Koronavirus Yevropani siyosiy suverenitet uchun tovon to‘lashga majbur qiladi

© AFP 2023 / JOHN THYSJenshina u zdaniya Yevropeyskogo parlamenta v Brussele
Jenshina u zdaniya Yevropeyskogo parlamenta v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqining videosammiti bo‘lib o‘tadi - uning qayg‘uli kelajagi so‘nggi uch yil davomida uning rahbari bo‘lishligiga da’vo qilgan kishi tomonidan tobora baland ovozda tilga olinmoqda.

Payshanba kuni Yevropa Ittifoqining videosammiti bo‘lib o‘tadi - uning qayg‘uli kelajagi so‘nggi uch yil davomida uning rahbari bo‘lishligiga da’vo qilgan kishi tomonidan tobora baland ovozda tilga olinmoqda. Sammit arafasida Emmanuel Makron savolni ko‘ndalang qo‘ydi - Yevropa Ittifoqi o‘zi uchun bir qarorga kelishi kerak: bu iqtisodiy loyihami yoki siyosiy loyiha. Agar siz birinchisi tanlansa, unda birlashgan Yevropa parchalanadi, deydi Fransiya prezidenti.

Bolnitsa v Kommunarke primet patsiyentov s podozreniyem na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Italiya Xitoydan koronavirusga qarshi kurashda yordam so‘radi

"Yevropa Ittifoqi siyosiy loyihami yoki atigi bozor loyihasimi degan qarorni qabul qilishimizga vaqt keldi. O‘ylaymanki, Yevropa Ittifoqi bu siyosiy loyiha ... Agar u siyosiy loyiha bo‘lsa, unda inson omili ustuvor hisoblanadi va birdamlik tushunchasi ilgari suriladi ... iqtisodiyot uning ortidan qadam bosadi, va shuni ham unutmaylikki iqtisodiyot axloqiy fan. Biz Yevropa birdamlikni saqlab qolish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatishimiz va birdamlikni namoyish etishimiz kerak", - dedi Makron Financial Times gazetasiga bergan intervyusida. Ya’ni, boy mamlakatlar kambag‘al mamlakatlarga yordam berishlari kerak, shimoliy mamlakatlar esa janubdagilarga birdamlikni namoyish qilishi kerak, chunki janubdagilar koronavirus pandemiyasidan ko‘proq jabr ko‘rdilar:

"Ba’zilar qurbon bo‘layotgan yagona bozorni shakllantirib bo‘lmaydi, yana "jabrni gunohkorlar ko‘proq ko‘rishi kerak" deyish tarixiy xato bo‘lardi.

Situatsiya v Italii v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
“Alamni unutmaymiz”. Yevropa karantindan keyin hisob-kitobni amalga oshirishga tayyorlanmoqda

Ya’ni Germaniya Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ularning iqtisodiyoti hajmiga emas, balki ularning ehtiyojlariga muvofiq moliyaviy yordam ko‘rsatadigan maxsus jamg‘arma yaratish g‘oyasiga qarshi turishni bas qilishi kerak. Buni koronavirusdan nafaqat qurbonlar soni, balki iqtisodiy jihatdan ham eng ko‘p zarar ko‘rgan Italiyadan boshlab, Yevropaning janubiy mamlakatlari ham talab qilmoqda. Agar Germaniya yordam berishdan bosh tortsa, nafaqat Yevro hududi xavf ostida qolishi mumkin. Yevropa Ittifoqi, siyosiy loyiha sifatida, hozirgi inqirozdan omon qolmasligi mumkin, " bu Yevropa g‘oyasining qulashiga olib kelishini aniq aytishimiz kerak".

O‘z pozitsiyasini himoya qilayotib, Makron hatto Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyadan kompensatsiyani talab qilishda Fransiyaning "ulkan, halokatli xatosi"ni ham esladi – ulkan reparatsiyalar nemislarni uysiz qoldirdi, Germaniyada "populistik reaksiya"ga va uning halokatli oqibatlariga olib keldi. "Bu biz Ikkinchi Jahon urushi oxirida o‘zimizga ep ko‘rmagan xato", dedi Makron Marshall rejasini, ya’ni Yevropa iqtisodiyotiga keng ko‘lamli yordamni eslatib. Ko‘mak tashqi va mutlaqo beg‘araz bo‘lmaganligi – tomon sifatida Yevropaning atlantistlarga bo‘ysundirilishini - Makron esga olmadi. Uni ko‘proq kelajak qiziqtiradi - bu kelajakda birlashgan Yevropa bo‘lmasligi mumkin:

"Agar biz bugun buni amalga oshirmasak, sizga shuni aytsam, populistlar g‘alaba qozonishadi - bugun, ertaga, indinga, Italiyada, Ispaniyada, ehtimol Fransiyada va boshqa joylarda ham... Bu ravshan, chunki odamlar shunday deyishadi: "siz qanday hayotni taklif qilyapsiz? Bu odamlar sizni inqiroz paytida ham, uning oqibatlaridan ham himoya qila olmaydi. Ular siz bilan hech qanday birdamlikni his qilmaydilar ... qiyinchiliklarni baham ko‘rishga kelganda ular yagona Yevropa tarafdori emas".

