“Ehtimol, bu ruslar”: AQShning mutlaq quroli buzildi

© Sputnik / Brian Smith / Mediabankka o‘tishUchastniki protesta, vizvannogo smertyu afroamerikansa Djordja Floyda, na odnoy iz ulis Nyu-Yorka
Uchastniki protesta, vizvannogo smertyu afroamerikansa Djordja Floyda, na odnoy iz ulis Nyu-Yorka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislardan biri "Rossiya agentlari" tartibsizliklarda ishtirok etganini taxmin qilgan, uning ustidan shaxsan Donald Tramp tvitterida kulgan.

CNN telekanalining xabar qilishicha,  Amerikada davom etayotgan to‘palonlarda rus agentlarining ishtiroki "ehtimoli katta".

Bir kun oldin xuddi shu telekanal bir lavha uzatdi, unda mutaxassislardan biri "Rossiya agentlari" tartibsizliklarda ishtirok etganini taxmin qilgan, uning ustidan shaxsan Donald Tramp tvitterida kulgan.

Amerika prezidentining eng nufuzli televizion kanallaridan biri bilan munosabatlari, eslatib o‘tamiz, Eron va Isroil munosabatlaridan ham bir oz yomonroq, garchi yaqin vaqtgacha ular bizning Fuqarolar urushimizdagi oq va qizillar orasidagidan bir oz yaxshiroq edi. 2016-yilda CNN Tramp prezident bo‘lmasligi uchun hamma narsani qildi, keyin esa "rashageyt"ni ko‘pirtirish uchun qo‘lidan kelganini qildi. O‘z navbatida Tramp CNNni faqat "CNN soxta yangiliklari" deb ataydi va uni ochiqchasiga yomon ko‘radi va kanalning reytingi pasayganidan xursand.

Shu sababli, aytgancha, Amerika prezidenti Atlantadagi to‘polon ishtirokchilari yo‘l-yo‘lakay CNN shtab-kvartirasiga hujum qilishgani, oynalarni sindirishgani va iloji bor narsalarini buzib tashlashgani haqidagi xabarlardan ayniqsa mamnun bo‘lgan. Tramp "istehzo" bilan o‘z tviterida yozdi: namoyishchilar o‘z harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchi va oqlaydigan kanalga hujum uyushtirdilar.

Endi esa eng qizig‘i. Gap shundaki, bugun CNNning tug‘ilgan kuni, yubiley bor, u qirq yoshga to‘ladi.

Va bu kanal dastlab qanday bo‘lgani va hozirda qanaqaligi bizga umuman Amerika dunyo yetakchisiligining tarixini yaqqol so‘zlab beradi.

Qirq yil oldin yosh va takabbur mediamagnat Ted Torner birinchi bo‘lib 24 soatlik uzluksiz yangiliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kabel orqali obunachilar miyasiga quyadigan tarmoqni yaratdi. Bu axborot biznesida katta qadam va inqilob bo‘ldi. Bu, bugungi kunda siz va men ichiga kirishib yashayotgan onlaynning birinchi kurtaklaridan bo‘lgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

U payt, 1980-yilda bu qadam sezildi, lekin ular bunga uncha katta ahamiyat bermadilar, chunki umuman g‘arbiy va amerikacha xususan, fan va biznesdagi, siyosatdagi va ijtimoiy texnologiyalardagi inqiloblar bir-biriga ustma-ust jadal harakatlangan. Torner kecha-kunduz yangiliklar chiqarardi, kelasi yili NASA sakkiz ekipaj a’zosiga mo‘ljallangan, ko‘p marotaba ishlatiladigan kosmik kemasini uchiradi (ha, bu 39-yil oldin bo‘lgan, shu sababli bugungi kundagi "xudoyim, nihoyat kosmosdagi inqilob ro‘y berdi" kabi qichqiriqlar oddiy “piar-isterika” ekanligini eslatib o‘tamiz), xuddi shu payt  IBM birinchi seriyali shaxsiy uy komputerlarini sotishni boshladi va navbatda ommaviy uyali telefoni, uning ortida esa hali beri hech kim tomonidan tan olinmagan kelajakning qiroli bo‘lmish Internet ko‘rinib turgan edi.

Protesti v Minneapolise - Sputnik O‘zbekiston
AQSh qanday qilib tartibsizliklar girdobida qoldi – video

O‘sha paytda Amerikaning o‘zi XX asr ruhining so‘zsiz ifodalovchisi edi. U yosh edi, lekin u voyaga yetgan (1980 yilda amerikalikning o‘rtacha yoshi 30 yosh bo‘lgan), nafaqat chet ellik, balki o‘z daholaridan yorilayotgan, hali ham klassik ma’lumotli, liberal (o‘sha paytga xos talqinda), texnokratik va shu bilan birga dinga chuqurroq yondoshgan, ixtirochi va yirtqich bo‘lgan.

