18:21 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Kolumnistlar
Havola olish
91330

S-400 "Triumf" zenit-raketa tizimining yangi sinovi orqali Anqara respublikaning mudofaa qobiliyatini va haqiqiy suverenitetini mustahkamlash boʻyicha qatʼiy pozitsiyani namoyish qilmoqda

S-400 "Triumf" zenit-raketa tizimining yangi sinovi orqali Anqara respublikaning mudofaa qobiliyatini va haqiqiy suverenitetini mustahkamlash boʻyicha qatʼiy pozitsiyani namoyish qilmoqda - Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan dunyodagi eng yaxshi qurollarni sotish yoki ularni AQShning harbiy-texnikaviy hamkorlikdagi allaqanday imtiyozlariga oʻrniga almashtirishsiz.

4 iyuldan boshlab Turkiya Myurted aviabazasida turli balandlik va masofalarda uchayotgan F-16 va F-4 qiruvchi samolyotlariga qarshi Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini (ZRT) yangi sinovlarini oʻtkazmoqda. Anqara Vashingtonning Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaa va raketalarga qarshi tizimlarini ishlatish bilan bogʻliq koʻplab ogohlantirishlarini eʼtiborsiz qoldirdi.

“Triumf”ni AQShda ishlab chiqarilgan F-16 Viper va F-4 Phantom II qiruvchi samolyotlarida sinovdan oʻtkazishi bejiz emas. Oʻtgan yili AQSH xavotirlariga qaramay, turk mutaxassislari S-400ni Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlariga qarshi - Anqara uzra turli balandliklarda sinab koʻrishdi. “Triumf”ning koʻp bosqichli sinovlari 2020 yil noyabrgacha davom etadi.

S-400larni yetkazib berish oʻtgan yozda boshlanib, Anqara va Vashington munosabatlarida ziddiyatlarga olib keldi. Amerikaliklar turk hamkorlaridan kelishuvdan voz kechib, Patriot tizimlarini sotib olishlarini talab qilishdi, Turkiyani F-35 qiruvchisining qoʻshma ishlab chiqarish dasturidan chetlatish bilan tahdid qilishdi. Anqara harbiy-siyosiy bosimga bardosh berdi, yon bosishni rad etdi va bir necha bor “Triumf” alyansga tahdid solmasligini taʼkidladi.

Rossiya Turkiyaga S-400ning toʻrtta divizionini yetkazib berish boʻyicha 2,5 milliard dollarlik birinchi shartnomasini oʻtgan yil noyabr oyida yakunladi. 2020 yil iyun oyida Anqara va Moskva “Triumf”larning ikkinchi toʻplamini (polkini) yetkazib berish boʻyicha printsipial kelishuvga erishdilar. Shunda Turkiya Respublikasi mudofaa sanoati kotibiyati rahbari Ismoil Demir shunday bayonot berdi: “S-400 tizimi foydalanish uchun sotib olinmoqda. Nuqta”. AQSH esa hanuz Turk zaminida “Triumf”ni yoʻq qilish yoʻlini izlamoqda: ular uni sotib olishni, Amerika komplekslari bilan almashtirishni taklif qilishmoqda, va yangi sanktsiyalar bilan tahdid qilishmoqda.

“Triumf” abadiy

Turkiyada S-400ning sinovlari aniqlanish masofasini tekshirish, kuzatuv barqarorligi, yoʻq qilish samaradorligi va boshqa jangovar parametrlarni aniqlash uchun oʻtkaziladi. Anqara yaqinida, Myurted aviabazasida joylashtirilgan rus zenit-raketa tizimlari bir necha bor haqiqiy ayerodinamik nishonlarda, shu jumladan F-35 va F-22 samolyotlarida sinovdan oʻtkazilmoqda. Maʼlum boʻlishicha, maxfiy va goʻyoki radarlar uchun koʻrinmas beshinchi avlod Amerika qiruvchilari, uch marta “Triumf”lar aniqlash va zarba berish radiusida koʻringan. Qora dengiz va Turkiya hududi orqali Yaqin Sharqqa rotatsiya va koʻchirilishi paytida, AQSH harbiy-havo kuchlarining F-35 va F-22 yoʻnalishlari Myurted aviabazasidan 200 kilometr naridan oʻtkaziladi.

Fighter Jets World nashri xabariga koʻra, Turkiya havo mudofaasi mutaxassislari radiolokatsion stantsiyalari imkoniyatlarini turli xil rejim va balandliklarda sinab koʻrishmoqda. Turkiya tomoni Rossiyaning S-400 tizimlarini Amerika beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarida sinovi tafsilotlarini oshkor qilmayapti. Ammo, harbiy ekspert Viktor Barenetsning maʼlumotlariga koʻra, ushbu tekshiruv ishtirokchilaridan biri “Rosoboroneksport” vakili bilan suhbatda shunday dedi: “Amerika samolyotlari radar ekranlarida shiftdagi pashshadek koʻrinadi”. Shikoyatlar yoʻqligi va yangi yetkazib berish istiqbollarini hisobga olgan holda, Anqara “Triumf”dan toʻla qoniqdi, deb taxmin qilish mantiqan toʻgʻri boʻladi.

