16:56 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Kolumnistlar
Havola olish
1931 0 0

Rasmiy Pekin Vashington senatorlari va Kongress aʼzolarining chaqirigʻini qabul qildi. Gonkong xavfsizlik qonuni qabul qilindi, bu esa Xitoy Vashingtonning sanktsiyalari xavfiga tayyorligini anglatadi.

Amerikaning mashhur tamoyilini qayta ifodalab, “siyosiy terrorchilar bilan hech qachon muzokara qilmang” yondoshuvini AQShning oʻziga nisbatan qoʻllanildi, desak boʻladi. Xitoy OAVlarining xabar berishicha, Gonkong xavfsizlik qonuni qabul qilindi, bu esa Xitoy Vashingtonning sanktsiyalari xavfiga tayyorligini anglatadi, chunki senator va kongressmenlar aynan shu qonun loyihasini qabul qilinishini toʻxtatishga uringanlar.

Umuman olganda, Pekin rahbarlari ikki tomonlama tanlovi boʻlgan: shantajga berilib, kim toʻgʻri kelsa uni qoʻzgʻatadigan mamlakat janubida haqiqiy separatistik anklavga ega boʻlish, yoki sanktsiyalarni duch kelish, ammo Xitoyning milliy oʻziga xosligi uchun juda muhim boʻlgan mamlakat birligini saqlab qolish.

“Gonkongning global moliyaviy markaz sifatida iqtisodiy inqirozi" mavzusini ilgari suruvchilar va ushbu qarorning tanqidchilari, bu siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan tanlov boʻlganini, tanlov iqtisodiyotga zarar keltirgan holda siyosat foydasiga hal boʻlganini taʼkidlashadi, lekin bu haqiqatdan ancha yiroq. Muammo shundaki, hech qanday qisqa muddatli iqtisodiy manfaatlar (albatta, sanktsiyalar boʻlmagan taqdirda ular qayd etilmay qolmas edi) mamlakat parchalanish jarayoni Gonkongda hozirning  oʻzida toʻxtatilmaganida, Xitoyga yetkazilgan iqtisodiy zararni hech qachon qoplay olmas edi.

Qonunning oʻzi, asosan, “rangli inqiloblarga” qarshi tegishli choralarni koʻzda tutmaydigan Gonkongdagi amaldagi qonunchilik tizimining ochiq-oydin zaifligini yopadi, bu kabi inqiloblarni tashkillashtirishga esa bizning Gʻarblik hamkorlarimiz ancha usta.

Rusofob-senator Maykl Rubiodan boshlab va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raabgacha boʻlgan Gʻarb jamoatchiligi quturish bilan ushbu tartibga soluvchi qonunni milliy darajada qabul qilinishiga toʻsqinlik qilishi, “rangli inqiloblari” Gʻarb qoʻgʻirchoq oʻynatuvchilarining oʻzlari boshqa davlatlardagi nishondagi auditoriya oʻz tarafdorlarining eng muhim xususiyatlarini tushunishlari sababi bilan bogʻliq.

Gʻarbga boʻysunish, “rejim jinoyati uchun tovon toʻlash va tavba qilish” (muhimi tovon toʻlash va tavba qilish AQSH Davlat departamenti va u tomonidan tayinlangan “mafkuraviy nazoratchilar” oldida amalga oshirilishi kerak) va boshqa “Gʻarb qadriyatlari” tarafdorlari, ularga nisbatan hech nima qoʻllanilmasligi taqdiridagina, barrikadalarga borishga va qoʻporuvchilik faoliyatida qatnashishga tayyor. “Toʻq sariq”, “soyabonlar”, “rangli” va “botqoq” inqiloblarning tarafdorlari oʻzlarining gʻoyalari uchun azob chekishni istamasliklari bilan oʻtmish davri inqilobchilaridan (xilma xil mafkuraviy yoʻnalishlardagi) tubdan farq qiladilar.

Ular juda boʻlsa rozi boʻladigani – mahbuslarni tashiydigan avtozakda biroz sayr qilish.

Bundan kelib chiqadiki, amerikaparast putch yoki separatistik harakatlardagi ishtirok ijtimoiy liftning bir turi sifatida qabul qilinadi: agar hammasi yaxshi ketsa, oʻz ijtimoiy mavqeingizni keskin oshirib, oʻz vatandoshlaringizni faol talon-taroj qilishingiz mumkin, agar bu ish bermasa, New York Times sahifalarida sizga atalgan joʻshqin maqolalardan zavq olishingiz mumkin, agar “oʻxshab qolsa”, hukumatning toʻymas “demokratiya taraqqiyotchilarini” toʻla va shartsiz xavfsizlik bilan tinchlantirish va ularga tovon toʻlash harakatlaridan zavqlanish qoladi.

