07:02 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Kolumnistlar
Havola olish
310601

Hozirgi kunda global koronavirus epidemiyasi qurbonlarining umumiy sonini oldindan aytib boʻlmaydi, ammo uning iqtisodiy va siyosiy oqibatlari haqida bir nechta asosli taxminlar allaqachon oʻrtaga tashlangan.

Hozirgi kunda global koronavirus epidemiyasi qurbonlarining umumiy sonini oldindan aytib boʻlmaydi, ammo uning iqtisodiy va siyosiy oqibatlari haqida bir nechta asosli taxminlar allaqachon belgilangan va epidemiyaning eng muhim uzoq muddatli qurboni aniqlangan - bu hech boʻlmaganda biz odatlangan koʻrinishdagi iqtisodiy globallashuv. Agar Vashington-Pekin yoʻnalishidagi savdo urushi va Donald Tramp faol ish olib borayotgan JSTga asoslangan jahon savdo tizimini demontaj qilish sharoitida globallashuv intensiv jonlantirishda boʻlgan boʻlsa, endi global epidemiya va keyingi iqtisodiy (va logistik) zanjirlaridagi uzilishlari yuqori ehtimollik bilan jahon iqtisodiyotining hozirgi shaklini, masalan, Vashingtonning yuqori martabali amaldorlari taʼkidlaganidek, oxir-oqibat yakson qiladi.

Amerikaning biznesga oid axborot Bloomberg agentligi, koronavirusning global iqtisodiyot tushunchasini qanday oʻzgartirayotganining eng yorqin namunasini keltiradi:

“Oq uyning savdo boʻyicha maslahatchisi Piter Navarro koronavirus epidemiyasi AQShning ishlab chiqarish zanjirlari juda koʻpini eksport qilib yuborganligini haqida bayonot berdi va bu ajablanarli emas. Fox Sunday Morning Futures nashriga bergan intervyusida Navarro milliy iqtisodiyotning barqarorligiga ishonch bildirdi. “AQSH iqtisodiyoti oʻta kuchli va Xitoyda roʻy berayotgan vaziyat tufayli unchalik zaif emas emas”.  U oʻz maqsadini bayon etdi -  ishlab chiqarish zanjirlarini Qoʻshma Shtatlarga qaytarish. “(Ushbu sohalarning-tahr.) aksariyati Xitoyda, baʼzilari Hindistonda, baʼzilari Yevropada, lekin biz ularni AQShga qaytarishimiz kerak”, - dedi u.

Hozirgi paytda Oq uy tomonidan olib borilayotgan “AQSH butun dunyoga qarshi" formatidagi savdo urushining mafkurachilaridan biri, yuqori martabali amaldor va Donald Trampning sodiq ittifoqchisi pozitsiyasi bilan qoʻshilmaslikka asos yoʻq. Faqat bitta muhim nozik tarafdan tashqari: janob Navarro Amerika iqtisodiyotining zaifsizligini baholashda haddan tashqari optimistdir, ammo buni uning okean orti maʼmuriyati vertikalidagi mavqeini hisobga olgan holda tushunsa boʻladi.

Biroq, xuddi shu Bloomberg agentligi Tramp maslahatchisining nohaq ekanligining dalillarini keltirdi va muhim sanoatlarni qaytarilishining kulgili (agar u odamlarning qurboni boʻlish xavfiga olib kelmasa) oqibatlarga ishora qildi: AQSH hozirda infektsiyadan himoya qilishda samarali deb hisoblangan N95 tibbiy niqoblarning keskin taqchilligini boshdan kechirmoqda. AQShdagi taqchillik bu niqoblarni ishlab chiqarish asosan Xitoyda joylashganligi (u yerda ancha arzon) va Xitoy hukumati koronavirusga qarshi kurash choralari doirasida ularning eksportini taqiqlab qoʻyganligi  (chunki xitoylik shifokorlarga ular koʻp miqdorda kerak) sababli vujudga keldi. Ehtimol, agar ehtiyoj paydo boʻlsa, Amerika iqtisodiyoti muqobil ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish masalasini yechishga qodir boʻladi, ammo bu joylashtirish tezligini oldindan aytish qiyin.

Amerikaning Axios nashri, epidemiyani oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli Xitoy iqtisodiyotini vaqtincha muzlatishning yanada jiddiy oqibatlariga ishora qilmoqda:

“Xitoyda koronavirusning tarqalishi kuchaygan taqdirda, 150 ga yaqin retsept boʻyicha beriladigan dori-darmonlar, shu jumladan, antibiotiklar, djeneriklar va baʼzi brendli dorilar tanqis boʻlish xavfi ostida qoladi. AQSH Oziq-ovqat va dorilar sifatini sanitariya nazorati boshqarmasi tomonidan tuzilgan oʻta xavfli (zonada joylashgan - tahr.) dori vositalari roʻyxati bilan tanish boʻlgan ikki manba shuni taʼkidlamoqda".

Rasmiy darajada bu maʼlumotni jurnalistlarga tasdiqlashdan bosh tortildi, ammo bilvosita ular vaziyatni kuzatayotganliklarini va bozor ishtirokchilari bilan faol aloqada boʻlganliklarini tan olishdi. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, “Xitoy AQShda sotiladigan dori vositalarining xom-ashyosining asosiy yetkazib beruvchisidir. Agar virus Xitoyning ishlab chiqarish quvvatini pasaytirsa, unda ushbu hom-ashyodan tayyorlangan dorilarga ishonadigan amerikaliklar falokatga duch kelishi mumkin”.

