Britaniya hukumati Vladimir Putinga xizmat qilishga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Manchester
Goroda mira. Manchester - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Go‘l inglizlar o‘z mamlakatlarini hiylagar ruslardan himoya qilishni bilishmaydi! Britaniyada nihoyat jamoat palatasi razvedka va xavfsizlik qo‘mitasi hisoboti e’lon qilindi: u Rossiyadan esayotgan tahdidlar va mamlakatimizning orol ishlariga aralashuviga bag‘ishlangan.

Hisobot o‘tgan yilgi parlament saylovlaridan ancha oldin tayyorlangan, ammo uning ommaga e’lon qilinishini hukmron konservatorlar uzoq muddat kechiktirib keldilar va Boris Djonsonning raqiblari uni bu ishni Rossiya tahdidini kamaytirib ko‘rsatish va o‘z partiyasiga zarar yetkazmaslik maqsadida qasddan qilganlikda ayblashgan. Mana endi mualliflaridan biri MI-5ning iste’fodagi mashhur xodimi Kristofer Stil (Trampning "Rossiya bilan aloqalari" to‘g‘risidagi dosyesi muallifi) bo‘lgan hisobot e’lon qilindi.

LOndon - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Britaniya maxsus xizmatlar vakolatlarini kengaytirmoqchi

Britaniya matbuoti hafsalasi pir bo‘ldi: hisobotda Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha referendumga ta’sir o‘tkazishga urinishlar haqida gapirilgan bo‘lsa-da, ammo Brexit referendumiga Rossiyaning aralashuvi bo‘yicha hech qanday dalil yo‘q (siyosiy elitaning aksar qismi, deyarli butun boshli matbuot va Siti qarshi bo‘lganida, (axir qanday qilib britaniyaliklar YeIni tark etish uchun ovoz bergani tushunarsiz edi-da). Ammo bu London nuqtayi nazaridan olib qaralganda, albatta - agar Moskva ko‘zi bilan qaraladigan bo‘lsa, hisobot sensatsiondir. Chunki mualliflarning o‘zlari chiqargan xulosalar - Britaniya hukumati Kreml manfaatlari yo‘lida ishlashga tayyor ekanligining eng yaxshi dalilidir. Stil va Brauder (hisobotning yana bir hammuallifi) buni, ochig‘i, tushunib yetmaydilar, ammo "KGB merosxo‘rlari" o‘yinining mahorati ham aynan shunda-da. Keling, hammasini boshidan ko‘rib chiqamiz.

Milliarder Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: Brexit men va Putin uchun koni foyda

Garchi hisobot Rossiya tahdidiga javob izlashga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, u birinchi navbatda ichki siyosiy o‘lchovga ega. Buyuk Britaniyaning muammolari juda ko‘p va ulardan eng asosiysi - Shotlandiyaning Birlashgan Qirollik tarkibidan chiqishini oldini olishdir. Glazgo Shotlandiya xalqi irodasiga qarshi chiqqan Brexitdan norozi (shimolda YeIda qolish uchun ovoz berilgan) va mustaqillik bo‘yicha yana bir referendum o‘tkazishmoqchi. O‘tgan gal, 2014-yilda, mustaqillik tarafdorlari yutqazib qo‘yishgan, ammo endi hammasi ular foydasiga o‘zgarishi mumkin (harholda, Shotlandiyada yashovchi YeI fuqarolari saylov huquqidan mahrum bo‘lishlari ehtimoli mavjud). Lekin London referendumga ruxsat berishni xohlamaydi, ammo Glazgo buni talab qilmoqda va qandaydir bir vaqtda uni bir tomonlama tartibda e’lon qilishi ham ehtimoldan holi emas.

Jiteli Uxanya yedut na parome cherez reku Yanszi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va Britaniya Xitoydan virus uchun "tovon" talab qilishga shaylanmoqda

