15:50 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Kolumnistlar
Havola olish
1478 0 0

Kuni kecha Amerika prezidenti Donald Tramp siyosiy texnolog Rojer Stounni qamoqdan ozod qilishga qaror qildi.

Buni AQSH tarixidagi burilish nuqtasi deb hisoblash mumkin – bu bilan Amerika siyosiy hayoti “anglosakson modeli”ning qay bir maʼnodagi chegaralangan rasmiy rejimidan, boshi anchadan beri fuqarolar urushidan chiqmayotgan Janubiy Amerikaning biron bir banan respublikasi yoxud Yaqin Sharq davlatiga tobora oʻxshab qolmoqda.

Stoun - Amerika prezidentining eski hamkori. “Trampning Rossiya uchun faoliyati” boʻyicha tergov doirasida u “kongress oldida soxta guvohlik bergani”, shuningdek, prokuratura guvohlariga taʼsir koʻrsatishga harakat qilgani va “adolatga toʻsqinlik qilgani”ga, yaʼni Amerika prokurorlari Oq uyda Rossiya agentlarini qidirishga qaratilgan “jodugarlarga qarshi ov”ga qarshilik koʻrsatgani uchun 40 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Stoun unga va uning oilasiga kuchli tazyiq oʻtkazilganiga qaramay, prezidentga tuhmat qilishdan bosh tortgani uchun “Tramp uchun jafo chekkan” deb nom qozondi.

Nega Trampning qarorini bosqichli deb hisoblash mumkin.

Umuman olganda, Gʻarbiy (Amerika) boshqaruv tizimining ulkan ustunligi elita ichidagi mojarolarning barcha ishtirokchilari bir necha asosiy qoidalarga rioya qilishida edi. Birinchidan, ichki siyosiy mojarolarda rangli inqiloblar texnologiyasini qoʻllash mumkin boʻlmagan. Ikkinchidan, elita ichidagi mojarolarni hal qilishda, aslida milliy xavfsizlikni himoya qilishi kerak boʻlgan davlat tuzilmalaridan foydalanib boʻlmasdi. Uchinchidan, butun tizim barqarorligini va unga saylovchilarning ishonchini saqlab qolish maqsadida sud qarorlari hurmat qilinishi kerak boʻlgan. Bu ichki siyosiy kurash oq qoʻlqoplarda va oliyjanoblik tamoyillari asosida olib borilishini anglatmagan, ammo qandaydir darajada oʻzaro hurmat, shuningdek, qarindoshlarni taʼqib qilishdan voz kechish va siyosiy muxoliflarni jismoniy yoʻq qilishga (yoki qamatishga) urinishdan voz kechish haqiqiy fuqarolik urushlaridan himoyani taʼminlagan va keyingi gʻolibga saylovlardan keyin vayronaga aylangan va qonga bulangan emas, aksincha, haqiqatan kuchlik mamlakatni boshqarishini kafolatlagan.

2016 yilda siyosiy raqiblarni taʼqib qilish boʻyicha taqiqdan voz kechildi: Tramp kampaniyasining shiori “Uni qamang!” boʻldi (Hillari Klinton nazarda tutilgan), demokratlar esa, oʻz navbatida, Tramp va uning butun oilasi oʻz vatanlariga xiyonat qilganligi va Putinga ishlashda ayblanib (aniq soxta ayblov bilan) panjara ortiga ketishini ochiqchasiga orzu qiladilar.

2016 yilgi saylovlar bilan bir vaqtda, ichki siyosiy kurashda maxsus xizmatlardan bevosita va keng miqyosda foydalanish boʻyicha (oldinlari kamdan-kam hollarda buzilgan) taqiqdan ham butunlay voz kechildi: FBR va TSRU boshliqlari Tramp gʻalaba qozongan taqdirda “kafolat” yaratish yoʻlida ochiqchasiga ish olib bordi va bu “kafolat” “rashageyt”da va “ukrainageyt” uchun navbatdagi impichmentga urinishda qoʻllandi, va bu ikkala mutlaqo aqlsiz amaliyotdan Amerika jamiyatining bir qismi larzaga keldi: jamiyat oʻz xavfsizlik kuchlariga soʻzsiz ishonishga va ularning siyosiy fitnaligiga oid har qanday shubhalarni asossiz nazariyalar sifatida chiqarib yuborishga odatlanib qoldi.

Rangli texnologiyalardan foydalanishning dastlabki belgilari va hokimiyatni egallash uchun tartibsizliklarning “sinovi” bundan bir necha yil oldin ham qayd etilgan, ammo faqatgina 2020 yilda “koʻcha”dan foydalanish taqiqiga barham berildi: Amerikaning deyarli barcha yirik shaharlarida boʻlib oʻtgan tartibsizliklar yaqqol aksil-prezident hususiyatga ega boʻldi va ular demokratchi-siyosatchilar tomonidan ochiqchasiga qoʻllab-quvvatlangan qotillik va vandalizmlar bilan hamohang boʻldi.

