10:51 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Kolumnistlar
Havola olish
227250

Qozogʻiston Rossiyaning yana 4ta Mi-35 vertolyotini sotib olib, mashinalarning sonini 12 tagacha koʻpaytirdi. Avvalroq Oʻzbekiston ham bu texnikaning 12tasini sotib olishga kelishib olgan, ammo xujum vertolyotlari soni boʻyicha respublika Markaziy Osiyoda yetakchi oʻrinda qolmoqda.

Rossiyada ishlab chiqarilgan noyob Mi-35 harbiy transport vertolyoti oʻnlab mamlakatlarning mudofaa qobiliyatini mustahkamlaydi. Koʻplab davlatlar uchun bu vertolyot yetib boʻlmas orzu boʻlib qolmoqda. MDH hududida vahimali Mi-35 vertolyotlarini qonuniy ravishda Rossiya Federatsiyasidan tashqari faqat Qozogʻiston, Ozarbayjon va Oʻzbekiston foydalanadi.

Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik doirasida Qozogʻiston Respublikasi Havo mudofaa kuchlari aviabazasiga 4ta yangi Mi-35M hujum vertolyotlari yetib keldi, deb xabar qildi Sputnik Qozogʻiston. Uchuvchilar va muhandislik-texnik xodimlar qayta tayyorgarlikdan oʻtdi va qoʻmondonlikning eng murakkab vazifalarini bajara oladilar. Rossiya qurollari jangovar vaziyatda pand bermaydi, Mi-35M ishonchli va samarali (“35” - chuqur takomillashtirilgan afsonaviy Mi-24). Yangi boʻlinma Qozogʻiston Respublikasining armiya aviatsiyasini sezilarli darajada kuchaytiradi, unda iyun oyigacha 18 dona vertolyot boʻlgan.

Avvalroq, Qozogʻiston (2016 va 2018 yillarda) “Rostvertol” OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan 8 dona RF Qurolli Kuchlari bilan bir xil konfiguratsiyada boʻlgan Mi-35M vertolyotlarini olgan edi. Armiya aviatsiyasi sohasida Qozogʻiston Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlar orasida bugungi kunda faqatgina 25 ta hujum vertolyotiga ega Oʻzbekiston (Global Firepower ranking maʼlumotlariga koʻra) bilan raqobatlasha oladi.

Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, shu jumladan strategik ittifoqchi va yaqin xorijdagi tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishida boʻlgan Qozogʻistonga koʻmaklashmoqda. Qozogʻistonning qurol yetkazib beruvchilarni diversifikatsiya qilish siyosatiga qaramay, Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik strategik sheriklik darajasida. 2015 yildagi kelishuviga asosan Kozogʻiston Respublikasi Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi harbiy texnikalarini RFning ichki narxlarida, shu jumladan Mi-35M vertolyotlarini sotib olishi koʻp narsadan dalolat beradi.

Himoya qobiliyatining sifatli oshirilishi

Qurolli kuchlar uchun 4ta yangi Mi-35M vertolyotlari, ehtimol, koʻp emas. Shunga qaramay, ushbu boʻlinma armiya aviatsiyasining zarba berish kuchining 20 foiz ortigʻiga oshishini taʼminlaydi. Mi-35M vertolyoti - bu zirhli transport vositalarini va dushmanning mustahkamlangan pozitsiyalarini yoʻq qilish, quruqlikdagi kuchlarni jangovar koʻmak bilan taʼminlash, desantlash (shaxsiy qurol bilan 8 nafar harbiyni), yaradorlarni evakuatsiya qilish, tashqi ilmoq va kabinada yuklarni tashish uchun moʻljallangan murakkab, yuqori texnologik jangovar kompleksdir.

Mi-35M koʻp maqsadli, hujum vertolyoti xususiyatlarga ega: maksimal tezlik - soatiga 300 km gacha, uzoqlik masofasi - 550 km, dinamik balandik - 5400 metr, yuk koʻtarishi - 2400 kggacha. U ogʻir sharoitlarda ekspluatatsiya qilinishga moslashgan, togʻlar va choʻlda samarali ishlashga qodir, ulkan jangovar kuchi va hayratlanarli darajada chidamlilikka ega.

Mi-35M burun qismida 23 mm diametrli ikki toʻpli artilleriya uskunasi bilan qurollangan (oʻq-dori komplekti - 450 ta oʻq). U turli xil konfiguratsiyalarda 8tagacha tankga qarshi raketa, ikki blok boshqarilmaydigan 122 mm raketa yoki 80 mm kalibrli toʻrt blokgacha koʻtarishi mumkin. Mi-35Mning girostabilizatsiyali optik-elektron stantsiyasiga ega soʻnggi aniqlash-nishonga olish tizimi oʻz ichiga teplovizion va televizion kanallarni, lazerli masofa oʻlchagich, va pelengatorni oladi. Bortdagi qurol operatori 240 daraja atrofida tasvirni koʻradi, raqibni aniq yoʻq qilish uchun koʻproq imkoniyatga ega.