Endi, ular fikricha, Shotlandiyadagi yangi referendumga qarshi bo‘lganlarda jiddiy sabab paydo bo‘lmoqda: uni o‘tkazish shunchaki xavfli! Axir Rossiya o‘tgan galgi referendumga aralashgan! Hisobotda shunday yozilgan, undan tashqari, Rossiyaning Shotlandiyadagi referendumga ta’sir ko‘rsatishga urinishidan dalolat beruvchi "ochiq manbalardan olingan ishonchli sharh"lar haqida ham eslatma mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, bu umuman, "Sobiq ittifoqining G‘arb demokratik jarayonlariga birinchi aralashuvi" bo‘lgan. Vo ajab, bundan kelib chiqmoqdaki, Britaniyaning uquvsiz maxsus xizmatlari - Moskvaning Brexit referendumiga ta’sir ko‘rsatishga urinishidek bir harakatini og‘zini ochib, o‘tkazib yuborganlar. Ustiga ustak hukumat ham "Brexitni himoya qilish uchun hech qanday chora ko‘rmadi". Hushor amerikaliklar 2016-yilda AQShdagi prezidentlik saylovlariga ruslarning aralashishga uringanliklarini payqagandan keyingina britaniyaliklar o‘ziga kelgan. Umuman olganda, hisobotda maxsus xizmatlar bo‘yicha tanqidlar juda ko‘p: ular bunday xavfli dushmanga qarshi turishga tayyormas.

Velikobritaniya vishla iz YeS - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya YeIdan chiqdi. Endi uni kechirishmaydi va qasos olishadi

Rossiya nima bilan tahdid qilmoqda? Va umuman unga Britaniya nima uchun kerak? Mualliflarning zorlanishlaricha, Moskva Londonni G‘arbning Rossiyaga qarshi lobbisida markaziy o‘yinchi sifatida ko‘radi va shu bois Birlashgan Qirollik "G‘arbdagi razvedka faoliyati uchun asosiy nishonlardan biri bo‘ladi". Juda ajablanarli, haqiqatda - ruslar Britaniyaga nima sababdan shunday munosabatda? Balki bu o‘z tariximizni yaxshi yodda tutishimiz (aniqrog‘i, biz uni yanada chuqurroq anglayotganimiz) va unda biz so‘nggi bir necha asrlar davomida (ayniqsa XIX asr boshidan) Londonning mamlakatimizga qarshi doimiy strategik o‘yiniga guvoh bo‘layotganimizdandir? Turli xil daraja va o‘lchovlarda, turli shiorlar va sabablar ostida, aynan Britaniya rusofobiyaning barcha shakllari tashabbuskori va muallifi bo‘lib kelgan. Bizning ichki ishimizga aralashuv (shu jumladan, siyosiy qotilliklar), Rossiya ichidagi tartibsizliklarni qo‘llab-quvvatlash va imperiyaning chekka joylarida (masalan, Kavkaz va O‘rta Osiyoda) urushlarni alanga oldirish, boshqa yirik derjavalarni bizga qarshi qayrash, qochqin fitnachilar va o‘g‘rilarni berkitish, yolg‘on va soxta targ‘ibot - Rossiya-Britaniya munosabatlarida bularning barchasi muntazam bor bo‘lib kelgan. Tabiiyki, Rossiya Buyuk Britaniya u unga qanday munosabatda bo‘lsa,  xuddi shunday munosabatda bo‘ladi, birgina farqi biz o‘z oldimizga dushmanni odamgarchilikdan chiqarish, uni yo‘q qilish maqsadini qo‘ymaymiz. Britaniya biz uchun shunchaki dahshatli va doimiy dushman, u bilan sulh tuzish va hatto vaqtinchalik ittifoqchi bo‘lish mumkin, ammo unga hech qachon ishonib bo‘lmaydi.

Otdixayushie fotografiruyutsya vozle zamka Lastochkino gnezdo na beregovoy skale v poselke Gaspra v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya jurnali Qrimni Rossiyaniki deb atadi

Shu bilan birga, Rossiya Buyuk Britaniyaning ichki ishlariga hech qachon aralashmagan, misol o‘tgan asrlarni olsak, imperator Pavelning Hindistonga yurish niyati niyatligicha qolgan (ammo bu inglizlarga Rossiya imperatoriga qarshi fitna va suiqasdda faol ishtirok etishga to‘sqinlik qilmadi). Shu bilan birga, Londonda Rossiyaga qarshi (tashqi va ichki foydalanish uchun) shu darajada ko‘p soxtaliklar tayyorlandiki, hatto fosh etilganidan keyin ham ular Britaniyada mamlakatimizga bo‘lgan munosabatning bir qismiligicha qolgan. Rus tahdidini ixtiro qilar ekan – hoh dunyo bo‘ylab, hoh o‘z davlati miqyosida, -  ingliz elitalari o‘z rusofobiyasi asiriga aylandi. Ya’ni, u endilikda atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni adekvat qabul qila olmaydi - yo‘q joyda ham ularning ko‘ziga ruslar ko‘rinaveradi. Natijada rus tahdidiga qarshi kurash butunlay aks tus olmoqda – ruslarga tahdid solayotgan narsalarga qarshi kurashga aylanmoqda.

