04:44 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Kolumnistlar
Havola olish
174650

Rossiyaning Su-57 beshinchi avlod qiruvchisi va Amerikaning koʻp qirrali koʻrinmas F-35-i osmonda raqibmi? Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko bunga javob beradi.

Amerikaning F-35 koʻp qirrali qiruvchi-bombardimon samolyotini yaratish, undan foydalanish va ilgari surish tarixi koʻrinmas jangovar samolyotlarni ishlab chiqarish texnologiyasidan marketingning ustunligini aniq namoyish etadi.

Pentagonga yaqin Defense News nashri F-35 Lightning (Chaqmoq) II qiruvchi-bombardimonchisi boʻyicha mutaxassislarining tanqidiy baholarini yana bir bor chop etdi. Faktlar shuni koʻrsatadiki, F-35 - bu tovush tezligigacha uchadigan qiruvchi boʻlib, u toʻliq forsajda 1 daqiqadan koʻp boʻlmagan vaqt ichida tezlasha oladi. 1 Max-dan yuqori tezlikda 60 soniyadan keyin korpusning haddan tashqari qizishi natijasida vayron boʻlish xavfi mavjud, 1.6-Maxdan keyin esa dum qismi shunchaki samolyotdan uzilib ketishi mumkin.

Eʼtibor berishimiz kerakki, kreyser tovushdan yuqori tezlik koʻplab zamonaviy qiruvchilarga hos, 5-avlod uchun esa bu 1.4-Maxdan past boʻlmasligi kerak.

1-Max tezlikka erishilganda, F-35 qiruvchisi radarlar uchun "koʻrinmaslik" xususiyatlarini, yaʼni yashirin va toʻsatdan paydo boʻlish hususiyatini yoʻqotadi. Tashqi ilmoqlarida biron bir qurol boʻlsa, "Chaqmoq" koʻrinmasligi hatto tovush tezligidan past rejimlarda ham yoʻqoladi.

Koʻrsatib oʻtilgan muammolarni texnologik jihatdan yoʻqotib boʻlmaydi. Samolyot uch xil modifikatsiyada xizmatga qabul qilingan: oddiy, qisqa koʻtarilish va qoʻnish masofasi bilan, shuningdek, aviatashuvchi uchish maydonidan uchadigani. AQSH dengiz floti uchun "koʻrinmas"ning zaifligi holati, shuningdek, taʼmirlash bazasidan sezilarli darajada geografik jihatdan yiroqligiga ham bogʻliq. Agar safar boshidayoq aviatashuvchidan uchadigan F-35 ishdan chiqsa, bu bir necha oy davomida aviaqanotning jangovar samaradorligini pasaytiradi.

Fizika qonunlari bilan bahslashish befoyda. Pentagon "ekspluatatsion xususiyatlarni"ni operativ tuzatdi, endi F-35 qisqa tezlashuv imkoniyatga ega tovush tezligidan past samolyot deb hisoblanadi. Harbiy-dengiz kuchlari va dengiz piyodalari uchun F-35V va F-35C modifikatsiyalari taxminan 1,2 Max (forsajda) tezligida uchishi uchun belgilangan maʼlum sekundlar miqdori qabul qilindi. Yuqori balandlikda tutish vazifasini bajarish uchun oxirgi chora sifatida F-22 Raptor qiruvchi samolyoti bor, u yuqori tezlikda vayron boʻlmaydi (huddi shunday 1-maxdan keyin radarlarda ham koʻrinadi).

Jangda tezlik chegaralari va jangovar vaziyatda manyovrlar qiruvchi uchun nimani anglatadi?

Texnologik jihatdan teng dushman bilan qarama-qarshilikda, F-35 qiruvchi nishonga aylanadi. Misol uchun yuqori tezlikka ega va yuqori manevrli, Rossiyada ishlab chiqarilgan "Su" va "Mig"lar bilan havo jangining natijasini toʻliq taxmin qilish mumkin.

Beshinchi avlodli "ishkallar"

F-35 kontseptsiyasi: dushmanni "koʻrinmas"ni aniqlashidan oldin yoʻq qilish. Biroq, amerikalik koʻp qirrali qiruvchi samolyot bunday vazifalarni bajarish uchun juda xom koʻrinadi. Yuqori tezlik nafaqat F-35 korpusi va maxsus stels-qoplamasiga tahdid soladi, balki samolyotning orqa qismidagi koʻplab himoyalangan antennalarni zaiflashtiradi.

Oʻtgan yilning iyun oyida F-35 samolyotning jangovar vazifalarni bajarish qobiliyatiga va uchuvchining xavfsizligiga taʼsir qiladigan 13 ta texnik muammolar haqida maʼlumotlar eʼlon qilindi. Oʻsha vaqtdan beri asosiy kamchiliklar soni beshtagacha kamaytirildi, ammo bu ham narxi 100 million dollarga teng boʻlgan mashina uchun juda koʻp. Vaziyat F-35 Lightning II yaratish dasturining qiymati taxminan 1,3 trillion dollarni tashkil etishi va kp qirrali qiruvchi-bombardimonchi 2011 yildan buyon ommaviy ishlab chiqarilayotganligi bilan yanada paradoksaldir. Maʼlumki, dengiz floti va AQSH dengiz piyodalari korpusining F-35 samolyotlari ekstremal manyovrlar (raketalardan qochish) paytida beqaror va oldindan aytib boʻlmaydigan holga keladi. Bort radarlari dengiz yuzasining juda tor sathini "koʻradi". Kechasi, asboblarning miltillovchi ekranlari fazoviy yoʻnalishni aniqlashni buzadi, va barcha turdagi "Chaqmoq"larning qoʻnishini qiyinlashtiradi. F-35 kabinasidagi atmosfera bosimidagi farqlanishlar bosim shikastlarini keltirishi va uchuvchini ishdan chiqarishi mumkin. Lockheed Martin F-35 dasturiy taʼminotini yangilash muammosini faqat 2020 yil oxiriga qadar hal qilishga umid qilmoqda. Biroq, bularning barchasi seriyali ishlab chiqarishga va "koʻrinmas"ning ittifoqdosh mamlakatlar - Avstraliya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Isroil, Italiya, Yaponiya va boshqalarga faol sotilishiga xalaqit bermayapti.

