06:05 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Analitika
Havola olish
593 0 0

YEOII umumiy gaz bozori haqidagi shartnoma ushbu yil davomida tayyor boʻlishi va 2022 yilda imzolanishi rejalashtirilgan.

Oʻtgan haftada Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko YEOIIda umumiy gaz bozori loyihasi amalga oshirilishini eʼlon qilgan edi, lekin YEOII hududida gaz transporti uchun tariflar  masalasi hozircha ochiqligicha qolmoqda. Bu borada hozircha kelishuvga erishilgani yoʻq.

Loyihani tezlashtirish 

Yaqin orada Rossiya YEOII umumiy gaz bozori haqida xalqaro shartnoma tayyorlaydi va ittifoq aʼzolari uning ustida ishlashga kirishadi, bu haqida “Belarus-1” telekanali efirida Roman Golovchenko maʼlum qildi.

“YEOII davlat rahbarlari tomonidan 2025 yilga qadar integratsiyani chuqurlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Hozir Rossiya Federatsiyasi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) tomonidan berilgan topshiriqqa binoan, umumiy gaz bozori haqida xalqaro shartnoma  tayyorlamoqda. Menimcha biz yaqinda umumiy gaz bozori shartnomasi loyihasi ustida ishlashga oʻtamiz”, - dedi Belarus bosh vaziri.

YEIK Kollegiyasi raisi Mixail Myasnikovich aytishiga qarganda, Shartnoma ushbu yil davomida tayyor boʻlishi va 2022 yilda imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatb oʻtamiz, 2016 yilda YEIK Kengashi YEOII davlatlari umumiy gaz bozorini shakllantirish kontseptsiyasini tasdiqlagan edi. Unga koʻra Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya 2025 yilga kelib umumiy gaz bozorini shakllantirishi kerak.

Gazning umumiy bozori – YEOII hududida ushbu xom ashyo savdosi qoidalarini umumlashtirish, narx siyosatida yagona yondashuvlardan foydalanish, aʼzo davlatlar qonunchiligini umumlashtirish va gaz transport tizimlaridan foydalanishning yagona qoidalarini belgilashni nazarda tutadi.

Manfaatlar mojarosi

Ekspertlar xulosasiga koʻra, Belarus va Armaniston Rossiya ichki bozori narxlarida gaz olishdan manfaatdor. Rossiya oʻz navbatida YEOII davlatlarining yanada chuqurroq integratsiyasi tarafdori.

Oʻtgan yili boʻlib oʻtgan YEIK Oliy kengashida Rossiya prezidenti Vladimir Putin “yagona tarif faqat yagona byudjet va yagona soliq tizimiga ega boʻlgan yagona bozorda oʻrnatilishi mumkin”, - degan edi.

Ekspertlar xulosasiga koʻra, Belarus va Armaniston bu darajada integratsiya qilishga tayyora emas. Rossiya esa, oʻz navbatida, maʼlum siyosiy kafolatlarsiz, iqtisodiy xatarlarni oʻz boʻyniga olishga tayyor emas.

“YEOII davlatlarinin umumiy gaz bozori 2025 yilda ishga tushishi rejalashtirilgan. U bir necha printsiplar asosida ishlaydi, - deyli Texnologiyalarni rivojlantirish instituti ekspertlar aʼzosi Dmitriy Koptev. Bular – YEOII aʼzolari uchun olib kirish va olib chiqish bojlarini bekor qilish, gaz trasnport tizimlaridan foydalanishda – barchaga barobar imkoniyat yaratish, gaz savdosilda yagona tartib oʻrnatish, narx shaakllantirish, tarif siyosatida yagon yondashuv va aʼzo davlatlar qonunlarini muvofiqlashtirish asosida .

Qisqa qilib aytganda, gaz savdosi Ittifoq aʼzolariga ichki va tashqi bozorda, transport xarajatlari bilan  bir xil daromad keltirishi kerak, - deydi ekspert.

Koptev aytishga koʻra, ushb loyiha Rossiya uchun birinchi navbatda siyosiydir, chunki usiz YEOIIning real integratsiyasini taʼminlash juda qiyin. Qirgʻiziston va Qozogʻiston uchun bu – ikki tomonlama masala xolos, chunki Qirgʻiziston Qozogʻiston gazining importchisi.

Armaniston va Belarus uchun umumiy gaz bozori tashkil qilish degani – Rossiyadan sotib olinayotgan gazining  narxi biroz pasayishiga umid paydo boʻladi degani. Ular uchun eng yaxshi narx – bu Rossiya ichki bozori narxlari boʻlgan boʻlardi, lekin bu hech qachon amalga oshmaydi, - deydi ekspert.

