07:24 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Kolumnistlar
Havola olish
314610

Rossiya Su-57 bilan hamkorlikda ishlash qobiliyatiga hamda sunʼiy intellektga ega boʻlgan 5-avlod qiruvchilari qotilini tayyorlamoqda.

AQSH harbiy-havo kuchlarining ogʻir dronlari birinchi navbatda, "uchinchi dunyo" mamlakatlarida isyonchilarga qarshi kurashishga moʻljallangan, Rossiya esa Su-57 bilan birgalikda ishlash qobiliyatiga va sunʼiy intellektga ega boʻlgan 5-avlod qiruvchilari qotilini tayyorlamoqda.

Gʻarblik "sheriklar"ni Rossiyaning yuqori texnologiyali qurol-yarogʻlar sohasidagi yutuqlari shu darajada havotirga solmoqdaki, hatto 7 avgust kuni nufuzli moliyaviy-iqtisodiy jurnal hisoblangan Forbes asosiy mavzudan chekinib, Rossiyaning ogʻir S-70 "Okhotnik" (Hunter) rusumli uchuvchisiz qurilmasini AQShning muqobil dronlari bilan taqqoslashga kirishdi.

AQSH HHKning MQ-9 Reaper "ishchi tulporidan" farqli oʻlaroq, Rossiyaning razvedka-zarba droni (havo hujumiga qarshi mudofaa vositalarisiz) isyonchilarga qarshi kurashish uchun emas, balki keng koʻlamli harbiy mojarolar uchun moʻljallangan, deya taʼkidlagan Amerika nashri.

Qurilma 5000 kilometr masofaga razvedka vositalari va 6 tonnadan ortiq bomba yoki "yer-havo" va "havo-havo" raketalarini olib borishi mumkin. Olis masofa va qurollar xilma-xilligi nuqtai-nazaridan "ovchi" "misli koʻrilmagan imkoniyatlarga" ega. Tashqi tuzilishi X-47B Northrop Grumman loyihasiga oʻxshash, lekin boshqa yoʻnalishda ketgan.

Koʻpam koʻz ilgʻamaydigan zarba beruvchi "Ovchi" dronining ishlab chiqarilishini tezlashtirish rejalari eʼlon qilingan, seriyali ishlab chiqarish 2024 yilda boshlanadi.

AQShda oʻxshash loyiha joyidan jilgani yoʻq. Amerikaning ogʻir uchuvchisiz uchish apparati - X-47B ning ilk parvozi 2011 yilda amalga oshirildi (bu vaqtda "Suxoy" korporatsiyasi "Ovchi"ni endi ishlab chiqara boshlagan edi). Pentagon 2020 yilga kelib mashinaning tezkor tayyorligiga erishish  maqsadida harbiy-dengiz kuchlari uchun 2013 yilda istiqbolli uchuvchisiz uchish qurilmalarini moslashtirish dasturi – UCLASSni ishga tushirdi (4ta kompaniya har biri 15 million dollardan oldi).

Podgotovka k transportirovke raketnogo ekranoplana proyekta 903 Lun
© Foto : Courtesy of Press service of the Southern Military District

2015 yildayoq HDK mutaxassislari kema zarba droniga boʻlgan ehtiyoj (samaradorligi borasida) shubhaga borishgandi. Keyinchalik esa ishlar yanada yomonlashdi. UCLASS dasturi doirasida dron maqomi sekin-asta zarba berishdan razvedkaga va undan soʻng shunchaki uchar yoqilgʻi quyish apparatigacha pasaydi.

AQSH harbiy-havo kuchlari bugungi kunda "ergashuvchi apparat" (loyal wingman) sifatida boshqa, nisbatan kichik XQ-28 Valkyrie apparatini ehtiyotkorlik bilan sinab koʻrmoqda, u atigi 450 kilo foydali yuk (bir yoki ikkita bomba yoki raketa)ni koʻtarishga qodir va "stels" xususiyatlariga ega emas.

Forbes: "AQSH dronlar yoʻnalishida erta start qilgan holda finishga Rossiyaning ortidan kelishi mumkin", deya taʼkidlashga majbur. Yuqori texnologiyali qurol-yarogʻ sohasida bu allaqachon tendentsiyaga aylangan.

