02:14 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Kolumnistlar
Havola olish
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)
1443 0 0

Moskvadagi Olimpiya oʻyinlarining 40 yilligi sharafiga Sputnik Olimpiada-80 muhiti haqida gapirib berishni davom etmoqda. Bugungi qahramonlarimiz Olimpiada avtobus haydovchilari, oʻsha paytda Mostransavtoda ishlagan Aleksandr Marochkin, Nikolay Shkalikov va Nikolay Yuganov.

TOSHKENT, 4 avg - Sputnik, Danara Kurmanova. Olimpiada-80 oʻyinlariga 5 mingdan ortiq avtobus jalb qilingan, ammo ulardan faqat 550 tasi bevosita sportchilar va muxlislarga xizmat koʻrsatgan. Asosiy olimpiya yoʻnalishlarida ishlash uchun Moskva va Moskva viloyatidan 1300 nafar eng yaxshi haydovchilar jalb qilingan, tanlov juda jiddiy boʻlgan. Xorijiy delegatsiyalarni tashigan Aleksandr Marochkinning soʻzlariga koʻra, Olimpiada tashkiliy qoʻmitasi haydovchilarga koʻp talablar qoʻygan.

Rulni toʻgʻri tutish kerak

Nomzodlarni saralash Olimpiadadan atigi toʻrt oy oldin yakunlandi - haydovchilar darhol haydash etiketi kurslariga yuborildi. Aleksandr Marochkin aytishicha, hammasidan ham uning esida rulni qanday tutish kerakligi mashgʻuloti qoldi.

"Biz axir xohlaganimizday haydardik, - deydi u. – Bu yerda esa  chiroyli koʻrinishi uchun rulga qoʻllarni qanday toʻgʻri qoʻyish kerakligini tushuntirishgan".

"Ish staji oʻn yildan kam boʻlmasligi va birinchi darajali haydovchi maqomi boʻlishi kerak edi, - deydi Marochkin. - Agar mos kelsa, uni tibbiy koʻrikka joʻnatishardi, keyin DAN tekshiruviga".

Aleksandr Viktorovich Marochkin — na foto sprava
Mostransavto
Aleksandr Viktorovich Marochkin — na foto sprava

Taxminan shu vaqtning oʻzida, haydovchilar avtobuslarni qabul qildi – yangi, zavoddan toʻgʻridan-toʻgʻri, shuning uchun ularni birinchi navbatda sinovdan oʻtkazib tayyor qilib qoʻyish kerak edi. Masalan, haydovchi Nikolay Yuganovga aavaliga bu avtobuslarda bolalarni pionerlar lageriga olib borish topshirildi. Shuningdek Moskva viloyati shaharlaridan Olimpiadaga kelgan barcha haydovchilar SSSR poytaxti boʻylab safarlar qilishlari, yoʻnalishlarni oʻrganishlari kerak edi.

  • Udostovereniye voditelya Olimpiadы-80 Nikolaya Yuganova
    Udostovereniye voditelya Olimpiadы-80 Nikolaya Yuganova
    Mostransavto
  • Udostovereniye voditelya Olimpiadы-80 Nikolaya Yuganova
    Udostovereniye voditelya Olimpiadы-80 Nikolaya Yuganova
    Mostransavto
1 / 2
Mostransavto
Udostovereniye voditelya Olimpiadы-80 Nikolaya Yuganova

Uchuvchilar kabi kiyindik

Olimpiada tashkilotchilari haydovchilarning tashqi koʻrinishiga ham katta eʼtibor berishdi. Aeroportda muxlislarni kutib olgan Nikolay Shkalikov, har bir haydovchiga forma berilganligini eslaydi. U ikkita kostyumdan iborat boʻlgan. Biri yengil, kulrang jinsi materialidan tikilgan, ikkinchisi esa uchuvchilarniki singari zichroq, toʻq koʻk rangda edi. Bir hil tondagi jiddiy galstuklar va koʻk rangli koʻylaklar bu oʻxshashlikni yanada kuchaytirdi va sayyohlar baʼzan Olimpiada avtobusi haydovchilarini uchuvchilarga oʻxshatishgan.

