06:59 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Kolumnistlar
Havola olish
1328 0 0

AQShdagi saylovlar arafasida Rossiyaga qarshi talvasani kuchaytirishga qaratilgan yana bir urinish eng nufuzli The New York Times gazetasida amalga oshdi.

AQShdagi saylovlar arafasida Rossiyaga qarshi talvasani kuchaytirishga qaratilgan yana bir urinish eng nufuzli The New York Times gazetasida amalga oshdi. Aynan shu ommaviy axborot vositasi orqali Donald Trampni obroʻsizlantirish va Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalarni joriy qilish maqsadida mamlakatimizga qarshi yana bir hujum amalga oshirildi. Bu safar iloji boricha noyob bahona tarzda tanlandi. Amerika razvedkasidagi oʻz manbalariga tayangan holda taʼkidlashicha: “Rossiya yashirin tarzda afgʻon jangarilariga AQSH harbiylarini yoʻq qilgani uchun mukofot tayinladi. Tramp maʼmuriyati bir necha oylar davomida razvedkaning hayratlanarli xulosasi borasida nima qilish kerakligi haqida oʻylamoqda”.

Amerikalik kuzatuvchining nuqtai nazaridan, agar u The New York Times'ga ishongan boʻlsa, vaziyat dahshatli va oʻta tahqirli tus oladi: dunyoning bu tasvirida Rossiya Afgʻonistondagi amerikalik askarlarning murdalari va jasadlarini oʻziga xos kollektsiyaga yigʻuvchisi sifatida chiqadi, afgʻon jangarilari esa “Amerikalik oʻljalarni yigʻuvchilariga” aylanmoqda, ular “oʻldirilgan yankilarni qonli rubllarga almashtirishadi-da va bu goʻyoki Tramp maʼmuriyatining toʻliq harakatsizligi ostida sodir boʻlmoqda. Amerikaning eng obroʻli gazetasidagi quyidagi parchalarni oʻqib, oʻzlarini dunyo gegemoni deb bilishga odatlangan mamlakat fuqarolarining hissiyotlarini tasavvur qilish dahshatli:

“Rasmiylarning taʼkidlashicha, razvedka xulosalari haqida maʼlumotlar prezident Trampga yetkazilgan va Milliy xavfsizlik kengashi bu masalani mart oyining oxirida idoralararo yigʻilishda muhokama qilgan. Amaldorlar har xil variantlar roʻyxatini koʻrib chiqishdi - Moskvaga diplomatik eʼtiroz yuborishdan tortib qator sanktsiyalar va boshqa mumkin boʻlgan javoblar. Biroq, rasmiylar taʼkidlashicha, Oq uy hozircha biron bir harakatni maʼqullamadi.

AQSH va boshqa NATO qoʻshinlarining oʻldirilishini ragʻbatlantirish boʻyicha amaliyot AQSH va Afgʻoniston rasmiylari "Tolibon" deb nomlaydigan narsani Rossiya tomonidan qoʻllab-quvvatlashi muhim va provokatsion kuchayishi boʻlardi, va bu Rossiya josuslik boʻlinmasi Gʻarb qoʻshinlariga hujum uyushtirganligining birinchi holati boʻlar edi”.

The New York Times tomonidan Amerikaning ismi oshkor qilinmagan amaldorlari maʼlumotiga asosan tuzilgan mamlakatimizga qarshi ommaviy “ayblov dalolatnomasi”ga asoslanib bir nechta qaydlarni yozib oʻtishimiz kerak.

Birinchisi: 1990-chi va 2000-chi yillarda minglab Rossiya fuqarolarini oʻldirgan terrorchilarga AQSH, shu jumladan Amerika ommaviy axborot vositalari ochiq-oydin nashrli, logistik, diplomatik va axborot yordamidan soʻng va begona mamlakatlarning mustamlakachilari boʻlgan harbiylariga nisbatan haqiqatda “plash va xanjar” usullari qoʻllanilsa AQShning shikoyat qilishga maʼnaviy huquqi boʻlmasligi kerak.

Bundan tashqari, Rossiyaga qarshi ayblovlarning dalillari soni odatdagidek nolga teng.

Ikkinchi qayd: Umuman olganda, Amerika rahbariyati (isteblishment), ayniqsa oʻzining “imperialistikligi” va rusofobligi tufayli Nyu-York jurnalistlari xayrixoh boʻlgan qismining oʻzi, bugungi hal etilmagan terroristik muammo boʻlgan Afgʻonistonning toʻlaqonli yaratuvchisidir. Amerikalik mutaxassislar tomonidan afgʻon va nafaqat afgʻon - terrorchilik harakatlarining Amerika mablagʻlari va qurol-yarogʻlariga yaratilganligi haqiqati yaqqol tasdiqlangan. Eslatib oʻtish kerak, masalan, 2001 yildagi mashhur voqealardan oldin janob Ben Laden yillar davomida Amerika ommaviy axborot vositalari va siyosatchilarning yoqimtoyi boʻlgan. Bundan kelib chiqadiki, AQSH birinchi navbatda turli mamlakatlarda fuqarolik urushlari, ommaviy qotilliklar va terrorizmning gullab-yashnashi uchun sharoit yaratadi va bu harakatlarning kutilmagan oqibatlari AQSH harbiylarining oʻlimiga va AQShning xalqaro sahnada sharmandaligiga sabab boʻla boshlaganidan soʻng (yaqinda AQSH toliblar bilan nihoyatda kamsituvchi tinchlik sulhiga imzo qoʻyganidan soʻng aslida Afgʻonistonda taslim boʻldilar) Amerika darhol harbiy-media tizimi tubidan barcha sodir boʻlganga Rossiya aybdor va unga qarshi shoshilinch sanktsiyalar qoʻllanilishi kerakligi haqida ovozlar chiqa boshladi.

