13:51 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Kolumnistlar
Havola olish
93111

Kamdan-kam uchraydigan holat: ikkita harbiy flot, Amerika va Xitoy, bir vaqtning oʻzida Janubiy Xitoy dengizida manevrlar oʻtkazmoqda.

AQShning hozirgi maʼmuriyati rahbarlarining Yevropani (va NATOni) surunkali tahqirlayotgani maʼlum. Aslida, muallifning taʼkidlashicha, ular yevropaliklarga quyidagini tushuntirishmoqda: agar xavfsiz yashashni istasangiz - yashang, bizga buni hech qanday aloqasi yoʻq, hatto NATO toʻlovlarini toʻlamasangiz ham.

Kamdan-kam uchraydigan holat: ikkita harbiy flot, Amerika va Xitoy, bir vaqtning oʻzida Janubiy Xitoy dengizida manevrlar oʻtkazmoqda. Va yonma-yon, baʼzan ular bir-birini koʻrishadi ham. Koʻrinishidan, AQSH bunga befarq boʻlishi kerak – davlat fuqarolar urushi yoqasida (prezident Donald Tramp 4 iyul kuni nima deganini eslash kifoya). Va Xitoyda ham koronavirusdan keyin qayta ishga tushishni hisobga olsak, barchasi uncha yaxshi emas. Shunga qaramay, ular bir-biriga namoyishkorona nimaga qodir ekanligini koʻrsatib, mashqlar oʻtkazmoqda.

Avvalroq, Amerika va Xitoy oʻsib borayotgan okean qarama-qarshiligi borasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita maxsus hujjatlar bilan almashdilar. Ushbu hujjatlardagi umumiy jihat shundaki, ular quyidagilarga guvohlik berishadi: Atlantika, Yevropa kechagi kunda qoldi, superdavlatlarning asosiy strategik raqobati bugun Tinch okeanda, Xitoy sohillarida boʻlib oʻtmoqda. Bu uzoqqa choʻziladi.

AQShning hozirgi maʼmuriyati rahbarlarining Yevropani (va NATOni) surunkali tahqirlashlari maʼlum. Aslida, ular yevropaliklarga quyidagini tushuntirishmoqda: agar xavfsiz yashashni istasangiz - yashang, bizga buni hech qanday aloqasi yoʻq, hatto NATO toʻlovlarini toʻlamasangiz ham. Bugungi kunda sizning gʻarbiy frontingiz hech kimga kerak emas, chunki biz uchun bu uzoq vaqtdan beri asosiy - sharqiy yoʻnalishdir. Bu haqiqat: AQSH uchun jahon taraflari mutlaqo teskaridir, ular uchun Tinch okeani gʻarbda.

Janubiy Xitoy dengizini oʻrganish boʻyicha Xitoy milliy instituti tomonidan tayyorlangan birinchi hujjat tafsilotlari quyidagicha. Bu yerda raqamlar qiziq. Ular guvohlik berishicha: bugungi kunda AQSH harbiy kemalarining 60%, armiya boʻlinmalarining 55% va dengiz piyodalarining 2/3 qismi Hind-Tinch okeani qoʻmondonlik hududiga kiradi. Ular joylashgan joyda hech qanday himoyalanish yoʻq; 85 ming qurollangan xodimlardan (jami 375 ming “xind-tinch okeani” harbiylaridan) Xitoy sohillariga qarab joylashtirilgan. Texnika va qurol-aslahalar ham Yevropa darajasidan yuqoriroq. Xitoyga uning imkoniyatlari hatto oʻz qirgʻoqlarida ham Amerikaga yeta olmasligini eslatmasa ham boʻladi, bu maʼlum haqiqat.

Oldimizda AQShning hozirgi maʼmuriyati tomonidan 2018 yil atrofida chizilgan tasvir. Bu tasvirga, shuningdek, ushbu mintaqadagi bahsli hududlarga kirayotgan va uchayotgan amerikaliklarning soni ortib borayotgani va Xitoy harbiy-havo kuchlari va dengiz floti kelgindilarga toʻsqinlik qilib, ularni haydayotgani qoʻshiladi. Ammo har safar buni qilish tobora qiyinlashmoqda, chunki AQSH kuchlari tobora koʻpayib bormoqda, yaqinda Osiyo dengizlarida noyob manzara paydo boʻldi: uchta aviatashuvchi guruh (har biri 11tadan) birgalikda yonma-yon koʻrindi. Muqarrar natija - mintaqada Xitoy imkoniyatlari kengayishi.

Ushbu hujjatlarning ikkinchisi avvalroq AQSH tashqi ishlar Kengashi tomonidan tadqiqot hisoboti sifatida tayyorlangan. Unda Xitoyning salohiyati oshayotganligi va amerikaliklar Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlarini, shu jumladan Tayvanni, lekin avvalo Yaponiya, Avstraliya, Filippin va boshqa xohlovchilarni himoya qilish qobiliyatini saqlab qolish kerakligi tushuntiriladi.

Bularning barchasi nimani anglatadi: biz yana - oʻtgan asrning 50-60 yillariga qaytdik, shunga oʻhshash vaziyat SSSRning gʻarbiy chegaralarida, birinchi navbatda Yevropada yuz bergan edi. Unda eng qiziq narsa mafkura va siyosat sohasida amalga oshgan: ittifoqchilar yagona tizimga birlashtirib, butun dunyoga SSSR har narsada sof yovuz ekanligini tushuntirishgan. Xuddi shu tarzda, bugungi kunda AQSH maʼmuriyati oʻz xalqiga zulm oʻtkazayotgan va amerikaliklarning ishlariga aralashayotgan, tajovuzkor Xitoy haqida kutilmagan koʻrinishga ega afsonani yaratmoqda. Oʻsha paytlarda aksil-sovet mafkurasi vujudga kelishining oqibatlari hozirda ham bir oz boshqacharoq davlat - Rossiyada sezilmoqda. Xuddi shunday oqibatlarni Xitoy ham oʻnlab yillar davomida kutishi kerak: afsonalar uzoq yashaydi. Garchi bir necha yil oldin, Gʻarblik uchun Xitoy boshqacha koʻrinar edi.