Nikolay Nikolayevich Yuganov
Mostransavto
Nikolay Nikolayevich Yuganov

Musobaqalar davomida haydovchilar Oʻyinlarga maxsus taʼmirlangan mehmonxonalarda yoki yotoqxonalarda joylashtirilgan.

"Masalan, biz Dmitriy Ulyanov koʻchasida yotoqxonaga joylashganmiz, - deydi Aleksandr Marochkin. - Biz bir xonada uch kishiga yashar edik va kunora ish jadvalimiz boʻlgan. Navbatchilarimiz ketishganda, men xonani tartibga solardim, uchuvchilarnikiga oʻxshagan koʻylaklarni yuvib dazmollardim. Keyin - aksincha. Biz doʻstona yashardik".

Saqich olish mumkin emas!

Olimpiada-80 haydovchisining odatiy ish kuni quyidagicha edi. Avtobuslarning aksariyati Moskva davlat universiteti hududida, olma bogʻida turar edi. Bu yerda musobaqalar uchun maxsus vaqtincha nazorat punkti va toʻxtash joyi oʻrnatildi. Aleksandr Marochkin eslashicha, haydovchilar afsonaviy LAZ avtobuslarida ishlagan.

"Yumshoq LAZlar boʻlar edi, ularda kontsert-muzeylarga olib borishgan, - deb tushuntiradi u. - Shuningdek, ular qattiqroq deb nomlangan yoki LAZ-695 ham bor edi. Biz aynan shularda ishlaganmiz, chet elliklarni sport tadbirlariga tashiganmiz".

Avtobus dlya gorodskix i mejdugorodnыx turistichesko-ekskursionnыx perevozok, vыpuskayemыy Lvovskim avtobusnыm zavodom (LAZ)
© Sputnik / S. Solovyev
Avtobus dlya gorodskix i mejdugorodnыx turistichesko-ekskursionnыx perevozok, vыpuskayemыy Lvovskim avtobusnыm zavodom (LAZ)

Haydovchilar uchun asosiy yoʻnalishlar Lujniki stadioni, "Olimpiyskiy" va "Krыlatskoye" sport majmualari, "Sokolniki", "Izmailovo" va "Dinamo" sport saroylari va "Bittsa" ot sporti markazi edi. Har kuni kechqurun, avtobuslar turish joyiga qaytganda, avtobuslarni KGB xodimlari tekshirib koʻrishardi, ammo bunda hech yomoni yoʻq edi, deydi Nikolay Shkalikov: "Juda boʻlsa, savol berishlari mumkin edi, qanday, nima gaplar? Salon tekshirishadi, yukxonani ochishadi, shu bilan boʻldi".

Biroq, qatʼiy cheklovlar ham boʻlgan. KGB mashgʻulotlaridan boshlab haydovchilarga: nima boʻlganida ham saqich va sigaretalar olinmasin, deyilgan. Faqat znachoklar bilan almashish mumkin edi, deb eslaydi Nikolay Yuganov.

"Sayyohlarga taklif qilinsa, rad etishimiz tayinlanganini axir aytib boʻlmaydiku, - deydi u. - Vaziyatdan chiqish yoʻlini topishga harakat qilganmiz. Ular chekishni taklif qilishsa, siz: "Yoʻq, yoʻq, men chekmayman, rahmat", deyishingiz kerak".

Nikolay Nikolayevich Yuganov s semyey na Krasnoy ploщadi v Moskve
Mostransavto
Nikolay Nikolayevich Yuganov s semyey na Krasnoy ploщadi v Moskve

Rus ayiqlari, hayratda qolgan frantsuzlar va hind plashi

Ammo KGBda avtobuslarda unutilgan sayyohlarning shaxsiy buyumlariga juda jiddiy munosabatda boʻlishgan. "Agar avtobusda biron narsa topsak, kechqurun uni inspektorlarga topshirishimiz kerak edi, - deydi Nikolay Yuganov.— Keyinchalik esa uni oʻzlari qaytarib berishardi".

