21:35 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Kolumnistlar
Havola olish
48420

Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko yangi oʻziyurar artilleriya uskunasining xususiyatlari toʻgʻrisida gapirib berdi.

Artilleriya - bu urush xudosi, shuning uchun Rossiyada ular nafaqat ibodathonalarni, balki dunyodagi eng yaxshi gaubitsalarni ham quradilar. Nijniy Novgorod viloyatidagi poligonda KamAZ-6550 rusumli avtomashinasi negizidagi 152 mm kalibrli "Koalitsiya-SV oʻziyurar artilleriya uskunasining (SAU) gʻildirakli modifikatsiyasining sinovlari boshlandi.

May oyi oxirida Rossiya kuchlariga eng soʻnggi "Koalitsiya-SV" gaubitsalarining eksperimental partiyasi qabul qilindi. Uskuna T-90 tankining platformasida joylashgan boʻlib, 70 kilometrgacha masofada joylashgan qoʻmondonlik punktlari, aloqa markazlari, artilleriya va minomyot batareyalari, zirhli transport vositalari, havodan mudofaa tizimlari, dushmanning tirik kuchi kabi yerdagi nishonlarni yoʻq qilish uchun moʻljallangan. Bugungi kunda ushbu gaubitsaning dunyoda analogi yoʻq. Deyarli bir vaqtning oʻzida "Uralvagonzavod" SAUning KamAZ-6550 rusumli avtomashina negizidagi versiyasini yurish va oʻt ochish sinovlarini boshladi. Joriy yilda sinovni yakunlash rejalashtirilmoqda, shundan soʻng gaubitsaning gʻildirakli modifikatsiyasini seriyali ishlab chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

Qoʻshinlarda "Koalitsiya-SV" gʻildirakli SAUning paydo boʻlishi koʻzga koʻrinadigan vokeaga aylanadi (bugungi kunda Rossiyada bunday gaubitsa yoʻq) va artilleristlarga aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda "Koalitsiya"ning oʻrmalovchi yoki gʻildirakli modifikatsiyasini tanlashga imkon beradi. Oʻrmalovchi analoglariga taqqoslaganda, KamAZning toʻrt oʻqli shassisidagi tizimlar oʻz afzalliklariga ega - harakatchanligi, yoʻl sirtini buzmasdan ommaviy foydalanish avtomobil yoʻllarida foydalanish imkoniyati, yurish zaxirasi nuqtai nazaridan uzoqroq masofa (oʻrmalovchi platformaning 5000 km zahirasi gʻildirakli texnikaning faqatgina sinovdan chiqarvolish masofasi).

Avvalroq ishlab chiqaruvchi korhonaning bosh direktori Dmitriy Semizorov shunday dedi: "Koalitsiya" - bu kelajak mashinasi. U bugungi kunda oʻz zamonidan oldinda". Ehtimol, gʻildirakli platformada yangi SAU yanada tezroq harakatlanadi. Va bu shubhasiz chet ellik xaridorlarni qiziqtiradi.

Masalan, 155 mm kalibrli "Msta-S" oʻziyurar gaubitsaning oldingi avloddagi eksport varianti "Krasnopol-M" snaryadi va shu kalibrdagi gʻarbda ishlab chiqarilgan oʻq-dorilari bilan oʻt ochardi va narhi 1.6 million dollarni tashkil etadi. Abu-Dabida boʻlib oʻtgan IDEX-93 koʻrgazmasida "Msta-S" oʻzining ustunligini namoyish etdi: oʻzining qirq "Krasnopol" snaryadidan 15 km masofada oʻq uzib 38 tasi nishonga yetdi. "Koalitsiya-SV" yanada mukammal boʻlgani tufayli, unga Rossiya qoʻshinlari va xalqaro qurol bozorida katta kelajakka kafolat beradi.

