21:42 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Kolumnistlar
Havola olish
251120

AQShning Venesuelaga qarshi sanktsiyalari qanchalik kuchli boʻlsa, Rossiya bundan shunchalik katta daromad olmoqda - tahlil.

Rossiyaga qarshi barcha sanktsiyalar ushbu sanktsiyalarni qoʻllayotgan mamlakatlarning siyosatchilari tomonidan qabul qilinishining bir necha bosqichlaridan oʻtadi. Idrok evolyutsiyasi deyarli har doim bir xil stsenariy boʻyicha amalga oshiriladi: avval qoʻrqinchli bayonotlar, keyin umidlarni susayishi, soʻngra jimlik, keyin hisoblangan taʼsir biron sababga koʻra erishilmaganligini tan olish va sanktsiyalar tashabbuskorlari hech boʻlmaganda Rossiya koʻrayotgan, solishtirish mumkin boʻlgan zararga duch kelishi,va bu hali eng optimistik baho.

Yaqinda boʻlib oʻtgan Myunxen xavfsizlik konferentsiyasida qatnashayotgan diplomatlar va harbiylarga oʻzining kashfiyotlari toʻgʻrisida xabardor qilgan Frantsiya prezidenti Makron barcha bosqichlarni bosib oʻtgan siyosatchi misoli boʻlishi mumkin. RIA Novosti xabariga asosan. 

"Bizda muzlatilgan mojarolar, ishonchsizlik tizimi, kiberxavfsizlik sohasidagi mojarolar va Rossiyada hech qanday oʻzgarishlarga olib kelmagan sanktsiyalar. Men ularni olib tashlashni taklif qilmayman, faqat taʼkidlab sanab oʻtyapman holos. Bizning sanktsiyalarimiz va kontrsanktsiyalar yevropaliklarga, shu qatori rossiyaliklarga ham shunchalik qimmatga tushmoqda-ki, ularning natijalari uncha ham ijobiy emas koʻrinishidan”, - dedi Makron.

Bu alohida holat emas edi, balki vaziyatga frantsuz diplomatlari jamoat maydonlarida davom ettirayotgan taʼsirlanish aksi. Va endi, Frantsiya Prezidentining Rossiya bilan xavfsizlik borasida hamkorlik boʻyicha maxsus vakili Pyer Vimon frantsuz senatorlari oldida nutq soʻzlayotganda ikkilanmasdan: "Yevropaning sanktsiyalari ikki hil taʼsir koʻrsatdi: Yevropa boʻylab savdo-sotiqning pasayishi, ... ... biz haqiqatan shu sanktsiyalar oqibatida jabr koʻrdik. Shu bilan birga, agar raqamlarga qarasak, Rossiya va AQSH oʻrtasidagi savdo, aksincha, oshdi. <...> Ikkinchidan, biz Rossiyaga ushbu sanktsiyalar natijasida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish imkoniyatini berdik. <...> Uchinchi element. : maʼlum darajada, yangi texnologiyalar sohasida  ustuvor hamkoriga aylangan Xitoyga Rossiyani yakinlashishiga undadik".

Biroq, Parijdagi kashfiyotlar toʻsiqlarga toʻla sanktsion yoʻlida jasorat bilan olgʻa ketayotgan bizning vashingtonlik raqiblarimiz uchun buyruq boʻla olmaydi. Eng soʻnggi misol, AQShning Rossiya "Rosneft" neft shirkatining Shveytsariya shoʻʼba korxonasiga qarshi Venesuela neftini sotishda kompaniyaning ishi uchun oʻch olish uchun kiritilgan sanktsiyalari. Dastlab, sanktsiyalarning eʼlon qilinishi Moskva birjasida biroz vahima qoʻzgʻadi, ammo Rosneft aktsiyalari narxi biroz pasayganidan keyin avvalgi darajalariga qaytdi. Ehtimol, bunday sokin (va nevrotik fikrlaydigan moliyaviy bozorlar uchun hos boʻlmagan) reaktsiya kompaniyaning javob bayonotlari bilan emas, balki Amerika va Yevropa ommaviy axborot vositalari tomonidan nashr qilingan Vashingtonning Venesuela yoʻnalishi boʻyicha istiqbollarini tahlil qilish bilan bogʻliq, shu jumladan Gʻarb ekspertlariga asoslangan holda.

Konsensus tahminan quyidagicha koʻrinadi: Vashington Rosneftning oʻziga qarshi sanktsiyalar kiritishdan qoʻrqdi, chunki bu holda butun dunyo energiya bozori zarar koʻradi, British Petroleum va Qatarning suveren investitsiya fondi Rossiya kompaniyasidagi minoritar ulushlariga egalik qilgani esa AQSH Davlat Departamentining "qirgʻiylari" shashdini pasaytirib turadi. Venesuela qarzlarni soʻndirish hisobiga Venesueladan neft olayotgan shoʻba korxonaga qarshi sanktsiyalar Venesuelaning neft eksportiga toʻsqinlik qilish va Rosneftni ushbu "Janubiy Amerika neft pirogi" dan uzoqlashtirishga urinishdir. Sanktsiyalarning bilvosita maqsadi Rossiya rasmiylarining rasmiy Karakas va prezident Maduroni qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishning bemaʼniligiga "ishontirish" hisoblanadi. Ushbu yondashuvning samaradorligiga juda jiddiy shubha bor, hatto Vashingtonning kuchi va donoligiga xizmat doirasida shubha qilishi mumkin boʻlmaganlar orasida ham.

