07:11 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Kolumnistlar
Havola olish
714 0 0

Yaqin kelajakda Facebook Twitter᾽dagi hamkasblaridan oʻrnak olib, “ehtimoliy zararli” nashrlarni alohida belgilashni boshlaydi, deb maʼlum qildi ilgʻor dunyoning haddan tashqari axloqiy vahima bosimi ostida tsenzurani yanada kuchaytirishga majbur boʻlgan Mark Tsukerberg.

Taʼkidlash joizki, uch hafta oldin Tsukerberg magʻrurlik va takabburlik bilan oʻzining tvitterdagi hamkasbi Dorsining xatti-harakatlarini takrorlamasligini maʼlum qilgan edi, deb yozadi RIA Novosti muallifi Viktor Maraxovskiy.

U "muammoli" postlarni, shu jumladan AQSH prezidenti Donald Tramp muallifligidagi postlarni jamoatchilikdan yashirmasligini va ular notoʻgʻri va yolgʻon xabarlar haqida ekanligi ogohlantirmasligini ham maʼlum qilgan. Shuningdek, Tsukerberg taʼkidlaganki, ijtimoiy tarmoqning ishi – haqiqat hakami boʻlish emas.

Umuman olganda, Amerikani vaqti-vaqti bilan qamrab oladigan va keyinchalik baʼzan Atlantikani kesib oʻtadigan "axloqiy vahima" mexanizmi koʻp yillar davomida bir xil boʻlib kelmoqda: jamiyatda avvaliga qandaydir aql bovar qilib boʻlmaydigan jinoyatda ayblov chiqariladi, soʻngra, ayniqsa, manfaatdor bosim guruhlari (jamoat, yoki siyosiy bosim boʻlsin) iqtisodiy va davlat idoralariga tazyiq oʻtkazishni boshlaydilar va natijada kimnidir jodugar singari katta maydonda yoqib yuborishadi, faollar esa aniqlanmay qolib ketgan yaramasni qidirishga tushishadi.

Xuddi shunday holat XVII asrning oxirida mashhur jodugar ovi paytida Salemda boʻlgan. Yana xuddi shunday holat XX asrning oʻrtalarida MakKartining yashirin kommunistlar koʻrinishidagi "jodugarlar ovi"da ham roʻy bergan. 1980-yillarda ham iblisni ulugʻlovchilar (satanistlar-tahr.) maxfiy tarmogʻining dahshati paytida ham shunday boʻlgan.

Soʻnggi yillarda bir jihati oʻzgardi: ilgʻor dunyoda axloqiy vahimani yaratish katta oqimga aylandi. Nazdimda, 2016 yildan beri navbatdagi vahima toʻlqini boʻlmagan biron bir tinch yil boʻlmadi:

  • 2016/2017: hamma joyda erkin dunyoni buzib chiqqan rus xakerlari
  • 2018: hamma joyda MeToo va erkin dunyoni zaharlayotgan rus josuslari
  • 2019: hamma joyda Greta va dunyoni oʻldirayotgan uglerod izi
  • 2020: hamma joyda tanaffuslarsiz: pandemiya, 5G, xitoy josuslari, Jorj Floyd oʻlimi va tizimli irqchilik.

Shunday qilib: joriy axloqiy vahima - shubhasiz qizishi, miqyosi, qurbonlari soni va jahldorlik darajasi boʻyicha rekordligidir.

Sayyoramizning barcha media makonlari boʻylab, Adolat uchun Kurashchilar maqomi ostida faollar guruhlar irqchilik (xuddi shu gomofobiya, xuddi shu Trampparastlik, huddi shu rus izi) belgilarini izlamoqdalar. Yodgorliklar qulatilib va petitsiyalar yozilmoqda. Tartibsizliklarda halok boʻlganlar soni oʻnlab, jarohatlanganlar soni - ehtimol minglablarga yetib bormoqda.

Dunyodagi barcha narsani ishlab chiqaruvchi korxonalar, siyosatchilar, butun biznes - oʻzlarini tezroq fosh qilishga va laʼnatli irqchi oʻtmish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan barcha narsalarni imkon qadar tezroq laʼnatlashga harakat qilmoqdalar. Men soʻnggi kunlarning eng yorqin misollarini maxsus yozib chiqdim:

  • Uncle Ben's ishlab chiqaruvchilari oʻz brendiga biron bir oʻzgartirish kiritishga vaʼda berishdi, chunki negr boʻlmish Ben amaki – 19 asrdagi keksa qullarning umumlashgan janubiy nomlanishiga yaqqol ishora.
  • Eskimo Pie muzqaymogʻining ishlab chiqaruvchisi qoʻrqinchli ravishda oʻzining shirinligi nomini oʻzgartirishini maʼlum qildi, chunki u oʻz shirinligi bilan olijanob eskimoslarni haqorat qilishni qilishni istamaydi.
  • Anglikan cherkovi rahbari (qirolicha bundan mustasno) Kanterberi arxiyepiskopi “Iso Masihning oq odam qiyofasini qayta koʻrib chiqish kerak” deb bayonot berdi.

Ushbu talvasalarning bizdagi zaif aks-sadolari - bu Moskvaning sushi restoranlari tarmogʻi avatarining jinsiy ozchiliklarning siyosiy bayrogʻi rangiga qayta boʻyalishi yoki nemis kontsernining mahalliy ilgʻor gʻoyalar komissarlari tomonidan Jorj Floydga yetarlicha hurmat koʻrsatmaganlikda ayblangan rossiyalik teleboshlovchi bilan reklama shartnomasini bekor qilishi.