Yangi avlod

"Koalitsiya-SV" artilleriya tizimi "Msta-S" oʻziyurar gaubitsasi (oʻrmalovchi shassida) vorisidir va ulkan oʻt ochish quvvatini meros qilib olgan. "Koalitsiya-SV"ning 152mm  toʻpi daqiqada 10 martadan koʻproq oʻt uzishga qodir, bu shunga oʻxshash artilleriya tizimlarining, shu jumladan eng yaxshi xorijiylarning otish tezligidan yuqori. Amerikaning M109A6 Paladin uskunasi, yanada kattaroq ekipajga ega boʻlib, daqiqasiga olti marotaba oʻq otishga qodir. "Koalitsiya-SV"ning oʻt ochish yuqori tezligi toʻliq avtonom avtomat yordamida taʼminlanadi. Barcha poroxning bir vaqtning oʻzida "yondirilishi"ning mikrotoʻlqinli tizimi muhim rol oʻynaydi.

Yangi gaubitsaga uch mutaxassis xizmat qiladi: haydovchi-mexanik, komandir va nishonga oluvchi-operator ("Msta-S" SAUda ekipaj besh kishidan iborat). Bundan tashqari, artilleriya minorasida xech kim boʻlmaydi, ekipaj zirhli kapsulada joylashgan. Konstruktiv yechimi "Armata"ga oʻxshaydi, jangovar ogʻirligi 48 tonnaga teng oʻziyurar gaubitsa tankning harakatchanligini saqlab qolgan.

Eng yangi artilleriya tizimining oʻrmalovchi va gʻildirakli versiyalarida umumlashtirilgan jangovar boʻlinma mavjud - toʻliq aylanadigan minora va 152mmlik 2A88 kesma gaubitsasi. Oʻziyurar gaubitsasi tarkibiga shuningdek 12,7 mmlik masofadan boshqariluvchi pulemyot uskunasi kiradi.

Komandir va nishonga oluvchining ish joyi avtomatlashtirilgan yagona taktik qoʻmondonlik va boshqarish tizimiga birlashtirilgan raqamli displeylar bilan jihozlangan. Bu ekipajga mavjud boshqaruv zanjirlarida yanada samarali ishlashga, turli manbalardan raqamli aloqa kanali orqali maqsadli nishonlarni olishga, hududni kecha-kunduz kuzatib borishga, ob-havoning har qanday sharoitida oʻt ochish va uni sozlash uchun avtonom hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkon beradi. Tashqi maʼlumotlar oʻt ochishni amalga oshirish va oʻq-dorilarni boshqarish uchun maʼlumotlarni taqdim etadigan bortdagi axborot-buyruq tizimlari tomonidan qayta ishlanadi.

Oʻt ochish xususiyatlari jihatidan "Koalitsiya-SV" mahalliy va xorijda ishlab chiqariladigan barcha seriyali oʻziyurar gaubitsalardan ustundir. Soʻngi gaubitsa bunday potentsial bilan kelajakda Rossiya Qurolli kuchlari tarkibidagi 152 mm "Msta-S" oʻziyurar gaubitsalarini va shatakka olinuvchi "Msta-B" oʻrnini egallaydi.

"Koalitsiya-SV" artilleriya tizimi "Uralvagonzavod" kontsernining "Burevestnik" Nijniy Novgorod markaziy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Birinchi marta keng jamoatchilikka 2015 yil 9 may kuni Moskvada Gʻalaba paradida namoyish etildi. 2017 yil sentyabr oyida Rossiya Mudofaa vazirligi 2020 yildan seriyali yetkazib berish sharti bilan soʻnggi rusumdagi "Koalitsiya-SV" oʻziyurar gaubitsalar tajribali partiyasini yetkazib berishga shartnoma imzoladi. Soʻnggi "Koalitsiya-SV" gaubitsasining ikkala modifikatsiyasi kelajak qurollari boʻlib, ularni oldindan, yaʼni bugundan oʻzlashtirish maqsadga muvofiq boʻladi. Ehtimol, ertaga uchinchi paydo boʻladi - kema versiyasi va quruqlik tizimi dengiz platformasiga chiqadi.

