13:43 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Kolumnistlar
Havola olish
54210

Bu RFning janubiy-gʻarbiy qismida qurolli kuchlarning harbiy xavfsizligini taʼminlash qobiliyatini tekshirish va “Kavkaz-2020” strategik qoʻmondonlik-shtab mashqlariga tayyorgarlik.

RF Qurolli Kuchlarining bir necha tezkor va strategik tuzilmalarining jangovar tayyorgarligini taxminan 150 ming harbiy xizmatchi, 26 ming dona qurol va texnikalar, 400 ta samolyot va 100 dan ortiq kema va qayiqlarni jalb qilgan holda toʻsatdan tekshirishning hayratlanarli koʻlami, oʻz manfaatlarimizni himoya qilish niyatimizning ishontiruvchi ishorasidir.

17-21 iyul kunlari Janubiy va Gʻarbiy harbiy okruglar, markaziy boʻysunishdagi alohida tuzilmalar, Havo-desant qoʻshinlari, Shimoliy va Tinch okean floti dengiz piyodalari qoʻshinlari kutilmagan tekshiruvi oʻtkazilmoqda. Reja boʻyicha Qora va Kaspiy dengizi suv hududlaridagi 35 quruqlik va 17 dengiz poligonida 56 taktik darajadagi mashqlar, 149 755 harbiy xizmatchi, 26 820 ta qurol va harbiy texnika, 414 samolyot, 106 kema va qayiqlar ishtirok etmoqda. Harbiy qism va boʻlinmalar toʻplanish joylariga yurishi uyushtirildi, kemalar guruhlari dengizga yoʻnaltirildi, aviatsiya tuzilmalari operativ aerodromlarga koʻchirildi.

Bu qurolli kuchlarning RFning janubiy-gʻarbiy qismida harbiy xavfsizlikni taʼminlash qobiliyatining sinovi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXSHT) oltita davlati qoʻshinlari ishtirokida sentyabr oyida boʻlib oʻtadigan “Kavkaz-2020” strategik qoʻmondonlik-shtab mashqlariga tayyorgarlik. RF Bosh shtabi va Mudofaa vazirligining inspektorlari janubiy va gʻarbiy harbiy okruglarning boʻlinmalarini, markaziy boʻysunishdagi alohida tuzilmalarni, Havo-desant kuchlarini va Shimoliy va Tinch okean floti dengizlarini tekshirmoqdalar.

Gʻarb generallari bu kabi miqdordagi harbiy guruhlarning toʻsatdan mashqlarini hatto tushida ham koʻrmaydi. Buning tasdigʻi - bahorda Polsha, Litva, Latviya va Estoniyada “Yevropa Himoyachisi” mashgʻulotlari doirasida AQSH va boshqa NATO davlatlaridan 30 mingga yaqin harbiy xizmatchilarni toʻplash boʻyicha muvaffaqiyatsiz urinishdir.

Porter halokati muqarrar

Toʻsatdan tekshiruvga janubiy urgʻu berilgan va u NATO va Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining Qora dengizda yaqinda oʻtkaziladigan mashqlari bilan bogʻliq emas, va ayniqsa Armaniston va Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni keskinlashishiga ham bogʻliq emas. Rossiya bu kabi shartli kutilmagan Armiya va dengiz flotining mashqlarini bir necha yillardan beri amalda qoʻllab kelmoqda. Shu bilan birga, qoʻshinlarning barcha turlari, tezkor-strategik tuzilmalar trevoga(ogohlantirish) boʻyicha shay holatga keltiriladi. Boʻlinmalar va qismlar, kemalar va samolyotlar tezkor ravishda yuzlab va minglab kilometrlar uzoqlikka joylashtirilib, qoʻyilgan vazifalar notanish poligonlarda, dengizda va quruqlikda bajariladi. Faqat shu yoʻl bilan qoʻshinlarning jangovar tayyorgarligining haqiqiy darajasini, manevralarning texnologik imkoniyatlarini, muayyan mintaqada kuchlarning joylashishini va ishlatilishini tekshirsa boʻladi. Harbiy harakatlarning muvaffaqiyati 80%ga rivojlangan infratuzilma (bazalar, aerodromlar, portlar) va benuqson logistikaga bogʻliq.

Boshqa tomondan, Rossiya qoʻshinlari va kuchlarining barcha mashqlari (shu jumladan kutilmagan tekshiruvlar) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan shartsiz harbiy ustunlikning tinch namoyishidir. Albatta, bu yozda Odessaga tez-tez tashrif buyurayotgan Porter esminetsi va Qora dengizda unga oʻxshagan mehmonlar oldindanoq RF qurolli kuchlarining ustunligi sharoitidadir va haqiqiy harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda halokati muqarrardir.

