19:08 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Kolumnistlar
Havola olish
234811

Harakatlanayotgan poyezd oldida yoʻl ochish, lokomotivni tezda taʼmirlash, qoʻshinlarni butun mamlakat boʻylab koʻchirish – 6 avgust, payshanba kuni harbiy temir yoʻlchilari oʻzlarining kasb bayramini nishonlamoqda.

TOSHKENT, 6 avg - Sputnik, Andrey Kots. Harakatlanayotgan poyezd oldida yoʻl ochish, lokomotivni tezda taʼmirlash, qoʻshinlarni butun mamlakat boʻylab koʻchirish – 6 avgust, payshanba kuni harbiy temir yoʻlchilari oʻzlarining kasb bayramini nishonlamoqdalar. Ularning jangovar texnikasi har doimgidek noodatiy boʻlgan. Relsdagi zirhli mahluqlar haqida - RIA Novosti materialida.

Zaxira yoʻlida

Garchi zirhli poyezdlar XIX asrda paydo boʻlgan boʻlsa-da, ular hali ham Rossiya armiyasi zaxirasida mavjud. Birinchi chechen kampaniyasi paytida, SP-1 va SP-2 maxsus poyezdlari Nazran-Grozniy uchastkasida taʼmirlash-tiklash guruhlarini himoya qilgan. Ularning har birining platformalarida ikkitadan BMP-2 mavjud. Shuningdek, ushbu maydonchalarda qum va shpaldan yasalgan boshpanalar, avtomatlar va avtomatik granatomyotlar uchun oʻt ochish nuqtalari jihozlangan.

Ikkinchi chechen kampaniyasida beshta maxsus poyezd ishtirok etdi. Ekipajlarga temir yoʻl yoʻnalishlarini muhandislik razvedkasi, fugaslardan tozalash, qoʻshin eshelonlarini jangovar kuzatuvi va mudofaasi yuklatilgan. Va bugungi kunda "Baykal", "Terek", "Amur" va "Don" zirhli sostavlari, zaruriyat tugʻilsa, yoʻlga chiqishga tayyor. Xususan, 2015 yilda ulardan ikkitasi bir nechta harbiy okruglarda moddiy-texnik taʼminot qoʻshinlarining mashqlarida ishtirok etgan.

Podgotovka k transportirovke raketnogo ekranoplana proyekta 903 Lun
© Foto : Courtesy of Press service of the Southern Military District

Biroq, yaqin vaqtgacha relslardagi eng qoʻrqinchli mahluklar - 1980-yillarning oxirlarida xizmatga qabul qilingan RS-22 qitʼalararo ballistik raketalari bilan jihozlangan jangovar temir yoʻl raketa tizimlari (BJRK) edi. Ushbu yadroviy ushlab turish vositalari rivojlangan temir yoʻllar tarmogʻi tufayli juda harakatchan edi, ularni yoʻldoshlardan kuzatish juda qiyin boʻlgan. BJRK birinchilardan boʻlib yadroviy qurolsizlantirish dasturining bir qismi sifatida xizmatdan chiqarildi.

2013 yil aprel oyida Mudofaa vazirining oʻrinbosari Yuriy Borisov "Barguzin" nomli yangi avlod BJRK loyihasi haqida maʼlum qildi. 2014 yil dekabriga kelib, Mudofaa vazirligi kompleksga qanday raketa oʻrnatilishi boʻyicha qaror qabul qildi: bu RS-24 “Yars”. Bitta poyezdga – oltita raketa. Ular oddiy yuk vagoniga sigʻadi, bu esa fuqarolik poyezdlari oqimida BJRK-ni samarali niqoblash imkonini beradi.

Biroq, 2018 yilda loyiha muzlatilganligi maʼlum boʻldi va boʻsh qolgan mablagʻlar shaxtada joylashtiriladigan "Avangard" raketa majmuasini yaratishga sarflandi. Shunga qaramay, raketa poyezdlari boʻyicha ishlanmalar saqlanib qoldi va Rossiya ularni ishlab chiqarishni tiklashga doim qodir.

Birinchi "Xunxuz"lar

BJRKning katta nabiralari deb 1915 yilda imperator armiyasi tarkibiga kiritilgan birinchi rus zirhli poyezdlarini atasa boʻladi. Unda qoʻshinlar tarkibiga beshta maxsus poyezd kiritildi. Birinchi jahon urushining eng yaxshi zirhli poyezdlari deb “Hunxuz” tipidagi toʻrtta poyezd hisoblanadi.

Ularning har biri "O" seriyali parovoz va ikki oʻqli platformadan iborat boʻlgan. Ular Avstriyaning 12 ta qoʻlga olingan sakkiz millimetrlik Shvartsloze pulemyoti va 1904 yilda ishlab chiqarilgan 76,2 millimetrlik tog toʻpiga ega minora bilan jihozlangan. Qalinligi 1,2-1,6 santimetr poʻlat tunuka bilan qoplanishi 94 kishidan iborat ekipajni oʻqotar quroldan himoya qilishga yetarli edi.