Yuqori aniqlikdagi oʻq-dorilar

"Koalitsiya-SV" oʻq uzish masofasi (70 kmgacha) jihatidan analoglaridan ikki baravar koʻpdir. Masalan, 2012 yilda qabul qilingan Rossiyaning 2S19M2 "Msta-S" oʻziyurar gaubitsasi 30 kmgacha boʻlgan masofada faol-reaktiv fugas-parchalanovchi oʻq-dori bilan nishonga urishga qodir. Mashhur nemis PZH 2000 gaubitsasi Janubiy Afrikada bir marta maxsus oyeaktiv torkichli V-LAP oʻq-dorisini 56 km masofaga otdi, ammo oddiy rejimda otish masofasi 30 km dan oshmaydi.

Uzoq masofada, yuqori aniqlik ham muhimdir. "Krasnopol-M" eng muvaffaqiyatli toʻgʻrilanuvchi artilleriya oʻq-dorilaridan biridir, ammo bu imkoniyatlarning chegarasi emas. Yangi boshqariladigan raketalardan foydalanish orqali "Koalitsiya" Rossiya armiyasidagi birinchi yuqori aniqlikdagi artilleriya tizimiga aylanadi. Oddiy oʻq-dorilar qatorining davlat sinovlari 2021 yilda yakunlanadi. Yangi texnologik ufqlar hayratlantiradi.

Tulaning Priborostroyeniye konstruktorlik byurosi "bir marta oʻq uzish uchun" juda aniq va kuchli yuqori darajadagi fugas-parchalanovchi snaryad ishlab chiqdi. Har bir shunday 152 mm snaryadning narxi taxminan 50 ming dollarni tashkil etadi, ammo DOT, bunkerga yoki dushmanning boshqa mustahkamlangan inshoatiga urganidan keyin ikkinchi marta oʻq uzish shart emas. Yarim faol kallacha nishonga oluvchi tomonidan yoki dron orqali lazer yordamida boshqariladi.

Moskvaning "Kompas" KBsida ham "aqlli" snaryad yaratildi. 152 millimetrli snaryad kallachasidagi GLONASS navigatsion modul va otilganda ochiluvchi aerodinamik yoʻlga soluvchi rullar tizimi parvoz yoʻnalishini sozlaydi, maʼlum koordinatlarga asosan aniq nishonga urishni taʼminlaydi. Ehtimoliy aylanma ogʻish 10 metrdan oshmaydi (uzoq otish masofasiga ega boʻlgan odatiy 152 mm snaryadning ogʻishi 100 metrgacha boʻlishi mumkin). "Kompas" Konstruktorlik byurosining ishlanmasi arsenalda mavjud snaryadlarni takomillashtirish imkonini beradi. Asosiy artilleriya oʻq-dorilarini boshqariladigan rejimga qayta ishlash qiymati taxminan 1000 dollarni tashkil etadi. Taqqoslash uchun: 155 millimetrlik Amerikaning bitta Excalibur raketasi 80 ming dollarga tushadi.

Soʻnggi qurollarni ishlab chiqarishda Rossiya Federatsiyasining ustuvor yoʻnalishi - bu milliy xavfsizlikni ishonchli taʼminlash, ittifoqchilar va adekvat hamkorlarga harbiy-texnik yordam berish. "Koalitsiya-SV" artilleriya tizimi uzoq masofali va yuqori aniqlik bilan ajralib turadigan ilgʻor xorijiy analoglarga javoban yaratilgan. Rossiya loyihasi eng zamonaviy yechimlar, texnologiyalar va tarkibiy qismlarni birlashtirdi, bu esa jangovar va foydalanish xususiyatlarning ajoyib uygʻunligiga erishishga imkon berdi. Faqatgina tinchlik va xalqaro barqarorlikni mustahkamlash uchun.

Asosiy mavzular