"Venesuelani Putin tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini toʻxtatish juda mushkul", - deydi "Amerika Ovozi" radiosi.

Reyter agentligi xabar berishicha: "Agar Moskva Venesuela neftini eksport qilishni davom ettirish niyati boʻlsa, u AQShning bugungi sanksiyalarini chetlab oʻtishning alternativ usullarini albatta topadi", - deb yozadi Signum Global Advisors kompaniyasi vakili Endryu Bishop oʻz mijozlariga yozgan xatida.

"Amerika Ovozi" jurnalistlari ham paradoksal kashfiyot qilishdi: AQShning Venesuelaga qarshi sanksiyalari qanchalik samaraliroq boʻlsa, Rossiya amerikalik isteʼmolchilardan shuncha koʻproq daromad oladi. Bu AQSH tashqi siyosatining koʻzga koʻrinmas oqibati bojxona maʼlumotlari tahlili orqali aniqlandi: "AQSH Energetika vazirligining maʼlumotlariga koʻra, Venesuelaning ogʻir neftiga bogʻliq boʻlgan Meksika koʻrfazi boʻyidagi neftni qayta ishlash zavodlari joriy yilda sanktsiyalar (Venesuelaga qarshi – Tahr.) joriy qilinganidan beri Rossiya neft mahsulotlarini importini deyarli uch baravar oshirdi".

Bundan tashqari, ularning oʻzlari sanktsiyalarning yana bir natijasini aniqlashdi: "Amerika Ovozi" ga koʻra, Venesuela oʻz neftini jahon bozorida sota olmasligi sababli, uni Rossiya kompaniyalariga chegirma bilan sotmoqda (yaʼni rus xaridorlari bundan qoʻshimcha daromad olishmoqda), va shu bilan birga, neftni sotishdan olingan pul Rossiya qurollarini sotib olish uchun olingan qarzlarni toʻlashga ketmoqda. Yaʼni, pul yana Rossiyaga u yoki bu shaklda qaytib kelmoqda. Ushbu sxemani tavsiflovchi manbaning aniq yollanganligini hisobga olgan holda, amerikaliklar tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubha bilan qarash mumkin.

Ammo bizning okean ortidagi sheriklarimiz vaziyatni aynan shu tarzda koʻrishadi va ularning voqelikni talqin qilishlarida shubha qilishmayapti va bu ular endi ulkan ruhiy azoblarni boshdan kechirayotganlarini anglatadi. Ular bu azoblarni Amerikaning Venesuelada davlat toʻntarishini amalga oshirishga urinishlari tufayli Rossiya tez surʼatlar bilan pul ishlayotganini anglaganidan tortishmoqda. Oq uyda "Amerikaning orqa hovlisida"gi (Janubiy Amerika Vashingtonda shunday nomlanadi) bunday geosiyosiy dzyudoga hech kim oʻrganmagan.

Bunday sharoitda Davlat Departamentiga "bu ruslarni bir narsa qilish kerak" degan talab qoʻyilishi mantiqan toʻgʻri, shuning uchun u qoʻlidan kelganini qilmoqda. Bundan tashqari, Amerika diplomatiyasi uzoq vaqt davomida jiddiy muzokaralar olib borish qobiliyatini allaqachon yoʻqotgan. Sanktsiyalarni kiritish mumkin boʻlsa, muzokara olib borishdan nima foyda? Shunga koʻra, sanktsiyalar bundan keyin ham kiritiladi va shundan soʻng jurnalistlar va ekspertlar AQShning davlat nashrlari sahifalarida oʻquvchilarga AQSH sanktsion tayoqni aylantirish uchun qancha pul toʻlashi (yoki foydani yoʻqotishi) haqida tushuntirish beradilar.

Va shu nuqtai nazardan, Moskva va Parij oʻrtasidagi aloqalarni oʻrnatish istiqbollari (juda uzoq kelajakda boʻlsa ham) afzalroq koʻrinadi. Yevropa siyosiy elitasi bilan munosabatlarning barcha murakkabliklariga qaramay, uning hech boʻlmaganda baʼzi vakillari oʻz harakatlarining oqibatlari haqida oʻylash qobiliyatini namoyish etmoqdalar.

Shu maʼnoda, rasmiy Vashington, ongli amerikalik mutaxassilarning barcha tavsiyalariga qaramay, hozirgacha sanktsiyaviy botqoqlar bilan qoplangan yoʻl atrofida aylanishni afzal koʻrmoqda. Natijani oldindan aytish mumkin. Ammo bu AQSH uchun yana yoqimsiz kutilmagan voqea boʻladi.

Asosiy mavzular