CNN bu yirtqich Amerikaning voqelikka ta’sirini kuchaytirish uchun kuchli vositaga aylandi - va u o‘zining to‘laqonli kuchini o‘zining o‘n birinchi yilida, butun sayyora "Fors ko‘rfazidagi urush" deb nomlangan eng katta shouni tomosha qilayotgan paytda namoyon bo‘ldi. Bizning hayratda qolgan ko‘zlarimiz oldida Amerika yuqori texnologik samolyotlari yuqori texnologik tarzda Yevrosiyoning eng qudratli armiyalaridan birining qarshiligini qog‘ozdan yasalgan  shaklni yakson qilganday yakson qilib tashladi. O‘shanda dunyo ko‘rgan shou butun avlodining qalbiga AQShning yengilmas va to‘xtatib bo‘lmas kuch ekanligiga, qolgan odamzoddan farqli o‘laroq oldinga kattagina jadal qadam tashlagan mamlakat sifatida ishonch uyg‘otdi. Go‘yoki dunyoning qolgan qismi endi AQShning ortidan ergashib, uning g‘azabini qo‘zg‘atmaslik, AQShga bo‘ysunish va uning shavqatiga umid qilishga abadiy  majburdir. Va har bir inson, xoh u keniyalik iqtisodchi bo‘lsin yoki rossiyalik qo‘shiqchining birdan bir orzusi, bu o‘zgaruvchan dunyoda, qanday bo‘lmasin egilmasdan – har qanday amerikalikning otasi yoki bobosi bo‘lish istagi bilan chegaralanadi.

Iroqning harbiy qudrati so‘nishi ortidan Sovet Ittifoqi ham sayyora xaritasidan yo‘q bo‘lib ketdi va uning parchalari AQShga har qanday shaklda bo‘lmasin, sodiqlikka qasam ichdi -  bu ma’lum ma’noda Amerika XX asrning omadli yakuni bo‘ldi. Ushbu g‘alabaning so‘zsiz qahramonlaridan biri Ted Tornerga, faqatgina Jeyn Fonda darajasidagi Gollivud yulduziga uylanib, u bilan quyosh botadigan tarafga ketish qolgandi, xolos. Torner aynan shuni qildi ham.

Sergey Luzanin rasskazal, chto ojidat ot sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston
AQSh dunyoda o‘z nufuzini yo‘qotmoqda va pandemiya bu jarayonni yanada tezlashtirdi - Luzanin

... Ammo bari gap shundaki, aslida harakatlarning omadli yakuni bo‘lmaydi. Aslida, yakuniy titrlar ham bo‘lmaydi, aslida har qanday g‘alaba va har qanday zafar tantanasi vaqtinchalik va har doim ulardan keyin yangi bob boshlanadi.

XX asrda dunyoni zabt etgan Amerika bilan, ehtimol, huddi shunday "Omadli yakun sindromi" (xeppi-end sindromi - tahr.) ro‘y berdi. Ya’ni, u haqiqatan insoniyat tarixi uzra titrlar o‘tib bo‘lganiga va bundan keyin hech qanday davomi kutilmaganligiga ishongan.

Haqiqat shundan dalolat beradiki, SSSR parchalanib ketganidan so‘ng, Amerika davlat tashkilotlari keskin ravishda "Rossiya bo‘yicha mutaxassislar" tayyorlashni to‘xtatib qo‘ydi: bizga endi yo‘q va hech qachon bo‘lmaydigan yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni nimani keragi bor?

Biroq, Amerika diplomatiyasining o‘zi ham, faxriylarning fikriga ko‘ra, g‘alati cho‘qqiga sho‘ng‘idi: AQSh diplomatik maktablari murosani izlovchi va manipulyatsiya ustalari o‘rniga, bir aniq so‘z bilan ta’rif berilgani kabi, "muhokama qilinmaydigan buyruqlarni yetkazuvchi yuqori maoshli feldeger (kuryer-tahr)" larni chiqara boshladilar, va bularning nazdida, kimki Amerika bosimiga qarshilik bildirsa, unda bosimni kuchaytirish kerak, xolos.