Bosh zirhli poyezd 1915 yil 24 sentyabr kuni erta tongda toʻgʻridan-toʻgʻri Avstriya okoplar chizigʻiga yetib borib, boʻronli oʻt ochgan. Shoshib qolgan dushman chekindi va rus piyoda qoʻshinlari darhol hujumga oʻtdilar. Biroq, avstriyaliklar tezda oʻzlariga kelib, ikkinchi himoya chizigʻida “Xunxuz”ni ishdan chiqarishdi.

Rossiya armiyasi yirik operatsiyalarda zirhli sostavlardan faol foydalangan, xususan, Brusilov hujumida.

Front yoʻllarida

Zirhli poyezdlar fuqarolar urushida janglarda ikkala tomonda ham ishtirok etishgan. Ikkinchi Jahon urushida oʻnlab turli xil loyihalar boʻyicha qurilgan, yengillaridan tortib oʻta ogʻirlarigacha, ikki yuzdan ortiq zirhli poyezdlar temir yoʻllarda janglar oborgan. Ulardan eng mashhuri, shubhasiz, Sevastopolni himoyasida qatnashgan “Jeleznyakov”dir.

U haqiqiy quruqlikdagi mahluq boʻlib, toʻrtta platformada joylashgan beshta 76 millimetrlik toʻp, ikkita 82 millimetrlik minomyot, oʻn toʻrtta 7,62 millimetrlik Maksim pulemetlari va ikkita 12,7mm zenitli DSHK bilan qurollangan edi. Zirh qalinligi 30 millimetrga yetgan, tezligi esa soatiga 50 kilometrni tashkil etgan, bu esa “Jeleznyakov”ga zarbani samarali ushlab turishga va hujumdan tezda chiqib ketishga imkon bergan.

Nemislar uni "yashil sharpa" deb atashgan. Tinch holatda ekipaj kamuflyaj ranglarini oʻzgartirib, sostavni qayta boʻyashgan. Yoʻlga "Jeleznyakov" faqat sinchkov razvedkadan soʻng chiqardi. Hujum chizigʻida u dushman istehkomlariga kuchli zarba berib, darhol pozitsiyasini oʻzgartirardi. "Jeleznyakov" tosh qoyalarda yoki tunnellarda oʻyilgan tor chuqurchalarda yashirinar edi. Gitlerchilar tutib boʻlmas zirhli poyezdni kuzatishga muvaffaq boʻlishdi. Aviatsiya u yashiringan tunnelga hujum qilib ikkala chiqish yoʻlini toʻsib qoʻydi.

1942 yil 1 mayda shakllantirilgan 31-chi zirhli poyezdlar divizioni Volgadan Berlingacha janglar olib bordi. Uning asosiy zarba kuchi "Kozma Minin" va "Ilya Muromets" sostavlari. Ularning har biri 76 millimetrlik toʻrtta toʻp, ikkita reaktiv snaryad uchirish uskunasi, 12 tadan DT pulemeti va toʻrttadan 25 millimetrlik avtomat zenit qurollari bilan jihozlangan boʻlgan. Zirh qalinligi 4,5 santimetrga yetgan.

Boʻlinma Kursk jangida 61-chi armiyaning hujumini himoya qilib turgan, Gʻarbiy Ukrainani ozod qilgan va nemislarga Polshada zarbalar bergan. Uning hisobida – artilleriya duelida vayron qilingan bitta nemis zirhli poyezdi, 42 ta minomyot batareyasi, 24 ta alohida qurol nuqtasi, 14 ta dzot, 94 ta pulemyot punkti, 15 ta samolyot va yuzlab dushman askarlari.

Urushdan keyin

1970-yillarda, XHR bilan munosabatlar keskinlashuvi tufayli SSSR Sovet-Xitoy chegarasi boʻylab Transsibir magistralini patrullash va himoya qilish uchun toʻrtta zirhli BP-1 poyezdini qurishga qaror qildi.

Yangi texnika, hozirda aytilganidek, modulli boʻlgan. Zirhli teplovoz sakkizta platformada ikkita PT-76 suzuvchi tanki, sakkizta BTR-40JD zirhli transportyori, shuningdek ikkita Zu-23-2 zenit qurollari joylashgan maydonchani tortib kelgan.

Shuningdek, beshta BTL-1 rusumidagi jangovar modul: manevrli teplovoz va T-54, T-55 yoki T-62 tanklari oʻrnatilgan ikkita toʻrt oʻqli platformalardan iborat boʻlgan. Bunga qoʻshimcha odatiy qurollarga ega piyodalar boʻlinmasi. Bu poyezdlar mustaqil ravishda ham harakat qilishlari mumkin edi.

Darvoqe, bu poyezdlar janglarda qatnashishiga toʻgʻri kelmadi. Pekin bilan aloqalar yaxshilandi va BP-1 zaxiraga yuborildi.

Asosiy mavzular