12:54 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Kolumnistlar
Havola olish
668 0 0

Yaqin vaqtdan beri "gaz OPEK"i mavzusi yana muhokama qilina boshladi. Bunga bir nechta xodisa sabab boʻldi.

Aleksandr Sobko. Yaqin vaqtdan beri "gaz OPEK"i mavzusi yana muhokama qilina boshladi. Bunga bir nechta xodisa sabab boʻldi. Birinchidan, albatta, gazning joriy narxlarining pasayishi. Ikkinchidan, uzoq muddatli stsenariylariga kelsak, Qatarning STG obʼyektlarini kengaytirishining niyati tobora ravshanlashmoqda. Uchinchidan, OPEK+ning neft bozoridagi misli koʻrilmagan yutuqlari.

Va nihoyat, agar Rossiyaning ichki kun tartibi haqida gapiradigan boʻlsak, suyultirilgan gaz va quvur gazi eksporti oʻrtasidagi nisbat haqida munozaralar saqlanib qolmoqda. Axir, bu yerda "gaz OPEK"ini tuzishda baʼzi majburiyatlarni qabul qilishda qandaydir qoidalarni shakllantirish kerak boʻladi. Tafsilotlarni muhokama qilamiz, ammo asosiy maʼlumotni darhol ochib beramiz: omillar yigʻindisi nuqtai nazaridan "gaz OPEK"i gʻoyasi neft sektoriga qaraganda ancha istiqbolli koʻrinadi.

Yaqinda Qatar Janubiy Koreyada yuzta gaz tashuvchisi qurish uchun quvvatlarni buyurtma qildi (shartnoma miqdori $ 20 milliarddan sal ozroq), shuningdek Xitoyda ham bir nechta gaz tashuvchilar quriladi. Qatarda STG-ning yangi zavodlari boʻyicha yakuniy sarmoyaviy qaror hali qabul qilinmagan boʻlsa-da, STG tankerlari bilan bogʻliq syujet kengayish sodir boʻlishidan darak beradi. Va anchagina katta boʻlishi rejalashtirilmoqda: qoʻshimcha 49 million tonna (ikki bosqichda), Qatarda hozirda 77 million tonnadan farqli oʻlaroq.

Darvoqe, bu fonda, STG tankerlarini qurish boʻyicha oʻz markazimizning (Uzoq Sharqdagi “Zvezda” kemasozlik zavodi negizida) barpo etilishi juda foydali boʻlganligi ayon boʻladi.Toʻgʻri, baʼzi bir uskunalar va hatto kemalar baʼzi elementlarini import toʻgʻri kelayotgan boʻlsa-da (garchi har bir tayyorlangan yangi gaz tashuvchisi chiqarilishi bilan mahalliylashtirish darajasi oshib boradi), ammo eng muhimi - koreys zavodlarining yuklanishiga bevosita qaramlik yoʻq.

Qatarning kengayish toʻgʻrisidagi ehtimoliy qarori, mamlakat tubdan biron bir global gaz shartnomasida ishtirok etishni istamasligini anglatadimi? Jiddiy aytganda, mutlaqo kerak emas. Ammo shuni aytish mumkinki, hatto inqiroz paytida ham oʻz quvvatlarini namoyishkorona kengaytirgan holda, Qatar oʻziga juda yaxshi boshlangʻich muzokara pozitsiyalarini taʼminladi. Unda Qatar nima toʻgʻrisida kelishmoqchi?

Shu bilan birga, Qatar va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar darajasi gaz koalitsiyasini tuzish imkoniyati haqida ishonch bilan gapirishga hali imkon bermaydi. Bundan tashqari, Qatar yaqindagina AQSH bilan gaz borasida muzokaralar olib borayotganiga oʻxshadi: Qatar Petroleum AQShda oʻzining STG zavodini qurmoqda va shuning uchun u bozorga unchalik taʼsir koʻrsatmasligi kerak, goʻyo. Endi esa Qatar STGsining bozorga qoʻshilishi sezilarli boʻladi. Eng radikal sharhlovchilarning taʼkidlashicha, keyingi oʻn yil ichida AQSH endi yangi zavodlarni umuman qurmaydi.

Albatta, "klassik", neft OPEKini esga olish muhimdir. Aniqroq aytganda, gap uch yil davomida toʻgʻri ishlagan, ammo mart oyining boshlarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan OPEK+ bitimi haqida ketmoqda. Keyingi voqealar (martni, deyarli "koronavirusgacha" boʻlgan nizolarni eslaylik) bunday kartelga ehtiyoj borligi haqidagi masalani yanada kuchaytirdi.

OPEK+ bitimining tanqidi uch jihatga uygʻunlashdi.

Birinchisi. Ichki nizolar, birinchi navbatda Rossiya va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi tortishuvlar. Tajriba shuni koʻrsatadiki, bu yerda kelishuvni albatta amalga oshirish mumkin.

Ikkinchisi. Bitim slanets ishlab chiqarishni koʻpaytirish orqali yuqori narxlardan foydalangan AQShga foyda keltirdi.