Premyer-ministr Velikobritanii Tereza Mey na sammite glav gosudarstv i glav pravitelstv stran-uchastnis Severoatlanticheskogo alyansa (NATO) v novoy shtab-kvartire NATO v Brussele. - Sputnik O‘zbekiston
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibida qoladimi?

Paradoks deysizmi? Ammo razvedka qo‘mitasi hisobotida gap nima haqda bormoqda? Uchta asosiy rus xavfi mavjud, bu Britaniya uchun uchta asosiy chaqiriq demak.

Birinchisi - kiberhujumlar. Ham saylov jarayoniga, ham infratuzilmaga. Ikkinchisi - yolg‘on axborot. O‘zlarining OAVlari, ijtimoiy tarmoqlar va botlar orqali, ma’lumotlarni o‘g‘irlash. Maqsadlar - saylovlarga aralashuv va shunchaki jamiyatni tarqoq holatga keltirish uchun amalga oshiriladigan ish (xuddi Amerikada singari, guvohsizku?). Uchinchi xavf esa - bu rus oligarxlari.

Bu eng qo‘rqinchli odamlar, kiberruslar va rus botlaridan farqli o‘laroq, ular haqida britaniyaliklarning hammasi biladi: matbuotda o‘qishgan, seriallarda ko‘rishgan. Bu xavfli odamlar Londonda qay tarzda paydo bo‘lgan, qanday qilib uni Londongradga aylantirgan?

Novogodnee obrashenie prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya matbuoti Putinning Yangi yildagi murojaatini "qo‘rs" deya baholadi

"So‘nggi yillarda rus elitalari ko‘plab davlatlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yganlar, ammo aynan Buyuk Britaniyani oligarxlar va ularning pullari uchun eng maqbul joy deb hisoblashganga o‘xshaydi. Pullar Britaniya isteblishmenti keng doirasida patron(homiy)-mijoz tarzida ta’sir va munosabatlar tarmog‘ini yaratish uchun: xususan, PR-firmalar, xayriya tashkilotlari, siyosat, ilmiy soha va madaniy muassasalarda ishlatilgan. Ularning barchasi "(Rossiya) obro‘yini oqlash" jarayonida qatnashib Rossiya pullarini oluvchilar bo‘lgan. Qisqa qilib xulosalaganda, Britaniyadagi Rossiya ta’siri yangi meyor sanaladi. Putinga aloqador bo‘lgan va Britaniya biznesiga integrallashgan, oliy jamiyatga kirib borgan va umuman, o‘zining boyligi tufayli qabul qilingan ko‘plab ruslar bor".

Ular shunchaki qabul qilingan emas.

"Putin bilan yaqin aloqada bo‘lgan Rossiya elitasining bir nechta a’zolari bir vaqtning o‘zida Britaniyada xayriya va/yoki siyosiy tashkilotlar ishlarida qatnashgan shaxslar sifatida fosh qilindilar. Ular siyosiy partiyalarga badal kiritganlar va umuman, Rossiya ta’siri operatsiyalarida yordam berishga imkon beradigan ijtimoiy mavqega ega. Ta’kidlash joizki, lordlar palatasining ko‘plab a’zolari Rossiya bilan bog‘liq biznes-manfaatlarga ega. Ba’zilari esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri rus davlati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan Rossiyaning yirik kompaniyalariga ishlashadi. Bu kabi barcha aloqalar, Rossiya tomonidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishi mumkinligi nuqtayi-nazaridan sinchkovlik bilan aniqlanishi va o‘rganilishi kerak".

Zdanie aeroporta Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Buyuk Britaniya, AQSh va BAAga parvozlarni cheklamoqda

Bu jarayon shu qadar chuqurlashib ketganki, "integratsiya darajasi, ayniqsa Londongradda, hukumatimizning har qanday choralari, endi afsuski, yovuzlikni bartaraf etolmasligini, oldini ololmasligini anglatadi. Ular zararni minimallashtirishi mumkin, xolos".

Endi nima qilsak ekan?

