19:38 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Kolumnistlar
Havola olish
349 0 0

Boʻlajak AQSH prezidentlik saylovlari mavzusini chetlab oʻtish juda qiyin, chunki gap dunyoning birinchi iqtisodiyoti rahbari, sayyora miqyosidagi pul bosmaxonasi egasi va eng kuchli yadro potentsialiga ega armiya bosh qoʻmondoni saylovi haqida ketmoqda.

Sergey Savchuk. Boʻlajak AQSH prezidentlik saylovlari mavzusini chetlab oʻtish juda qiyin, chunki gap dunyoning birinchi iqtisodiyoti rahbari, sayyora miqyosidagi pul bosmaxonasi egasi va eng kuchli yadro potentsialiga ega armiya bosh qoʻmondoni saylovi haqida ketmoqda. Yoz hali davom etmoqda, ammo Amerikaning siyosiy maydonidagi ehtiroslar tobora qizib bormoqda.

Saylovlar ushbu notinch va inqirozli yilda oʻtkazilishi bilan Donald Trampning omadi chopmadi. Chunki birinchi yarim yillik natijalari unga qarshi ishlamoqda: Sogʻliqni saqlash vazirligining COVID-19ga qarshi kurashida magʻlubiyati (150 mingdan ortiq oʻlimlar), oshib borayotgan ishsizlik darajasi (martdan beri 22,6 million yangi ishsiz), uglevodorodlar bozorlaridagi inqiroz (gaz va STG narxi 25 yil oldingi past narxlarga tushishi). Qoʻlida bunday kartalarga ega boʻla turib, partiyani gʻalabaga olib borish juda qiyin. Jo Bayden bu borada mutlaqo toza va oʻz reytingini oshirish uchun bu salbiy ichki tendentsiyalardan foydalanishi shubha yoʻq.

Ammo yana bir muhim jihat borki, u saylov taroz pallasi biron bir tomonga agʻdarishi tayin. Gap koʻmir qazib olishning pasayishi haqida ketmoqda.

Muhimlik haqida gapirayotib, biz hech ham mubolagʻa qilmadik. Oldingi saylov kampaniyasida Xillari Klinton va uning saylovoldi shtabi taniqli shaxslar va sanʼatkorlarga tayangan. Gollivud va media yulduzlari Klinton xonimni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaganlar, Trampni esa irqchilikdan tortib Rossiya maxsus xizmatlari bilan yaqin doʻstlikka qadar barcha tasavvur qilib boʻladigan gunohlarning markazi sifatida koʻrsatdilar. Respublikachilar jamoasi aqlliroq boʻlib chiqdi va gʻalaba qozondi.

Amaldagi prezident oʻrta sinfga tayangan va uning ustunlaridan biri - koʻmir kasaba uyushmalari boʻldi. Butun eʼtibor alternativ energetikaga qaratilgan, qazib olinadigan uglevodorodlar esa deyarli insoniyatning asosiy muammosi boʻlib qolgan zamonaviy axborot trendi fonida, AQShning 25 shtatida, yaʼni mamlakatning deyarli yarmida, koʻmir qazib olinishi eʼtiborga olinmay qolib ketdi.

Agar ovoz berish xaritasiga koʻmir konlarining xaritasini taqqoslab koʻrsak, koʻmir qazib olinadigan va Trampni qoʻllab-quvvatlaydigan hududlar mukammal darajada bir-biriga toʻgʻri keladi. Trampga Oval kabinet eshiklarini  amerikalik konchilar oʻz qoʻllari bilan ochib berdi, chunki malla sochli nomzod sanoatni yoʻq qilishni toʻxtatish, ishlab chiqarishni tiklash va ish berishga vaʼda bergan. "Trump digs coal!" (Tramp koʻmir qaziydi-tahr.) shiori saylovchilar bilan deyarli har bir uchrashuvda jaranglagan va ular yaxshi boʻladi deb ishonishgan.

Milliy koʻmir sanoati va Trampning prezidentlik ambitsiyalari ostidagi asosiy bombani avvalgi Barak Obama oʻrnatdi. U quyosh batareyalari va boshqa qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqaruvchilarning vaʼdalariga oʻch edi va 2016 yil fevral oyida American Recovery and Reinvestment Act  (Amerika qayta tiklanish va qayta investitsiyalash toʻgʻrisidagi qonun-tahr.)ga imzo chekdi, unga muvofiq mamlakat byudjetidan uglerodsiz energiyani ragʻbatlantirish uchun 90 milliard dollar ajratildi va yana 150 milliard dollar investitsiyalar shaklida xususiy va nofederal yashil loyihalarga sarflandi.