Jangovar intellekt

Bundan avval Amerikaning The Drive nashri ham Rossiyaning ogʻir uchuvchisiz qurilmasiga qator maqolalarni bagʻishlagan edi: "Ovchi" ("Oxotnik") qiruvchiga oʻxshaydi va "juda haybatli koʻrinadi" - uzunligi taxminan 38 fut, qanoti bilan qoʻshib 62 fut" (yaʼni 11 va 19 metr), oʻlchamlari - ichida qurollar joylashtirishga, konstruktsiyasi esa "sodiq sherik" sifatida eng yangi boshqariladigan qiruvchi Su-57 bilan birgalikda yuqori tezlikda uchishga imkon beradi.

Shu bois unga boʻlgan qiziqish tabiiydir. Koʻrinmas-ogʻir razvedka-zarba xususiyatiga ega uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqaradigan davlatlar roʻyxati juda tor. Zarba dronlarini 5-avlod qiruvchi samolyotlari bilan integrallashtirish texnologiyasini esa hali hech kim oʻzlashtirmagan. Ehtimol, Rossiya birinchi boʻladi.

"Ovchi" ning aniq xususiyatlari, jangovar vazifasi, jihozlanishi va qurol-yarogʻlari uzoq vaqt maxfiyligicha qoladi. Shunisi maʼlumki, uchuvchisiz qurilma raqib radarlari (stels) uchun qurilma koʻrinishini kamaytiradigan kompozit materiallardan foydalangan holda "uchuvchi qanot" sxemasi boʻyicha tayyorlangan.

Boshqaruv moslamasi vektorli reaktiv dvigatel bilan jihozlangan va soatiga 1000 kilometr tezlikda ucha oladi. U 5-6 tonna jangovar yukni koʻtarishga qodir. Uchish massasi - 20 tonnagacha. Havodan mudofaaga qarshi muhim harakatlar sharoitida ishlashi mumkin. Ikkinchi yildirki sinov parvozlari yil davom etmoqda.

Bundan tashqari, "Ovchi"ga, uning boshqa qator "kichik ukalariga" singari sunʼiy intellekt kiritilmoqda. Ogʻir Su-57 qiruvchilar boʻgʻinida (Birinchi bosqichda RF Mudofaa vazirligi tomonidan 76ta mashinaga buyurtma berilgan) "aqlli" ergashuvchi ogʻir "Ovchi"ning jangovar qobiliyati sezilarli darajada oshadi, deya taxmin qilish mumkin.

Axir, Su-57 400 kilometrgacha boʻlgan olis masofada havoda va yer ustida joylashgan nishonlarni aniqlay oladi, 62 tagacha boʻlgan obʼyektni kuzatib borishga qodir, zarba dronlariga nishonlar joyini yuborishi mumkin.

Su-57 ning Amerika beshinchi avlod qiruvchi samolyotlaridan yaqqol ustunligini inobatga olgan holda (buyuk pilotaj xususiyatlari, bortdagi 10 tonna arsenal (shu jumladan, gipertovushli qurol), noyob asosiy radar va nishonlarni aniqlash boʻyicha optik -elektron tizimlar), uchuvchi va "Ovchi" tipidagi jangovar robot oʻrtasida oʻzaro samarali hamkorlik uchun ulkan imkoniyatlar ochilmoqda.

Ogʻir razvedka-zarba uchuvchisiz qurilmasi Rossiya Havo-kosmik kuchlari va Harbiy-dengiz kuchlarida xizmat qilishga qodir. Shu bilan birga, istiqbolli aviatashuvchi kemalarda "Ovchi" va modifikatsiyalangan Su-57 birgalikda joylashtirilishi va jangovar vazifalarni bajarishi mumkin. Taxminimcha, istiqbolda, Rossiya ogʻir uchuvchisiz apparatining samoda - yuqori texnologiyali "ov", deya atalmish jangovar ishlari koʻp boʻladi va bu hech mubolagʻasiz aytilmoqda.

Birinchi oʻq uzilguncha uchaman

AQSH harbiy-havo kuchlari 7 avgust kuni Nevada shtatida koʻpsonli F-22 Raptors va F-35A Joint Strike Fighter stels-qiruvchilari, B-2A Spirit koʻrinmas-bombardimonlar, RQ-170 Sentinel stels-droni (oʻta maxfiy 44-razvedka eskadrilyasidan), shuningdek, F-15E Strike Eagle "koʻrinmas" qiruvchilari va EA-18G Growler radioelektron kurash samolyoti ishtirokida uch kunlik harbiy mashgʻulotlar yakunlanganini eʼlon qildi.

