14:52 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Kolumnistlar
Havola olish
113250

Beshinchi avlod jangovar samolyotlari paydo boʻlishiga qaramay, dunyoda eng kuchli - Rossiyaning toʻrtinchi avlod ogʻir MiG-31 qiruvchi-tutuvchi samolyoti hisoblanadi.

MiG-31 qiruvchi-tutuvchi samolyoti 2,83 Max va 20 km balandliklarda ulkan raketa qurollarini ishlatishga qodir. Bu samolyot chet ellik mutaxassislarda qattiq qiziqish uygʻotmoqda, chunki uning analogi yoʻq.

MiG-31 qiruvchi-tutuvchi samolyotlarining ish yetarli - Gʻarb davlatlari har hafta razvedka oʻtkazib, Rossiya havo chegaralarining mustahkamligini tekshiradilar. 14 iyulda Qora va Barents dengizi ustida Rossiya  davlat chegaralari yoʻnalishida parvoz qilayotgan nishonlar aniqlandi. Obʼyektlarni aniqlash va toʻxtatib qolish uchun Shimoliy flot va Janubiy harbiy okrugning havo mudofaasi kuchlari jangchilari osmonga koʻtarildi.

Norvegiya HHKga qarashli R-3S “Orion” razvedka samolyoti (Barents dengizi) va AQSH HHKga qarashli RS-135, MQ-9A “Riper” hamda R-8A “Poseydon” samolyotlari (Qora dengiz) Rossiya qiruvchilari kuzatuvi ostida parvoz yoʻnalishini oʻzgartirishga majbur boʻldi.

Maʼlumki, MiG-31 Rossiyaning qutb chegaralarini uzoq vaqtdan beri va ishonchli himoya qilmoqda, ular ikki yildan koʻproq vaqt davomida bortida kuchli “Xanjar” gipertovushli raketalar bilan Qora dengiz hududida (RF janubiy harbiy okrugi) hushyorlik bilan navbatchilik qilmoqda.

Avvalroq (11 iyul) AQShning RC-135 razvedka samolyoti Yaponiya dengizining neytral suvlari orqali Rossiya davlat chegarasiga yaqinlashgandi. MiG-31 va Su-35 samolyotlari birgalikda RF chegaralarining buzilishiga yoʻl qoʻymadi.

Amerikalik mutaxassislar MiG-31 ni Rossiya harbiy kosmik kuchlarining “eng yaxshi ovchisi" deb atashadi va uning jangovar imkoniyatlarini sinchkovlik bilan tahlil qilishadi. Military Watch tahlilchilari Rossiyaning MiG-31 samolyoti dunyodagi eng ogʻir va tezkor zamonaviy qiruvchi-tutuvchisi  ekanligini taʼkidlamoqda. Ehtimol, bu asosiy narsa emas.

Qudratli ustunlik

Gʻarbning maxsus nashri muntazam ravishda “Foxhunter”ning (MiG-31 NATOdagi nomi) super imkoniyatlariga bagʻishlangan maqolalarni chop etadi.

Military Watch jurnali taʼkidlashicha: dunyoda bironta ham qiruvchi eng tezkor raqib, shuningdek ballistik va qanotli raketalarini va kosmik kemalarni tezda toʻxtatib qolish va yoʻq qilishga qodir emas.

"MiG"lar gipertovushli  raketalar bilan birga bir necha daqiqada aerodromdan koʻtarilib, samolyot tashuvchilar, harbiy obʼyektlaramda raqibning qoʻmondonlik punktlariga (yoqilgʻi quyishisiz parvoz - 3000 kmgacha) zarba berishi mumkin. Uch yoki toʻrtta MiG-31 qiruvchisi havo boʻshligʻini 1000 km masofani (ichkarida - 300 km) nazorat qilishga qodir.

MiG-31BM bosqichli antenna qatoriga ega radar bilan jihozlangan va nishonlarni 160 km dan 320 km gacha (modifikatsiyaga qarab), past, oʻrta va yuqori balandliklarda aniqlaydi.

Jangovar mashina avtomatik ravishda 10 tagacha nishonni kuzatib boradi va bir vaqtning oʻzida 200 km yoki hatto 300 km R-33 va R-37 raketalari bilan yoʻq qilish uchun 4 – 6 ta ustuvor maqsadni tanlaydi. Masalan, MiG-31M va MiG-31BM oltita R-33S raketani olib yurishi mumkin. Bu bir vaqtning oʻzida 6 tagacha nishonni yakson etishni anglatadi.

Military Watch maʼlumotlariga koʻra, MiG-31 uchun ishlab chiqarilgan R-37 “havo-havo” raketasi AVAKS samolyotlarini, havo qoʻmondonlik punktlari va tankerlarini 400 km masofada yakson qilishga qodir.