AQSH siyosatida “Anfan terribl” (shoʻx, erka-tahr.) maqomiga ega Trampning oʻzi ham oʻz shaxsiy tvitterida maxsus xizmatlar, demokratlar, sudyalar va OAVlarga qarshi olovli chiqishlarida obroʻsida turib, bir qator “qizil chiziqlardan” kechib oʻtmagani gʻoyat hayratlantirdi. U koʻchadagi namoyishlarni bostirishda oʻziga sodiq maxsus kuchlarni, siyosiy taʼqiblar uchun prokuraturani jalb qilmadi va hattoki qamoqda saqlanayotgan oʻzining sudlangan tarafdorlarini qutqarish uchun oʻzining avf etish imkoniyatlaridan foydalanishni rad etdi, chunki ular Trampga xiyonat qilishdan bosh tortdilar, va bu yerda general Flinni (milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi va Tramp saylov shtabining asosiy mutaxassisi) va siyosiy texnolog Rojer Stounni eslash kifoya.

Qoʻrquv, yoki zaiflik, yoki Trampgacha boʻlgan siyosiy tizimni saqlab qolish istagi bilan tushuntirish mumkin boʻlgan Trampning “Janubiy Amerika qoidalariga muvofiq oʻynashni” istamasligi, koʻpchilik orasida, shu jumladan prezidentning oʻzini himoyasiz va aldangan deb his qilgan yuqori martabali yoki taniqli tarafdorlari orasida katta umidsizlikni va hatto nafratni keltirib chiqardi. Mana endi prezident, juda kech boʻlsa ham, ular tomon yondoshdi.

"Amerika ovozi"ning xabar berishicha: "AQSH prezidenti Donald Tramp, uning uzoq yillik doʻsti va maslahatchisi jazoni oʻtash uchun qamoqxonaga ketishidan bir necha kun oldin Rojer Stounga chiqarilgan hukmni yumshatdi. Oq uyning bayonotida shunday deyiladi: “Rojer Stoun ancha jabr koʻrdi ... Unga va bu ishdagi boshqa koʻplab insonlarga ham adolatsiz munosabatda boʻlishdi. Rojer Stoun endi ozod!”

Trampning uzoq vaqtdan beri dushmani, respublikachi senator Mitt Romni, bu qadam Amerika siyosatining “eski qoidalari” nuqtai nazaridan qanday qabul qilinishini tushuntirdi:

“Misli koʻrilmagan tarixiy korruptsiya: AQSH prezidenti, prezidentni himoya qilishda soxta guvohlik bergani uchun sudda xukm chiqaruvchilarning qarori bilan mahkum qilinganga hukmni yumshatdi”.

Senator Romni shakl nuqtai nazaridan haq, lekin mohiyati boʻyicha nohaq - agar Tramp saylov shtabi vakillari siyosiy repressiyalarga duch kelgan, boshidan oxirigacha soxta boʻlgan “Amerika saylovlariga Rossiyaning aralashuvi” boʻyicha tergov boʻlmaganida edi, unda prezident hech qanday shov-shuvli qaror chiqarmagan boʻlardi. Endi esa AQShni banan respublikasiga aylanishining barcha unsurlari toʻplandi: maxsus xizmatlar siyosiy buyurtmalarni bajarmoqda, sudlar esa siyosiy qarorlar qabul qilmoqda.

COVID-19 sabab barcha cherkov xizmatlarini bekor qilgan, ammo shu bilan birga irqchilikka qarshi kurashni roʻkach qilib ommaviy vandalizmaga ruhsat bergan demokratik partiya tarafdori boʻlgan merdan boshlab, AQSH prezidentigacha boʻlgan har bir amaldor “doʻstlarga - hamma narsa, dushmanlarga – qonun” tamoyili bilan yashamoqda. Siyosiy raqiblar va ularning oddiy tarafdorlarini yomonlash va odam qatoridan chiqarish shunchalar koʻpaydiki, bu vaziyat 2013 yildagi Ukrainani oʻxshata boshlayapti. Koʻchalarda toʻqnashuvlar boʻlib oʻtdi, shu qatorda ommaviy gʻalayonlar va baʼzi shaharlarda butun boshli kvartallari yoqib yuborildi. Uncha yoqimli boʻlmagan ushbu manzarada mamlakatni parchalanib ketishiga nima yetmayapti? Albatta, mojaroning ikkala tomoni ham yaxshilik va yomonlikning soʻnggi jangi sifatida qabul qilayotgan prezidentlik saylovlari, unda nafaqat shartli Tramp yoki Bayden uchun, balki barcha ishtirokchilar uchun asosiy stavka - ularning hayoti va erkinligi.

Buzilib boʻlgan siyosiy taqiqlarni qayta sanab oʻtish - saylovda yutqazgan shaxs oʻtmishdagi imkonsiz narsani amalga oshirishi kutilayotgan stsenariy foydasiga ahamiyatli dalildir: u shunchaki saylov natijalarini tan olmaydi va hokimiyat uchun kurash endi koʻchada, qoʻllarda qurol bilan olib boriladi. Buni Tramp ham, Bayden ham amalga oshirishi mumkin. Koʻp yillar oldin Amerika ichki siyosiy kurashida “qizil chiziqlar”ni belgilab qoʻygan Amerika dono elitalari aynan shunday stsenariyning oldini olishga harakat qilishgan. Ammo imperiya yakunida odob-axloq qoidalari buzilishi odat tusiga kirgan, bu qoidabuzarliklarning oqibatlari oʻzini tez orada namoyon qiladi.

Manba: RIA Novosti

Asosiy mavzular