13:31 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Kolumnistlar
Havola olish
1222 0 0

Xitoyning hazil tuygʻusi yaxshigina va u yerda bundan foydalanilmoqda, ayniqsa, Amerika bilan kuchayib borayotgan mafkuraviy kurashda.

Xitoyning hazil tuygʻusi yaxshigina va u yerda bundan foydalanilmoqda, ayniqsa, Amerika bilan kuchayib borayotgan mafkuraviy kurashda. Mana bir misol: AQShning asosiy (bir paytlar) nashrlari, shu jumladan, "Time" jurnali, Pekin davlat ommaviy axborot vositalari deb eʼlon qildi. Aynan shunday emas, albatta, balki Vashington nazorat qiladigan "agentliklar" deb. Bularning barchasi jurnalistlarning akkreditatsiyasini olib qoʻyish yoki ushbu ommaviy axborot vositalarinining Xitoydagi mulklarini tortib olish olish kabi oqibatlar bilan mujassamlashdi.

Bizning dunyomizdagi ommaviy axborot vositalari nimani anglatishini, ularning xoh oʻzlarining va yoki boshqa har qanday davlatlar bilan munosabatlari qanday boʻlishi mumkin va boʻlishi kerak degan oʻylarga olib boradigan ajoyib qissa.

Ushbu janjalni Pekin boshlamadi, u faqat javob berdi. Gap shundaki, oy boshida Amerika rasmiylari Xitoy hukumati tomonidan "nazorat qilinadigan"lar roʻyxatiga "Sinxua" axborot agentligi, davlat radio va televideniyelarini qoʻshdi va nashrlarga xat yozib, mamlakatda hozir boʻlishlarini 160 kishidan 100 kishigacha qisqartirishlarini soʻragan. Mulkni tortib olish bilan.

Ammo bular haqiqatan ham davlat ommaviy axborot vositalarimi? Shubhasiz. Ammo Amerikacha talqin quyidagicha boʻlgan: "Xitoy hukumati tomonidan boshqariladigan agentliklar". "Hukumati" soʻzi javob sifatida ishlatilgani juda taʼsirli.

Ushbu talqinlarning ixtiroviy almashinuvi ortida AQSH dunyoga singdirishga urinayotgan bir qancha mafkuraviy doktrinalar turmoqda. Xitoy, shuningdek, Rossiya va boshqa koʻplab davlatlar, ushbu doktrinalarga hech boʻlmaganda hayrat bilan qarashmoqda, ayniqsa ularning amaliy qoʻllanilishidan kelib chiqadigan narsalarga.

Masalan, Amerikada va umuman Gʻarb tsivilizatsiyasida ommaviy axborot vositalari umuman davlatga tegishli boʻlmasligi kerak degan gʻoyani faol targʻib qilinmoqda. Bu hokimiyatning alohida tarmogʻi, toʻgʻrirogʻi, fuqarolik jamiyatining tarmogʻi boʻlib, unga hukumat taʼsir koʻrsatmasligi kerak, bundan tashqari aksincha OAV unga taʼsir qilishi va uni nazorat qilishi kerak.

Yana bir gʻoya: bir jurnalist aniq suveren haqiqat tashuvchisidir va kim ish beruvchisi boʻlishidan qatʼiy nazar, jurnalist unga qaram boʻlmasligi kerak. Va hozirgi Pekin janjalida Amerika tomoni Pekin New York Times va boshqa nashrlarning allaqanday "vakillariga" emas, balki egalari bilan tuzilgan shartnoma asosida mustaqil suveren shaxslarga akkreditatsiya berishdan bosh tortyapti deb tushuntirmoqda.

Birinchi fikr ikkinchisiga zid kelishini koʻrish oson: agar jurnalist suveren boʻlsa, unda ish beruvchisi kim, hattoki davlat boʻlsa ham, nima farqi bor? Ammo gap hatto bunda emas. Hammasi soddaroq. Xitoy oʻziga yoʻnaltirilgan va puxta oʻylangan yolgʻonlardan charchagan va umuman kim kimning taʼsiri ostida ekanligiga befarq - amerikalik jurnalistlar hukumat taʼsiri ostidamiyoki aksincha. Yoki qaysi mafkura toʻgʻri - ehtimol qaysi birining gʻalabasida yolgʻon kamroq boʻlgani maʼkulroq.