Ammo agar hozirda 50-60-yillar Tinch okeani hodisalarining qayta nashri boʻlayotgani boʻlsa, 1962 yildagi Karib dengizi inqirozi Tinch okeanida takrorlanishi mumkinmi? Albatta. Eslatib oʻtamiz, inqiroz AQSH va SSSR koʻrinmas chiziqni bosib oʻtib, yangi hududlarda - mos ravishda Turkiya va Kubada - bir-birlariga hujum qilish vositalarini oʻrnatganlarida vujudga keldi. Unda har lahzada yadroviy zarbalarning hidi sezilgan. Qarama-qarshilikning tugashi, superdavlatlarning qarama-qarshiligini oʻttiz yilgacha turgʻun bosqichga oʻtkazdi, bu bugungi kunda ham takrorlanishi mumkin.

Tasavvur qilaylik, AQSH bu kabi ishni mavjud boʻlganlarga qoʻshimcha ravishda Osiyoning boshqa davlati hududida amalga oshirsa, Xitoy esa birinchi marta mudofaa pozitsiyasidan chiqib, oʻz arsenallarini Amerika qirgʻoqlariga yaqinlashtirsa nima boʻladi. Butun dunyo strategik muvozanati oʻzgaradi. Hozircha Osiyoda roʻy berayotgan harbiy harakatlarning sababi shundan iboratki, Xitoy suv osti kemalari Janubiy Xitoy dengizi va boshqa dengizlarda joylashgan va ular Amerika hududlariga qarshi javob berishga moʻljallangan. Qolgani esa vaziyatning mafkuraviy va diplomatik bezatishlaridir. Bundan tashqari, gap dunyoning birinchi iqtisodiyoti boʻlgan Xitoydan tashqi dunyoga olib boradigan savdo yoʻllari va AQSH uchun xuddi shu dengizlar orqali deyarli teng yoʻnalishlar haqida ketmoqda, ammo bu ikkinchi masala. Ikkala tomon ham ushbu dengiz yoʻllarini nazorat ostida ushlab turishni istaydi.

Bugungi dunyo 50-yillarning oxiriga unchalik oʻxshamaydi, deyishingiz mumkin. Fuqarolar urushi kuchayayotgan yoki hech boʻlmaganda maʼmuriy tizim qulashining arafasida turgan Amerikadan, xuddi Eyzenxauer yoki Kennedi davridagi AQShdan  kutsa bulganini kutmasa ham boʻladi. Qaysidur paytda AQSH harbiy-dengiz floti koronavirusdan yakson boʻlganini koʻrsatishga uringan Xitoy tashviqotini eslamasak ham boʻladi.

Ammo asosiy gap shundaki, Eyzenxauerning Kennediga almashtirilishi Amerikaning kuchliroq ichki inqirozidan oldingi soʻnggi tinch nafas rostlab olishi boʻldi. AQShda kechroq 60-chi yillar falokat yuz berdi, ular mamlakatni ichidan vayron qilish bilan tahdid qilishgan va buning sababi, boshqalar qatorida avlodlar va mafkura almashinuvi edi. 60 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, ichki isyon Amerikaning Indo-Xitoyda urush olib borish qobiliyatini va SSSR bilan shiddatli toʻqnashuvni davom ettirish istagini puchga chiqardi. Ammo hech boʻlmaganda Karib inqirozi, shuningdek, Indo-Xitoyga harbiy mashinaning jalb qilinishi oʻz yoʻliga davom etdi. AQSH katta davlatdir, kimdir jamiyatning parchalanishi va boʻlinishidan qoʻrqdi, baʼzilari esa aviatashuvchilarni zarbalar berish uchun chiqardi.

Oldingi davrda boʻlgani kabi, koʻp narsa AQSH ittifoqchilari pozitsiyasiga ham bogʻliq. Ammo bir savol doim javobsiz qolmoqda - Amerika diplomatiyasining eslatmalariga qaramay, yillar davomida betaraflikni saqlashga urinayotgan Janubiy-Sharqiy Osiyoning oʻnta mamlakatining roli: sizning Xitoy bilan hududiy nizolaringiz borku ahir ... Ularning javobi: ammo Xitoy baʼzilarimiz  uchun birinchi va baʼzilarimiz uchun ikkinchi iqtisodiy hamkordir.

Muammo shundaki, ASEANning faol diplomatiyasi ham umuman diplomatiya kabi huddi shunday osilgan holatda: koronavirus tufayli. Oʻtgan hafta ASEAN sammiti video-formatda boʻlib oʻtdi, ular Xitoy bilan nizolarni hal qilish boʻyicha standart hujjatni qabul qildilar va boʻldi shu bilan. Agarda pandemiya xalqaro muloqotni buzib mavjud vaziyatlarni muzlatib qoʻygan boʻlsa, bu hali hech narsa emas. Agar u inqirozni oʻchira oladigan mexanizmlarni falaj qilsa, unda hammasi yomon. Sharqiy front shunisi bilan gʻayrioddiy va shu bilan uning havfliligi kamaymaydi.

Manba: RIA Novosti

Asosiy mavzular