Shuningdek, MiG-31 arsenalida oʻrta va qisqa masofaga uchadigan raketalar, zamonaviy va radiolokatsiyaga qarshi (kemaga qarshi) X-31 “havo-yer” raketalari (AS-17 Krypton, NATO tasnifi boʻyicha) mavjud boʻlib, ular 250 kmgacha masofada yer usti va sirtqi nishonlarga zarba berishga qodir.

"Xanjar" aviatsion kompleks gipertovushli raketaga ega boʻlib, raqibning barcha mavjud va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini "shaffof" qilib, 2000 kmgacha masofada nishonlarni yakson qiladi. Jangovar mashina faol va passiv radio shovqinlarni yengishga qodir. AQSH MiG-31 qiruvchi samolyotlarini - uchib chiqishi oʻzidayoq oʻta xavfli deb hisoblashi  bejiz emas.

AQSH harbiy-havo kuchlari Qozogʻiston Respublikasi chegaralarida ham ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerakligi mantiqan toʻgʻri boʻladi.

Military Watch nashri maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻiston harbiy-havo kuchlari Su-27 va Su-30SM qiruvchi samolyotlari bilan birga, qiruvchi aviatsiyasining asosini tashkil qiladigan 32 dona ogʻir qiruvchi-tutuvchi samolyotiga ega.

Qozogʻiston MiG-31 samolyotlarining bir qismi MiG-31BM darajasiga modernizatsiya qilingan va oldingi va uzoq masofali R-33 raketalariga qoʻshimcha ravishda R-77 raketalari bilan jihozlangan.

Eʼtibor bering, barcha super imkoniyatlar bilan birga 2000 yil boshlarida MiG-31 qiruvchi samolyotining eksport versiyasi nisbatan arzon - 35 million dollarni tashkil etgandi. Menimcha, bu samolyot xalqaro qurol bozorida zoʻr muvaffaqiyat bilan hayratda qoldirishi mumkin edi, ammo Rossiya  har bir ittifoqchi yoki sherikka MiG-31ni berishni ishonmaydi.

“Mig”ga yetib boʻlmaydi

Ekspluatatsiya vaqtida qiruvchi-tutuvchi bir necha marta modernizatsiya qilindi, tuzilishiga oʻzgartirishlar kiritildi va zamonaviy uskunalar va yanada kuchli qurollar oʻrnatildi.

Natijada, MiG-31BM samaradorligi MiG-31 ga qaraganda ikki baravar oshdi. Garchi Sovet Ittifoqi davrida, MiG-31 dan tashkil topgan aviapolk – havo zarbasiga qarshi mudofaa tizimining spetsnazi hisoblangan (samolyot 1981 yilda qabul qilingan). Qiruvchilar hattoki Frants-Josef aerodromida ham joylashgan edi.

Britaniyaning Air Forces Monthly jurnaliga koʻra, modernizatsiya qilinganidan soʻng, MiG-31 yangi radiolokatsiya rejimlari va yangi raketalardan foydalanish tufayli oʻz samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Yangilangan “Zaslon-AM” otishni boshqarish tizimi yangi protsessor bilan eski “Argon-15A” oʻrnini egalladi, yangilangan radarlarning qiruvchi nishonni aniqlaydigan diapazoni 130 mil (209 km)ga etdi va 24 tagacha havo nishonini kuzatish imkoniyati taʼminlandi.

Modernizatsiya qilingan MiG-31BM qiruvchi samolyoti dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari uchun hali ham erishib boʻlmaydigan texnologik choʻqqi hisoblanadi.

Masalan, Pentagon va Boeing 14 iyul kuni goʻyo dunyodagi eng ogʻir va tezkor F-15EX rusumidagi qiruvchi samolyotlarni qurish boʻyicha shartnoma imzoladilar. Eʼlon qilingan tezlik – 3 Maxgacha, jangovar yuk 3,2 tonnagacha va uzunligi 7 metrgacha boʻlgan gipertovushli raketalarni uchirish imkoniyatiga ega (hozircha bunday raketalar yoʻq)

Ammo, Rossiyaning MiG-31BM maksimal tezligi 3 Max hisoblanadi. Yuk koʻtarishi - 5 tonnagacha, parvoz ogʻirligi 46,7 tonnagacha.

“MiG” 50% poʻlatdan, 33% alyuminiy qotishmalar va 16% titandan iborat mustahkam korpus uzoq muddatli dinamik va kuchli haroratli bosimlarga bardosh bera oladi.

Amerikaliklar Rossiyaning oʻtgan asr oxiridagi  texnologiyalarga "yetib olishga" aniq harakat qilmoqdalar. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi bir necha yillardan beri uzoq masofaga uchadigan MiG-41 samolyotini ishlab chiqmoqda va u yaqin kosmosda vazifalarni bajarishga qodir boʻlgan MiG-31 qiruvchi-tutuvchisining munosib vorisi boʻladi.

Asosiy mavzular