10:26 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Analitika
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
100710

Avstriya kantsleri Sebastyan Kurts Yevropa tibbiyot agentligi (EMA) tomonidan Rossiya va Xitoyda tayyorlangan vaktsinalarni roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyatini koʻrib chiqishda "geosiyosiy taʼqiqlardan" voz kechishga chaqirdi.

Sal avval - "Sputnik V"dan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror siyosiy emas, balki ilmiy, Lancet jurnalisda chop etiladigan klini tadqiqotlarning uchinchi fazasi natijalariga asoslangan boʻlishi kerakligi haqida Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron bayonot qilgan edi. Madrid esa (EMA maʼqullovi bilan) Ispaniya Rossiyada ishlab chiqarilgan preparatdan foydalanishga tayyor ekanligi haqida maʼlum qildi.

Germaniyaga kelsak, yaqindan oʻrganib chiqilgandan soʻng, mamlakat rahbariyatining ushbu masalada Moskva bilan faol hamkorlik qilish niyati, yanvar oyida, Angela Merkel Berlin Rossiyada ishlab chiqarilgan preparatning Yevropada roʻyxatdan oʻtkazishda yordam berishga tayyorligini ochiq eʼlon qilganida ayon boʻlgan edi.

Bundan tashqari, nemislar bu qadamni amalga oshirish uchun harakatlarni ancha oldin boshlashga kirishgan edilar. Ayni vaqtda Yevropaning eng obroʻli OAVlari oʻz auditoriyasini "Sputnik V" toʻgʻrisidagi ijobiy maqolalar bilan "bombardimon" qilishmoqda. Holatni tushunsa boʻladi: uzoq vaqt, bir necha oylar davomida Rossiya preparatini obroʻsizlantirish boʻyicha davom etgan agressiv kampaniyadan soʻng, jamoatchilikda shakllangan fikrlarni oʻzgartirish lozim, aftida, aynan shu preparat YEI aholisini emlashda muhim rol oʻynashi kutilmoqda.

Biroq, oʻsha paytda koʻpchilik sezmagan tobora yaqinlashib kelayotgan axborot va siyosiy oʻzgarishning dastlabki qaldirgʻochlari bir oy oldin paydo boʻlgan - va bu jarayonda bosh rolni aynan GFR oʻynagan edi.

Rasman holat quyidagicha: yaʼni Lancet da eʼlon qilingan yangi maqola "Sputnik V"ning haqiqiy sifati boʻyicha koʻpchilikning koʻzini ochdi. Mana, yaqinda, Germaniyada ushbu vaktsinani ishlab chiqarish boʻyicha tayyorgarlik obdon boshlab yuborilgani ham maʼlum boʻldi.

Qisqasi, nemislar oʻzlarining Yevropa yetakchisi maqomini navbatdagi bor tasdiqlashdi. Boshqalar (albatta, Vengriyadan tashqari, unga polyaklar singari rusofobiya halal bermaydi — Bryusselga qarab ish tutishmaydi) hammasi nima bilan tugashini kutib turgan bir vaqtda, Germaniya siyosiy va iqtisodiy jihatdan muhim mavzuni oʻz qoʻllariga oldi.

Holatni "Shimoliy oqim - 2"dagi bilan solishtirish mumkin, axir bu loyihani amalga oshirish uchun Berlin "Kremlning hech qaysi jinoyatlariga qaramay" bor-budini qurbon qilishga tayyor. Chunki u juda muhim va istiqbolli masala.

Rossiyskaya vaktsinasi uni rad etib boʻlmaydigan darajada (Gʻarb preparatni inkor etishni boshidan rejalashtirgan edi) yaxshiligi maʼlum boʻldi.

Bundan tashqari, Yevropaning oʻzida ishlar aʼlo emas.

Vaktsinalar tanqisligi ulkan muammo boʻlib osilib turibdi. Dozalar yetishmayapti, ular uchun kurash janjalli tus olmoqda.

Bundan tashqari, Yevropada ishlab chiqarilgan ishlanmadagi jiddiy kamchiliklar ham — Angliya-Shvetsiya hamkorligida ishlab chiqarilgan AstraZeneca oʻta oʻrtamiyona natijalarni bermoqda (60 foizdan sal ortiq).

