Rossiya quroli: “Iskander” nima uchun matroslarning yo‘l-yo‘l maykasini kiyib ko‘rmoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPusk ballisticheskoy raketi operativno-takticheskogo raketnogo kompleksa "Iskander-M" s poligona Kapustin Yar v Astraxanskoy oblasti
Pusk ballisticheskoy raketi operativno-takticheskogo raketnogo kompleksa Iskander-M s poligona Kapustin Yar v Astraxanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Quruqlikdagi va dengiz chegaralarini “Iskander-M” raketa tizimlari bilan himoyalab, Rossiya milliy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlamoqda.

Rossiyaning strategiyasi mantiqiydir: bu uskunalar qancha ko‘p bo‘lsa va potensial tajovuzkorga zarar yetkazish ehtimoli qanchalar ko‘p bo‘lsa, Yevropa va Osiyoda tinchlik shunchalik mustahkamroq bo‘ladi.

"Izvestiya" gazetasining RF Mudofaa vazirligidagi manbasiga ko‘ra, "Iskander-M" tezkor-taktik raketa tizimlari (OTRK) raqib desanti va kemalariga zarba berish uchun ishlatiladi. Quruqlikdagi qo‘shinlarning raketa brigadalari dengiz jangi taktikasini o‘zlashtira boshladilar va majmua dushmanning desantini qaytarishga texnologik jihatdan tayyor. "Iskander-M" OTRK nishonga urishning masofasi va aniqligi jihatidan juda yaxshi xususiyatlarga ega, dunyoda uning analoglari yo‘q.

Iskanderning dengizdagi otuvlari 20-iyul kuni RF Qurolli kuchlari Janubiy harbiy okrugi raketa qismlarining kutilmagan tekshirilishi vaqtida amalga oshirildi. OTRK shartli ravishda dekant kemalaridan quruqlikka jangovar texnika tushirilishi paytida yo‘q qildi va "dushman" dengiz desanti tomonidan Qora dengiz sohilini egallab olishini oldini oldi.

Qo‘shinlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga integratsiyalangan “Iskander-M” qirg‘oq mudofaasi ichkarisida aviatsiya, flot, razvedka va dronlardan nishon ma’lumotlarini olib, real vaqt rejimida dengizda harakatlanayotgan nishonlarga (dushman kemalarining yo‘nalishi va tezligini o‘zgarishi hisobga olingan holda) zarba berish qobiliyatiga ega.

“Iskander-M” OTRK raketalari mavjud va kelajakdagi raketalarga qarshi mudofaa tizimlari uchun dahlsiz bo‘lib, 4 daqiqada 500 km masofani bosib o‘ta oladi, shu bilan birga 9M728 yoki R-500 kallachalari nishondan 1 metrgacha masofaga uzoqlashadi holos. “Bal” va “Bastion” sohil raketa tizimlari (mos ravishda dengizda 260 km va 350 km masofaga ega) bilan jangovar hamjihatlikda, yanada qudratli “Iskander” eshelonlangan mudofaani kuchaytirishga va Rossiya dengiz chegaralarini haqiqatan ham dahlsiz qilishga qodir.

Avvalroq, RF Mudofaa vazirligi "Iskander-M" OTRK-ning barcha o‘nta raketa brigadalarini qayta qurollantirilishi va yana uchtasini tuzish haqida xabar bergan edi. Rossiya mudofaa sanoati har yili ikkita brigada to‘plamlarini ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, jangovar samaradorligini oshirish maqsadida “Iskander”ning modernizatsiya amalga oshirilmoqda.

Kemalarga qarata zarbalar

Odatda Rossiya qirg‘oqlarining mudofaasiga Baltika, Shimoliy, Tinch okeani, Qora dengiz flotlari va Kaspiy flotiliyasining jangovar kemalari, dengiz aviatsiyasi va qirg‘oq qo‘shinlari ma’suldir. Bunda “Bal” va “Bastion” mobil kemalarga qarshi raketa tizimlari muhim rol o‘ynaydi. Vaqt o‘tishi bilan qirg‘oqdagi jangovar guruhlar "zichlanib" bormoqda.

Shunday qilib, Baltika floti 2019-yilda desantga qarshi yo‘naltirilgan o‘z tank polkiga ega bo‘ldi, Qora dengiz floti esa Qrimdagi uchinchi havo-desant polki bilan kuchaytirildi. “Iskander-M” tizimlari bilan qurollangan (Quruqlikdagi kuchlarning) raketa brigadalarini  qirg‘oq mudofaasiga noodatiy jalb qilinishi Rossiyaning dengiz hududlarida operativ tarzda yuqori aniqlikdagi qurollarning zarba berish potensialini oshirishga imkon beradi.

Ishlab chiqaruvchining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya raketa brigadasining to‘liq to‘plami 51 ta mashinadan iborat, ulardan 12tasi uchirish moslamasi, 12 ta yuk tashuvchi-o‘rnatuvchi, 11 ta qo‘mondonlik va 14 ta hayotni qo‘llab-quvvatlovchi mashinalar. Ya’ni, ikki daqiqa ichida brigada 24 ta raketa bilan zarba berishga qodir (qayta yuklashgacha). Kuchaytirilgan brigada zarbasi - 32 ta raketa. “Iskander” dengizda qanchalik ko‘p nishonga zarba bersa, rus harbiylari qirg‘oqda shuncha kamroq jang qilishlariga to‘g‘ri keladi.

