Avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auktsion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
Daniyada koronavirus mutatsiyasining oldini olish uchun barcha qorakoʻzanlar yoʻq qilinadi. Qorakoʻzanlarda aniqlangan mutatsiyaga uchragan virus vaktsina yaratilishida muammoni yuzaga keltirishi mumkin.
Har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida “Oʻzbek polvoni” respublika musobaqasi oʻtkaziladi.
Sutka davomida 164 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 68 009 nafarni tashkil qilmoqda.
Davlat dumasi deputati Gajimurod Omarov Habib Nurmagomedovga Rossiya Qahramoni unvonini berishni taklif qildi.
Amerikaning Texas shtatida qiziq holat videoga olindi. Semizlik - quyonga qirgʻiydan qochib qutulishga yordam berdi.
Oʻzbekiston prezidenti qarori bilan bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan fuqaroning elektron hamyoniga 3 ming soʻm oʻtkaziladi.
Rossiya prezidenti yangi muzyorarda Rossiya bayrogʻi koʻtarilishi marosimida ishtirok etdi. “Viktor Chernomirdin” dunyodagi eng katta va qudratli atomsiz muzyorar deb tan olingan.
Deputlarning “UzAuto Motors” AJda qonunchilik hujjatlari buzilishi, korruptsion holatlar va isteʼmolchilar huquqlariga putur yetkazish kabi alomatlar koʻrinayotganligi sababli yoʻllagan soʻroviga javob keldi.
AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning shtabida yana ikkita shtatda ovozlar hisoblanishi tufayli sudga daʼvo arizalarni istisno qilmadi.
Xalq taʼlimi vaziri baʼzi joylardagi mutasaddilar oʻzining bugungi muammosini hal qilaman deb “prezident siyosatiga xiyonat qilayotganini” tushunmayotganidan hayron boʻlgan.
AQShda 3 noyabr kuni prezident saylovlari boʻlib oʻtdi, respublikachi Donald Tramp va demokrat Jo Bayden prezident lavozimiga daʼvogarlik qilmoqda. Saylov uchastkalari yopilgan, ovozlarni hisoblash davom etmoqda.
Yangi fan oʻz ichiga atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, biologiya, geografiya, kimyo, fizika fanlarini olgan. Dastlabki ikki fanni oʻqitish 1 va 2-sinflardan boshlanadi.
Rossiyaning eng kuchli odami Elbrus Nigmatullin 36 tonnalik samolyotni 25 metrga siljitdi va mamlakat rekordini oʻrnatdi.
9 oyi davomida Oʻzbekiston atirgul eksportini 19,8 million dollariga yetkazdi. Eng koʻp Qirgʻiziston va Rossiyaga atirgul eksport qilindi.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan qirgʻizistonlik hamkasbi Ruslan Kazakbayev bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha Qoʻshma bayonot qabul qilindi.
Mamlakat 2020 yilning 9 oyida bir qator xorijiy davlatlarga qiymati 24,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan tsement eksport qilgan.
OTM moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek, iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlaydi.
Rospotrebnadzor mutaxassisi Turkiyada oʻtkazilgan tadqiqotda koronavirusga chalingan 172 kishidan 31 nafarida (18 foiz ) quloq bitib qolishi kuzatilganini maʼlum qildi.