paydo boʻldi.

Rossiya Musulmonlar Boshqarmasi  Gamaleya nomidagi milliy immunologiya markaziga va “Vektor” virusologiya institutiga murojaat qildi.

“Biz jamoaga toʻgʻri mahsulotni tanlash yordam bermoqchimiz. Agar vaktsina tarkibida taʼqiqlangan moddalar boʻlsa, ulamolar kengashi ularga doir qaror chiqarishi kerak”, - deyilgan Tatariston musulmonlar boshqarmasi huzuridagi edi “Halol” markazining rahbari Irek Ziganshin imzolagan maktubda.

Ayni damda maʼlum boʻlishicha, “Sputnik V” vaktsinasi ishlab chiqaruvchisi musulmonlar boshqarmasining ushbu soʻrovga javob bergan.

“Vektor” markazi RIA Novostiga maʼlum qilishicha "EpiVakKorona" vaktsinasi tarkibida hech qanday tirik hujayralardan foydalanilmagan va kelajakda ham foydalanilmaydi.  

Moskva muftiysi Ildor Alyautdinov aytishiga koʻra, vaktsinalar tarkibida hech qanday choʻchqa yoki odam tanasidan olingan  komponentlar yoʻq. Shu sababli Rossiya musulmon ulamolari ularning halolligi haqida fatvo tayyorlamoqda.

Shu bilan bir vaqtda, Rossiya musulmonlar ummasi, inson hayoti har narsadan ulugʻ ekanini, agar yagona dori yordamida uni qutqarib qolishning imkoni boʻlsa, islom undan foydalanishga ruxsat berishini taʼkidlashmoqda.

“Shunday sabablarga koʻra, spirtli dorilardan foydalanish mumkin. Vaktsina ham shular doirasidan, biz hozircha pandemiyani toʻxtatib qolishning qoshqa chorasi haqida eshitmadik”, - deydi Rossiya Musulmonlar boshqarmasi raisining birinchi oʻrinbosari muftiy Damir Muxetdinov.

Moskvadagi yahudiylar jamiyati ham xuddi shunday fikrda. Inson hayotini saqlab qolish uchun nafaqat oziq-ovqat balikm “Toraning barcha qonunlarini buzish mumkin”, - deydi moskva bosh ravvini Pinxas Goldshmidt.

Boshqa din vakillari, masalan buddistlarda oziq-ovqat borasida hech qanday cheklovlar yoʻq. Maʼlumot uchun, Rossiyada 2 millionga yaqin buddistlar yashaydi.

“Agar vaktsina xavfsiz boʻlsa, men shaxsan emlanishni maslahat beraman, chunki ayni damda planetani qamrab olgan epidemiyani va global inqirozni toʻxtatish juda muhim deb hisoblayman”, - deydi Qalmiqiston bosh lamasi Telo Tulku Rinpoche.

Nasroniylar "gunohkor" hujayraga qarshi

Nasroniy dinida ham oziq-ovqat borasida deyarli hech qanday cheklov yoʻq. Lekin aynan nasroniylar butun dunyoda vaktsina olishdan koʻproq xavotirda.  

Oʻtgan yilning bahorida birinchi marotaba AQShda nasroniylar vaktsina ishlab chiqarishda HEK 293 liniyasiga mansub hujayradan foydalanishga qarshi chiqqan edi. Chunki ushbu hujayra 1973 yilda abort qilingan embrion hujayrasidan olingan. Yaʼni inson hayoti evaziga, gunohiy yoʻl bilan olingan hujayra va nasroniylar vaktsina ishlab chiqishda undan foydalanishga qarshi chiqmoqda.

Aytish joizki, ushbu tortishuv oʻtgan bir necha oʻn yillardan beri davom etmoqda. Ushbu gʻoya tarafdorlari va unga qarshilar orasida koʻplab tortishuvlar boʻldi, lekin ular hech narsa oʻzgartirmadi. Barcha oʻz fikricha qoldi.

Ommaviy vaktsinalash kampaniyalari boshlanganidan soʻng, “vaktsina tarkibida odam tanasidan olingan mahsulot bor” degan vahimalar yana avj ola boshladi. Yaqinda Vatikan ham bu borada oʻz fikrini bildirdi.

“Agar odamlarda ushbu nomaqbul yoʻl bilan olingan vaktsinadan boshqa yoʻl yoʻq boʻlsa, axloqiy jihatdan undan foydalanish mumkin”, - dedi Rim-katolik cherkovi papasi Frantsisk. Shundan soʻng tortishuvlar yana qizib ketdi.

Rossiya nasroniylari ham HEK 293 hujayrasidan foydalanish mavzusini koʻtarib chiqishdi. Gamaleya markazi bu borada quyidagicha javob berdi – “Sputnik V” vaktsinani olish jarayoni ushbu hujayradan foydalanilgan, lekin vaktsina tarkibida u yoʻq. “EpiVakKorona” ishlab chiqariuvchilari esa RIA Novostiga vaktsina tarkibida hech qanday tirik hujayralar yoʻqligini va boʻlmasligini tasdiqlashdi.

Murakkab qarama – qarshilik

Rus Pravoslav cherkovi (RPCH) abort va sunʼiy urugʻlantirish jarayonlarini dinga xilof deb hisoblaydi. Shu sababli ham “nomaqbul yoʻl bilan” olingan hujayra yordamida ishlab chiqilgan vaktsinani ham yoqlab chiqa olmaydi.

Cherkov uchun bu juda murakkab masala. RPCH ulamolari orasida ham bu borada hozircha yagona fikr yoʻq. Ayrim rahbarlar vaktsina tarafdori va ularning oʻzi ham vaktsina olgan, deydi Cherkovning biotexnologiyalardan foydalanishga doir hujjatlar ishlab chiqarishga javobgar ruhoniysi Roman Tarabrin.

2009 yilda Rossiya nasroniy shifokorlar jamiyati HEK 293 hujayrasi asosida yaratilgan vaktsinalardan foydalanish gunoh emas degan maqola bilan chiqqan edi. Ularning fikriga koʻra, ushbu hujayra bundan bir necha oʻn yillar oldin olingan va uni olishda qasddan gunoh qilinmagan. Uchinchidan ushbu harakat qayta-qayta amalga oshirilayotgani yoʻq. Shu sababli ham aksariyat nasroniylar vaktsinadan xavotirsiz foydalanishi mumkin, deyilgan edi.

Ushbu qarashlar muammoni kichikroq qilsa-da, lekin butunlay hal qilmaydi. Vaktsina olayotgan nasroniylar ikki “balo orasida kichikrogʻini” tanlashga majbur, deydi Tarabarin.  

Moskva patriarxatidagi manbaaning soʻzlariga koʻra, hozircha bu boraday aytilayotgan barcha fikrlarni – xususiy fikr deb qabul qilish kerak. Rossiya Pravoslav cherkovi bu borada oʻz rasmiy xulosasini eʼlon qilgani yoʻq.

RPCH - Abort yordamida olingan hujayralardan foydalanishni hech qachon toʻliq yoqlay olmaydi. Vaktsinalash esa - har doim koʻngilli ravishda oʻtkazilishi kerak. Dindorlar oʻz xohishiga qarab vaktsina tanlash imkoniga ega boʻlishi kerak. Shu bilan birga emlanishdan voz kechgan kishilar ham hech qanday diskriminatsiyaga duch kelmasliklari kerak, deydi Moskva patriarxati vakili.

Asosiy mavzular