Uchinchisi: yuqori narxlar dunyo boʻylab boshqa ishtirokchilarga ham (OPEK+ tashqarisidaga), masalan, yirik va qimmat dengiz konlari loyihalariga  sarmoya kiritishga imkon berdi. Shuningdek, ular yaxshi sharoitlardan ham foydalanishdi. Shu bilan birga, ularni AQShdagi vaziyatdan ajratish juda muhimdir. Axir, Amerikada neft ishlab chiqarish moslashuvchan, yaʼni neft narxi, aytaylik, bir barrel uchun 40-45 dollardan kam boʻlsa, u pasayishni boshlaydi yoki oʻsishni toʻxtatadi. Dengiz tubidagi loyihalarda vaziyat boshqacha: amalga oshirib bulingan kapital xarajatlar, mulk egalarini arzon narxlarda ham neft qazib olishga majbur qiladi. OPEK+ kelishuvi tanqidchilari va tarafdorlari oʻrtasida murosaga erishsa boʻladi: kelishuv amalga oshishi mumkin, ammo bir barrel uchun maqsadli narx 50-55 dollar shartida.

Keling, ushbu saboqlarni kelajakdagi nizolarga va ehtimoliy “gaz OPEK”ining gaz narxlari boʻyicha umidlariga qoʻllashga harakat qilaylik. Birinchi yaqinlashishda hammasi bir xil. Va ehtimoliy kartel ichida bitimlar bilan bogʻliq muammo ham. Shubhasiz, bunday ittifoqqa kirmasligi aniq AQShning STGi bilan bogʻliq muammolari. Va sunʼiy ravishda boshqariladigan narxlar vaziyatida, boshqa ishlab chiqaruvchilarning qoʻshimcha taklifi.

Ammo, neft bilan bogʻliq vaziyatdan farqli oʻlaroq, ikkinchi va uchinchi fikrlarni birlashtirish lozim. Zero, zavod qurilganidan keyin, tannarh qoplanmagan boʻlsa ham, STG ishlab chiqarilaveradi. Biz buni hozir butun dunyo boʻylab, shu jumladan AQShda ham yaxshigina kuzatmoqdamiz. Hatto neft singari "egiluvchan" slanets gazini ishlab chiqarish bu yerda yordam bermaydi, chunki narxning 40 foizi zavodlarni kapital xarajatlari bilan belgilanadi.

Gazdagi vaziyatni neftnikidan ajratib turadigan yana ikki omil.

Birinchidan, gaz sohasida, neftdan farqli oʻlaroq tabiiy renta ulushi kamroq, kapital xarajatlarining ulushi kattaroq. Shu sababli, mavjud ishlab chiqarishlarni cheklash ehtimoli kamroq, barcha ishtirokchilar xarajatlarni maksimal darajada qoplashni xohlashadi.

Ikkinchi jihat: "gaz - koʻmir", "gaz – Tiklanadigan energiya manbalari" yoqilgʻi ichidagi raqobat ham mavjud. Dunyo miqyosidagi gaz savdosida yetkazib berish hajmining bir-ikki foizga kamayishi neft sektoridagi kabi narxlarning keskin oʻsishiga olib kelmaydi. Umuman olganda, gaz tiklanadigan manbalar bosimi ostida va ular bilan juda faqatgina arzon yoqilgʻi raqobatlasha oladi.

Xulosa qilaylik. STG ishlab chiqarishning yangi obʼyektlarini qurishni cheklash qiyin: Qatar ularni allaqachon eʼlon qilib boʻlgan, Rossiya ham oʻz rejalarini qayta koʻrib chiqmaydi. Shuningdek, mavjud ishlayotgan zavodlarning ishini ham, bu mahsulotning yakuniy narxidagi kapital xarajatlarining yuqori ulushi bilan bogʻliq boʻlib, ular hech boʻlmaganda qisman boʻlsa ham, hatto past narxlarda ham qoplab olishni istaydilar. Shu bilan birga, faqatgina arzon gaz qayta tiklanadigan energiya va koʻmir bilan raqobatlashganda talabning qoʻshimcha oʻsishini yaratishi mumkin. Juda yuqori narxlar esa yangi loyihalarni, shu jumladan AQShda ham ishga tushirilishiga olib keladi. Bularning barchasi koʻrinishidan jozibali "gaz OPEK"i gʻoyasini amalga oshishi qiyin qilib qoʻyadi.

Ammo, agar biror sabablarga koʻra gaz narxi juda koʻtarilib ketsa, bu yonilgʻi ichidagi raqobat doirasida (neft sektoriga qaraganda ancha tezroq) oʻrnini bosishga va kelajakda yangi ortiqchalik bilan qayta investitsiya kiritishga olib keladi. Gap qanday raqamlar haqida ketmoqda? Hozirda gaz va STG narxlarining yuqori chegarasi har ming kubometr uchun 200 dollarni tashkil etishini gapirish (Britaniya issiqlik birligi uchun olti dollardan ozroq) maqsadga muvofiqroq boʻladi.

Narhlarning bir oz balandroq darajasida, xuddi shu AQShning oʻzida yangi "ortiqcha" ishlab chiqarishlar quriladi (AQShda gazning ichki narxi unchalik koʻp koʻtarilmasligini taxmin qilsak). Quyidagi fikrning mavjudligi bejiz emas: "Gazprom" Yevropada gaz narxini shunday darajada ushlab turishga harakat qilmoqdaki (narxlar koʻtarilgan mahalda), ular AQShning suyultirilgan gazining toʻliq narxidan oshmasligi kerak - yangi zavodlar qurilishini ragʻbatlantirmaslik uchun. Narxlarning koʻtarilishi amalga oshishi mumkin, ammo bir kubometr uchun 200 AQSH dollar miqdoriga yetishish uchun, biz yangi STG zavodlari yoki quvur liniyalarini qurish boʻyicha muayyan qarorlarni qabul qilishda konservativ optimistik jihatdan stsenariyga eʼtibor qaratishimiz kerak.

Asosiy mavzular