Kelishilmagan soʻnggi masala bu – gaz transportirovkasi uchun tariflarni belgilab olishdir. Armaniston va Belarus uchun gazning narxi, oxir oqibat transportirovka narxiga bogʻliq boʻladi. Ularni tushunish mumkin, ular oʻz xarajatlarini kamaytirishni istaydi. Rossiyaga esa, ularning YEOIIni yagona makroiqtisodiy hudud sifatida saqlab qolish uchun harakat qilishi kafoliati kerak, - deydi Koptev.

“Umumiy bozor deganda – YEOII davlatlari orasida gaz savdosida hech qanday cheklov boʻlmasligi tushuniladi, - deydi Rossiya Milliy Energetika xavfsizlik fondi tahlilchisi Igor Yushkov.   

Masalan hozir, Rossiya gaz quvurlari orqali gaz eksport qilish huquqi faqat “Gazprom”ga tegishli. Lekin Rossiyada ichida NOVATEK va “Rosneft” ham katta hajmda gaz ishlab chiqarishadi, lekin ular oʻz gazini Belarusga yetkazib bera olishmaydi”, -  deydi ekspert. 

Belarus rahbariyati esa “umumiy bozor” deganda Rossiya gazini Smolensk viloyati narxlarida sotib olish deb tushunadi, lekin buning iloji yoʻq, chunki Rossiya ichki isteʼmolchilar uchun gaz narxi davlat tomonidan subsidiya qilinadi.

Undan tashqari Belarus Rossiya quvurlari orqali Qozogʻiston gazini ham oʻz hududiga oʻtkazib yuborishga ruxsat berishi kerak deb hisoblaydi. Armanistonning ham pozitsiyasi shunga oʻxshash, - deydi Yushkov.

Kelajak tumanda

Yushkov aytishiga koʻra, YEOIIda umumiy gaz bozorini tashkil qilish, gaz savdosida jiddiy oʻzgarishlarga olib kelmaydi. Rasman davlatlar orasida chegaralar ochiq boʻlsa-da, lekin real bozor jiddiy oʻzgarmaydi.

“Armaniston va Belarus uchun gaz narxi deyarli oʻzgarmaydi, chunki gazni qazib olish hududidan  (Yamal-Nenetsk AO.) ushbu respublikalargacha masofa ancha olis va yetkazib berish narxi qimmat. Yangi gaz yetkazib beruvchilar yangi bozorlarga kela olmaydi, chunki ularning mahsuloti narxi bugun “Gazprom” sotayotgan 1ming m.kubga 130 dollardan yuqori boʻladi. Sabab: ular “Gazprom” quvurlaridan foydalangani uchun salmoqli mablagʻ toʻlashga majbur boʻlishadi”, - deydi Yushkov.

Qozogʻiston ham Belarus yoki Armanistonga gaz yetkazib bera olmaydi, chunki - masofa uzoq. Unga Xitoyga eksport qilish koʻproq foyda keltiradi, - deydi ekspert.

“Rostini aytganda, umumiy bozor ishlab ketishiga menda ishonch yoʻq. Muzokaralar juda qiyin kechmoqda, shartnomalar imzolash muddati doim ortga surilmoqda. Tomonlar kelishuvga erishsa, umumiy bozordagi narxlar toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar orqali yoki birjalarda belgilanadi. Birjani hali tashkil qilish kerak”, - deydi ekspert Dmitriy Koptev.

Narx belgilash mexanizma bugungacha aniq belgilangani yoʻq, ushbu masala YEOII hujjatlarida ham mavhum yoritib oʻtilgan. U yerda aytilishiga koʻra - narx belgilash isteʼmolchilar, yetkazib beruvchilar va aʼzo davlatlarning tabiiy monopoliya subʼyektlari manfaatlari, ulaning samarali faoliyat yuritishi balansidan kelib chiqqan holda belgilanadi, deyilgan. Buni har bir tomon oʻz foydasiga burib olishi mumkin, - deydi Koptev.   

Nima boʻlganda ham, biz hozircha umumiy gaz bozori haqida gapirmoqdamiz, yagona gaz bozori emas. Bu ikkala tushunchaning orasida katta farq bor. YEOIIning 5ta bozori birlashib bitta bozor boʻlganida va uning ustida milliy boshqaruv organlaridan ustun boʻlgan boshqaruvchi turganida – uni Yagona bozor deyish mumkin edi.

Umumiy bozor – bu boshqa narsa va uning oʻz qoidalari bor. Umumiy bozor deganda chegaraoldi savdosi, davlatlararo savdoni tushuniladi.

Xulosa qilib aytganda, YEOII davlatlarida qonunlar bir xil emas, ular muvofiqlashtirilmoqda, xolos. Shu sababli turli masalalar, jumladan transport qilish narxlari boʻyicha juda koʻp farqlar saqlanib qolmoqda, deydi ekspert.

Asosiy mavzular