Iqtisodiyotning turli sohalarida - smartfonlar ishlab chiqarishdan boshlab, to moda sanoatiga qadar, maʼlum muammolar vujudga kelishi ravshandir. Bloomberg xabar bergan qurbonlar orasida nafaqat Amerika kompaniyalari, balki Yevropaning texnologik kompaniyalari, shuningdek, kamida bitta nemis avtomobil qismlarini ishlab chiqaruvchisi va hattoki Indoneziyaning Gʻarbiy brendlar uchun poyabzal ishlab chiqaruvchisi ham bor. Buyuk Britaniyaning avtomobil ishlab chiqarishi ham Xitoy butlovchi qismlarining etishmasligidan aziyat chekishi mumkin.

Paradoksal ravishda, Xitoyda koronavirus epidemiyasi AQSH mudofaa qobiliyatiga ham katta zarba berishi mumkin. 2018 yilda Pentagonning shov-shuvli hisoboti haqida Reyters agentligi yozganlarini eslash oʻrinlidir, unda Amerika harbiy departamenti auditorlari oʻta xunuk vaziyatni tan olishgan: "AQSH Qurolli Kuchlari va mudofaa sanoatining normal ishlashi uchun zarur boʻlgan 300 dan ortiq (!) asosiy elementlar tahdid ostida: Amerikalik ishlab chiqaruvchilar yoki bankrot boʻlish arafasida yoki Xitoy va boshqa mamlakatlarning yetkazib beruvchilariga milliy iqtisodiyotning sanoatsizlanishi va ishlab chiqarishni Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga koʻchirilishi sababli almashtirildi".

Aslida, vaziyat Pentagon hisobotidagiga qaraganda undan ham battarroqdir: tahlil nafaqat yetkazib berish nuqtai nazaridan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlikni, balki ikkinchi darajali bogʻliqlikni ham hisobga olganligi dargumon, misol uchun, AQSH buyurtmasiga binoan zarur boʻlgan mahsulot ishlab chiqaruvchisi AQShda joylashganga oʻxshab koʻrinadigan boʻlsa-da, Xitoy komponentlari yoki xom ashyosidan foydalanadi - masalan, nodir yer metallari.

Hozirda globallashgan iqtisodiyotning zaifligi haqidagi barcha munozaralar Xitoyda boʻlib qaratilganligiga qaramay, shunga oʻxshash vaziyat sayyoradagi har qanday yirik iqtisodiyotning vaqtincha ishlamay qolishi (yoki toʻliq embargoning joriy etilishi) bilan vujudga kelishi mumkin edi - barchasi bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Bunday holatda farq nafaqat zaifliklarning aniq toʻplamida, balki, xatarlarni boshqarishda yondashuvlar qanchalikligida. Rossiya uzoq vaqtdan beri iqtisodiyot va aholining asosiy ehtiyojlarini Rossiya allaqachon iqtisodiyotning va aholining bazaviy extiyojlarini ichki manbalar hisobiga qoplashga yoʻnaltirilgan davlat dasturini olib bormoqda: va shundan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan harakatlar (shuningdek, oziq-ovqat boʻyicha antisanktsiyalar) kelib chiqmoqda. Xuddi shu mantiqqa asoslanib, ichki  farmakologiya sanoatini va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan harakatlar ragʻbatlantirilmoqda, shu shumladan energetik supermamlakat maqomini saqlab qolishsh va mustahkamlash boʻyicha harakatlarni gapirmasak ham boʻlaveradi.

Cheksiz erkin bozor va cheksiz erkin savdo nazariyasining muxlislari yuqoridagi xatti-harakatlarga nisbatan istehzo bilan munosabat bildirishni yaxshi koʻradilar, bunda Rossiya tovarlari yoki xizmatlari, ayniqsa ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning yoki iqtisodiyotning maʼlum bir sohasini rivojlantirishning dastlabki bosqichlarida oʻzlarining xorijiy muqobillariga qaraganda qimmatroq va kamroq jozibador ekanligini roʻkach qiladilar.

Global iqtisodiy silkinishlar, kutilmagan falokatlar va epidemiyalar, shuningdek, iqtisodiy urushlar yoki harbiy mojarolar oqibatlari "bankdagi hisobdagi pul orqa hovlidagi zavodni oʻrnini bosadi" degan tamoyilning jiddiy cheklovlari mavjudligini esga soladi. Hozir bizning okean ortidagi sheriklarimiz ular oʻz ishlab chiqarishini AQShga qaytarish kerakligini tushunishadi, ammo bu, eng yaxshi sharoitda ham, koʻp yillar davom etadi. Koronavirus epidemiyasi uning iqtisodiy zararining yakuniy  hajmidan qatʼiy nazar, iqtisodiy suverenlashish uchun qoʻshimcha turtki boʻladi yoki hech boʻlmaganda global fors-major holatlarida iqtisodiy barqarorlikni oshirish choralarini koʻrishga majburlaydi.

Yaxshiyamki, Rossiya koʻplab raqobatchilarimizga qaraganda bu yoʻldan ancha ilgarilab ketdi.

Asosiy mavzular