15:01 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Kolumnistlar
Havola olish
87410

Porlayotgan yulduz - Be-200 “Altair” soatiga 710 kmgacha (kreyser tezligi - 365 km/s) tezlasha oladi. Samolyot toʻlqin balandligi 1,3 metrgacha boʻlgan suv yuzasiga qoʻna oladi. “Uchar kema” koʻtarilishi uchun suv sirti yoki quruqlik boʻylab 1,5 km masofa kifoya.

Mashina yuk bilan koʻtarilish tezligi boʻyicha yigirmadan ortiq jahon rekordlarini oʻrnatdi va oʻz sinfida unga raqib yoʻq.

14 iyul kuni Rossiya harbiy-dengiz floti,  Dengiz aviatsiyasi uchuvchilar tarkibini jangovar tayyorlash va qayta oʻqitish markazida (Yeysk shahri) Rossiya mudofaa vazirligi uchun qurib bitkazilgan birinchi Be-200 “Altair” amfibiya-samolyoti kutib olindi. Undan tajribaviy foydalanish boshlandi. 2018 yilgi shartnomaga asosan, Harbiy-dengiz floti bu yil Beriyev nomidagi Taganrog aviatsiya ilmiy-texnik majmuasidan yana ikkita qidiruv-qutqaruv samolyotini qabul qiladi. Kelgusida Rossiya Harbiy-dengiz floti uchun “Altair” turkumini davom ettirish rejalashtirilmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi Boltiqboʻyi, Shimoliy, Tinch okeani, Qora dengiz flotlarida va Kaspiy flotiliyasi tarkibida dengiz aviatsiyasining amfibiya boʻlinmalarini yaratmoqchi. Bu masʼuliyat hududlarda jangovar patrul, qidiruv-qutqaruv operatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Rossiya Harbiy-dengiz floti uchun moʻljallangan Be-200 samolyotlari tarkibiy va funktsional jihatdan boshqa modifikatsiyalardan farq qiladi.

Ilgari, asosan Rossiya va Ozarbayjon FVV tomonidan foydalanayotgan Be-200 amfibiya-samolyotining 20 ga yaqin nusxasi ishlab chiqarilgan edi. Samolyotning oltita modifikatsiya mavjud (qidiruv-qutqaruv, patrul, transport, sanitar, yoʻlovchi, oʻt oʻchirish).

Masalan, BE-200P patrul qilishda foydalaniladi, u uzoq masofalarda davlat chegarasini (yoki iqtisodiy hududni) buzuvchilarini aniqlash imkonini beradigan koʻplab kuzatuv uskunalari bilan farqlanadi. BE-200PS qidiruv-qutqaruv ishlarida qoʻllaniladi. Oʻt oʻchiruvchi BE-200CHS eksport uchun ishlab chiqariladi, bunday samolyotlarning bittasini Ozarbayjon sotib olgan, toʻrttasiga Xitoy 2016 yilda buyurtma bergan.

Porlayotgan yulduz

Rossiya Mudofaa vazirligi bugungi kunga oltita “Altair”ga shartnoma tuzdi. Harbiy-dengiz kuchlari uchun foyda yaqqol. Reaktiv dvigatellarga ega eng yirik zamonaviy Be-200 “Altair” amfibiya-samolyotlari dengiz chegaralari va iqtisodiy hududlarni qoʻriqlashga, qidiruv-qutqaruv vazifalarini bajarishga va 5 tonnagacha boʻlgan yuklarni - 1500 kilometrgacha radiusda, 10000 metr balandlikda tashishga qodir.

Qanot tepasida joylashgan qudratli D-436TD dvigatellari soatiga 710 km (kreyser tezligi - 365 km/s) gacha tezlikni taʼminlaydi. Samolyot toʻlqin balandligi 1,3 m gacha suv yuzasiga qoʻnishi mumkin va koʻtarilishi uchun suv sirti yoki quruqlikdan atigi 1500 m masofa kifoya.

Bu yuklarni ochiq dengizdagi kemalar va qayiqlarga tez va xavfsiz yetkazib berish uchun juda muhimdir. Be-200 ning afzalliklari qatorida, shuningdek, avtonom joylashtirilishi, parvozning yuqori xavfsizligi va dvigatellardan biri ishdan chiqqan taqdirda suvga qoʻnish imkoniyatidir. Samolyot ikki yuz millik qirgʻoq hududida olti soatgacha patrullik qila oladi.

“Altair”ni oʻzlashtirish bosqichida RF Mudofaa vazirligi uni tinch maqsadlarda ishlatilishini maʼlum qildi, lekin shunga qaramay Be-200ning universal havo platformasi unga keng koʻlamli maxsus uskunalarni joylashtirish va murakkab harbiy vazifalarni bajarish imkonini beradi. Shunday qilib, Harbiy-dengiz floti uchun moʻljallangan samolyotni patrul modifikatsiyasida bortga optik-elektron aniqlash tizimi va operatorlar uchun avtomatlashtirilgan ish oʻrinlari, shuningdek qumondonlik-taktik, radiolokatsion, radiogidroakustik, magnitometrik tizimlar, radiotexnik razvedka va qurollarni boshqarish majmualari oʻrnatilishi mumkin.