1,4 million dollarlik ushbu tadbir AQSH (Shimoliy va Janubiy Amerikada) ega boʻlmagan yuqori texnologiyaga ega raqib tajovuziga qarshi jiddiy tayyorgarlik kabi koʻrinadi.

Manyovrlar davomida samolyotlar havo zarbasidan mudofaa tizimlari zonalariga yashirin kirib borish, shartli dushmanning mudofaa vositalari va tizimlarini radioelektron bostirish va ishdan chiqarish mashq qilindi.

Ular nimaga tayyorgarlik koʻrishganini payqash mushkul emas. Oʻtgan yilning sentyabr oyida AQShning Yevropadagi Harbiy havo kuchlari qoʻmondoni Jeffri Xarrigan Pentagon Kaliningrad viloyatining koʻpqatlamli havo mudofaasi tizimini buzish boʻyicha rejaga ega ekanligini eʼlon qildi, oktyabr oyida esa Polsha va AQSH tomonidan Kaliningrad viloyatining bosib olinishi rejasi eʼlon qilindi.

Pentagon Rossiyani rossiya chegarasida tobora faol va telbalarcha "tiyib turmoqda". Boltiqboʻyi va Qora dengiz ustidagi havo boʻshligʻida Amerika razvedka samolyotlarini shunchaki oʻqqa tutib berishmoqda. Bu ochiqdan ochiq va masʼuliyatsiz provokatsiyalar zamirida kontseptual mojaroni qurolliga aylantirish maqsadi yotibdi.

Shu bilan birga, 2020 yilda Qoʻshma Shtatlar razvedka samolyotlarining Rossiya chegaralari yaqinida ushlanishi holatlari ortgani fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Amerikaning The National Interest  nashri ekspertlari hodisalar uchun ayb toʻliq Vashington zimmasida ekanligini ochiq aytishmoqda. Sababi, NATO qoʻshinlari Rossiya Federatsiyasi chegaralarini oʻrab olgan, aksincha emas.

Rossiya munosabat bildirishga majbur - jangovar foydalanishning jamiki muhitida - yerda, dengizda, havoda - zarba va mudofaa vositalarini kuchaytirishga majbur. Ufqda "Ovchi" ogʻir zarba dronining paydo boʻlishi esa oʻz vaqtida va qonunana toʻgʻri boʻlib koʻrinmoqda.

Global Firepower maʼlumotlariga koʻra, AQSH 2 mingga yaqin zarba samolyotlariga ega. Pentagonda jami 5 mingdan ortiq uchar apparatlar bor, bu NATO ittifoqchilari jangovar aviatsiyasini hisobga olmaganda.

Taqqoslash uchun: Rossiya mudofaa vazirligi 870ta qiruvchilar, bombardimonlar va hujum samolyotlariga, va jami atigi 4 ming dona uchar apparatlarga ega. Vashingtonni Meksika yoki Kuba hududidan ehtimoliy "tiyib turish" uchun rossiya samolyotlari kamlik qilar, ammo Moskva oʻz oldiga bunday maqsadni qoʻymaydi axir.

Yevrosiyo qitʼasida Rossiya Federatsiyasi Havo kosmik kuchlari faqat va faqat mudofaaga bogʻliq masalalarni hal etadi va aviatsiyaning qiruvchi (zarba) imkoniyatlarini asosan Rossiya chegaralari perimetri boʻylab joylashgan havo hujumidan mudofaa va raketalar hujumiga qarshi mudofaa tizimlari jiddiy darajada toʻldirib turadi.

AQSH HHKning Nevadadagi havo hujumiga qarshi eshelonlashgan mudofaa tizimini yorib oʻtish rejasi va "koʻrinmaslar"ning tegishli mashgʻulotlari taktik jihatdan foydasiz va "voqelikdan uzoqlashayotgan" amerikalik harbiy xizmatchilar uchun oʻta xavflidir.

"Ovchi" uchuvchisiz uchish apparati - kelajak sari ulkan sakrashdir va bu Rossiyaning havoda ustunlikka erishish yoʻlidagi yuzlab istiqbolli instrumentlaridan biri boʻladi.

Rossiyaning yuqori texnologiyali mudofaa imkoniyatlari ortib borayotgan tahdidlarga javob beradi, gʻarblik "sheriklar"ning eng yomon taxminlariga mos keladi, Pentagon va NATOning qurolli kuchlar va oddiy qurollarning alohida qismlardagi miqdoriy ustunligini tom maʼnoda tenglashtiradi.

Asosiy mavzular