Amerikaning ikkita vaktsinasi — Pfizer va Moderna — samaradorlik jihatdan ajoyib (95 foizga yaqin), ammo medalning boshqa tomoni ham bor. Odatda uchta holatni koʻrsatishadi: a) qimmat narx, b) juda qatʼiy boʻlgan ishlab-chiqarish-logistik talablar, buning natijasida preparatni ishlab-chiqarish, saqlash va transportirovka qilish ancha qiyinlashadi, v) privivkani himoya harakatlari davomiyligi nomaʼlumligi.

OAV va hukumat juda kam gapiradigan, ammo odamlar juda koʻp oʻylaydigan yana bir jihat bor. Ikkala preparat ham innovatsion texnologiya boʻyicha yaratilgan boʻlib, bu preparatlarning uzoq muddatli istiqbolda inson salomatligi uchun xavfsizligi toʻlaqonli tekshiruvdan oʻtkazilmagan.

Aynan shu tufayli, emlanishdan keyingi har bir oʻlim holati katta shov-shuvlarni keltirib chiqarmoqda — bunday holatlar koʻp, garchi "keyingi" degan soʻz "oqibatida" degan maʼnoni bermasada.

Mana shunday fonda barcha bosqich tadqiqot sinovlari yakunlangan "Sputnik V" yarq etib, koʻrinish berdi, u samaradorlikda "amerikalik"(91,6 foiz)dan sal ortda boʻlsada, ammo undan ancha arzon, supermurakkab temperatura rejimini talab qilmaydi va shu bilan birga oʻn yilliklar davomida mavjud boʻlib kelgan, shu bois ham xavfsizlik jihatdan obdon oʻrganilgan platforma asosida yaratilgan. Xuddi shu texnologiya ishonchliligi sababli Rossiya ishlanmasi himoyasi davomiyligi ham ishonch bilan oʻta yuqori sifatida aniqlangan.

Mahalliy olimlarning bunday yutuqlari Gʻarbda eng xushomadgoʻy soʻzlar bilan olqishlanmoqda, ular "Sputnik V"ning yaratilishini SSSRda 1957 yilda uchirilgan birinchi sunʼiy yoʻldosh (sputnik) bilan taqqoslashmoqda. Ushbu parallellarni keltirgan Germaniyaning Welt nashri jurnalisti "oʻsha vaqtdan buyon Rossiya texnik nuqtai-nazardan Gʻarbni hech narsa bilan ajablantira olmaganini" qayd etgan.

Bu - atom energetikasi, gipertovushli texnologiyalar, elektron urush va boshqa qator sohalarda dunyoda yetakchi boʻlgan mamlakat haqida aytilgan edi. Bu Xitoyda boʻlgani - kabi tashqi raqobatni cheklamagan holda oʻzi yaratgan va bu sohada yetakchilik qilayotgan internet muhit (qidiruv tizimi, pochta aloqasi xizmatlari, ijtimoiy tarmoqlar, antivirus xizmatlari va boshqalar)ga ega mamlakat haqida  haqida aytildi. Bu - raqamlashtirish darajasi Gʻarb faqat orzu qilishi (orzu qilganda ham bu samarasiz orzu boʻlib qolishi) mumkin boʻlgan mamlakat haqida aytildi.

Shu yerda oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi: bunda Rossiyada chindan ham Gʻarbni lol qoldirishga qodir texnologik yutuqlar yoʻqmikin, yoki Gʻarb astoydil, to hayot uning peshonasini shu darajada, yaʼni bu yutuqlarni koʻrmaslikka imkon qoldirmaydigan darajada qattiq urmaguniga qadar, bu yutuqlarni payqamay kelmoqdami?

Bunday beparvolik va maqsadli kamsitilish, albatta, xafagarchilikni kelbirib chiqaradi, koʻngilni xira qiladi. Boshqa tomondan, Yevropa va AQSH Rossiyaga toʻgʻri baho berolmasligining oʻziga xos ijobiy tomonlar ham bor. Bu bizlarga birin-ketin ularga syurpriz tayyorlashda asqotmoqda.

Shunga zarurat tugʻilganida, gʻalaba qozonishda ham.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)

Asosiy mavzular