Politolog Yuriy Svetov - Sputnik O‘zbekiston
Svetov: pandemiyadan keyin YeI mamlakatlari o‘rtasidagi munosabat qayta ko‘rib chiqiladi

Shunday ham bo‘ldi - Yevropa Ittifoqi o‘z tarixidagi eng katta inqirozga duch keldi. Ammo u undan omon qololmasligi ham mumkinmi?

Yo‘q, mumkin emas. Chunki, Makronning so‘zlaridan farqli o‘laroq, Yevropa Ittifoqi har doim siyosiy loyiha bo‘lib kelgan - hatto u yo‘q bo‘lgan joyda ham, o‘tgan asrning boshida pan-yevropa g‘oyasi paydo bo‘lgan. Iqtisodiy muammolar Yevropa Ittifoqini vayron qila olmaydi – uni faqat siyosiy chaqiriqlar qulatishi mumkin: hoh u ichki yoki tashqi bo‘lsin.

Tashqi o‘yinchilar bilan vaziyatda hammasi tushunarli - tashqi o‘yinchilarning Yevropa Ittifoqining zaiflashishi va qulashiga qaratilgan harakatlari mutlaqo pragmatik asosga ega. Hech kimga jahon sahnasida kuchli raqib kerak emas - va yakka bir davlat (federatsiya) darajasigacha biriktirilgan Yevropa har qanday holatda ham eng kuchli global o‘yinchidir. Albatta, 16-19 asrlardagi jahon tarixining Yevropa davridagi kabi emas - lekin baribir. AQSh ham, Xitoy ham, Rossiya ham turli sabablarga ko‘ra kuchli birlashgan Yevropaga muhtoj emas, lekin bu Yevropaning o‘zi uchun prinsipial emas. Har kimga Yevropaning alohida mamlakatlari yoki Yevropa mamlakatlari bloklari bilan muzokara qilish va (agar kerak bo‘lsa, ziddiyatda bo‘lish) osonroqdir. Biroq, endi birlashgan Yevropaning asosiy dushmani hozir tashqarida emas, balki o‘zining ichkarisida.

Rossiya koronavirusga qarshi kurashda Italiyaga yordam beradi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan muhabbat ila: Italiyaga “tibbiy desant” yordamga keldi

Yevropa har doim ham birlikka intilib kelgan - biz Rimni, Buyuk Karl imperatorligini, nemis millatining muqaddas Rim imperiyasini, Napoleonni, Gitlerni esga olsak bo‘ladi. Birlashtirish tamoyillari har hil bo‘lardi, ammo mohiyati har doim bir xil: Yevropaliklar birga bo‘lishlari kerak va bir rahbarlik ostida ular yanada kuchliroq va muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Ikkita ohirgi loyihalar Yevropa uchun hamisha tushunarsiz bo‘lgan, ular Osiyo tomon surib yubormoqchi bo‘lgan Rossiyaga taqaldi.

Biroq, oxirgi loyiha - Yevropa Ittifoqi g‘oya sifatida, Rossiyaning g‘oyat natsist bo‘lgan Yevropa ustidan yirik g‘alabasidan so‘ng - Moskva Sharqiy Yevropa ustidan nazoratni qo‘lga kiritgandan keyin vujudga keldi. AQSh va Buyuk Britaniya esa G‘arbiy Yevropani nazoratga olganida. Yevropa o‘z subyektivligini yo‘qotdi - lekin Anglosakson og‘asining qathiy nazorati ostida birlashishni boshladi. Avval uning g‘arbiy qismi, 90-yillarning boshlaridan esa, SSSR parchalanganidan keyin sharqiy qismi ham.

Natijada, bizda hozirda juda katta, ammo tugallanmagan, yaxlit bo‘lmagan imperiya mavjud – u dunyodagi eng katta iqtisodiyotga ega, ulkan eksportga ega, o‘z valyutasi va moliyaviy tizimiga ega. Ammo irodasi juda zaif - tushunarsiz, o‘zaro muvofiqlashtirilmagan va qaram tashqi siyosat, mustaqil mudofaa siyosatiga ega bo‘lmagan. Iqtisodiy gigantning o‘z geosiyosiy suvereniteti yo‘q - u hanuz G‘arbning, aniqrog‘i, dunyo hukmronligiga yo‘naltirilgan Yevropa va Amerika elitalarining bir qismini birlashtirgan Atlantika globallashuvi loyihasi bo‘lib qolmoqda. Ammo tarix shohid bo‘lishicha, hatto jar solishicha, ko‘ngil haqida o‘ylash vaqti keldi – (boy berilgan) dunyo yetakchiligiga yopishib olish emas, balki o‘z uyingni qurish vaqti keldi. Bunga nima to‘sqinlik qilmoqda? Koronavirusmi?