Ammo yaxshi yangiliklar ham bor

Holbuki, ilgari NYT yoki The Washington Post kabi nashrlarda muntazam chop etilayotgan AQSH harbiy idoralarining “sizib chiqqan maʼlumotlariga” xalqning ishonchi shunchalik yuqori boʻlib, nashr chiqqanliginig oʻzi deyarli darhol Tramp maʼmuriyatini “tovon toʻlash va tavba qilish”ga, hamda hech boʻlmaganda jamoatchilik oldida oʻzini oqlash uchun shoshilinch ravishda Rossiyaga nisbatan yangi sanktsiyalarni joriy qilishga majbur qilgan boʻlsa, endi vaziyat butunlay boshqacha koʻrinmoqda.

Koʻrinishidan, “Rashageyt” yillari va mutlaqo soxta ayblovlar va Rossiyaga qarshi murosasiz materiallar bilan qalbaki hujjatlar oʻz hosilini berdi: Amerika jamiyatining kattagina qismi endi oʻz ommaviy axborot vositalariga va oʻzining harbiy tuzilmalariga ishonmay qoʻydi, siyosatchilar esa nafaqat eng nufuzli ommaviy axborot vositalari va ularning manbalarini yolgʻonda ayblay oladi, balki ayni shu baxolarga muvofiq harakat ham qila oladi.

Prezident Donald Tramp bu daʼvolarga Tvitter orqali javob berdi: “The New York Times-ning soxta xabarlari oʻzining “anonim” manbasini oshkor qilishi kerak. Ishonchim komilki, ular bunday qila olmaydi, chunki bunday odamning oʻzi yoʻq!”

AQSH Milliy razvedkasi direktori vazifasini bajaruvchi Richard Grenell xuddi shu masalada Demokratik partiyalik kongressmen bilan ijtimoiy tarmoqdagi janjalga kirishib, uni razvedka maʼlumotlarini siyosiy maqsadlarda foydalanganlikda aybladi:

“Men bu haqda hech qachon eshitmaganman. Siz razvedkani siyosatga aralashtirishni davom ettirayotganingiz juda jirkanchdir. Siz hatto razvedka maʼlumotlari qanday tekshirilishini tushunmayotganiz koʻrinib turipti. Maʼlumotlarni anonim manbalardan muxbirlarga sizib chiqishi xavfli, chunki siz kabi odamlar buni siyosiy manfaatlar maqsadlar yoʻlida ishlatishmoqdasiz”.

The New York Times maqolasining kamida prezidentning xatti-harakatlari bilan bogʻliq qismiga raddiya, shu jumladan Amerika razvedkalari tomonidan rasman chop etildi. Nazariy jihatdan hamma narsa shunday boʻlishi kerakligi aniq, ammo hatto bunday xayolparast normallik - zamonaviy Amerika standartlari boʻyicha haqiqiy moʻʼjizadir.

Darvoqe, agar amerikalik jurnalistlar AQSH harbiylarining oʻldirilishining haqiqiy gijgijlovchilarini koʻrishni istasalar, unda ular oynaga qarashlari kerak.Jasadlar uchun mukofotlash - har doim ham moddiy boʻlmaydi va amaliyot shuni koʻrsatadiki, shon-sharaf yoki jamoat roziligini olish terrorizm uchun juda katta miqdordagi puldan ham koʻproq samaraliroq ragʻbatdir. Amerika politsiyasini, shuningdek konservativ qadriyatlar tarafdorlari va “trampistlarni” qoralayotgan The New York Times va Amerikaning boshqa nashrlari, aslida ularga nisbatan hissiy, psixologik munosabatda boʻladiganlarga, va ehtimoldan holi emaski, jismoniy zoʻravonlikni qoʻllaydiganlarga oʻziga xos “hissiy mukofot” vaʼda qilmoqdalar. Deyarli barcha Amerika nashrlari gijgijlovchilari sifatida chiqqan roʻy bergan soʻnggi tartibsizliklarda oʻldirilgan amerikalik politsiyachilarining qoni, shu jumladan liberal va ilgʻor Amerikalik jurnalistlar qoʻlida.

Ammo amerikalik politsiyachilarning hayoti bunday jurnalistlar uchun unchalik ahamiyatli emas va ular amerikalik askarlarning jasadlari ustida faqat aksil-Rossiya sanktsiyalari yoki Demokratik partiyaning manfaatlarini ilgari surish paytda oʻz koʻz yoshlar bilan qoʻllab-quvvatlash kerak boʻlganidagina koʻr-koʻrona yigʻlashni istaydilar.

AQShda ham, dunyoda ham bunday media-tuzilmalarga ishonishni istaydiganlar soni kamayib borayotgani ajablanarli emas. Umuman olganda, Amerikaning mavqei va buyukligiga qarshi asosiy fitna aynan The New York Times muharrirlari ishtirokida uyushtirildi. Ularga mukofot pulini chiqarishni taklif qilish mumkin edi, ammo ular barcha ishlarni tekinga qilib qoʻyishadi.

Asosiy mavzular