Oʻz mahsulotini ilgari surishda Lockheed Martin toʻsiqlarga duch kelmoqda. Shunday qilib, AQShning bir nechta hamkor davlatlari "josuslik" dasturlari tufayli F-35 qoʻshma ishlab chiqarish dasturidan chiqish bilan tahdid qilishdi.

Muammo ALIS axborot tizimida boʻlib, u F-35 samolyotining dunyodagi istalgan joyida, qabul qiluvchi mamlakatning xohishidan qatʼi nazar, barcha harakatlarni, manyovrlarni, missiyalarni kuzatib boradi. Tizim goʻyoki foydalanuvchining manfaati uchun texnik holat va logistika tahlilini oʻtkazadi.

AQShning baʼzi haddan tashqari suveren hamkorlar ALIS uchish maʼlumotlarini Pentagondagi "katta ogʻa"ga uzatayotganidan xavotirda. Yaqinda bu masala ALIS 3.6 takomillashtirilgan versiyasi bilan hal qilinishi kutilmoqda.

Qiruvchi samolyot oʻyinchoq emas

Harbiy samolyotlar ishlab chiqarish sohasidagi texnologik imkoniyatlarini qayta koʻrib chiqishning amerikacha tendentsiyasi kuzatilmoqda. Beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchi samolyotini yaratish tajribasi ilgari muvaffaqiyatsiz deb topilgan (ishonchsiz radiatoʻlqinni yutuvchi qoplama, metrli diapazondagi radarlar tomonidan aniqlanadi, hizmatning qisqa masofasi - 750 km). Seriyada ishlab chiqarilgan mashina narxi ham noqulay boʻlib chiqdi - 350 million dollar. Natijada Pentagon atigi 187 dona F-22 "koʻrinmas"larni sotib oldi (384 dona rejalashtirilgan). F-35 Lightning II-ning (ikkitasi oʻrniga) bitta dvigatel tufayli arzonlashtirilishi  tortish kuchini, tezligi, manevrlik va jangovar yukni kamaytirdi. Analoglar bilan taqqoslaganda ayniqsa sezilarli.

Gipotetik duelda beshinchi avlod rus qiruvchisi Su-57 birinchi boʻlib F-35 (va F-22) ni aniqlab, yoʻq qilish, dushman bilan jangni (raketalardan oʻq uzish), hatto yuqori tigʻizlik va oʻta yuqori tezliklarda ham olib bora oladi. Darvoqe, rus mashinasi tovushdan yuqori tezlikka forsajni yoqmasdan oʻta oladi.

Su-57 qiruvchisi amerikalik beshinchi avlod F-22 va F-35 analoglari imkoniyatlaridan ancha yuqori boʻlgan ajoyib parvoz va jangovar xususiyatlarga ega. Su-57 ning kichik "samarali aks ettiruvchi yuzasi" unga dushman radarlariga deyarli koʻrinmay qolishga imkon beradi, konstruktsiyasidagi kompozitsion materiallar sirtning 70% va samolyot ogʻirligining 25% tashkil etadi. AQSH mutaxassislari rus qiruvchi samolyotining ustunligini tan olishga majbur boʻlmoqdalar va Su-57ning tovushdan yuqori tezliklarda eng yuqori manevrliligi qobiliyatini, hatto juda qimmat F-22 Raptor ega boʻlmagan infraqizil qidiruv va kuzatuv tizimini alohida taʼkidlamoqdalar.

Su-57 zambarakli quroli yordamida, shuningdek, oʻrta va uzoq masofaga uchadigan raketalardan foydalanib, yuqori manevrli yaqin jangga qodir. Su-57ning ustunligini asosiy radiolokatsion stantsiyasi, nishonni aniqlashning noyob optiko-elektron tizimi va "aqlli qoplama" deb nomlangan elektron pomex berish tizimi tomonidan taʼminlanadi.

Rossiya qiruvchi samolyoti 400 km gacha boʻlgan masofada havo va yerdagi nishonlarni aniqlay oladi, bir vaqtning oʻzida 62 ta obʼyektni kuzatib boradi, boshqa samolyot va dronlarga obʼyektlar nishon koʻrsatmalarini uzatadi. 2028 yilgacha Rossiya Federatsiyasining aerokosmik kuchlari ushbu mashinalardan 76tasini olishi kerak. Rossiyaning beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotining seriyali ishlab chiqarilishi (2019 yildan) muqarrar ravishda jahon bozorida raqobatchilarni siqib chiqaradi.

Asosiy mavzular