15:05 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Kolumnistlar
Havola olish
117411

Yaqin kelajakda ogʻir jangovar ekranoplanlar yangi variantda va bortiga qanotli raketalar oʻrnatilgan holda Rossiya harbiy-dengiz kuchlariga qaytadi. Ular baza infratuzilmasi mavjud boʻlmagan har qanday iqlim sharoitida ishlashga qodir.

Rossiyaning dunyoda yagona "Lun" raketali ekranoplani 31 iyul kuni Kaspiyskdan Derbentga dengiz orqali tortib kelindi, u “Patriot” parkining markaziy eksponatiga aylanadi.

34 yil oldin Nijniy Novgorodda qurilgan “Lun” ekranoplani, uzoq sinovlardan soʻng 1991 yilda tajribali foydalanish  uchun Kaspiy flotiliyasiga topshirildi. Va u 903 loyihaning rejalashtirilgan sakkizta apparatidan faqat bitta yagona boʻlib qoldi. Ammo ekranoplanlar tarixga gʻarq boʻlmadi.

Yuqori tezligi (500 km/s) va parvozning pastda amalga oshirilishi (7 - 10 metr) tufayli raketa tashuvchi-ekranoplanlar radarlarga sezilmay dengiz va tekisliklar uzra minglab kilometrlarni uchib oʻtib dengiz bazalari yoki aviatashuvchi guruhlariga kutilmagan yoʻnalishlardan raketa uchish masofasiga yaqinlashib, zarba berishi mumkin

Yangi ekranoplanlar harbiy-dengiz kuchlarining jangovar imkoniyatlarini kengaytiradi. Avvalroq, Rossiya Harbiy-dengiz flotining kemalar qurish boshqarmasi boshligʻi, 1-chi darajali kapitan Vladimir Tryapichnikov "Ekranoplanlarni rivojlantirish" loyihasi 2050 yilgacha kemalar qurish dasturiga kiritilganini maʼlum qildi. RF Mudofaa vazirligi yangi ekranoplanni yaratishga taktik-texnik topshiriqni ishlab chiqdi, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yangi ekranoplan 2022 yilda birinchi parvozini amalga oshiradi.

OAVlar "Kaspiy mahluqi"ni (bu appratni Gʻarbda ulkan oʻlchamlari va fantastik koʻrinishi uchun shunday atashgan) qayta ishga tushirish masalasini qizgʻin muhokama qilmoqdalar. Amerikaning National Interest nashri ham, Xitoyning Sohu nashri ham chetda qolmadi.

Ilmiy-texnologik va ishlab chiqarish bazasi ham bor - Rossiya koʻp maqsadli ekranoplanlarni ishlab chiqarishda Gʻarb mamlakatlarini ancha ortda qoldirgan. Misol uchun, "Lun" bundan 29 yil oldin ham parvozlarni yaxshigina amalga oshirib, raketa zarbalarini amalga oshirgan, 1990 yillarning oxiridan AQShda loyihalashtirilgan, 1200 tonna yuk koʻtarish loyihaviy quvvatiga ega boʻlgan yuk tashuvchi ekranoplani (yukxonasi 17 dona Abrams tankiga moʻljallangan) hatto prototip koʻrinishida ham bitkazilmadi.

Bugungi kunda Rossiya Harbiy-dengiz kuchlarining jangovar ekranoplanlarini tiklash istiqbollari qanday?

Foydalanish xususiyatlari

Yaqin kelajakda koʻp maqsadli ekranoplanlar (Gʻarbda ular WIG - Wing-In-Ground effect deb ataladi) soʻnggi yuqori aniqlikdagi qanotli va gipertovushli raketalar, hujum dronlari, elektromagnit zambaraklar, ogʻir torpedalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun asos boʻlishi mumkin.

Tezkor harakat kuchlari sifatida zarba ekranoplanlari Rossiya Arktikasini samarali patrul qilishi mumkin boʻlar edi.

Desant (yuk tashuvchi) modifikatsiyasida ushbu apparatlar harbiylarni oʻz odatiy quroli va zirhli transporti bilan katta masofaga tezkor ravishda yetkazish imkoniyatini yaratadi. Yangi ekranoplanlar dushman radarlariga deyarli koʻrinmaydi, tejamkorligi va yuk tashishi boʻyicha samolyot va vertolyotlardan, shuningdek, tezlik borasida qanotlari suv ostida joylashgan kemalardan ustundir. Ular mojaro zonasidan juda katta masofaga ("Chayka-2" - 5000 kmgacha) "kuchlarni tarqatish" imkonini beradi va jangovar foydalanishning barcha sohalarida Rossiyaning imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi.

National Interest maʼlumotlariga koʻra, yangi A-050 "Chayka-2" ekranoplani "Kaspiy mahluqi"ning reinkarnatsiyasi hisoblanadi va (Nijniy Novgoroddagi Alekseyev nomidagi markaziy konstruktorlik byurosida) yoʻlovchilarni (100 kishigacha) va yuklarni qirgʻoq mintaqalarda, shu jumladan, Arktikada tashish uchun yaratilmoqda. Turli ogʻirlikdagi yuklarni tashish qobiliyatiga (ixtisoslashuvga) ega boʻlgan "qanotli kemalar"ning qator liniyasi qurilmoqda, ular 2022 yildan kechikmay parvozini amalga oshiradi.