“Altair” dengiz, quruqlik va havo obʼyektlar razvedkasini amalga oshirishga, maxsus operatsiyalarni taʼminlashga, halokatga uchragan samolyotlar, kemalar va suv osti kemalari ekipajlarini qidirish vazifalarini samarali bajarishga, shuningdek shahsiy tarkib va qurollarni tashishga, yaradorlar va bemorlarni aerodrom tarmogʻisiz qirgʻoq hududlaridan (yoki tabiiy ofat hududlaridan) evakuatsiya qilishga qodir. Ehtimol, platforma suvosti kemalariga qarshi zarba berish vazifalari uchun ham moslashtirilishi mumkin.

“Uchar kema”ga zamonaviy bort radioelektron uskunalari bilan jihozlangan, shu jumladan, yangi avlod parvoz-navigatsion tizimlari bilan.

Samolyot har qanday fizik-geografik va iqlim sharoitida, kecha va kunduz, oddiy va qiyin ob-havo sharoitlarda ucha oladi. Koʻp funktsiyali Be-200 “Altair” - bu dunyo miqyosidagi samolyot va mutaxassislar unga kelajakda katta umidlar bildirishmoqda. Yaqin istiqbolda - 26 iyul kuni Sankt-Peterburgdagi Bosh harbiy-dengiz paradida ishtirok etish.

Kaspiy muhiti

Be-200ning birinchi eskadroni Kaspiy dengizida tuzilishi rejalashtirilmoqda. Shuni taʼkidlash joiz, yaqin vaqtgacha Rossiya Harbiy-dengiz floti Kaspiy flotiliyasi oʻz dengiz aviatsiyasiga ega boʻlmagan. Kichik aviaotryadlar flotiliya tarkibiga faqat Fuqarolik va Ulugʻ Vatan urushi davrida kiritilgan. Ehtimol Kaspiy dengizi “Altair” uchun sinov maydonchasiga aylanishi mumkin. Foydalanish tajribasi “uchar kema”ni takomillashtirishga, aniqrogʻi, Harbiy-dengiz floti vazifalarini hal qilish uchun havo platformasini moslashtirishga imkon beradi.

SH bilan birga, bu Rossiyaning Kavkaz, Markaziy Osiyo va sayyoramizning boshqa qismlarida mintaqaviy ittifoqchilari va hamkorlarini harbiy-texnik hamkorlik sohasida koʻproq qiziqishini uygʻotishiga imkon beradi. Be-200 amfibiya-samolyoti sezilarli eksport salohiyatiga ega, unga munosib raqobatchilar yoʻq.

Kanadaning Bombardier kompaniyasi 1990 yilda oʻzining 5,3 tonna suvni qabul qilish qobiliyatiga ega boʻlgan CL-215 “uchar kema”sini ishlab chiqarishni toʻxtatdi (dunyoda 120 ga yaqin bunday mashinalar qoldi). Yanada koʻproq yuk koʻtara oladigan ikkita PW123AF turbovint dvigatelli (1994 yil modeli) Bombardier CL-415 va uning asosida yaratilgan koʻp maqsadli patrul 415MR mijozlarni qoʻrqitadigan narx toifasiga kiradi (25 yil davomida 80 dona 415MR mashinalari sotilgan). Va shunga qaramay Bombardier 415 koʻp jihatdan “Altair”dan ortda qoladi.

Yaponiyaning US-1A (1971 yilda ishlab chiqilgan) va US-2  (2007 yildan ishlab chiqariladi) amfibiya-samolyotlari - tor qidiruv-qutqaruv ixtisoslikka ega. Yaponiyaning yana bir “uchar kema”si - ShinMaywa - juda qimmat.

1985-1986 yillarda Xitoy faqat toʻrtta SH-5 koʻp maqsadli amfibiya-samolyotini ishlab chiqardi, ular faqat qidiruv-qutqaruv samolyoti sifatida ishlatiladi. Xitoyning AG600 amfibiya-samolyoti jiddiy texnik qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Yongʻin oʻchirish uchun xitoyliklar Rossiyaning Be-200lariga buyurtma bergani bejiz emas. Yaʼni, “Altair”ning dunyoda deyarli har jihatdan raqibi yoʻq.

Shu bilan birga, ishlab chiquvchi-korxona konstruktorlik ishlanmalari boʻyicha yarim asr oldindagi qadam bosgan, shu jumladan istiqbolli Be-1000 va Be-2500 ekranoplanalari loyihalari mavjud.

Asosiy mavzular