Soʻnggi uch-toʻrt yil ichida Xitoyning tajribasi quyidagicha. Ushbu mamlakatda ishlagan (va hozirda haydalayotgan) amerikalik jurnalistlar toʻsatdan bir ovozdan dahshatli ishlarni qilayotgan totalitar davlatning manzarasini yaratishga kirishdilar. Shinjonda yosh jihodchilarni qayta oʻqitish maktablari "kontslagerlar"ga aylandi. Mamlakatda mahbuslar va boshqalarning birboshlik "majburiy mehnati" aniqlandi. Gonkongda yosh gʻalayonchilar demokratiya uchun kurashchilari boʻlib chiqdi. Italiyadagi (mamlakat "Yevropada koronavirusning eng yomon avj olishini oldini olish uchun oʻz iqtisodiyotini xavf ostiga qoʻyishi" uchun maqtalmoqda) va Xitoydagi (karantin mobaynida "odamlar hayoti va shaxsiy erkinliklari juda qimmatga tushadi") karantinga oid chuqur maʼnoga ega  maʼnaviy izohlarga nima deysiz?  Gap shundaki, karantin choralari bir xil, italiyaliklar xitoyliklar misoliga taqlid qilishgan.

Dastlab, Xitoy hukumati har bir hodisani sabr bilan oʻrgandi va har doim navbatdagi matbuotdagi fosh qilinishning negizida juda koʻpol soxtalik turganini aniqladi. Ammo negadir oʻsha "mustaqil" jurnalistlarning oʻquvchilari bu haqda xabardor qilinmagan yoki bu bemaʼni va xufiyona tarzda qilingan.

Aytishga hojat yoʻq, Rossiya aynan shu vaziyatni boshidan kechirdi (sha maʼnoda – munosabat bildirishni toʻxtatdi). Darvoqe, Amerikaning oʻzi va uning ittifoqchilari ham xuddi shu narsani boshdan kechirmoqdalar: shunchaki Donald Trampdan boshlab, u yerdagi Demokratik partiyaga yoki uning Yevropadagi klonlariga tegishli boʻlmagan har qanday arboblarni har kuni masxara qilishlarini koʻrish kifoya. Umuman olganda, jurnalistikada bir nimalardir roʻy bermoqda va kim kimning taʼsir ostida ekanligini oʻrganish uzoq va zerikarli.

Xitoy ommaviy axborot vositalarida "chet ellik jurnalistlar "Xitoy va dunyo oʻrtasidagi oʻzaro tushunishni rivojlantirishda ijobiy rol oʻynashi kerak" kabi axloqiy qoidalarni uchratish mumkin. Bu jurnalistikaning maxsus sohasi – xalqaro jurnalistikasi nima uchun mavjudligi shundoq ham tushunarli: aynan xalqlar bir-birini tushunishlari uchun, yaʼni oʻz chegaralaridan tashqarida boʻlayotgan voqealarning haqiqiy manzarasini koʻrishlari uchun.

Ammo bu tanbehlar eng samaraligi emas. Lekin yaxshi ishlaydigani - yuqorida aytib oʻtilganidek, hazil, shu jumladan xitoycha hazil tuygʻusi. Oʻquvchilarimiz Pekin dunyoni, shu jumladan Donald Trampni qanday qilib oʻsha virusni "Uxan" va "Xitoy" virusi deb atashdan toʻxtatishga majbur qilish harakatlari haqidagi hikoya bilan tanish. Eng kulgili tomoni shundaki, Xitoy mutafakkirlari buni qanday boshlaganliklari: ular virusga millat berishni irqchilik deb atashdi. Gʻarbiy jamoalardagi qizgʻin mafkuraviy muhitdan yiroq boʻlgan oddiy bir odam har qanday holatda ham shunday deyishga qodir: ehtimol bu irqchilikdir, ehtimol bunday emas - bu menga qiziq emas, meni tinch qoʻying. Ammo AQShda bunday emas. Bu yerda oʻyin qoidalari shundan iboratki, kimnidir birinchi boʻlib irqchilikda ayblagan kishi gʻalaba qozonadi va ayblanuvchi esa darhol tavba qilishni boshlashi kerak.

Va bu xitoycha hazil taktikasini qoʻllash natijasi quyidagicha: Trampda emas, balki boshqalarda bu ish berdi. Mayli  AQShlik vrach Yudjin Gu ismli fuqarosida bu sado berdi, va yana bir necha Demokrat kongressmenlar, yoki hatto Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi yoki Gollivud yulduzi Mia Ferrou iqtisodchi Devid Rotshild (juda yoshi) bilan birlashib ham sado berishdi... Bu roʻyxatda oxirgilar Trampni irqchi deb atashdi va Mia  virus endilikda olma pirogi kabi amerikacha ekanligini qoʻshib oʻtdi ham.

Aytgancha, pirog azaldan gollandcha boʻlgan, ammo Amerika esa uni oʻziniki deb hisoblaydi. Pirogning millati yoʻqmi?

Manba: RIA Novosti.

Asosiy mavzular