Bu harakatlarning barchasi bir qarashda ahmoqona boʻlib tuyuladi, lekin aslida maʼnaviy vahima «gʻoyalar bozori» arboblari uchun xuddi fond birjasi vahimasi fond bozori arboblari uchun imkoniyat kabidir.

Agar birja chayqovchilari vaqtincha umumiy tartibsizliklar natijasida biron bir korxonaning aktsiyalarini qulatib, ularni foydali narxda sotib olishlari mumkin boʻlsa, unda gʻoyalar bozori chayqovchilari esa normallikni nazorat qilish paketlarini qoʻlga kiritish va oʻz nomiga oʻtkazish uchun axloqiy vahima davrlaridan foydalanadilar.

Shu sababdan ilgʻor dunyo aslida bugungi kunda “yangi normallik” davriga kirib bormoqda. Soʻz erkinligining asli ahamiyati haqidagi eski gʻoya doʻzaxga gʻarq boʻlganga oʻxshaydi.

Buning oʻrniga, u yanada yuqoriroq qiymat – soʻzdan  erkinlik kuchga kirmoqda.

Yaʼni, “seyftizm-xavfsizlik” - har narsadan xavfsizlik mafkurasi. Shu jumladan - shikastlovchi / haqorat qiluvchi / yoqimsiz soʻzlar va faktlardan havfsizlik. Yaqinda masxara qilingan “qor uchqunlari kabi tez erib ketadigan odamlar” (oʻzlarini juda nozik va juda noyob deb hisoblaydigan shuning uchun voqelikdan oʻzlariga nisbatan yumshoqroq munosabatni talab qiladigan mijgʻovlar) orasida paydo boʻlgan mafkura.

Shunday qilib: qandaydir bir hangoma sifatida boshlangan ushbu mafkura endi ham maʼno, ham mazmun, ham moliyalashtirishga va juda katta potentsialga ega boʻldi. Garchi u haqiqatni tsenzura qilib, Facebook va Twitter -dagi baʼzi “muammoli kontent qoʻmitalari” orqali shaxslarni va faktlarning barcha qatlamlarini yopib qoʻyishga sabab boʻlmoqda. Bunday imkoniyat gʻarbiy elitalarning juda kuchli va yuqori doiralari uchun jozibali koʻrinmoqda. Buni AQShning 2020 yildagi saylovlar arafasida ular uchun qanchalar kerakligi haqida gapirmasa ham boʻladi.

Boshqacha qilib aytganda, “qor uchqunlari” mafkurasi ijtimoiy, siyosiy va boshqa muhandislik sohalarida mukammal egallagan kuchlar oʻz muomalasiga kiritdi. Va endi ular tomonidan gij-gijlanayotgan “haq-huquq uchun kurash guruhlari” ishlab chiqaruvchilarga keskin ravishda tazyiq oʻtkazib, endilikda 90 ta katta reklama beruvchi oʻzida barcha notoʻgʻrilarni unini oʻchirishdan bosh torayotgan Facebook-ga boykotga qoʻshilishmoqda. Mana endi tarmoq aktsiyalari yetti foizga qulamoqda.

Va endi milliarder Mark Tsukerberg oʻzini, Yevrokomissiya maʼlumotlariga koʻra, uning tarmogʻi tomonidan “tarkibida nafrat bor” kontentni oʻchirilishi  82,6% dan 86% gacha oʻsgani bilan oqlamoqda. Endi u soʻz erkinligi printsiplarini qoʻldan boy berib (attang, u endi oʻta ahamiyatsiz va juda xavfli), haqiqiy tsenzurani joriy qilishni vaʼda qilmoqda.

... Bundan siz va biz, va mamlakatimiz uchun qanday xulosa chiqishi mumkin?

Juda sodda.

Agar bizning axborot makonimizni huddi shu ijtimoiy tarmoqlarni tashqaridan boshqarishga intilayotgan ilgʻor mafkura tashuvchilari boshqaradigan boʻlsa, bizning kelajagimiz shubha ostida qoladi.

Bu odamlar, amin boʻlganimizdek, qisman bizning axborot makonimizni hozirgacha boshqarishadi - taʼsir koʻrsatuvchi honimlar bilan reklama shartnomalari orqali, radikal feministik grant mikro-nashrlari shaklida “mafkuraviy nazorat qoʻmitalari” orqali, Tvitter tendentsiyalari ega oddiy Feysbuk orqali.

Agar davlatimiz “yangi normallik” gʻalabasi bayrogʻi alohida Moskva sushi barlari va Amerika elchixonasi binosining old tomonidan Rossiya koʻchalariga koʻchib oʻtishini istamasa, u oʻz ichki voqeligini chet ellik haqiqat hakamlari tomonidan tsenzuralanishi va mafkuralanishidan himoya qilishi kerak.

Va iloji boricha tezroq. Aks holda juda kech boʻladi - va Rossiyaning oʻzining axborot makonida (Gʻarbning yangi ichki axloqiga koʻra) “rus gomofob trollari” ortidan ov boshlanadi va “Rossiyaparast, yaʼni muammoli qarashlar” egalari ovozini asosli oʻchira boshlaydilar.

Asosiy mavzular