Aynan Obama davrida milliy koʻmir sanoati tez fursatlarda yomonlasha va qisqara boshladi. 2011 yilda AQSH yiliga 1,1 milliard tonna koʻmir qazib chiqargan boʻlsa, 2015 yilda bu koʻrsatkich 896 milliongacha qisqardi va Amerika 2016 yilgi saylov yilini 739 million tonna bilan yakunladi.

Donald Trampga tan berish kerak: u oʻz saylovoldi vaʼdalarini bajarishga harakat qildi. Keyingi yilga kelib koʻmir konlari va ochiq konlarda 775 million tonna qazib olindi, qora oltin eksporti esa ikki baravar koʻpaydi - 51 milliondan 97 million tonnagacha. Darvoqe, Pensilvaniya koʻmirini Ukrainaga yetkazib berish aynan davrga toʻgʻri keladi.

Ammo keyin jarayon sekinlashib, vaziyat yana yomonlasha boshladi. 2018 yilda endi 755 million tonna qazib olindi, 2019 yilda esa - 705 million tonna, yaʼni atigi bir yil ichida ishlab chiqarish 7 foizga kamaydi. Bu 1978 yildan beri eng yomon koʻrsatkich boʻldi, Amerikani Jim Karter boshqargan, SSSRda hokimiyat tepasida Leonid Brejnev boʻlgan.

Ammo bu raqamlar ortida asosiy narsa koʻrinmaydi - odamlar taqdiri.

Soʻnggi besh yil ichida Kanzas va Arkanzasda koʻmir qazib olish butunlay toʻxtatildi, Vayoming, Gʻarbiy Virginiya va Pensilvaniyada (umumiy ishlab chiqarishdan 60 foizdan ortigʻini taʼminlagan uchta yirik koʻmir shtati) qazib olish oʻrtacha 20 foizga qisqardi. Arizonada Navajo koʻmir elektr stantsiyasi yopildi, u bilan birga esa Kayenta koni ham yopildi, natijada uch yuzdan ortiq konchilar ishsiz qoldi va ushbu inshootlar joylashgan xopi xindular rezervatsiyasi byudjeti birdaniga 12 million dollarga, yaʼni 80 foizga qisqardi.

Ammo, AQSH Energetika vazirligining tarkibiy qismi boʻlgan Energy Information Administration (Energetikaga oid maʼlumotlar maʼmuriyati – EIA – tahr.) kelgusi yilda ishlab chiqarish tiklanishiga va hech boʻlmaganda oʻtgan yilgi koʻrsatkichlarga qaytishiga ishonchi komil. Prognoz 2021 yilda tabiiy gaz narxi shu qadar koʻtariladiki, unda energiya ishlab chiqarish uchun koʻmirdan foydalanish yana iqtisodiy jihatdan samarali boʻlishiga tayanmoqda. EIA mutaxassislari qanday dastlabki maʼlumotlarga tayanayotgani tushunarsiz, ammo bunday mardonavor taxminlar shunchaki fuqarolar maqsadli toifasini oʻz xohish-irodasini namoyish etish arafasida tinchlantirish uchun maʼmuriy resursdan foydalanishga juda oʻxshaydi.

2020 yilning barcha ishlab chiqarish jabhalaridagi natijalari avvalgilardan ham battar boʻlishi umuman ayon. COVID nafaqat neft va gaz ishlab chiqaruvchilarining rejalarini, balki barcha mamlakatlar byudjetlarini ham shafqatsiz ravishda buzdi va iqtisodiyot qanchalik katta va uglevodorod bozorlariga bogʻliq boʻlsa, zarar shuncha katta boʻladi.

Bugungi kunda AQShda rekord darajadagi 560 million tonna neft toʻplandi, uni hech kimga sotib boʻlmayapti. Slanets gaz quduqlari ishchilari soni 3 baravarga kamaydi va bu 1975 yildan beri eng past koʻrsatkichdir.

Bunday dispozitsiya Trampning ikkinchi muddatga qayta saylanishiga hech qanday yordam bermaydi, axir oldingi kampaniyaning texnilogiyalaridan endi foydalanib boʻlmaydi. Mamlakatga koʻmir va ish joylari kerak, Donald Tramp esa oʻzining tvitterida postlarini va Amerikaning buyukligi haqidagi cheksiz mantrani taklif qilishi mumkin xolos.

Asosiy mavzular