16:56 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Kolumnistlar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1063)
108901

COVID-19dan davolanganlarning qonidagi koronavirusga qarshi antitanachalar qayta infektsiyalanishdan himoya qiladi deb ishoniladi.

TOSHKENT, 3 iyul - Sputnik, Alfiya Yenikeyeva. COVID-19dan davolanganlarning qonidagi koronavirusga qarshi antitanachalar qayta infektsiyalanishdan himoya qiladi deb ishoniladi. Baʼzi mutaxassislar hatto kasallanib davolanganlarga dunyo boʻylab erkin harakatlanishiga imkon beradigan maxsus “immun pasportlari” berilishini taklif qilmoqdalar. Ammo, olimlar aniqlashicha, tanasi xavfli patogen bilan busiz ham kurasha oladigan odamlar bor.

Tayyorlangan immunitet

Mart oyi boshida biorxiv.org saytida niderlandiyalik tadqiqotchilarning, hatto hech qachon COVID-19 bilan kasal boʻlmagan odamlar ham uning qoʻzgʻatuvchisiga qarshi immunitetga ega boʻlishi mumkinligi haqida maqola joylashtirildi. Bir oy oʻtgach, bu tadqiqotni dunyodagi eng taniqli ilmiy jurnallardan biri - Nature nashr etdi.

Biologlar atipik pnevmoniya deb atalmish ogʻir oʻtkir respirator sindrom epidemiyasi paytida olingan 47D11 inson monoklonal antitanachalarini sinab koʻrishdi. Uni qoʻzgʻatuvchi SARS-CoV hozirgi patogenga oʻxshaydi.

Infektsiyalangan hujayralarga kiritilgan antitanachalar virus zarralarini muvaffaqiyatli neytrallashtirdi. Ish mualliflari ushbu antitanachalar sogʻlom odamlarni infektsiyalanishdan himoya qilishlari va bemorlarga virusdan xalos boʻlishlari mumkinligini tahmin qilishdi.

Taxminan bir vaqtning oʻzida, shunga oʻxshash antitanachani Shveytsariyalik virusolog Dora Pint boshchiligidagi xalqaro olimlar jamoasi aniqladi. 2003 yilda atipik pnevmoniya bilan ogʻrigan bemorning qonida ular 25 ta antitanachani aniqladilar, ammo ulardan faqat bittasi yangi koronavirusni zararsizlantirdi. U virusli zarracha yuzasida har ikkala qoʻzgʻatuvchiga ham xos boʻlgan S-oqsilning bir qismini taniy oladi, unga bogʻlanib, SARS-CoV-2ni hujayraga kirishiga yoʻl qoʻymaydi.

Hujayralarning yodda tutish qobiliyati

Aprel oyida nemis tadqiqotchilari baʼzida koronavirusdan antitanachalar emas - bu gumoral immunitet deb ataladi, balki T-limfotsitlar - hujayrali immunitet himoya qiladi. Mohiyat shundaki, makrofag-hujayralari patogenni yeb tashlaydi, uning oqsillari parchalarini esa oʻzining membranasiga joylashtiradi. Ularni esa, oʻz navbatida, T-hujayralari maxsus retseptorlar yordamida farqlab oladi, bu retseptorlar antitanachalar singari immunoglobulinlarga tegishli boʻlib, antigenlarga oʻziga hos tarzda bogʻlanib oladi. Aynan shu immunitetni javob berishiga yordam beradi.

Maʼlum boʻlishicha, baʼzi T-hujayralar allaqachon SARS-CoV-2ga toʻgʻri javob bera olishadi. Shuning uchun bunday odamlar COVID-19ni osonroq boshdan kechiradilar yoki umuman alomatlarsiz ogʻriydilar.

