“Ford” qovun tushirdi. Nima uchun AQSh superaviatashuvchi kemasi hanuz xizmatga tayyor emas

Obuna bo‘lish
Qariyb 13 milliard dollar qiymatidagi tarixdagi eng qimmat jangovar kema hali ham xizmatga tayyor emas, garchi u 2017-yil may oyida dengiz flotiga kiritilgan bo‘lsa ham.

TOShKENT, 21-iyul - Sputnik, Andrey Kos. Amerikaning yangi avlod “Djerald Ford” superaviatashuvchisi yana muammoga duch keldi – shu kunlarda AQSh Harbiy-dengiz kuchlari rahbariyati loyihadan bir qator yuqori martabali mutaxassislarning chetlatilishini ma’lum qildi. Amerika OAVlari buni “suzuvchi aerodrom”ning tajribali foydalanishida aniqlangan ko‘plab kamchiliklar bilan bog‘lamoqda. Qariyb 13 milliard dollar qiymatidagi tarixdagi eng qimmat jangovar kema hali ham xizmatga tayyor emas, garchi u 2017-yil may oyida dengiz flotiga kiritilgan bo‘lsa ham. Nima uchun “Djerald Ford”ning omadi bu qadar chopmayotgani - RIA Novosti materialida.

Putin Kerchda desant kemalari qurilishiga tamal toshi qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
Putin Qrimda desant kemalari qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Kelajak kemasi

Eng qudratli aviatashuvchini ishlab chiqilish 1990-yillar o‘rtalarida boshlangan. Kemaga 2005-yilda asos solingan. Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligining rejalariga ko‘ra, u 1960-yillarning boshlaridan xizmatda bo‘lgan Amerikaning birinchi yadroviy aviatashuvchisi bo‘lgan “Enterprayz” o‘rnini egallashi kerak edi. Deyarli o‘n yil davomida qurilganidan so‘ng u 2013-yilning kuzida suvga tushirilgan. Suv sig‘imi 100 ming tonnadan ortiq bo‘lgan “Djerald Ford” dunyodagi eng katta suv sirtidagi jangovar kemadir.

Superaviatashuvchining loyihadagi imkoniyatlari chindan ham hayratlantiradi. Uzunligi 337 metr, kengligi 78 metr va balandligi 76 metr bo‘lgani bilan, 30 uzel (soatiga 56 kilometr) tezlikka erisha oladi. Bunday tortishishni quvvati 700 megavattdan bo‘lgan ikkita Bechtel A1B yadroviy reaktori tomonidan ta’minlanadi. Suzish avtonomligi deyarli cheksiz, faqat yuz kunda bir oziq-ovqat zaxiralarini to‘ldirib turish kerak.

“Djeral Ford” aviaqanotida turli maqsadlarga mo‘ljallangan yuzga yaqin samolyotlar, shu jumladan F/A-18E/F Super Hornet, F-35C, qiruvchi samolyotlari, elektron qarshilik yaratish samolyotlari, E-2D Hawkeye uzoq radiolokatsion aniqlash samolyotlari, C-2 Greyhound transport samolyotlari. Bundan tashqari, aviatashuvchi MH-60R/S vertolotlari va dronlarni joylashishi va jangovar ishlatilishiga ham mo‘ljallangan.

Zakritie mejdunarodnogo aviatsionno-kosmicheskogo salona MAKS-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Be-200 amfibiya-samolyotlari – “uchar kemalar” nimalarga qodir?

Garchi konstruktorlar ko‘plab zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, bortda jarayonlarning aksariyatini avtomatlashtirishning yuqori darajasiga erishgan bo‘lsa-da, “Djeral Ford”ning ekipaji hanuz ko‘p sonli - 4,5 ming kishidan iborat.

Korpusi bundan avvalgi “Nimis” sinfidagi kemalar korpusi bilan deyarli bir xil. E’tiborga molik farqlardan biri shundaki, nisbatan ixcham bino orqa tomonga yaqin joylashtirildi. Parvoz palubasi sirti kengaytirildi, uning joylashuvi esa qurol-aslaha va samolyotlarning tezroq jildirilishiga imkon yaratadi. “Djeral Ford”ning “nou-xau”si - odatiy bug‘li katapulta o‘rniga elektromagnit katapulta. Ushbu qurilmalar samolyotlarni yumshoqroq tezlashtiradi va uchuvchilarga bosim kamroq bo‘ladi.

Qiyin bola

Aviatashuvchi 2016-yilda foydalanishga topshirilishi kerak edi. Ammo Bloomberg xabariga ko‘ra, “Djeral Ford” jangovar sinovdan o‘ta olmagan. Birinchi marta dengizga chiqishdan oldin ham, kemada ko‘plab nosozliklar aniqlangan, ularning ba’zilari esa faqat qayta loyihalash orqali bartaraf etilishi mumkin edi. Birinchi navbatda, elektromagnit aerofinisherlar (samolyotlarni to‘xtatib qoluvchi moslama-tahr.) sust ishlashini ko‘rsatdi - ishlab chiquvchilar ularni 1600 samolyotni uzilishlarsiz qabul qilishlari mumkinligini ta’kidlashgan, ammo amalda bu 25 dan oshmadi. Elektromagnit katapulta esa e’lon qilingan to‘rt ming o‘rniga atigi to‘rt yuzta parvozni ta’minladi holos.