Chet el agentlari to‘g‘risida qonun qabul qilish kerak (amerakadagi singari), yaqinda qabul qilingan jinoiy faoliyatga qarshi kurash choralarini kuchaytirish lozim, chunki ular ruslarga qarshi unchalik samara bermasligi mumkin. Masalan, hisobotda Jinoyatlarga qarshi kurash milliy agentlik tomonidan taklif etilgan uyushgan jinoyatchilik bilan aloqalarda gumon qilinganlarga sanksiyalar qo‘llanilishini nazarda tutuvchi 2018-yilgi "Sanksiyalar va mablag‘larni legallashtirishga qarshi" Aktga qo‘shimchalar qo‘llab-quvvatlanadi.

 Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiya bilan munosabatlarda siljishga erishish imkonsiz deb biladi

Ya’ni, barcha londongradchilarni siquvga olish kerak, axir ular Putin va banditlar, hatto, aniqrog‘i, bandit Putin bilan bog‘liq. Ammo gap kim haqida bormoqda?

Hisobotda hech qanday ism mavjud emas, ammo britan matbuotida xohlagancha topsa bo‘ladi. Ta’sir o‘tkazish va xayriyalar haqida gapirilganda odatda kimni misol sifatida keltiradilar?

"Lyubov Chernuxina, Putinning sobiq vaziri Aleksandr Temerkoning rafiqasi, Mudofaa vazirligining sobiq xodimi" - ular konservatorlarga xayriyalar berishgan, Kemeron, Mey, Jonsonlar bilan uchrashishgan. Ammo Chernuxin 2000-yillar boshida moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lgan, Kasyanov bilan ishlagan, keyin Londonga qochgan. YuKOSning sobiq vitse-prezidenti Temerko esa xalqaro qidiruvda: Rossiyada u talon-tarojlikda ayblanmoqda. Putinning kadrlari shularmi?

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Toliblar NYTʼning Rossiya bilan “til biriktirganlik” to‘g‘risidagi aylovlariga javob qaytardi

Rossiya g‘aznasining bir emas, bir necha yuzlab o‘g‘rilari, xususan, eng yiriklari ham (Moskva bankining sobiq rahbari Andrey Borodinni eslash kifoya) Londonga qarab qochgan va ular o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun turli yo‘llarni izlayotgani tushunarli. Ya’ni, oddiy qilib aytganda, "Londondan chiqarilmaydi" degan iborani pul bilan mustahkamlab qo‘ymoqchi. Londonda hozircha ikkita vatanga yashab kelayotgan ko‘plab rus oligarxlari ham bor, ammo ularning juda oz qismini Rossiya manfaatlariga ishlashda gumon qilish mumkin.

Ya’ni, rus agentlariga qarshi ochgan o‘z urushida Britaniya hukumati aksariyat qismi Rossiya va Putinga qarshi bo‘lgan rus-londonliklarga zarba berishga tayyor. Aftidan, shundayga o‘xshaydi, bunga hatto hisobotdagi "Britaniyada yashaydigan Vladimir Putinga qarshi bo‘lgan rossiyalik muhojirlarni himoya qilish zarurligi" to‘g‘risidagi chekinish ham to‘sqinlik qilolmaydi. Chunki modomiki rus oligarxlari - tahdid ekan, unda o‘rmonga o‘t ketsa, xo‘lu-quruq baravar yonadi.

AQSh suriyaliklarni “ochlikdan o‘ldirish”ga uringani uchun Rossiya va Xitoyni jazolamoqchi  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh suriyaliklarni “ochlikdan o‘ldirish”ga urinish uchun Rossiya va Xitoyni jazolamoqchi

Bundan kelib chiqadiki, doklad mualliflari londongradchilar bilan Rossiyaning o‘zi ancha vaqtdan ko‘zlab yurgan ish: ularni mulkidan va ta’sirdan mahrum etishni - amalga oshirishni taklif qilmoqda. Britaniyaliklarning bu uchun motivi albatta, butunlay boshqaligi ayon, qolaversa, musodara qilingan pullar Rossiyaga qaytarilmaydi. Britaniya o‘ziga ishon bildirgan boshqa davlatdan kelgan firibgarlar va boy qochqinlarni birinchi marta shilayotgani yo‘q, ammo bu tarzda Putinga ishlash uchun, albatta, juda qattiq harakat qilish talab etilardi. Chet eldan pullarni chiqaraman deb, keyin "chang yutib qiynalib ketasiz", deya ogohlantirgandi prezidentimiz qachonlardir, endi esa qochoqlarning pullarini kamiga ular uchun haqoratli bo‘lgan "Putin agentlari" degan formulirovka bilan musodara qilishadi. Nozik ingliz hazili – alohida shinavandalar uchun.

Yangiliklar lentasi
0