Mashgʻulotlarning alohida epizodlari Rossiyaning milliy manfaatlari hududida va uning ittifoqchilarining hududida terrorchilar va tajovuzkorlarni nima kutayotganini yaxshiroq tushunishiga imkon beradi.

Janglar dinamikasi

Qora dengiz flotini kutilmagan tekshiruvda 3000 dan ortiq harbiy xizmatchilar va 300 dona texnika, shu jumladan harbiy kemalar, samolyotlar, shuningdek, Qora dengiz flotining armiya korpusining shaxsiy tarkibi va texnikalari qatnashdi. Mashqlar taʼrifiga koʻra, “dushman kemasi” moslashtirilmagan qirgʻoqqa desant tushurishiga tayyorlanayotgan Qora dengiz flotining katta desant kemalarini yoʻq qilishga uringan paytda, kemalar otryadi dengizda artilleriya zarbalarini amalga oshirdi.

Kaspiy flotiliyasining mashqlarida 35 ta kema ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, Dogʻiston togʻlariga tushirilib “Adanak” oʻquv poligonida mashgʻulotlar paytida, noqonuniy qurolli tuzilmalarni “yoʻq qilgan”, dengiz piyodalari va kemalar joylashtirilishi amalga oshirildi - vazifani 700 dan ortiq harbiy xizmatchilar, 30 ga yaqin qurol va harbiy texnika, BTR-82AM zirhli mashinalari, bir nechta “Grad” RSZO raketa tizimlari, 122 mm D-30 gaubitsalari, 120mmli “Sani” minomyotlari amalga oshirdi.

Janubiy harbiy okrugning motooʻqchi, tank, artilleriya qoʻshinlari (shu jumladan Abxaziya va Janubiy Osetiyadagi Rossiya harbiy bazalari) 70 dan ortiq mashqlar doirasida 20ta poligonda“janglarni” olib bormoqda. Operativ (zahiradagi) aerodromlar 150 samolyot va vertolyot joylashtirilishini taʼminlaydi.

Harbiy-havo kuchlari va Havo mudofaasi 4-chi armiyasining zenit-raketa qismi ogohlantirish boʻyicha qoʻzgʻatildi va jangovar pozitsiyalarga yurishni amalga oshirdi. 19 iyul kuni S-400 “Triumf” zenit-raketa tizimlari va “Pantsir-S1” zenit-raketa va toʻp tizimlari boʻlinmalari shartli qanotli raketa zarbalarini va jangovar dronlar hujumini qaytarishdi, yaʼni ular Qora dengiz sohilidagi muhim obʼyektlarni himoya qilishdi.

Janubiy harbiy okrugning “Iskander” raketa boʻlinmasi Qora dengiz sohilini “dushman” desanti tomonidan egallab olinishini oldini oldi, desant kemalaridan tushirish vaqtida harbiy texnikalarning toʻplanishini shartli ravishda yoʻq qildi.

Ingushetiyada joylashtirilgan 58-chi umumqoʻshin armiyasining yuqori quvvatli artilleriya boʻlinmalari motoqoʻchilar va 4-chi Harbiy-havo kuchlari va havo mudofaasi armiyasining 50 dan ortiq hujum vertolyotlari (Ka-52, Mi-28N va Mi-35) “dushman”ga qarata oʻt ochdi. Bir vaqtning oʻzida “Uragan” va “Smerch” RSZOlari, 203 mmli oʻziyurar “Malka” artilleriya uskunalari va 240 mmli “Tyulpan” minomyotlari “ishladi”. Eʼtibor berishimiz kerak, odatiy 230 kilogrammli snaryadlardan tashqari, “Tyulpan” 20 kilometr masofaga ikki kilotonnali termoyadroviy minalarni ham ota oladi.

Janubiy harbiy okrug 58-chi armiyasining motoqoʻchilari Janubiy Osetiya togʻlarida shartli dushmanni yoʻq qildi. T-72A tanklari, BMP-2 piyodalar jangovar mashinalari, “Gvozdika” oʻziyurar artilleriya uskunalari, “Sani” minomyotlari,  AGS-17 va RPG-7V avtomat va qoʻl granatomyotlaridan oddiy snaryadlar bilan otish muvaffaqiyatli oʻtdi.