Shuningdek, Pentagon komissiyasida samolyot liftlarida qoniqish hosil bo‘lmadi - kemaning butun jangovar ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muammolar aniqlandi. Ushbu muammo hanuz hal qilinmadi - 11 ta liftdan faqat ikkitasi keragiday ishlaydi, bu jangovar tayyorgarlikni jiddiy ravishda cheklaydi. Va nihoyat, dastlabki sinovlar davomida mutaxassislar yangi loyihadagi aviatashuvchilar uchun maxsus yaratilgan istiqbolli radiolokatsion stansiyalar bilan bog‘liq muammolarni aniqladilar.

Rossiyskiy atomniy podvodniy raketonosniy kreyser proyekta 949A Antey K-410 Smolensk  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning "Antey" atom kemasi Boltiq dengizida nima qilyapti?

Shunga qaramay, 2017-yil 8-aprel kuni “Djeral Ford” dengizga yo‘l oldi va 31-may kuni kema AQSh Harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga kiritildi. Biroq, qiyinchiliklar tugamadi. Safar davomida suzuvchi valning quvvatlovchi podshipniklari tez ishdan chiqdi. Kema portga qaytarildi, nosozlikni tuzatishga bir necha oy ketdi.

U yog‘iga battarrog‘i ro‘y berdi. 2018-yilda, dengiz sinovlari paytida, kuchlanish uskunasi ishdan chiqa boshladi. Xabarda aytilishicha: "Kema o‘z yadroviy reaktorlari tomonidan ishlab chiqarilgan energiyani suzdiruvchi val harakatiga aylantirishida qiynalmoqda”. Aviatashuvchi ta’mirlash uchun portga yetkazildi. Bir yil o‘tgach, kuchlanish uskunasi yana ishdan chiqdi – “Djerald Ford” yana portda qoldi.

“Sirkon”ga qarshi

Ko‘p kamchiliklar bartaraf qilingan bo‘lsa-da, liftlar va elektromagnit katapultalar doim ishdan chiqmoqda. Bir oy oldin, katapultalarni boshqarish tizimi ishdan chiqdi. Bortdan parvozlar besh kunga to‘xtatildi.

Va eng muhimi, yangi modadagi katapultalar, beshinchi avlod F-35C qiruvchi samolyotining palubali versiyasini shunchaki quvvati yetishmasligi sababli osmonga ko‘tarishga qodir emasligi aniqlandi.

Va shunga qaramay, hukumat superaviatashuvchilar dasturini moliyalashtirishga tayyor. G‘arb ekspertlarining sharhlariga ko‘ra, seriyaning yetakchi kemasi 2022-yilgacha to‘liq jangovar tayyorgarlikka yetadi. Yana bir aviatashuvchi – “Djon Kennedi” qurilmoqda. U o‘tgan yilning oktabr oyida suvga tushirildi, flot tarkibiga esa 2024-yilda kiritilishi kerak. Ilgari Pentagonda “Nimis”larni o‘rnini egallashi uchun ushbu turdagi o‘n-o‘n ikki kemaga ehtiyoj borligi haqida gapirilgan.

Pusk protivokorabelnoy raketi s nazemnogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
"Iblis "Bal"i: Qrimda RF Harbiy kuchlarining kemalarga qarshi qudratli tizimi sinovdan o‘tdi

Ammo bu rejalar amalga oshishi haqiqatdan yiroqroq. Vazirlikda hozirda AQShning shunday yirik aviatashuvchilar flotiga ehtiyoj bor-yo‘qligi borasida bahslar ketmoqda. Pentagon rahbari Mark Esper kichikroq ko‘lamdagi Harbiy-dengiz kuchlariga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi. Tez orada flotning yangi tuzilmasi mashqlar va manevrlarda sinovdan o‘tkaziladi, kuzda esa u tasdiqlanadi. Qabul qilingan konsepsiyaga ko‘ra, Harbiy-dengiz flotida aviatashuvchilar soni kamayadi, ammo suv sig‘imi kichikroq kemalar, xususan, fregatlar soni ko‘payadi.

Ehtimol bu, katta va og‘ir aviatashuvchilar Rossiya va Xitoyning so‘nggi kemalarga qarshi raketalari uchun juda oson nishon bo‘lganligi bilan bog‘liq. 2022-yil Rossiya Harbiy-dengiz floti tarkibiga istiqbolli gipertovushli “Sirkon” raketalari qabul qilinadi. Ayni paytda raketa sinovlardan o‘tmoqda: turli tashuvchilar sirtidan uchirishning o‘nga yaqin sinovi kutilmoqda. Taxmin qilinishicha, parvoz masofasi Amerika aviatashuvchilarining paluba samolyotlari harakati radiusidan oshadi, to‘qqiz Max raqamiga yaqin tezligi esa bu raketani kemalar havo mudofaasi tizimlari uchun dahlsiz qiladi. Amerikaning The National Interest nashri “Sirkon” har qanday suzuvchi aerodromda “darcha ochishga” qodirligini tan oldi.

Yangiliklar lentasi
0