Bu harakatlar ortiqcha emas, chunki ehtimoliy dushmanning zamonaviy hujum taktikasi dengizdan desantlashning turli xil variantlarini nazarda tutadi (Baltika NATOning bunday mashqlariga juda boy). Desant jihozlanmagan qirg‘oqlarga tushirilishi va tezuruvchi kater va vertolotlardan, zarba kemalari va aviatsiya yordamida ufqorti tushurilishi ham mashq qilinmoqda. “Iskander”ning 500 kmgacha bo‘lgan masofada keng hududli zarbasi dushmanning bunday operatsiyasiga boshidanoq to‘sqinlik qilishi mumkin. Bundan tashqari, OTRK saflari huddi shunday samaradorlikda zarbalari bilan Rossiya dengiz piyodalarining harakatlarini qo‘llab-quvvatlay oladi.

Mashg‘ulotlarda "Iskander-M" komplekslarining mavjudligi har doim ham NATO qo‘mondonini g‘azablantirishi bejiz emas, chunki ularda bunga qarshi hech narsa yo‘q. Va bunda alyansga yana bir dengiz salomi. “Iskanderning” modernizatsiya qilingan majmualari va dengiz nishonlarini urishga moslashtirilgan raketalari (“Rostex” va’da bergan) NATO dengiz flotining provokatsion faolligini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi va Rossiya chegaralari atrofidagi xalqaro xavfsizlikni kuchaytiradi.

Bu yerda bir narsani ta’kidlash muhim: Rossiya hech kimga tahdid solmaydi, u faqat G‘arbning dushmanligiga nisbatan asimmetrik javob beradi, Boltikbo‘yi va Qora dengiz mintaqalarida G‘arb harbiy blokining o‘sib borayotgan zarba potensialiga yetarli darajada munosabat bildiradi. Agar alyans Rossiya chegaralariga yaqin joyda raketaga qarshi mudofaa pozitsiyalarini va yangi harbiy bazalarni joylashtirishni to‘xtatsa, “Iskander”lar o‘zlarining noyob qobiliyatlarini faqat o‘quv poligonlarida namoyish etadilar.

Qaytarib bo‘lmas kvaziballistika

"Iskander-M" raketa tizimi 500 kmgacha bo‘lgan masofada kichik o‘lchamdagi va katta maydonli nishonlarga (bir necha turdagi qurolli kallachalar, shu jumladan termoyadroviylari bilan) yuqori aniqlikdagi zarbalar berishga mo‘ljallangan. Mo‘ljalga olish uchun inersial navigatsiya tizimi va GLONASS yo‘ldoshlaridan signaldan foydalaniladi. Yakuniy bosqichda aqlli o‘zi nishonga oluvchi kallacha ishga tushiriladi, u bir necha metrlargacha aniqlikni ta’minlaydi. Raketalar yo‘nalishini parvoz paytida o‘zgartirish mumkin, bu esa harakatlanayotgan nishonlarga, shu jumladan dushman harbiy dengiz kuchlari kemalariga ham hujum qilish imkoniyatini beradi.

Majmua ikki xil raketaga ega: aeroballistik 9M723 - kvaziballistik trayektoriyalar bo‘ylab 50 km balandlikda uchadi, qanotli 9M728 yoki R-500 – nishonga past balandlikda uchadi. Yuqori aniqlikdagi "Iskander" raketalari kichik aks berish sirtiga, murakkab parvoz yo‘nalishlariga (gaz-dinamik va aerodinamik ro‘l yordamida boshqariladi) ega va barcha mavjud havo mudofaa-raketalarga qarshi mudofaa tizimlari uchun dahlsizdir. Raketalar uchirilgandan keyin va nishonga yaqinlashganida, ular 20 dan 30g gacha bo‘lgan ortiqcha yuklanish bilan harakat qiladi. Raketaning uchirilishidagi massasi 3,8 tonna, uzunligi 7,2 metr, tezligi sekundiga 2 km dan oshiq, uchirishlar orasidagi interval bir daqiqani tashkil etadi.

“Sohilda”gi asosiy zarba nishonlari - raketa majmualari va pozitsiyalardagi ko‘p zarbli reaktiv tizimlari, aerodromlarda jangovar aviatsiya, dushman qo‘mondonlik punktlari va aloqa bog‘lanmalari, shu jumladan himoyalanganlari. "Iskander-M" OTRK eng yaxshi xorij analoglaridan (Lance, ATACMS, Pluton) aniqliligi, raketalarni uchirishga tayyorlash tezligi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha ustundir.

Majmuaning asosiy afzalliklari: strategik harakatchanlik, jangovar navbatchilikni va raketa hujumlarini yashirincha amalga oshirish qobiliyati, parvoz vazifasini avtomatik hisoblash va kiritish, yong‘in va radioelektron kurash choralar sharoitida jangovar topshiriqni bajarishning yuqori ehtimolligi. Eslatib o‘taman, Rossiya “Iskander”lari Suriya Arab Respublikasi hududida jangovar sharoitlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdilar. Taqqoslash uchun, AQSh o‘zining "Iskander" analogidan voz kechdi, chunki Raytheon kompaniyasi Pentagon uchun yangi yuqori texnologiyali operativ taktik raketa majmuasini ishlab chiqara olmadi.

Yangiliklar lentasi
0