Oldinroq Turkiya mudofaa vazirligi S-400ni joylashtirish muvaffaqiyatli kechganini, Rossiya tizimi F-16 Fighting Falcon qiruvchi samolyoti radiolokatsion stantsiya qoplash chegarasida - 600 kilometrdan oshiq masofada aniqlaganini, nihoyatda past balandliklarda barcha nishonlar aniqlanganini xabar qilgan edi. "Triumf" dunyo qurol bozoridagi eng mashhur 4-avlod qiruvchi-bombardimonchisini topibgina qolmay, tizim nishonga zarba berish hududiga kirishidan oldin raketalarni yuborishga doimo tayyor. Yaʼni, jangovar navbatchilik rejimida F-16 Fighting Falcon samolyoti 400 kilometr masofada avtomatik ravishda yoʻq qilinadi. Eslatib oʻtaman, bitta yengil F-16 qiruvchi samolyotining narxi 50 million dollarga, “koʻrinmas” F-35 esa ikki baravar qimmat.

Yangi imkoniyatlar davri

Myurted aviabazasidagi “Triumfal”(yaʼni tantanali-tahr.) sinovlar Amerika qiruvchi aviatsiyasi mavqeiga katta putur yetkazdi. Shunday boʻlsa-da, Anqara bilan haddan tashqari tortishish Vashingtonning foydasiga zarar. Turkiya hududidagi Injirlik aviabazasida Amerika yadro qurollari saqlanadi, bu AQSH Havo kuchlarining qaynoq mintaqadagi asosiy tayanch punktidir. Geosiyosiy jihatdan Turkiya AQSH va NATO uchun juda muhimdir, shuning uchun ittifoqdagi oʻyin qoidalariga hech qanday xavflarsiz taʼsir oʻtkazishi mumkin. Anqarani Moskva bilan kutilmagan yaqinlashishi, Gʻarb hamkorlarining diktati va tashqi bosimini yanada zaif qiladi.

S-400 sotib olgani sababli Vashington Turkiyaning F-35 dasturidagi ishtirokini muzlatib qoʻydi (Anqara “jazolandi”, ammo dasturdan chiqarilmadi). Ushbu cheklov kiritilganidan keyin Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻglu Rossiyadan soʻngi Su-35 va Su-57 qiruvchi samolyotlarini sotib olish mumkinligini maʼlum qildi. MAKS-2019 aviakoʻrigida bunday “tarixiy hodisa”ning ehtimolligini Harbiy-texnik hamkorlik Federal xizmati rahbari Dmitriy Shugayev ham tasdiqladi. Vaziyat rivojlanmoqda, ammo dastlabki natijalarni bugunning oʻzida sarhisob qilish mumkin.

Agar Turkiya haridining jangovar salohiyatini obʼyektiv baholaydigan boʻlsak, unda respublikaning mudofaa qobiliyatining sifat jihatidan koʻtarilishi sezilarli: bitta "Triumf" batareyasi 72tagacha nishonga qaratilgan raketaga ega va bir vaqtning oʻzida 36ta nishonga zarba bera oladi. Raketalar turli xilligi S-400-ga qiruvchi-bombardimonchilarni, dronlarni, qanotli raketalarni, taktik va ballistik raketalarni 5 metrdan 30 kilometrgacha balandlikda (2km dan 400km gacha masofada) samarali va farqli ravishda urib tushurishga imkon beradi. "Triumf" tizimi turli masofali zenit-raketa tizimlarini birlashtira oladi va havodan mudofaa tizimlarining muhim tarmogʻini boshqarishga qodir (turk mutaxassislari Rossiyaning “Pantsir-C1”, “Tor-M1” havo mudofaasi tizimlariga ham ehtiborini qaratishi lozim). Havo mudofaasining buzib boʻlmas gumbazi Turkiyaga havo kuchlarining rivojlanishidagi baʼzi kechikishlarni qoplashga imkon beradi.

Shak-shubhasiz texnologik mukammallik va harbiy qudratga ega boʻlgan Turkiyadagi rus “Triumfi”, bitta ham oʻqsiz koʻp qirrali dunyoni kuchaytiradi, arxaik harbiy blok va uning oʻzini tayinlagan gegemonlarini joyiga qoʻyadi. Shu bilan birga, yangi imkoniyatlar davri yaqinlashmoqda va Anqarada Rossiyaning S-500 “Prometey” zenit-raketa tizimini sotib olish muhokama qilinmoqda. Rossiyaning uzoq masofali havo mudofaa tizimlari xalqaro bozorda va jangovar pozitsiyalarda Gʻarbning unchalik mukammal boʻlmagan analoglarini siqib chiqarishda davom etmoqda.

Asosiy mavzular