Oldingi afsonaviy Mi-24 bilan taqqoslaganda, yangi vertolyot zamonaviy bort radioelektron tizimni, raqamli navigatsiya va indikatsiyani, yanada kuchli turbo-dvigatellarni (2ta 2200 ot kuchli), jangovar chidamlilikni oshirish uchun kompozit materialdan tayyorlangan asosiy rotor va rol rotorlarga ega boʻldi. Shikastlanishlardan tizimli himoya radiolokatsion stantsiya nurlanish detektorlari, issiqlik tuzoqlarini uchirish va IK-diapazonda toʻsiqlar yaratish moslamalari,ekipaj kabinasini va vertolyotning hayotiy tizimlarini samarali zirhlash, muhim tizimlarni koʻp marotabali zahiralash bilan taʼminlanadi. Yuqori texnologiyali uskunalar ekipajga yukni sezilarli darajada kamaytiradi, kunning istalgan vaqtida boshqariladigan va boshqarilmaydigan qurollardan foydalanish, yer usti nishonlarini kunduzi 10-25 metr, kechasi esa 50 metr balandlikdan hujum qilish imkonini beradi, jihozlanmagan joylardan uchadi va qoʻnadi. Ushbu darajadagi jangovar texnika – xavfsizlikning zamonaviy chaqiriqlariga ishonchli javobdir.

Geosiyosat va mintaqadagi xavfsizlik

Qozogʻiston MDHda harbiy rivojlanish boʻyicha yetakchilardan biri boʻlib, Rossiya bilan strategik hamjihatlikda Qurolli Kuchlar salohiyatini oshirishni rejali davom etmoqda. Harbiy qudratning dunyo reytingida Qozogʻiston Respublikasi 63-oʻrinni egallaydi, Markaziy Osiyoda u faqat dunyoning Top-50 roʻyxatiga kiruvchi Oʻzbekistondan ortda turadi xolos.

Avvalroq, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevga milliy armiyani samarali va raqobatbardosh qurol bilan jihozlash, harbiy taʼlim sifatini oshirish va xalqaro harbiy-texnikaviy hamkorlikni kuchaytirish haqida koʻrsatma bergan edi. Respublikaning mudofaa qobiliyatining oʻsishi raqamlar va faktlarda oʻz aksini topmoqda. Uch yillik mudofaa byudjeti (2020 - 2022), QR Mudofaa vazirligining maʼlumotlariga koʻra (https://sptnkne.ws/CN4k) jami 961 milliard tengeni (2,55 milliard dollar) tashkil etadi. 2020 yilga 331,9 milliard tenge toʻgʻri keladi, shundan 313,6 milliard Qurolli kuchlarni saqlashga va 18,3 milliard mutaxassislar resurslarini rivojlantirish va tibbiy taʼminotga sarflanadi. Qurolli kuchlarni moliyalashtirish barqaror.

Harbiy qurilish sohasida, Qozogʻiston Mudofaa vazirligi oʻsib borayotgan xalqaro terrorizm tahdidlarini, notinch Afgʻoniston va toʻrtta yadroviy davlatning qoʻshnichiligini hisobga olishiga toʻgʻri kelmoqda. Qozogʻiston harbiy doktrinasining mudofaa xususiyati tinchlikka sodiqlik va qurolli kuchlar yordamida milliy manfaatlarni himoya qilish qobiliyatini eʼlon qiladi. Respublika oʻz armiyasidan harbiy mojarolar va mintaqadagi keskinlik oʻchoqlarini bostirish va keyinchalik inqirozni tinch yoʻl bilan “yoʻq qilish” uchun foydalanishi mumkin.

Yaqqol koʻrinib turiptiki, Qozogʻiston Respublikasi armiya aviatsiyasini Mi-35M vertolyotlari bilan qayta jihozlash tendentsiyasi kelgusi yillarda ham davom etadi, chunki dunyoda undan yaxshirogʻi ishlab chiqarilmagan.  Qozogʻistonning janubiy qoʻshnisi boʻlgan Oʻzbekiston oʻz vertolyot parkini aynan shu Rossiya vertolyotlari bilan yangilayotgani bejiz emas. Eslatib oʻtamiz, undan oldingi Mi-24 bugungi kungacha dunyodagi eng keng tarqalgan hujum vertolyoti boʻlib qolmoqda (3500 dan ortiq nusxasi ishlab chiqarilgan), 63 dan ortiq mamlakat milliy armiyalarida xizmat qilmoqda. AQShda esa muntazam ravishda harbiy mashqlar paytida Rossiyaning Mi-24-ga qarshi taktikasini mashq qiladilar.

Asosiy mavzular