Sovet hukumati haydovchilarning xatti-harakatlariga eʼtibor bergani bejiz emas edi. Gʻarb OAVlari oʻz oʻquvchilarini Moskvadagi Olimpiadaga borishdan bosh tortishga chaqirgan, SSSR barcha darajalarda servis boʻlmaganligi haqida yozganlar. Bu daʼvolarni rad etish uchun Olimpiada tashkilotchilari "mehmonlar qoniqsa boʻldi" tamoyili boʻyicha harakat qilishgan, deydi Aleksandr Marochkin va hindistonlik mehmon ayol bir safar plaщini yoʻqotib qoʻyganini misol keltiradi.

"U plaщini avtobusda emas, balki sayr paytida qayerdadir qoldirib qoʻygan, - deydi haydovchi. - Lekin u xafa boʻlib qolmasligi uchun unga:" Hech qisi yoʻq, hozir doʻkonga borib, yangisini sotib olamiz", deyishdi. Shu tariqa unga davlat hisobidan plaщ olib berishdi".

Aleksandr Marochkin, uning hamkasbi, bir necha keksa frantsuzni olib yurganini esga oladi. Er-xotin juda chanqoq boʻlib limonad sotib oldilar, ammo shishani ocholmadilar.

"Doʻstim oynada bu holatni koʻrib, shishani oldi-da bir zumda uni ochib berdi. Tasodifni qarang, shu kuni dengiz floti bayrami nishonlanayotgan edi va frantsuzning koʻzlari katta-katta ochilib: "Bu yerda hammangiz rus ayiqlarisizlar!, dedi. Biz bundan uzoq vaqt kuldik".

Til bilan bogʻliq muammolar boʻlmagan

Baʼzan haydovchilar bilan gidlar birga ishlagan, lekin baʼzida chet elliklarni ularsiz tashishga majbur boʻlishgan. Bunda sayyohlar bilan muloqotda muammolar boʻlmagan. Birinchidan, avtobus oldi oynasida sport turi yozilgan tarfaret yordam bergan – shu tariqa Olimpiada mehmonlari ushbu haydovchi bilan qanday musobaqalarga borish mumkinligini tushunishgan.

Ikkinchidan, har bir haydovchiga muxlislarni kutish uchun qaysi stadionga borishi va qaysi sektor yoki chiqish yoʻlagida kutishi kerakligi haqida yozma batafsil buyurtma berilgan.

Hammasidan koʻra nemislar bilan gaplashish osonroq edi, deb eslaydi Nikolay Yuganov. "Nimasi tushunarsiz?- deydi u. – Ular "Faren" deyishsa, demak yurishimiz kerak. Kerakli manzilga kelganimizdan keyin ular ketishadida, qaytib kelib "bay-bay!" desa, demak ularni yotogʻiga oborish kerak. Shunday qilib, tshpalon yoki tushunmovchiliklar boʻlmagan, hammasi yaxshi yaxshi oʻtdi".

Biz ishlagani keldik

Voqealar qoq markazida boʻlgan Olimpiada haydovchilari deyarli bitta ham tadbirni koʻrisholmadi. Oʻyin tashkilotchilari ularni boshidanoq ogohlantirishdi: ular Olimpiada oʻyinlarini asosan televizor orqali tomosha qilishadi. Haydovchilarga bitta musobaqaga borish huquqi berildi - oʻzlarining xohishiga qarab.

"Soʻrovnomani oldindan toʻldirib qoʻyish kerak edi, doʻstim bilan velosportga shunchaki bordik, biz uchun juda qiziq edi, - deydi Aleksandr Marochkin. - Ammo biz xafa boʻlmadik. Tushundik: axir bu yerga biz ishlagani kelganmiz".

Biroq, stadionlar oldida toʻxtab turgan koʻplab haydovchilar Oʻyinlar yopilishining eng mashhur qismi - Olimpiya ayiqchasining parvozini tomosha qilishga muvaffaq boʻlishgan. Ammo Aleksandr Marochkinning soʻzlariga koʻra, ularsiz ham raqobat yetarlicha boʻlgan, chunki Olimpiada tashkiliy qoʻmitasi haydovchilar oʻrtasida oʻziga xos birinchilikni oʻtkazgan.

"Reyslar soni va ishlagan soatlari boʻyicha biz oʻz natijalarimiz sarhisob qilindi. Natijada kolomnalik haydovchilar birinchi oʻrinni egalladi, biz esa, Orexovo-zuyevoliklar, uchinchi boʻldik".

Mavzu:
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)

Asosiy mavzular