Avvalroq Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi uchun bir nechta “Chayka” ekranoplanlarini sotib olish boʻyicha muzokaralar tashabbusi bilan chiqdi. Bu kemaning dushman uchun katta syurpriz boʻlishi mumkin boʻlgan bilvosita yuqori tayyorgarligi va samaradorligini koʻrsatadi.

Aerodromsiz aviatsiya sifatida ekranoplanlar tinch davrda ham samaralidir. Masalan, Rossiyaning "Ekolen" IICHBsi “Kaspiy mahluqi”ning muqobili yer-havo amfibiyani ishlab chiqmoqda. U  ham havoda, ham yer ustida ucha oladi, 750 tonnagacha yuk koʻtarish qobiliyatiga ega. Dengiz va daryolar, tundra va choʻlda foydalanilanish mumkin. Uchish va qoʻnish uchun ekranoplanga faqatgina yetarlicha suv havzasi yoki tekis yer maydoni kerak boʻladi.

Ulkan xususiyatlari

Ekranoplan juda past balandlikda uchayotib, kirayotgan havo oqimi qanot ostida zich "havo yostigʻi"ni yaratganda yuzaga keladigan effektni qoʻllaydi. Suv yuzasidan (muzli dala, qorli tekislik yoki janubiy dasht) koʻtarilayotganda, apparat barqarorlikka erishib, soatiga 500 km tezlikda yoqilgʻini minimal sarflab, katta yuk bilan - "Chayka-2" - 10 tonnagacha, “havoda suzadi”.

Alekseyev nomidagi Nijniy Novgorod konstruktorlik byurosi ham uchish ogʻirligi 100 tonna boʻlgan A-080 "Chayka-3" ekranoplanining ogʻir variantini yaratish ustida ishlamoqda. Istiqbolli mashina Rossiyaning zamonaviy avionikasi va navigatsion-pilotash majmuasi bilan jihozlanadi. U besh daraja nishoblikka ega jihozlanmagan qirgʻoqqa mustaqil ravishda chiqishi, suvda va aerodromga joylashtirilishi mumkin.

Hatto koʻhna "Lun" ham texnologik jihatdan hayratlantiradi, u 450 km/soat tezlikda 2000 km dan oshiq masofani, uch metrdan 500 metrgacha balandlikda bosib oʻtib, oʻzining yirik oʻlchamlari bilan yoqilgʻini transport samolyotidan besh baravar kam sarflagan.

U oʻzining tashqi qiyofasi bilan ham hurmat qozontiradi. Korpusning old qismida, pilonda 8 dona tortish dvigatellari (Il-86 turbinalari asosida) joylashgan, ularning soplolari ekran effektini kuchaytirish uchun suvga burchak ostida oʻrnatilgan (kuchaytirilgan oqim biroz orqada joylashgan qanotlarga aks etadi). Ekranoplan fyuzelajida uch juft kemalarga qarshi zarba masofasi 250 km boʻlgan va oʻz radiolokatsion stantsiyasiga ega ZM-80 "Moskit" raketalari oʻrnatilgan. Uzunligi qariyb 74 metrni tashkil etishi va trapetsiya shaklidagi qanotlarning uzunligi 44 metr va maydoni 550 kvadrat metrni tashkil etishi, 380 tonnalik kemani kosmik qiyofaga keltiradi.

Jangovar maqsadlarga kelsak, uchta tovushdan tez “Moskit” raketasi (maksimal tezligi 2,8Max-da, har 5 soniyada uchirishi shartida) aviatashuvchini yoʻq qilishga yetarli boʻlar edi.

Ekranoplanlar SSSR Harbiy-dengiz flotiga dushman kemalarini yoʻq qilish vositasi sifatida yaratilgan. Oʻzining birinchi parvozini “Lun” 1985 yilda amalga oshirdi. Uning yuqori tezligi va chidamliligi, katta yuklarni tashishi va quruqlik va muz ustidan uchish (shuningdek, balandliklarda uchish) qobiliyati bilan birgalikda boshidanoq aql bovar qilmaydigan imkoniyatlarni yaratdi. "Lun", "Orlyonok" ekranoplanalari raketalar va desantchilarni yetkazish uchun muvaffaqiyatli moslashtirildi. Desantli "Orlyonok" kichikroq boʻlib, qoʻshinlar va texnikalarni tezkor tashishga moʻljallangan edi (150 ta desantchi yoki ikkita piyodalar jangovar mashinasi). SSSR parchalanib ketganidan soʻng qurilmalar qurilishining butun turkumi toʻxtatildi (shu vaqtga kelib 903 loyihasining ikkinchi "Lun" apparati 95%ga tayyor edi), jangovar "aviatashuvchilar qotili" esa Kaspiyskda langarga oʻrnatildi. Bu kabi holat yana takrorlanmasligi kerak, chunki Gʻarbiy "sheriklar" buni baribir qadriga yetmaydilar. Bugungi kunda Rossiya va uning ittifoqchilari manfaatlari uchun tinchlikni mustahkamlash maqsadida ekranoplanlarni sifat jihatidan yangi texnologik darajada jangovar xususiyatlarini takomillashtirish kerak.

Asosiy mavzular