Sammit G20 v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Tramp G7 sammitini sentabrga ko‘chirdi va unga Rossiyani taklif qilish niyatida

Amerikaning "haqiqatni pult orqali boshqaruvchi vositasi"ning butlovchi qismlaridan bo‘lgan CNN, Gollivud va "rangli texnologiyalar", va yangi asrda esa Facebook va Twitter ham ushbu sindromning qurboni bo‘ldi. Bir nechta davlatni qasddan yolg‘on ayblovlar bilan qatl etilishi va Amerikaning haqiqatni boshqarish markazlarining tegishli ko‘magi yordamida o‘tkazilgan "tvitter-inqiloblar" amalga oshirilganidan so‘ng, ko‘pchilik o‘zi uchun ishonch hosil qilganga o‘xshaydi: maxsus texnologik tayyorlangan odamlar tomoshabinning miyasiga ommaviy ravishda singdirayotgan haqiqatdan boshqa haqiqat yo‘q. Yaxshi kamera va feysbukdagi auditoriyasining ko‘magiga ega strimer (jurnalist yoki kanal), orqasida ko‘rinib turgan Amerika elchixonasi va Amerika bombardimonchilari – bu yangi mutlaq superqurol.

Biroq, haqiqat, bu hali ham mavjudligini isbotladi - va unga qancha bosim o‘tkazilmasin, u qasos olish uchun yo‘l topadi.

"CNN dunyosi" uchun qiyomat, qat’iy aytganda, 2016-yilda sodir bo‘ldi – unda Amerika ommaviy axborot vositalari sohasidagi to‘liq hukmronligiga qaramay (Klinton foydasiga 15% dan 85% nisbatida), Tramp saylovda g‘olib bo‘ldi.

Odatda "chuqurlikdagi davlat" bo‘lgan AQSh uchun bu shunchaki istalmagan nomzodning g‘alabasi bo‘libgina qolmadi. Bu "baxtli yakun davri"ning mafkuraviy poydevoriga, boshqariladigan voqelik g‘oyasiga, CNN va The New York Times birlashmasining mag‘lubiyatsizligi aqidasiga zarba bo‘ldi.

Darvoqe, ehtimol, "chuqurlikdagi davlat", aslida, masofadan boshqarish pulti orqali voqelikni to‘liq boshqarish mumkinligi ishonchidan voz kecha olmaganligi sababli, amerikacha voqelik ruslar tomonidan keltirilgan uydirma zararga mahkam yopishib oldi. Aynan ruslar bu amerikacha pultni buzdi va shuning uchun biz yutqazdik.

Tasodifga ko‘ra, aynan CNN ushbu sehrli versiyaning asosiy media targ‘ibotchisiga aylandi.

Va uning o‘zi "AQShda sovuq fuqarolik urushi" deb nomlangan hodisada faol ishtirok etdi va endi esa uni sovuq deb atab ham bo‘lmaydi.

... Darvoqe. Endilikda Amerikaning o‘ttizta yirik shaharlari talon-taroj tutuni iskanjasida qolgan, sayyora uzra esa birinchi xususiy kosmik kemaning (hukumat buyurtmasi va davlat pullari hisobiga uchirilgan) chaqiriqlari qahramonona tarqalayotgan bir paytda, biz "media" va sobiq jahon gegemoni hududida haqiqiy voqelikning o‘zaro aloqasi qanday rivojlanishi mumkinligini tasavvur qilishga urinib ko‘rishimiz mumkin.

Vaziyat shundayligicha davom etadi degan versiyalar ham bor. Hiyla aynan shundaki, haqiqiy "omadli yakun" bulmagani kabi, haqiqiy "qiyomat qayin" ham bo‘lmaydi. Apokalipsis (qiyomat qoyin - tahr.) har doim ham halokatli bo‘lishi shart jmas. Ehtimol, bu dunyoda siyosiy va iqtisodiy, va balkim harbiy yetakchilikning yo‘qolishini anglatar. Bu shunchaki barcha kelib chiqadigan ijtimoiy oqibatlar bilan birga mamlakatning omadsiz qismlarini o‘ziga xos "uchinchi dunyo"ga sho‘ng‘ishidir (AQSh bo‘ylab 40 million ishsizlar kezib yuribdi va bu, aytishlaricha, chegara emas). Bu jamiyatning mamlakatni falokatdan so‘ng qashshoq hududlarga va alohida boy orollarga bo‘linishidir, va bu orollardan, ehtimol, loyiha jihatidan mukammal raketalar uchiriladi. Qayerdadir butun boshli shaharlar loviya bo‘tqasiga o‘tadilar, boshqa joyda esa ulkan budjetli mukammal blokbasterlarni suratga olishadi.

CNN asoschisi, 81 yoshli Tornerning, ehtimol, yodida qolgan va shunchaki qachondir "Speys Shattl"ni uchirgan Amerika endi bo‘lmaydi.

Biroq, uning yodida qolgani ham amrimahol: bir necha yil oldin u demensiyadan azob chekayotganini tan olgan.

Manba: RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0