Yo‘q, Yevropa Ittifoqini yagona suveren davlatga aylanishiga ikkita asosiy to‘siq mavjud. Tashqi - anglosaksonlar va Atlantika tomon fikrlovchi Yevropa elitalarining Yevropa deb ataluvchi kemani avtonom suzishiga rozi emasligi. "Yevropa o‘z kelajagi uchun javobgarlikni o‘z qo‘liga olishi kerak", - deb ham Merkel ham Makron ta’kidlashmoqda, ammo bizning xohishlarimiz bizning imkoniyatlarimiz bilan mos kelishi kerak. Bunday holda - hech bo‘lmaganda siyosiy iroda va strategik fikrlashning mavjudligi zarur, ya’ni buni jar solayotganlar mustaqil Yevropaga haqiqatan ham ishonishlari va uni qurishni xohlashlari kerak. Germaniya va Fransiyaning hozirgi rahbarlari (to‘g‘rirog‘i, hukmron guruhlar) ana shunday jiddiy maqsadlarni oldilariga qo‘yishganiga shubha katta.

Munxenskaya konferensiya po bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa hamjihatligi qog‘ozdagi ertak ekan: Serbiya prezidenti

Birlashgan Yevropa uchun ikkinchi to‘siq ichki. Darhaqiqat, xalqlar bunday birlashgan Yevropani xohlamaydilar - Yevropa Ittifoqi mashhur emas va hozirgi inqiroz esa unga undanda dahshatli zarba beradi. Ammo birlashgan Yevropa aynan hozirgi kabi bo‘lishi kerak deb kim aytdi? Makron va yevropalik integratorlar nafrat bilan populistlar deb ataydigan yevroseptiklarning aksariyati haqiqatan ham birlashgan Yevropaga qarshi emas - ular hozirgi kabi YeIga qarshi. Milliy o‘ziga xoslikni buzadigan mafkura bilan, an’anaviy bo‘lmagan qadriyatlar bilan, ruhiy jihatdan zaif va burokratiyasi kuchli bo‘lgan milliy elitalarning diktati bilan ham bo‘lgan YeIga qarshi. Muqarrar va tobora o‘sib boradigan nemis yetakchiligi ham ko‘plab yevropaliklarni qo‘rqitmoqda - ammo har holda, nemislar har qanday Yevrointegratsiyaning asosi va poydevoridir, gap faqatgina shundaki, hozirgi nemis elitasining  o‘zi o‘z harakatlarida mustaqilmi?

Yevropaning turli xalqlarini ko‘p narsa qo‘rqitadi - ammo ularni barcha ziddiyatlardan ko‘ra ko‘proq birlashtiruvchi bir jihat bor. Bu birgalikda ular alohida bo‘lgandan ko‘ra kuchliroq ekanligi va hozirgi globallashgan dunyoda esa bu juda muhim sababdir. Yevropaliklarning o‘zi buni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq tushunishadi - chunki bu global dunyo tartibining asosiy quruvchilari aynan o‘zlari bo‘lganlar. Ular (ayniqsa ularning anglosakson qarindoshlari) uni to‘laligicha boshqarishini istashgan - natija bermadi, endi qayta o‘ynash vaqti keldi, mintaqaviy kuch markazlari va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi janglarga tayyorgarlik ko‘rish vaqti keldi. O‘z Yevropasining qal’asini kuchaytirish, ya’ni qurib bitkazish - kuchli birlashgan Yevropa nomidan boshqalar bilan raqobatlashish, janjallashish, muzokaralar olib borish uchun. Unga yetishish  uchun Lissabondan Xelsinkigacha bo‘lgan hammani va hamma narsani bitta qolipga tushirish shart emas - mustaqil kelajak uchun javobgarlikni atigi o‘z zimmasiga olish va alternativa, ya’ni qulashdan juda qo‘rqish kerak holos.

Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Insonparvarlik yordami dunyo siyosiy tartibini yo‘q qilmoqda

Endilikda birinchi navbatda qo‘rquv - koronavirus oldida emas, balki koronainqirozning oqibatlari Yevropa Ittifoqini parchalashidan qo‘rquv. Va bu Yevropa xalqlari orasida unga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish uchun yaxshi rag‘batdir. Makronning takliflariga aslida alternativa yo‘q - albatta, Italiyaning o‘zi haqida o‘ylab ko‘rish mumkin, "kemaga tushganning joni bir-ku", deyishadi ular, ular baribir yevrohudud va YeIdan chiqib ketolmaydilar. Darhaqiqat, ular Rossiya oldiga yugurib borishmaydi-ku?

Yo‘q, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Moskvaga emas, balki Osiyo tomon. Pekin mamnuniyat bilan Rimga yordamga keladi - va agarda Italiya YeIdan chiqib ketgudek bo‘lsa, unda birlashgan Yevropa orzusiga katta nuqta qo‘ysa bo‘ladi. Buni Berlinda juda yaxshi tushunishadi (anglosakson poytaxtlarni gapirmasak ham bo‘ladi) - shuning uchun ham nemislar to‘laydi, shubha yo‘q. YeI har doim siyosiy loyiha bo‘lib kelgan va Germaniya uchun qanchalik siyosiylashgan bo‘lsa, shuncha chuqurroq.

Manba: RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0