Aftidan, qonun qabul qilinishi separatizm va davlat tuzilmalarini buzish maqsadida xorijiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilish jinoiy javobgarlikka tortiladigan xatti-harakatlar boʻlib, hech qanday tarzda Amerika va baʼzi Gonkong tuzilmalariga homiylik qilishga qaratilgan faoliyatni cheklashga olib kelmasligi mumkin. Ammo faktlar buning aksini koʻrsatmoqda: “rangli” inqilobchilar pul, kuch, qulayliklar va jamiyatning toʻlaqonli maʼqullashini xohlashadi. Ular qulayliklarni yoʻqotishi bilanoq, siyosiy hayotda ishtirok etish istagi darhol puchga chiqadi.

XXRning Global Times  tashqi-siyosiy nashri Gonkongning ayirmachilari va boshqa “demokratik ideallar”ning qonunlar qabul qilinganligi haqidagi birinchi mish-mishlar paydo boʻlgandan keyin qilgan jasur va qatʼiy harakatlarining roʻyxati keltirilgan. “Gonkongdagi Amerikaning qonuniy manfaatlarini himoya qilish” boʻyicha eng mashhur kurashchi - gʻalayonlar yetakchisi, senatorlar Rubio va Kotton, shuningdek CNN va Washington Post arzandasi - Joshua Vong dadillik va qatʼiyat bilan ... barcha siyosiy lavozimlardan isteʼfoga chiqdi va oʻzi yaratgan siyosiy tashkilotni yana ikki yetakchisi bilan birga tark etdi, va shu bilan Gonkong ayirmachilari bosh tuzilmasini rahbarsiz qoldirdi. Hong Kong Independence Union separatistik harakatining yetakchisi, hech ikkilanmay, darhol - dadil va qatʼiyat bilan Yevropaga qochdi. Uning siyosiy hayotdan ketgani haqida Gonkong hukumatining sobiq bosh vaziri Anson Chan habar berdi, Pekin OAVlariga koʻra esa, Chan aksil-Xitoy siyosiy harakatlarining soyadagi yetakchilaridan biridir.

Ayirmachilarning tanqidi yoki siyosiy hayotni tark etish toʻgʻrisida bayonotlari bilan baʼzi taniqli yozuvchilar va hatto tizimli muxolifat vakillari ham chiqdilar. Bu qonun hali kuchga kirmagan, ammo natijalari allaqachon oʻzining bilintirdi.

Ushbu qonunning qabul qilinishidan kutilgan yana bir natija - bu nafaqat Gʻarbning siyosiy yetakchilari tomonidan, balki harbiy mansabdorlari tomonidan ham Xitoyni qoralashi, ular aslida xalqaro munosabatlarda janjallar va ortiqcha keskinlikni vujudga chiqarmaslik uchun bu kabi siyosiy yoki diplomatik bayonotlar berishga haqli emas. Ammo, misol uchun, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg xohlayotgan narsa - bu aynan janjal va keskinlik, va u shunday dedi (Bi-bi-sidan iqtibos): “Xitoy bizning qadriyatlarimizni - demokratiya, erkinlik va qonun ustuvorligini baham koʻrmayotgani aniq”.

Hozirda Gʻarb Gonkong bilan qilmoqchi boʻlayotgani va Xitoyning ichki ishlariga aralashishiga urinayotgani - Rossiyaga qarshi “Qrim uchun” kiritilgan sanktsiyalar aslida Rossiyaning hech qaysi harakatlariga aloqasi yoʻqligining yana bir dalilidir, va kelajakda muqarrar “Gonkong” sanktsiyalari huddi rasmiy Pekinning Xitoyning ushbu maxsus maʼmuriy hududidagi xatti-harakatlari bilan bogʻliq boʻlmagani kabi bir hil.

Har qanday holatda ham sanktsiyalar va ichki ishlarga aralashishlar amalga oshadi, maʼqul bahonalarni - goʻyoki tahqirlanayotgan ozchiliklarning allaqanday afsonaviy huquqlarini himoya qilish boʻlsin yoki maʼlum bir mintaqada ayirmachilarni himoyasi boʻlsin - bu texnika masalasidir. Sabab doim topiladi va bugungi kunda biz ham, xitoyliklar ham yangi sanktsiyalarga tayyorlanishimiz vaqti keldi.

Manba: RIA Novosti

Teglar:
Xitoy, AQSH

Asosiy mavzular