Olimlar qonni COVID-19 bilan kasallangan va sogʻlom, infektsiyalangan odamlar bilan aloqada boʻlmagan va SARS-CoV-2ga antitanachalari boʻlmagan bemorlardan olishdi. Limfotsitlar ajratilib, keyinchalik koronavirusning S-oqsilining turli qismlariga mos keladigan molekulalar bilan taʼsir oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, sogʻlom koʻngillilarning deyarli 30 foizida xavfli patogen oqsiliga javob beradigan T-hujayralar mavjudligi maʼlum boʻldi. Shu bilan birga, ular koʻpincha boshqa koronaviruslarning S-oqsil qismlariga oʻxshash parchalarni aniqladilar - masalan, odatdagi HCoV-229E shamollashini. Shuningdek, ularning qonida ushbu turdagi viruslarga qarshi antitanachalar ham aniqlangan.

Bundan tashqari, SARS-CoV-2ga javob beradigan T-hujayralari COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning koʻpchiligida aniqlangan. Ularga ega boʻlmaganlar, odatda kasallikni ogʻirroq kechirgan.

Tadqiqot mualliflarining fikriga koʻra, ular olgan maʼlumotlar SARS-CoV-2ga qarshi ehtimoliy kross-reaktiv hujayrali immunitet imkoniyatini koʻrsatadi. Boshqacha qilib aytganda, ilgari mavsumiy koronaviruslarni boshdan kechirgan odamlar (odatiy OʻRVIning 20 foizini aynan ular qoʻzgʻatadi deb ishoniladi) allaqachon COVID-19 ga qarshi immunitetga ega.

Bu bilan, ayniqsa, bolalar va yoshlar ushbu kasallikni osonroq boshdan kechirishini tushuntirsa boʻladi. Ular koʻprok gavjum joylarga (xuddi shu bolalar bogʻchalari, maktablar va universitetlar) tez-tez tashrif buyurishadi, bunda esa ularga oddiy koronavirus shamollashi ilashishi ehtimoli koʻproq, va bu oʻz navbatida kross-reaktiv immunitetni taʼminlaydi.

Davolanib chiqdi, demak himoyalangan

Bir oydan keyin nemis olimlarining taxminlari amerikalik hamkasblari ham tasdiqladi, ular bemorlardan 2015 yildan 2018 yilgacha olingan qon namunalarini oʻrganishdi - yaʼni ular COVID-19 haqida bilmaganlarida. Deyarli barcha biologik materiallarda ular SARS-CoV-2 infektsiyasida paydo boʻladigan spetsifik hujayrali immunitetning belgilarini topdilar.

Gap ikki xil immunitet hujayralari - T-qotillar (CD8 hujayralar) va T-yordamchilar (CD4 hujayralari) haqida ketmoqda. Birinchilari viruslarni yuqtirgan hujayralarni aniqlaydi va ularni yoʻq qiladi - baʼzan mustaqil ravishda, baʼzida hamkasblarini yordamga jalb qilib. Ikkinchilari T-qotillar sonini koʻpaytiradi va maʼlum bir patogenga nisbatan javobini kuchaytiradi.

Uch-besh yil oldin olingan namunalarning taxminan yarmida olimlar hozirda COVID-19 bilan kasallanib chiqqan odamlarga xos boʻlgan CD4 hujayralarini aniqladilar. Bundan tashqari, ularning 20 foizida shuningdek CD8 hujayralari aniqlandi, yangi koronavirus bilan ogʻrib chiqqan bemorlarda esa CD8 hujayralari 70 foizida topilgan. Demak, Yerning sogʻlom aholisining deyarli yarmi yangi kasallikka qarshi immunitetga ega boʻlishi mumkin, deb yozadi tadqiqot mualliflari.

2015-2018 yillarda olingan qon namunalarini qoʻshimcha oʻrganish, insonning eng taniqli ikkita koronavirus - HcoV-OC43 va HcoV-NL63ga qarshi antitanachalarni mavjudligini koʻrsatdi. Boshqacha qilib aytganda, ilgari boshqa koronavirus infektsiyalari kasallangan va davolangan odamlar SARS-CoV-2 ga qarshi immunitetga ega boʻlishdi. Ehtimol shu bilan COVID-19ni alomatlarsiz kechishini tushuntirsa boʻladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1063)

Asosiy mavzular