Abxaziyadagi Janubiy Harbiy okrug tankchilari “Nagvalou” va “Tsabal” qirgʻoq poligonlarida shartli dushmanning ort tomonida reyd otryadlari va qanot hujumlarini amalga oshirish uchun aylanib oʻtuvchi boʻlinmalar vazifalarini bajardilar.

“Gudauta” oʻquv poligonida (Abxaziya) Rossiya mutaxassislari “Jitel” va “Krasuxa” elektron kurash tizimlaridan foydalangan holda shartli “dushman”ning hujum dronlariga qarshi kurash choralarini amalga oshirdilar. Ular, shuningdek, shartli dushmanning taktik guruhlari toʻplanish hududida navigatsion maydonni buzdilar va aviatsion hujumini tayyorlashda yuqori aniqlikdagi qurollarni boshqarish vositalarini “koʻr qildilar”. Radioelektron kurash boʻlinmalari radiotoʻlqin yordamida boshqariladigan fugas va minalar signallarini bostirishni tashkillashtirdilar, radioaloqa liniyalariga radioelektron yoʻq qilish vazifalarini amalga oshirdilar, “dushman”ning nazorat punktlari va aloqa bogʻlanmalariga, dronlarning boshqaruv va maʼlumotlar tarqatish kanallariga qarata radioelektron zarbalarni amalga oshirdilar.

Hatto bu qisqa, tanlanma jihatlar ham kutilmagan tekshiruvning umumiy gʻoyasini va qoʻshinlarning jangovar tayyorgarligining maqsadini tushunishga imkon beradi: Rossiyaning osmoni, dengizi va uning ittifoqchilari terrorchilar va barcha qatlamlardagi nomaqbul qoʻshnilari uchun dahlsizdir.

Kutilmaganlik  va shaffoflik

NATO vakili Oana Lungesku 18 iyul kuni Rossiya qoʻshinlarni toʻsatdan tekshirish paytida shaffoflik shartlariga rioya qilmayotganini maʼlum qildi, shu paytning oʻzida NATO boʻyicha ittifoqchilar esa OBSEning Vena hujjati ruhi va mazmuniga mos harakat qilmoqdalar. Biroq, Moskva tomonidan qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiqligi va qonuniyligiga shubha qilish uchun vakolat va oʻrinli sabablar kerak.

Ishonch va xavfsizlikni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Vena hujjati (VD-2011) yevropalik qoʻshnilarni 42 kun oldin (yoki undan ham koʻprok) 9 mingdan ortiq odam ishtirok etadigan harbiy harakatlar haqida xabardor qilishni va Yevropadagi har bir mamlakatning ishtirokchilari soni 40 mingdan ortiq boʻlgan mashqlarni uch yilda bir marotaba oʻtkazish huquqini tartibga soladi. Biroq, RF Qurolli Kuchlarida 40 mingdan ortiq odam ishtirok etadigan kutilmagan tekshiruvlar xalqaro majburiyatlarga zid emas. VD-2011 amal qilishi ostiga tushadigan aniq tarkibiy qismlar va birliklarni hisobga olish kerak, ushbu protsedura ushbu hujjatning birinchi bobiga asosan tartibga solinadi. OAVlar 150 ming askar jalb qilingani haqida xabar berishganda, bu nafaqat oddiy qurolli kuchlarni (Vena hujjati tushuntirganidek), balki Harbiy-dengiz kuchlari, Havo-kosmik kuchlar va boshqa tarkibiy qismlarni kutilmagan tekshirishda qatnashishini anglatadi. NATO vakillari oʻz baholashlarida VD-2011 doirasida ishlatiladigan rasmiy (professional) maʼlumotlardan foydalanishi kerak, aksincha, jangovar tayyorgarlikning shaffofligi haqidagi OAVlarning yoki oʻz fikrlaridan emas.

Rossiya Mudofaa vazirligi chet ellik harbiy kuzatuvchilarni 72 soatdan ortiq davom etadigan toʻsatdan oʻtkazilgan tekshiruvlarga taklif qilmaydi, chunki kuzatuvni taʼminlash qoidasi, harbiy xizmatchilar va harbiy texnikalar soni oshgan sharoitda (tegishli ravishda 13000 kishi, 300 ta tank, 500 ta zirhli mashinalar) faqat belgilangan ortiqcha qoldiq saqlangan davrdagina amal qiladi. Kutilmagan tekshiruvlarning butun tarixida bunday vaziyatlar yuzaga kelmagan, Rossiya qoʻshinlarining harakatlari joylashishi va vaqti boʻyicha qayd etilgan.

Asosiy mavzular